A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov
Afg'oniston hududidagi qadimgi davlatlar
Download 184 Kb. Pdf ko'rish
|
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)
Afg'oniston hududidagi qadimgi davlatlar
D a v la to b o d v a M o z o r i - S h a r i f oraligM dagi u n c h a katta b o l m a g a n m a y d o n d a b esh y o k i oltita v o h a g a ajra tilu v ch i o ‘troq d c h q o n va c h o r v a d o r l a r n in g b ir n e c h a o 'n l a b m a n z ilg o h la ri ochil- gan. Vohalar s u g ‘orish ishlari q u la y b o ‘lgan k ichik d a r y o c h a la r b o 'y l a r id a jo y l a s h g a n . S h im o liy A f g 'o n i s t o n t u p r o g ‘ining u n u m - dorligi juda y axshi m a ’lum. Olib borilgan arxeologik tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, bu yerda bn>n/a d a v r id a y o q v o h a d e h q o n c h ilig i y u z a g a k elg an . H a r b ir v o h a I gek targ a yaqin m a y d o n g a eg a b o 'l g a n o 'z i n i n g m a r k a z ig a ega. Q a l ’a atrofi x o m g 'i s h t d a n te r i l g a n d e v o r b ilan o 'r a l g a n , h a r bir burchakda minoralar mavjud bo‘lgan (Dashli I, Girday). Bu juda chidamli va o ‘z davrining rivojlangan usulida qurilgan inshoot bo‘lgan. Bu vohalar aholisi madaniyatining xarakteri va yuqori da- rajasi mil.avv. II mingyillikka oiddir. Hozirgi paytgacha Shimoliy Afg‘onistonda shahar tipidagi man- zilgoh qoldiqlari deb hisoblanuvchi bronza davriga oid yirik yodgor- liklar topilmagan. Ehtimol, dehqonlaming yerlami o‘zlashtirishining dastlabki bosqichida aholining joylashishi juda sekinlik bilan o ‘tgandir. Shu sababli jamoalaming kichik-kichik guruhga b o ‘linib, bir-biridan uncha uzoq bo‘lmagan hududlarga joylashishi ustun b o ‘lgan, ammo ular favqulodda vaziyatlar yuz berganda o‘zlarini butun bir organizm deb hisoblaganlar. Shimoliy Afg‘onistondan topilgan topilmalar orasida bronza davriga oid anchagina qimmatli buyumlar bilan bir qatorda naqshlar bilan bezatilgan tilla idishlar ham topilgan. Ular biror boy kishining dafn marosimida ishlatilgani yoki ibodatxona xazinasida mavjud bo‘lganiga aslo shubha yo‘q. Shunday qilib xulosa qilish mum- kinki, mil.avv. II mingyillikda Shimoliy Afg'oniston hududida ham Qadimgi Sharq sivilizatsiyasining rivojlangan ko'rinishi mavjud bo'lgan. Ammo mamlakat janubida bu jarayon mil.avv. Ill mingyil- likdayoq boshlangan edi. Bronza davridagi bu yuqori madaniyatni tashkil etgan qadim gi qabilalaming etnik va til xususiyatlari haligacha to'liq aniqlan- magan. Ilk dehqonchilik davridayoq bu hududlarda antropologik tipi bo'yicha Afg'onistonning hozirgi aholisiga o'xshaydigan yev- ropoid tipidagi boshi uzun aholi yashagan. Ammo shunga o'xshash antropologik tip 0 ‘rta Sharq ilk dehqonchilik madaniyatining ak- sariyatida, jumladan, Xarappa madaniyati egalarida ham uchraydi. Xarappa yozuvidagi qo'lyozm alaming tahlili shuni ko'rsatadiki, ulaming tili qadimda keng tarqalgan dravid xalqining tiliga ya- qin bo‘lgan. Shunday yozuvlar Janubiy Turkmanistonda Oltintepa qazishmalari vaqtida ham topilgan. Bundan ko'rinadiki, Janubiy Turkmaniston, Shimoliy Eron va Afg'onistonning katta qismidagi qadimiy qabilalar dravid tili va shevasida gaplashgan. Eronning ja- nubida esa, aksincha, dravid tili bilan bir qatorda elam yozuvidagi yodgorliklami ko‘plab ko‘rish mumkin. Mil.avv. II mingyillikda vaziyat o ‘zgaradi. Afg‘oniston hudud- larida hind-eron guruhi tilida gaplashuvchi aholi yashagan deb hisob- lashga barcha asos bor. Qadimgi eron va qadimgi hind tillari yago- na tildan kelib chiqqan; ular undan grammatik tuzilish va leksika o ‘zaklarini meros qilib olganlar. A fg‘onlaming tili - pushtu eroniy tillar oilasiga mansub. Til- shunos olim B.A.Domning xulosasiga ko‘ra, pushtu tili tojik va yangi hind tillarining ta ’sirida vujudga kelgan. Hind-eron tiliga oid umumiy so‘zlami tahlil qilish bu qabilalar dehqonchilik bilan ta- nish, ammo asosiy boyligi chorva bo ‘lgan qabilalar bo ‘lganini is- botlash imkonini berdi. Harbiy bilimlar allaqachon rivojlangan edi. G ‘ildirakli aravalar kashf etilgan edi. Asta-sekin podshoh hokimi- yati darajasiga ko‘tarilgan sardorlar boshqaruvi o ‘sha paytdayoq mavjud edi. Qadimgi hind tilini tarqatgan aholi Shimoliy Hindis- tonda tarqalgan edi, ular sekin-sekin dravidlaming mahalliy aholisi bilan aralashib, dravidlar Shimoliy Hindistondagi oriylar tiliga katta ta ’sir ko‘rsatgani haqida m a’lumotlar beriladi. Bu tildagi qadimiy yodgorlik - Rigveda ko‘pchilik mualliflar tomonidan mil.avv. XII-X asrlarga tegishli deb davrlashtiriladi, ammo ulaming bu hudud- larga tarqalishi mil.avv. II mingyillikning 1-yarmi deb taxmin qili- nadi. Shubhasiz, bu hodisa Afg‘oniston hududiga ham ta ’sir qilmay qolmaydi, ko‘plab tadqiqotchilar ham hind-oriylaming ajdodlari ma’lum vaqt mobaynida 0 ‘rta Osiyo va Eron hududlarida fors qabi- lalarining ajdodlari bilan birgalikda yashagan deb taxmin qiladilar. Yaqin Sharqda “oriy” nomi va maxsus iborasining paydo bo'lishi mil.avv. II mingyillikka oid eron tili guruhiga aloqadordir. Mil.avv. I mingyillikda hozirgi Afg‘oniston hududlari va 0 ‘rta Osiyoning katta qismi eron tilida gaplashuvchi qabilalar tomonidan cgallangandi, ulaming alohida viloyatlarga bergan nomlari bir ne- cha asrlar davomida saqlanib qoldi. Bundan xulosa qilish mumkinki, mil.avv. II mingyillik 2-yar- mida, balki undan ham ertaroq Afg‘oniston va qo‘shni viloyatlarga eron tilida gaplashuvchi qabilalaming ko‘chib borishi va mahalliy aholi bilan assimilyatsiya jarayoni kuzatilgan. 0 ‘sha davrda mahal liy aholi va ко‘chib borgan hind-eron guruhidagi aholi o‘rtasida til b o ‘yicha ham assimilyatsiya jarayoni kuzatilgan. Ushbu vilo- yatlarda mahalliy, yuqori darajada rivojlangan o ‘troq dehqonchilik an’analari saqlanib qolgan. Bu A fg‘onistonning qadimgi tarixi va aholisi hayotida muhim davr bo‘lgan. Afg'oniston qadimgi tarixining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri - bu yerda turli madaniyatlaming mavjudligidir. Afg‘oniston shimolida madaniyat jihatidan Shimoliy Baqtriyaga (Amudaryo- ning o ‘ng qirg‘og‘i) yaqin bo ‘lgan Janubiy Baqtriya (Amudaryo- ning chap qirg‘og‘i) joylashgan. Afg‘oniston shimoliy-g‘arbida 2 madaniyat: baqtriya va parfiya madaniyatini o ‘zida birlashtirgan Areya (Hirot vohasi) joylashgan. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, A fg‘oniston davlati tari xiga nazar tashlaydigan bo ‘lsak, uning anchagina qadimiy davlat ekanligini anglab olish qiyin emas. Buni bir necha o‘nlab yillar davomida o ‘tkazilgan tadqiqot ishlari, yirik va ko‘zga ko‘ringan olimlaming xulosalari ham tasdiqlab turibdi. Miloddan avvalgi II mingyillikda Afg'oniston shimolida sezilarli rivojlanish ko ‘zga tashlanadi. Bu yerda, Baqtriya tekisligi- da qadimgi sharq madaniyatining yangi markazi yuzaga keldi. Afg‘oniston hududida ham mavjud pasttekisliklar, katta va o ‘rta darajadagi tog‘ tizmalari orasidagi so‘lim vodiylar ham deh qonchilik, ham chorvachilikning rivojlanishi uchun juda qulay edi. Miloddan avvalgi I mingyillik boshlarida A fg‘oniston hu dudida ham temirdan yasalgan mehnat qurollari va buyumlar tarqala boshladi. Mehnat qurollarining takomillashuvi natijasida inson faoliyati kengaydi va jadallashdi. Bunga mintaqaning temir, oltin, qalay, qo‘rg‘oshin kabi tog‘ jinslari va qazilma boyliklariga boyligi ham kuchli turtki berdi. Miloddan avvalgi I mingyillik 1-yarmidan boshlab Afg‘oniston hududida xo‘jalik hayotining turli sohalari jadal rivojlana boshladi. Xususan, metallni qayta ishlash, ulardan mehnat qurollari yasash, kulolchilik, to‘quvchilik, quruvchilik, zargarlik kabi sohalar taraqqiy eta boshladi. X o‘jalik hayotidagi bu kabi o ‘zgarish va taraqqiyot albatta, Afg'oniston hududida kishilik jamiyatining yuqori ijtimoiy-siyo- siy birlashmasi - davlatning vujudga kelishi uchun qulay shart- sharoit hamda imkoniyatlami yaratib berdi va natijada A fg'oniston hududida ham bir qator ilk davlat birlashmalari vujudga keldi. Xususan, miloddan avvalgi I mingyillik 1-yarmida Afg'onistonning shimoliy qismida Qadimgi Baqtriya, shimoliy-g'arbiy hududlar (M urg'ob daryosi vohasi)da Marg'iyona, janubiy-g'arbiy hududlar (Helmand daryosi vohasi)da Drangiana (keyinchalik Seyiston), hozirgi Hirot vohasida Areya, Qandahor atroflarida Araxosiya, Ko- bul va unga tutash hududlarda Gandxara kabi davlat hamda davlat birlashmalari paydo b o ‘ldi. Qadimgi Afg'oniston hududida mavjud bo'lgan bu kabi madani yat o'choqlari unga qo'shni bo'lgan davlatlar madaniyatiga ham o‘z ta’sirini o'tkazmay qolmagan. Markaziy Osiyoda joylashgan davlat lar bir necha ming yillar davomida bir-birining madaniyatiga ta ’sir qilib, bu o'lkada o'lm as tarixiy madaniyat o'choqlarining yuzaga kelishiga katta ta’sir ko'rsatgan. Afg'oniston hududida vujudga kelgan ilk davlatlardan biri - bu qadimgi Baqtriya podsholigidir. Bu podsholik haqidagi m a’lumotlar yunon muarrixlari asarlarida uchraydi. Jumladan olim va tabib Ktesiy Ossuriya podshosi Nin Belidning miloddan avvalgi I mingyillik 1-yarmida Baqtriyaga qilgan harbiy yurishi haqida ma’lumot beradi. Nin baqtriyaliklaming jangovarliklarini bilgan bo'lsa-da, juda katta qo'shini va jang aravasi bilan Baqtriyaga hu- jum boshlaydi. Baqtriyaliklar o 'z davlatlari poytaxti Baqtra (hozirgi Balx)ni mustahkam mudofaa qo'rg'oniga aylantiradilar. Baqtriya hukmdori Oksiart Vatan himoyasiga 400 ming kishidan iborat Download 184 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling