Shlyumberje korxonasining moliyaviy hisobotlarini korporativ boshqaruv
xodimlari tomonidan tasdiqlanishi
Bosh ijrochi direktor tasdiqnomasi
Men, Endro Guld, quyidagilarni tasdiqlayman:
1.
Men Shlumberger Limibedolon 10-k shakl bo’yicha ushbu yillik
hisobotini ko’rib chiqdim;
2.
Mening fikrimcha, bu hisobotda jiddiy faktlar haqida yolg’on yozuvlar
yo’q va ushbu hisobot o’zi qamrab olgan davr uchun foydalanuvchilarni
chalg’itmaydi.
3.
O’z bilimlarimga tayanib shuni aytishim mumkinki, ushbu moliyaviy
hisobotlar va undan boshqa moliyaviy axborotlar barcha tomondan korxona
moliyaviy holatini, operatsiyalar natijalarini va o’tgan yil holati va ushbu
hisobotda ko’rsatilgan davr uchun pul oqimlari haqidagi haqqoniy ma’lumotlarni
o’zida aks ettiradi;
4.
Tashkilot auditorlari va direktorlar kengashining audit bo’yicha
qo’mitasi (yoki vazifa jihatdan shunga teng funktsiyani bajaruvchi shaxslar)
bizning ichki nazoratga bergan baholarimizni va moliyaviy hisobot tuzish
jarayonida ko’zga tashlangan kamchiliklar haqidagi ma’lumotlarni oldilar;
5.
(A) ichki nazoratdagi moliyaviy hisobotlarni tuzish jarayonida
aniqlangan, ehtimoli ko’zda tutilgan, korxonaning moliyaviy axborotlariga ishlov
berish, umumlashtirish va ochib berish jarayonlariga salbiy ta’sir qilishi mumkin
bo’lgan ichki nazoratdagi hamma muhim kamchiliklar va ichki nazoratning zaif
joylari.
6.
(B) boshqaruvdagi va moliyaviy hisobotlarni tuzish jarayonida asosiy
ahamiyatga ega bo’lgan xodimlar bilan bog’liq har qanday firibgarliklar.
Sanasi: 3 mart 2004 y Endro Guld ------------- imzo
Endro Guld
Rais va bosh ijrochi direktor
254
Do'stlaringiz bilan baham: |