A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov
qutqarish bo‘yicha birlashgan islomiy ittifoq”
Download 184 Kb. Pdf ko'rish
|
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 104 Saikal, A. Modem Afghanistan. A History o f Struggle and Survival. - N ew York: I.B.Tauris, 2004. - P. 229.
qutqarish bo‘yicha birlashgan islomiy ittifoq” (Jabha-ye
Muttahid-e Eslomi baroye Nejot-e Afg‘oneston) yoki ilmiy manbalarda “Shimoliy Alyans” deb ataluvchi ittifoq tuzildi. Biroq, ushbu ittifoq ishtirokchilari o‘rtasida o‘zaro ishonchning yo‘qligi bois, ular umumiy dushmanga qarshi o‘z harakatlarini birlashtira olmadilar va natijada 1998-yil oxiriga kelib A.Do‘stum qo‘l ostidagi shimoliy hududlar, A.Xaliliy nazoratidagi hazoriylar istiqomat qiladigan Bomiyon hududi toliblar qo‘liga o‘tdi104. Shunday qilib, shimolga yurish oldidan “Tolibon” kuchlari mamlakatning 75% hududini nazorat qilib turgan bo‘Isa, shimoliy hududlar zabt etilgach Afg‘onistonning 90% hududi ulaming qo‘l ostiga o‘tdi105. Garchi toliblar mamlakat shimolini egallagan bo‘lsalar ham, bu yerdagi qarshilik harakatini butunlay bostira olmadilar. 104 Saikal, A. Modem Afghanistan. A History o f Struggle and Survival. - N ew York: I.B.Tauris, 2004. - P. 229. 105 Runion, M.L. The History o f Afghanistan. - London: Greenwood Press, 2 0 0 7 .- P . 123. Shu tariqa, 1998-yilga kelib toliblar mamlakatning markaziy va shimoliy viloyatlarida nazorat o‘matdi hamda 1999-yil boshiga kelib “Tolibon” harakati Afg‘oniston hududining deyarli 90 foizini, shu jumladan, aholisining ko‘pchiligi o‘zbeklar va hazoriylar bo‘lgan viloyatlami ham o‘z nazorati ostiga oldi. Jahon hamjami- yati esa Afg‘oniston Islom Davlati Prezidenti B.Rabboniy bosh- chiligidagi hukumatni hamon Afg‘onistondagi birdan-bir qonuniy hukumat deb tan olar edi. BMT doirasidagi yig‘ilishlarda ham Rab- boniy hukumatidan doimiy vakil ishtirok etar edi. “Tolibon” harakati Afg‘onistonni musulmon qonunlari va shariat ahkomlari orqali boshqardi. 1997-yil oktabr oyida mam lakat rasmiy nomi o‘zgartirildi va “Afg‘oniston Islom Amirligi” deb e’lon qilindi va uni faqat 3 ta davlat - ya’ni Pokiston, Saudi ya Arabistoni va Quvayt tan oldi, xolos. Toliblar yetakchisi mulla Muhammad Umar esa “Amir” - “mo‘min-musulmonlar yetakchisi”, “musulmonlarga amr etuvchi” deb e’lon qilindi. Toliblar o‘zboshqaruvi davrida Afg‘onistonni keng ko‘lamdagi gumanitar halokat jari yoqasiga olib kelib qo‘yishdi va aholining uchdan bir qismi mamlakatni tark etdi. Afg‘oniston giyohvand moddalar ishlab chiqaradigan yirik hududga hamda xalqaro terro- rizmni qo‘llab-quwatlovchi markazga aylanib qoldi. Mamlakatda Usoma bin Laden yetakchiligidagi “Al-Qoida” xalqaro terroristik tashkilotining hech bir qarshiliksiz faoliyat yuritishiga izn berish bilan bir qatorda toliblar uyg‘ur separatchilaridan iborat “Sharqiy Turkiston islom harakati” a’zolari hamda chechen jangarilari ham yaqin aloqada bo‘lishdi. “Tolibon” harakati o‘zining 1994-yildan to 2001-yilgacha bo‘lgan yetti yillik hukmronligi davrida Afg‘onistonni siyosiy va iqtisodiy boshboshdoqlik girdobiga tortib, ochlik hamda kasallik is- kanjasida qoldirdi. Ulaming eng katta xatosi XXI asr boshida mam lakatni o‘z siyosiy amallari orqali “Xulafo-ye Roshidin” davriga qay- tarish, “asl” islom hukmron bo‘lgan davlat tuzish edi. Toliblaming bu harakatlari jahon hamjamiyatining nafratini uyg‘otdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling