A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor


Tanlash bilan bog’liq va bog’liq bo’lmagan risklar


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/184
Sana17.10.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1706223
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   184
Bog'liq
АУдит дарслик (1)

Tanlash bilan bog’liq va bog’liq bo’lmagan risklar 
Tanlab olishdan umumiy to’plam haqida xulosalar qila turib, auditor 
umumiy to’plamning o’ziga xos xususiyatlari haqida xatolar qilishi mumkin, 
chunki yo a) auditor auditorlik protseduralarini tegishlicha bajarmagan yoki 
muammolarni noto’g’ri tahlil qilish yoki b) auditor umumiy to’plamga nisbatan 
reprezentativ bo’lmagan tanlashni noto’g’ri talqin qilganda. Biroq auditorlik 
firmalari bu risklardan ikkalasini ham nozorat qila oladi. 
Tanlash bilan bog’liq bo’lmagan risk 
Faraz qilinadiki auditorlar tanlashda hamma elementlarni sinchiklab tadqiq 
etadi va operatsiyalarning to’g’riligini baholash uchun dalil yig’ishda audit 
amallarini tanlaydi. Lekin auditor extiyotkor bo’lmagan xolatlar ham bo’ladi. 
Auditor tanlash riski bilan bog’liq bo’lmagan risklarda barcha sabablarga ko’ra 


232 
xato xulosa chiqargan bo’lsa, bu tanlash bilan bog’liq bo’lmagan risk sifatida 
qaraladi. Tanlash bilan bog’liq bo’lmagan risk, shuningdek auditorlik 
protseduralarni bajarayotgan auditorning malakasi etishmasligi oqibati ham 
bo’lishi mumkin. Auditorlik firmasi bunday xatolar ehtimolini auditorlarning 
tegishli o’kuv va mos keluvchi ko’zatuvlari, tanlab olishni bajarish uchun yaxshi 
ishlab chiqilgan kompyuter dasturlari va sinchkilab ishlab chiqilgan va bajarilgan 
audit dasturlari vositalari bilan boshqaradi. 
Tanlash bilan bog’liq risk 
Risk hamma vaqt bo’ladi, tanlab olishdan qilingan har qanday tanlovlar agar 
auditorlar 100% umumiy to’plamni tekshirmasalar to’g’ri bo’la olmaydi. 
Loyihalangan natijalar xaqida noaniqliklar bo’ladi, chunki tanlab olish natijalari 
umumiy to’plamning uncha katta bo’lmagan qismiga asoslanadi. Tanlab olish 
miqdori qancha kam bo’lsa, noaniqlik shuncha katta; tanlab olish miqdori qancha 
katta bo’lsa, noaniqlik shuncha kam bo’ladi. Tanlash bilan bog’liq risk shunday 
riskki, tanlash asosida berilgan auditorlik xulosalari agarda auditorlik 
protseduralari jami umumiy to’plam uchun shu tarzda qilingan bo’lsa avval 
qilingan xulosalardan farqlanishi xisoblanadi. Statistik tanlashni qo’llash 
yordamida auditor agar tanlash umumiy to’plam uchun reprezentativ bo’lsa, u erda 
riskning miqdori qancha bo’lishini baholaydi. Tanlash bilan bog’liq risk 
tanlashning nostatistik yondashuvlari uchun emas, balki statistik tanlash uchun 
o’lchanishi mumkin. 

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling