boMinib ketdi.
Jumladan, poytaxt Kobul va
mamlakat shimoliy-
sharqi prezident B.Rabboniyni qo‘llab-quvvatlovchi A.Mas’ud
nazoratida bo‘lsa, markazi Hirot bo‘lgan mamlakat shimoliy-
g'arbi Afg‘oniston Islom Jamiyati a’zosi hisoblanmish Ismoilxon
nazoratida, markazi Mozori Sharif bo‘lgan
mamlakat shimolidagi
to‘rtta viloyat (Balx, Juzjon, Faryob, Qunduz) general A.Do‘stum
nazoratida edi. Shuningdek, Bag‘lon viloyatida Sayyid Mansur No-
diriy, Nangarxor viloyatida Hoji Abdulqodir, G‘aznada Qori Bobo,
Qandahorda mavlaviy Oxundzoda, Gardezda
Jaloliddin Haqqoniy
kabi mujohidlar yetakchilari yoki dala qo‘mondonlari (inglizcha -
war lord) mustahkam o‘mashdilar va ushbu hududlarda oliy hoki
miyatni amalga oshirib keldilar.
Afg‘onistondagi vaziyat qo‘shni davlatlarga va mintaqadagi
siyosiy jarayonlarga muayyan darajada ta’sir ko‘rsatmay
qolmas
edi. Xususan, 1993-yil boshida Afg'onistonda yuzaga kelgan siyo
siy vaziyat Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun man-
faatli emas edi. Biroq, mazkur chigal vaziyat manfaatlari to‘qnash
kelayotgan boshqa tomonlami qoniqtirardi.
Birinchidan, Afg‘onistondagi ichki siyosiy kurashda A.Do‘stum
va Rabboniy-Mas’udning soxta davlat tuzilmalari sobiq Sovet It
tifoqi hududida tuzilgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)
janubiy chegaralarini Afg‘onistondagi
urush tazyiqidan muhofaza
qiluvchi bufer rolini o‘ynardi98.
Ikkinchidan, Naj ibullo rej imi qulagandan so ‘ ng pushtun millatiga
mansub mujohidlar saflaridagi harbiy dala qo‘mondonlarining
ko‘pchiligi yagona afg‘on davlati uchun kurashishdan ko‘ra o‘z qa
bilasi yoki hududi doirasida to‘liq mustaqillikni afzal ko‘rishdi.
Uchinchidan, XX asr 90-yillari boshida AQSH afg‘on mojarosi
bilan qiziqmay qo‘ydi. Buni “sovuq urush”da erishilgan g‘alaba
va Sovet davlati parchalanganidan keyin Afg‘onistondagi
mojaro
global siyosiy va mafkuraviy kurash xususiyatiga ega bo‘lmay qol-
gani bilan izohlash mumkin edi.
Do'stlaringiz bilan baham: