A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov


Download 184 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/124
Sana15.11.2023
Hajmi184 Kb.
#1777363
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   124
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)

UNtidnn 
nazoratini mustahkamlab, janubiy Afg'oniston va sharqiy 
Kron orasidagi viloyatlardan o'tuvchi chegara chizig‘ini tortadi. 
Shuningdek, parfiyaliklar Afg'oniston janubidagi Qandahor viloyati 
UDtlilun ham bir muddat o 'z boshqaruvini o'm atgan edi. Bu vaqtda 
Afg* oniston janubidagi viloyatlar haligacha Salavkiylar imperiyasi 
q e'l ostida edi. Bu viloyatlar gullab yashnadi, biroq Hindistonda 
Ukundur bosqinidan so'ng vujudga kelgan qudratli Maurya davlati 
oniston janubidagi hududlarga tahdid solib turar edi. Bunday


tahdidlar ayniqsa, mil.avv. Ill asrda podsho Ashoka hukmronligi 
davrida kuchaydi va Afg‘onistonning janubiy viloyatlari deyarli 
tinch emas edi.
Diodot I Salavkiylarga qarshi kurashayotgan parfiyaliklar bilan 
ittifoqchi bo‘lib, shohlik tojini kiyish huquqini qo‘lga kiritgan edi. 
Diodot I ning shoh unvonini olishda uning tashqi siyosatda omadi 
kelishida u yetakchi b o ‘lgan harbiy qo‘shinning benihoya hissasi 
katta. Biroq, Diodot I ning muvaffaqiyatlarida uning harbiy qo‘shini 
roli ustunligi haqida biror-bir manbada aytib o ‘tilmagan.
Diodot II davrida shoh hokimiyatiga nisbatan ellinlar orasida 
ishonchsizlik bildirildi. Oqibatda u magneziyalik ellin Evtidem 
tomonidan taxtdan ag‘darildi. Evtidem shoh hokimiyatini mustah- 
kamlashga harakat qildi va shaxsan Salavkiy hukmdor Antiox III 
tomonidan shoh sifatida tan olinishiga erishdi. Uning davrida mam- 
lakat har tomonlama rivoj topdi.
Mustaqillikka erishgandan keyin Yunon-Baqriya o‘z hudu- 
dini kengaytirish siyosatini yuritdi. Mil.avv. 170-yilga kelib uning 
hududlari shimoliy Erondan Hindiston g‘arbidagi Gang daryosiga- 
cha yetib boradi. Biroq, yunonlar va ellinlashgan mahalliy hukm- 
dorlar orasidagi ichki qarama-qarshiliklar davlatni zaiflashtirdi. 
Keyinroq, davlat chegaralarini sharqqa, y a’ni Hindiston tomonga 
bosqinchilik orqali kengaytirishga b o ‘lgan harakatlar Yunon-Baqtri­
ya davlatining halokatiga sabab bo‘ldi.
Eramizdan oldingi 
180-yilda Yunon-Baqtriya hukmdori 
Demetriy (mil.avv. 199-167) Hindistonga bostirib kirdi va yunon- 
hind podshohligiga asos soldi. Mazkur yurish Maurya davlatining 
mustahkamligiga jiddiy zarba berdi.
Evtidem I avlodlari Hindiston yarim oroli hududlarigacha 
bo‘lgan yerlami qo‘shib oldilar. Aynan Evtidem I avlodlari davrida 
hukmronlik qilib o‘tgan shohlami ilohiylashtirish an’anaga aylangan 
edi. Biroq Demetriy I va uning avlodlari hokimiyat uchun kurash- 
da Evkratid I ga imkoniyatni boy beradilar. Evkratid I Evtidem 
avlodlari bilan kurashda o‘z hokimiyatining kuchsizlanishiga olib 
keladi va oqibatda o‘z o‘g‘li tarafidan o ‘ldiriladi. Evkratid avlod-


luri davrida kushon qabilalari bosqini oqibatida Baqtriya ustidan 
nazoratni qo‘ldan boy beradilar.
Yunon-Baqtriya davlatida hukmronlik qilgan har bir hukmdor 
hokimiyati harbiy xarakterga ega bo'lgan. Evtidem I faqatgina An­
tiox III bilan Areya daryosi bo‘yidagi jangda to‘qnashgan. Dastlab 
jang avvalida uning qo‘shinini sarkarda Menandr boshqargan. 
Mcnandr halok bo‘lgach, Evtidemning o‘zi boshlab borgan.
Yunon manbalariga ko ‘ra, shohning o ‘zi davlatining huquqiy 

Download 184 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling