232
xato xulosa chiqargan bo’lsa, bu tanlash bilan bog’liq bo’lmagan risk sifatida
qaraladi. Tanlash bilan bog’liq bo’lmagan risk,
shuningdek auditorlik
protseduralarni bajarayotgan auditorning malakasi etishmasligi oqibati ham
bo’lishi mumkin. Auditorlik firmasi bunday xatolar
ehtimolini auditorlarning
tegishli o’kuv va mos keluvchi ko’zatuvlari, tanlab olishni bajarish uchun yaxshi
ishlab chiqilgan kompyuter dasturlari va sinchkilab ishlab chiqilgan va bajarilgan
audit dasturlari vositalari bilan boshqaradi.
Tanlash bilan bog’liq risk
Risk hamma vaqt bo’ladi, tanlab olishdan qilingan har qanday tanlovlar agar
auditorlar 100% umumiy to’plamni tekshirmasalar to’g’ri bo’la olmaydi.
Loyihalangan natijalar xaqida noaniqliklar bo’ladi, chunki
tanlab olish natijalari
umumiy to’plamning uncha katta bo’lmagan qismiga asoslanadi. Tanlab olish
miqdori qancha kam bo’lsa, noaniqlik shuncha katta; tanlab olish miqdori qancha
katta bo’lsa, noaniqlik shuncha kam bo’ladi.
Tanlash bilan bog’liq risk shunday
riskki, tanlash asosida berilgan auditorlik xulosalari
agarda auditorlik
protseduralari jami umumiy to’plam uchun shu tarzda qilingan bo’lsa avval
qilingan xulosalardan farqlanishi xisoblanadi. Statistik tanlashni qo’llash
yordamida auditor agar tanlash umumiy to’plam uchun reprezentativ bo’lsa, u erda
riskning miqdori qancha bo’lishini baholaydi. Tanlash bilan bog’liq risk
tanlashning nostatistik
yondashuvlari uchun emas, balki statistik tanlash uchun
o’lchanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: