A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov
Download 184 Kb. Pdf ko'rish
|
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)
17
’ a w H yarim hududlari zabt etildi. Birinchi fors podshohi Kir II ning hukm ronligi mil.avv. 530-yilda massagetlar bilan bo ‘lib o ‘tgan urushda halok b o ‘lguniga qadar davom etdi4. Shundan so‘ng uning o ‘g ‘li Kambiz taxtga o ‘tiradi. Kambiz haqida garchi, tarixiy manbalarda yozib qoldirilgan m a’lumotlar kam bo ‘lsa-da, lekin uning mil.avv. 525-yilda Misrda erishgan muvaffaqiyatli g ‘alabasi haqida ko‘plab nodir m a’lumotlar mavjud. Kambizning o ‘limidan keyin mil.avv. 522-yilda Ahamoniylar sulolasidan yangi hukmdor hokimiyatga chiqdi. Yangi hukm- dor Buyuk Doro sifatida tanilgan (shuningdek, u Doro I deb ham atalgan)5. U taxtni janjalli tarzda meros qilib oldi. Yunonlaming taniqli ikki tarixchilari Gerodot va Ktesiylar tasvirlaganlaridek, fors imperiyasining xronologik tavsifida Doroning taxtga chiqishi haqidagi to‘liq tafsilotlar mavjud. Shunga qaramay, Doroning yana boshqa shaxsiy, hayotiy voqealarining tavsifidan to ‘qima hikoya- lar mavjud. Hikoyaning bir qancha ko‘rinishlari shubhali va yu- non tarixchilari Gerodot, Ktesiylaming hisobotlariga zid tuzilgan. Bu hikoyalarga, shuningdek, Doro I ning buyrug‘i bilan Behistun tog‘laridagi qoyatoshlarga uch til (qadimgi fors, elam va bobil tillari)da o‘yib yozilgan yozuvlardagi m a’lumotlarga ko‘ra, Doro fors saltanatida yuqori lavozimlarda xizmat qilgan Hishtaspning o ‘g‘li bo‘lgan. Kir II Ahamoniylar davlati hukmdori bo‘lgan davrda ham Doro yosh bo'lgan va Kir II o‘sha paytdanoq uning fors pod- shohligi taxtini fitna yo‘li bilan olib qo‘yishidan gumonsirar edi. Kir II ning o ‘limidan so‘ng, Doro shoh Kambizning podshohlik oilasi- ga tegishli shaxsiy tansoqchi guruhining a ’zosi bo ‘lib xizmat qildi. Behistun qoyatosh yozuvlariga ko‘ra, Kambiz mil.avv. 521-yilning mart oyida Doroning qo‘lida jon berdi. Kir II ning Kambizdan tashqari yana Bardiya ismli o ‘g‘li ham bor edi. Forslar davlatining podshohligiga da’vogarlik natijasida va 4 Sykes P.A. History of Afghanistan. Vol. 1. - London: Macmillan & Co. Ltd, 1940.- P . 45. 5 Runion, M.L. The History of Afghanistan. - London: Greenwood Press, 2007. - P. 27. taxt tufayli og‘a-inilar o ‘rtasida nizo kelib chiqadi. G o‘yoki, Kir II o‘lim to ‘shagidaligida Bardiyaning podshohlikdagi ulushi ko‘p ekanligini m a’lum qilgan va to ‘g ‘rirog‘i, fors imperiyasining shar- qiy viloyatlarini, y a ’ni hozirgi A fg‘oniston hududlarini Bardiyaga meros sifatida qoldirishga farmon bergan edi. Kambiz Misr taxtini egallashidan oldin o ‘z ukasi Bardiyaning о ‘ Idirilishini maxfiy rejalashtirdi. Kambiz toj-u taxtidan ajralishdan, va yangi hududlar izlab topishdan, mahv etilishdan qo‘rqqan edi. Kambiz ukasining muammo bo‘lmasligiga va uning taxti boshqa da’vogarlardan xoli ekanligiga ishonib, Misrga jo ‘nab ketadi. Shun- ga qaramay, Kambizning ortga qaytish yo‘lida tushunarsiz bir vazi- yat kutib turardi. Kambiz misrliklarga qarshi urushda g ‘olib chiqib qaytayotganida ukasi Bardiya maxfiy qotillik rejasi tuzgani haqida xabar oladi. Doroning ta ’riflashicha, Bardiyaning nomini xoinga chiqarishdi, uni taxtga da’vogarlikdan asossiz mahrum qilishdi va bunday xiyonatning tagida Gaumata nomli ko‘zboylamachi turar edi. Mil.avv. 522-yilda Gaumata o ‘zini shoh deb e ’lon qiladi va podshohlikni o‘z nazorati ostiga oladi. Kambiz Gaumatadan pod- shohlikni qaytarib olish uchun unga qarshi urush ochadi. Gaumata yetti oy davomida imperiya bo‘ylab fors podshohi bo‘ladi. Afsona- larda keltirilganidek, hech kim Dorochalik mardlik bilan yangi pod- shohga qarshi chiqa olmadi. Xalq Doroning firibgar va qallob taxtga da’vogarlami hokimiyatdan olib tashlashiga ishonardi. Mil.avv. 522-yilda fors podshohligida hokimiyat uchun kurash nihoyasiga yetdi. Doro va uning odamlari firibgar Gaumatani tutib, bandi etishdi va so‘ngra uni o‘ldirishdi. Behistun bitiklarida yozilishicha, Doro shoh sifatida bir qator ulkan islohotlami amalga oshirgan. Davlatni imperiyaga aylantir- gan. Doro mil.avv. 522-486-yillarda hukmronlik qilgan6 va uning hukmronligi davrida imperiya o ‘z kuch-qudratining cho‘qqisiga erishgan. Taxtga sirli kelishiga qaramay, u Ahamoniylar sulolasining 6 Runion, M.L. The History of Afghanistan. - London: Greenwood Press, 2007.- P . 27. eng buyuk shohlaridan b o ‘lgan. Behistun bitiktoshlarida yozilishi- cha, Doro 19 marta jangga kirgan va 9 ta qo‘zg‘olon yetakchilarini mag‘lub etgan. Uning armiyasi xalq qo‘zg‘olonlarini osonlikcha yenggan. Doro katta janglarda, yirik sonli qo‘shinni boshqarishda o‘zining noyob qobiliyat egasi ekanligi bilan tanilgan. Doro hukraronligining dastlabki yilida M arg‘iyona (hozir gi Afg‘oniston shimoli va Turkmaniston janubi)da Frada ismli shaxs boshchiligida qo‘zg‘olon boshlandi. Doro qo‘shini ushbu qo‘zg‘olonni tez orada bostirdi hamda Frada qo‘lga olinib qatl etildi. Shundan so‘ng eramizdan odingi 519-yilga qadar Doro fors saltanatining sharqiy hududlarida ham bir qator norozilik kayfiyatlarini bartaraf etib, o ‘z hukmronligini o ‘matdi. U o ‘z saltanatini mustahkamlash uchun urush orqali davlat hududini ken- gaytirish siyosatini olib bordi. Bundan tashqari u Yevropa qit’asi hududiga va Hind vodiysi hududiga ham muvaffaqiyatli yurishlar qildi. U shoh bo‘lishdan tashqari boshqaruv va qonunshunoslikda tengi yo ‘q shaxs bo'lgan. Kir II dan qolgan qonun-qoidalar asosida Doro o ‘z davlatini satrapliklarga bo'lgan. Shuningdek, yagona soliq va o ‘lchov tizimini ham muomalaga kiritgan. Doro bundan tashqari m e’morchilik ishlariga ham alohida e ’tibor bergan. Doro poytaxt Suzada ulkan binolar qurdirgan va bu binolaming devorlari soliq olib kelayotgan bo ‘ysundirilgan xalqlaming tasviri bilan bezatilgan. Doroning davlat boshqaruvida muvaffaqiyatga erishishiga yana bir sabab sifatida Kir II va Kambizning diniy siyosatini davom ettirganliginiko‘rsatib o‘tishmumkin. Doro o ‘z hukmronligi davrida Kir II va Kambizlar tomonidan kiritilgan har xil dinlar tan olindi va amalda davom etdi. Doroning o‘zi zardushtiylikka sig‘ingan. Hozir gi A fg‘onistondagi Balx viloyati o ‘sha paytda Baqtriya deb nomlan- gan va zardushtiylikning markazi hisoblangan. Fors saltanatining aksariyat aholisi zardushtiylik dini va aqidalariga ishonishgan. Mil. avv. 486-yilda Doroning o ‘limidan keyin Afg'oniston fors Ahamo niylar sulolasi vakili Kserks I nomi ostida boshqarildi. U o‘z ajdo- dining buyuk ishlarini davom ettirdi. Kserks I mil.avv. 465-yilgacha 20 yil davomida hukmronlik qildi. So‘ngra Kserks I o‘mini Artakserks egalladi. U imperiya poy- taxtini Persepoldan Vavilonga ko‘chirdi. Uning hukmronlik davrida fors tili davlat tili deb joriy qilindi. Uning o‘limidan so‘ng, katta o ‘g‘li Kserks II taxtga o ‘tiradi. Eramizdan oldingi V asr oxiridan boshlab Artakserks II Ahamo niylar shohligida juda uzoq vaqt hukmronlik qildi. Uning 45 yillik tinch hukmronlik davrida Afg‘onistonda ham bir qator ishlar amalga oshirildi va ko‘plab obidalar qurildi. Artakserks II ning o ‘limi, taxt ga xoinlik, zaharlash va qonli yo‘l orqali kelgan Artakserks III nomi bilan bog‘liq. Shundan so‘ng Ahamoniylar sulolasida merosxo‘rlar orasida toj-u taxt uchun kurash va zo‘ravonlik boshqaruv tizimining kuchayishi bilan belgilanadi. Ahamoniylar hukmronligi davrida mamlakat harbiy toparxi- yalarga bo ‘lingan edi (Ahamoniylar davlati Kserks davrida yettita, Artakserks davrida to ‘rtta toparxiyaga bo ‘lingan). Forslar hukm ronligi davrida baqtriyaliklar, so‘g ‘diylar va xorazmliklar yagona bir m a’muriy viloyatni tashkil etganlar. Gerodotning yozishicha, fors harbiy qo‘shini saltanat tarkibidagi toparxiyalardagi jangchilar hisobiga shakllantirilgan va qo‘shinni tegishli ravishda olti sarkarda boshqargan. Baqtriya va So‘g ‘diyona m a’muriy-harbiy birlikka kir- gan. Bu kabi birlik Iskandar va Salavkiylar davrida ham saqlanib qolgan. Ahamoniylar davridayoq, sharqiy eroniy xalqlar qo‘shin tarki- bida muhim rol o‘ynaganlar. Xususan, Baqtriya forslar armiyasini 30 ming kishilik suvoriylar bilan ta’minlagan. Forslar qo‘shinida baqtriyaliklar midiyalik va saklar bilan bir qatorda asosiy o‘rin tutishgan. Yunon dramurgi Esxil forslar qo‘shini tarkibidagi baqtri- yaliklami rangdor deb atagan. 0 ‘rta Osiyo va Misrgacha bo‘lgan hududlarda mavjud bo‘lgan fors shaharlari qazilma ishlarida to pilgan haykalchalarda xorazmliklar, saklar, so‘g‘diylar va baqtri yaliklar rangli harbiy kiyimda aks etgan holatda bo‘lishgan. Fors sarkardasi Mardoniy Yunonistonda janglarda old qatorda mahoratli baqtr jangchilarini qo‘ygan. Aynan forslar mil.avv. I mingyillik boshlarida suvoriylar qo‘shinini ossuriyaliklaming manyovr qilish- ga noqulay ot qo‘shilgan aravalariga qarshi qo‘yganlar. Yunon-fors urushlariga qadar forslaming qo‘shinini hech kim yenga olmagan. Zich qator qilib qo‘yilgan yoyandozlar raqib qo‘shinining old qa- torini nishonga olganlar va undan keyin otliq kavaleriya, ya’ni su voriylar jangga kirishgan. Mil.avv. IV asr o‘rtalaridan boshlab Fors imperiyasi har to- monlama parchalanishni boshladi. Imperiya zaiflashib, ichki nizolar o ‘z cho‘qqisiga chiqayotgan bir paytda g ‘arbdan Fors imperiyasiga Makedoniyalik Iskandar hujum qildi. Download 184 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling