A. M. Shonazarov kasbiy psixologiya


Download 0.91 Mb.
bet13/23
Sana18.06.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1575598
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
Bog'liq
1-Mavzu “KASBIY PSIXOLOGIYA” FANINING PREDMETI VA DOLZARB VAZIFALARI

Anamnez metod - bu insoning mehnat sub’ekti sifatida rivojlanish tarixi, haqidagi ma’lumotlarni yigadi. Bu usul Ye.A.Klimov tomonidan batafsil ko‘rib chiqilgan. Kasbiy anamnez mehnat motivlarini o‘rganish, tanqidiy voqealarni aniqlash, kasbiy faoliyatda obru- e’tibor kozonishni oldindan tashhis qilishda qo‘llaniladi. Anamneztik tadqiqot o‘z ichiga suhbat tizimini olgani uchun, suhbat metodiga qo‘yiladigan talablar bu usulga ham tadbik etiladi.
Faoliyat mahsulini tahlil qilish metodi.
Bu metod psixologiyada inson xotirasi, tafakkuri, qobiliyati va hayolining xususiyatlarini aniqlash maqsadida keng qo‘llaniladi. Odam chizgan rasmlar, yasagan uyinchoklar, modellar, tukigan narsalar, tikkan kugirchoklar, to‘qib, so‘zlab berilgan xikoyalar, texnik konstruksiyalar chizmasini tushunish kabilarni tahlil qilish orqali ularning mantiqiy xotirasi, tafakkuri, badiy va adabiy qobiliyati, ijodiy hayoli, texnik ijodi yuzasidan materiallar to‘plash mumkin. Mazkur metodda ijod mahsulini yaratgan jismoniy shaxs bevosita ishtirok etmaydi. Tekshiriluvchi bilan tekshiruvchi o‘rtasida muloqot o’rnatish uchun shaxsning psixikasi to‘g‘risida sirtdan muayyan hukm va xulosa chiqariladi. Tekshiruvchi (o‘qituvchi, murabbiy, psixolog) ekspert tariqasida shaxslar ijodiyotiga baho beradi, bo‘nda mehnat mahsulining shakli, mazmuni, sifati, originalligi, xajmi, xususiyati bilan keskin tafovut qilishi nazarda tutiladi .
Ijodiy faoliyat mahsullarini tahlil qilish orqali har xil yoshdagi va kasbdagi odamlarning psixik xususiyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plash mumkin. Faoliyat mahsulotlarini o‘rganish inson ruhiyatini o‘rganish metodlari ichida o‘ziga xos o‘rinni tashkil etadi. Shuni ta’kidlab o’tish joizki, inson ruhiyatini o‘rganish yuqorida bayon qilingan metodlardan tashqari yana ayrim kushimcha metodlardan ham foydalaniladi. E’tirof etish joizki, qo‘llanilayotgan har bir metodning o‘ziga xos ijobiy, afzal tomonlari bilan birgalikda qiyin va salbiy tomonlari ham mavjud. Shu bois konkret shaxs ruhiyatini o‘rganish vaqtida yakka metodlar natijalari bilan kifoyalanib kolish mumkin emas. Ruhiyatni tekshirishda atroflilik, dinamiklik, ob’ektivlik, tekshiriluvchining yosh xususiyatlarini inobatga olish va boshqa tamoillarga suyanish darkor.
Faoliyat mahsulotlari va jarayonlarini tahlil etish yo`llari bo‘lib, unga B.G.Ananev xronometriya, profesiografiya, bajarilgan ishlar va buyumlar bahosini izohlashlarni kiritadi. Kasb psixologiyasining bu guruhidan quyidagi usullar muhim ahamiyatga ega. Topshriqlar tahlili - bu kuzatilayotgan inson va uning yashirin kasbiy xulqining yo‘nalganligini psixologik jixatlarini tadqiq qilish metoddir. Topshiriqlarni tahlil etish metodi F.Teylor tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, tasvirlash va tahlil etish maqsadida qo‘llanilgan. Topshiriqlarni tahlil etish hamda bajarilgan ishlarni tahlil etish metodi ham muxandislik psixologiyasida keng qo‘llaniladi.
E.Mak-Kormik va uning kasbdoshlari metallurgiya sanoatiga xos bo‘lgan 250 ta kasb turlarini tahlil etish uchun faoliyatlar ro‘yxatini ishlab chiqishdi. Olingan ma’lumotlarni faktorli tahlil qilish yo`li bilan qayta ishlash orqali 14 ta omil ajratildi va bu omillar "pozitsion tahlil so‘rovnomasi"ni loyihalashtirishga asos bo`ldi (RAQ). RAQ 187 elementdan iborat bo‘lib, ular mehnat xulqining asosiy shakllari hamda turli jixatlarini o‘z ichiga oladi. Ayrim jixatlarga tegishli misollarni keltiramiz: yozma topshiriqni ko‘rsatmasiga asoslangan holda bajarish, klaviaturadan foydalanish, konsultasiyalarda qo‘l ostidagi ishchilar miqdori va boshqalar. RAQ metodi asosida to‘plangan ma’lumotlarni tahlil etishda tadqiqotchi har bir bulimlar bo‘yicha javoblarni oladi. Ta’kidlash kerakki, RAQ - topshiriqlar emas, balki bajarilgan ishlar tahlili metodi bo‘lib, ishchilarni tanlash muammosini hal etishda qo‘llaniladi. RAQ ishchilarni o‘qitish, malaka oshirish va ma’muriy jihatdan o‘zgarishlarida qo‘llaniladi. Kasbiy tahlilning yana bir muammosi kritik voqealar metoddir. Uning mohiyati shundaki, tadqiqotchi ishchining konikarsiz xulqini tasvirlaydi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling