A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov


AFG‘ONISTON XXI ASR BOSHIDA


Download 184 Kb.
Pdf ko'rish
bet87/124
Sana15.11.2023
Hajmi184 Kb.
#1777363
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   124
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)

AFG‘ONISTON XXI ASR BOSHIDA
Sovet armiyasi Afg‘onistondan olib chiqib ketilgach, Usoma 
bin Laden yangi tashkilot tuzib, uni “Al-Qoida” deb nomladi. 
“Al-Qoida” yollanma jangarilar, qotillar va terrorchilardan iborat 
o‘ziga xos tashkilot bo‘lib, Usoma bin Ladenning har qanday 
topshirig‘ini zudlik bilan amalga oshiruvchi hamda dunyoning 
ko‘pgina beqaror hududlarida joylashib olgan xalqaro tarmoqqa 
aylandi. “Al-Qoida”ga birikkan terrorchilar endi o‘z homiysi, 
ya’ni Sovet-afg‘on urushida ulardan foydalangan AQSHga qarshi 
kurasha boshladilar. Bu borada Usoma bin Laden o‘z tarafdorlarini 
g‘oyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida “diniy fatvo” - muayyan 
bir diniy yetakchi tomonidan oddiy musulmonlarga u yoki bu 
harakatni amalga oshirishga da’vat etuvchi va izn beruvchi o‘ziga 
xos ruxsatnomalar chiqargan edi. Jumladan, 1996-yilda Usoma bin 
Laden tomonidan chiqarilgan dastlabki fatvoda “musulmonlaming 
ikki muqaddas yerlarini egallab olgan amerikaliklarga qarshi urush 
ochish to‘g‘risida” bo‘lsa, yana biri 1998-yilda chiqarilgan bo‘lib, 
unda AQSH hukumati Isroil davlatini qo‘llab-quwatlagani bois, 
dunyo bo‘ylab amerikaliklarni o ‘ldirishga fatvo bergan edi. 1998- 
yilda Keniya va Tanzaniyada “Al-Qoida” tashkiloti tomonidan 
AQSH elchixonalari portlatib yuborildi va shundan so‘ng ushbu 
tashkilot dunyodagi 1-raqamli terrorchi tashkilot deb e ’lon qi­
lindi.
2001-yil 11-sentabrda “Al-Qoida” kamikadzelari Nyu- 
Yorkdagi osmonoo‘par egizak binolar - Jahon savdo markazini 
“Boing” samolyotlari vositasida kunpayakun etishganida butun 
dunyo hamjamiyati ulaming naqadar yovuz kuchga aylanganligiga 
guvoh bo‘ldi. 2001-yil 11-sentabrdagi terroristik hujumni amalga 
oshirgan terrorchilar (jami 19 nafar) “Al-Qoida” xalqaro terroristik 
tashkilotiga taalluqli edilar va ushbu ekstremistlar guruhi, begunoh 
insonlami o‘ldirishni oqlash uchun, dunyodagi eng buyuk dinlardan 
biri - Islom dinini bulg‘ab, buzib ko‘rsatishdi. 0 ‘zining terrorchilik 
faoliyati davomida Usoma bin Laden o‘z tarafdorlari va barcha


musulmonlami AQSHga qarshi “muqaddas urush” (jihod) ochishga 
bir necha bor da’vat qilib kelgan.
Afg‘oniston mazkur yirik terrorchilik harakatini sodir etgan 
tashkilotga boshpana bergan hudud sifatida tarixda qoldi. “Al- 
Qoida”ning asosiy operatsiyalari Afg‘onistonda amalga oshirildi va 
Afg‘oniston mazkur terrorchi tashkilot uchun o‘ziga xos tayyorgarlik 
bazasi vazifasini o‘tadi. “Al-Qoida” terrorchilari o‘zlarining yovuz 
maqsadlarini amalga oshirish yo‘lida Afg‘oniston hududidan 
bemalol foydalandilar va ularga “Tolibon” harakatining panoh 
berganligi Afg‘onistondagi toliblar hukumatining xalqaro terror­
chi hamda ekstremistlar bilan hammaslak ekanligini butun dunyo 
hamjamiyatiga namoyon qildi. 2001-yil 11-sentabrda AQSHda so­
dir etilgan terroristik xurujlar Afg‘oniston va butun jahon siyosa­
tini tubdan o‘zgartirib yubordi. Ushbu fojiali voqealar Usoma bin 
Laden va uning “Al-Qoida” xalqaro terroristik tashkiloti nazdidagi 
xalqaro terrorizm nafaqat AQSHga, balki butun g‘arbga tahdid soli- 
shi mumkinligini ko‘rsatib berdi. Biroq, bu voqealaming eng jiddiy 
oqibatlari Afg‘onistonda mana 15 yildan buy on davom etayotgan 
yirik harbiy kampaniyaning boshlanishiga olib keldi.
2001-yilning 11-sentabridagi fojiali voqealami tashkil etgan 
va amalga oshirgan “Al-Qoida” terrorchilik tarmog‘ining 
Afg‘onistondan 
panoh 
topganligi 
voqealaming 
boshqacha 
rivojlanishiga va Yevroosiyo qit’asida katta geosiyosiy o‘zgarishlar 
ro‘y berishiga olib keldi.
2001-yilning 7-oktabrida AQSH va uning ittifoqchilari 
tomonidan “Al-Qoida” terrorchilik tarmog‘ining Afg‘onistondagi 
harbiy-kommunikatsion nuqtalarini yo‘q qilish va mazkur tashkilot­
ga panoh bergan “Tolibon” hukumatiga barham berishga qaratilgan 
keng ko‘lamli kontrterror operatsiyasi boshlandi. Amerika armiyasi 
toliblaming asosiy kuchlariga sezilarli darajada zarba berish bilan bir 
vaqtda toliblarga qarshi bir necha yildan beri mardonavor kurashib 
kelayotgan “Afg‘onistonni qutqarish bo‘yicha birlashgan islomiy 
ittifoq” (Shimoliy Alyans)ga ham tegishli yordam ko‘rsatdi.


Achinarlisi shunda ediki, xalqaro hamjamiyat tomonidan 
Afg‘onistonda mazkur operatsiyani boshlash oldidan Shimoliy 
Alyans saflari jiddiy yo‘qotishga uchradi. 2001-yilning 9-sentabr 
kuni Usoma bin Laden tomonidan uyushtirilgan suiqasd oqibatida 
Shimoliy Alyansning mashhur yetakchisi Ahmadshoh Mas’ud 
halok bo‘ldi. “Al-Qoida” tashkilotining ikki nafar terrorchisi arab 
telekanalining muxbirlari niqobida A.Mas’uddan intervyu olish 
maqsadida Shimoliy Alyans qarorgohiga yetib kelishadi va ulaming 
qo‘l ostidagi telekamerada joylashtirilgan portlovchi moslamaning 
portlashi natijasida taniqli qo‘mondon halok bo‘ldi.
Usoma bin Laden 2001-yilning 11-sentabrida AQSHda terror- 
chilik harakatlarini rejalashtirar ekan, mazkur harakatlar sodir 
etilgach, o‘z tashkilotiga qarshi va unga panoh bergan “Tolibon” 
hukumatiga qarshi AQSH tomonidan tegishli harbiy operatsiya 
o‘tkazilishini oldindan ko‘ra olgan edi. AQSH tomonidan bunday 
operatsiya о ‘tkazilsa, “Al-Qoida”ning ham, “Tolibon” hukumatining 
ham Afg‘onistondagi harbiy qudrati sindirilishi hamda ulaming 
hukmronligiga barham berilishi va natijada Afg‘oniston siyosiy 
sahnasiga yana Shimoliy Alyansning chiqishini anglagan Usoma 
bin Laden Ahmadshoh Mas’udni bartaraf qilish orqali uni kelgusida 
barpo etiladigan yangi afg‘on davlatidayetakchi shaxsga aylanishini 
oldini olish va Shimoliy Alyansning parchalanib ketishiga erishish- 
ni moTjallagan edi.
2001-yilning 7-oktabrida Afg‘onistonda AQSH yetakchiligida 
boshlangan aksilterror operatsiyasi davomida “Tolibon” kuchlariga 
havodan zarba berilib, ulaming harbiy infratuzilmasiga j iddiy shikast 
yetkazildi106. Ammo, shunday boTsa-da, toliblaming 40000-50000 
kishilik va “Al-Qoida” xalqaro terroristik gumhining esa 5000 
kishilik piyoda jangarilardan iborat asosiy kuchlari mamlakatning 
yirik shaharlarini o‘z nazoratida ushlab turar edi. Toliblaming ush­
bu kuchlariga zarba berishda 15000 kishilik harbiylardan iborat

Download 184 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling