A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov
Рашид А. Талибан. Ислам, нефть и новая Большая игра в Центральной
Download 184 Kb. Pdf ko'rish
|
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)
103
Рашид А. Талибан. Ислам, нефть и новая Большая игра в Центральной Азии. —М.: Библион, 2003 - С. 32. Lekin, toliblaming poytaxt Kobulga uyushtirgan dastlabki huju- mi muvaffaqiyatsizligining boshqa sababi bor edi. U ham bo‘lsa, Pokiston ko'rsatmasiga binoan toliblar Qandahor - Hirot yo'lini, ya’ni Pokistonni Markaziy Osiyo bilan bog'lashi kerak bo'lgan asosiy magistral yo‘lning Afg'onistonga qarashli qismini to‘liq nazorat qilish maqsadida o'z harbiy harakatlarini shimoliy-g‘arbiy yo‘nalishga qaratishgan edi. Qizig‘i shundaki, 1994-yil yozida Turk- manistonning Kushka shahridan Pokistonning Chaman shahrigacha temir yo'l qurilishi loyihasi ma’qullangan edi. Mazkur temir yo‘l shoxobchasi Hirot orqali Afg'onistonning g‘arbiy viloyatlaridan o‘tib Qandahorga borishi mo‘ljallangan edi. Ushbu loyiha e’lon qilinishidan birmuncha vaqt o‘tgandan so‘ng bu yerda toliblar pay do bo‘lishganligi bejiz emas edi. Shuningdek, aynan shu davrda Turkmaniston hududidan Pokistonga qadar qariyb 1500 km ga cho‘ziluvchi “transafg‘on gaz quvuri”ni yotqizish rejasi ham yuzaga chiqdi. Bunday yirik loyihaning amalga oshirilishida Saudiya Arabistonining “Delta Oyl” neft kompaniyasi va AQSHning “Unocal” (United Oil of Cali fornia) kompaniyasi asosiy ishtirokchilar ekanligi “Tolibon” ha- rakatini mazkur gaz quvuri o‘tadigan shimoliy-g‘arbiy hududlami imkon boricha tezroq o'z nazoratiga olishga undar edi. 1995-yilga kelib toliblar Hirot shahrini bosib oldilar va Afg‘ onistonning Turkmaniston bilan chegarasiga chiqdilar. Shunday qilib, 1995-yildayoq Pokistondan Markaziy Osiyo mintaqasiga transport yo‘lagini ochishdan iborat geosiyosiy vazifaning birinchi bosqichi bajarildi. 1995-yilga kelib toliblar Afg‘oniston markazi va shimolida nisbatan qattiq qarshilikka duch keldilar. Bunda toliblar etnik jihatdan o‘zbek millatiga mansub jangchilami birlashtirgan general Abdurashid Do‘stum boshchiligidagi “Jumbush-e Melli-ye Eslo- mi-ye Afg'oneston” (Afg‘oniston milliy islomiy harakati), etnik tojiklaming Burhoniddin Rabboniy va Ahmad Shoh Mas’ud bosh chiligidagi “Afg'oniston Islom Jamiyati” va hazoriy shialarining Muhammad Xaliliy rahbarligidagi “Hezb-e Vahdat” (Afg'oniston islom birligi partiyasi) kabi siyosiy tashkilotlar qarshiligiga uchrab, Afg‘oniston ichkarisiga kirib borishni vaqtincha to'xtatdi. Shu tariqa, 90-yillar o‘rtalariga kelib, Afg‘oniston quyidagi tartibda parokanda holga keltirilgan edi. “Tolibon” harakati - mamlakatning janubiy, janubi-g‘arbiy hamda shimoliy-g‘arbiy viloyatlarini, shu jumladan Qandahor va Hirot shaharlarini, hazoriy shialari - tog‘li Hazorajotdagi Bomiyon viloyatini, general A.Do‘stum - mamlakat shimolidagi olti viloyatni, B.Rabboniyning “Afg‘oniston islomiy hukumati” - mamlakat poytaxti Kobulni va Tojikistonga yondosh shimoli-sharqiy viloyatlami nazorat qilar edi. Bundan tashqari, toliblarga muxolifatda bo‘lgan pushtun jan- gari qo‘mondonlari Afg‘oniston janubidagi yirik Jalolobod shahrini egallab turishardi. 1996-yil 26-sentabrda Kobul qo‘lga kiritilgach esa, toliblar xalqaro huquq shartlariga zid ravishda Kobuldagi BMT vakolat- xonasiga bostirib kirdilar hamda u yerdan panoh topgan mamlakat ning sobiq prezidenti Najibulloni qiynab o‘ldirdilar va uning jasadini namoyishkorona qilib poytaxt markazida osib qo‘ydilar. Download 184 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling