A. M. Shonazarov kasbiy psixologiya


Download 0.91 Mb.
bet15/23
Sana18.06.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1575598
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
Bog'liq
1-Mavzu “KASBIY PSIXOLOGIYA” FANINING PREDMETI VA DOLZARB VAZIFALARI

noverbal nutq ifodasi: mimika, pantomimika va vokal mimikasi (musiqa ma’nosini tana a’zolari orqali ifodalash);

  • vegetativ reaksiyalarning ko‘rinishi: rangning kizarishi, oqarishi, terlash, nafas olishning tezlashuvi, sekinlashuvi va qiyinlashuvi.

    Kuzatishni ifodalash uslublari: tajribalarda to‘plangan ma’lumotlarni alomat, belgi va simvolika orqali aks ettirish (piktogramma, chizgi, jadval, anagramma) va turli shakl, xususiyatli bayonnomalar, qaydnomalar yuzaga keltirish.
    Psixologiya fanida kuzatishning quyidagi turlaridan foydalanish mumkin: izchil, epizodli, dala sharoitli, laboratoriyaviy - sun’iy, tabiiy, xronologiyali, davriy, bir martali kabilar.
    Kuzatish metodining bir necha xil shakllari mavjud bo‘lib, vazifalariga qarab ularning har biridan foydalanish mumkin: aralashib yashirin kuzatish, kuzatiluvchining psixologik portretini yaratish, aralashib oshkora kuzatish (o`smirlarda yuqori natijalar beradi), hulq - atvor portretini tahlil qilish va hokazo.
    Kuzatish natijalarini miqdoriy tahlil qilishda statistik metodlarni quyidagi tartibda qo‘llash lozim:

    • olingan natijalarni foizlar bo‘yicha hisoblab chiqish;

    • to‘plangan ma’lumotlarning urtacha arifmetik qiymatini topish;

    • son qatoridagi urtacha kvadrat ogishni hisoblash (sigma);

    - son qatoridagi miqdorlar tarkoqligini aniqlash (dispersiya);
    - omillar o‘rtasidagi muayyan munosabatlar mavjudligini (korrelyatsion) tahlil qilish;
    - ma’lumotlar, metodikalarning ishonchililik darajasini aniqlash uchun Styudent mezonidan foydalanish lozim.
    Psixometrik usullar
    Psixometriya-psixik vokea va xodisalarning miqdoriy tomonining nisbati va tavsiflarini o‘rganadi. Psixometriyaning muhim belgisi psixik jarayonlarning individual farqlar, empirik dalillar dinamikasini, parametrlarini o‘lchash texnologiyasining standartlashganligidir. Psixometriya ishonchliligi bilan ajralib turuvchi psixodiagnostik metodikalarini yaratishga yo`naltirilgan. Psixometrik usullar tarkibiga psixologik test ham kiradi.

    Download 0.91 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling