4.Kasbiy psixologiyaning asosiy metodlari.
Metod so‘zi - yunoncha “metxodos” so’zidan oingan bo‘lib, “yo’l, yuriq, yo’nalish” tadqiqot, tekshirish degan ma’noni beradi. Nazarimizda yuqoridagilarga yana yo`l, usul so‘zlarini ham kiritish mumkin. Metodlar tadqiqot ishlarida ham, bilim berishda ham qo‘llaniladi. Ushbu mavzuda bilim berish metodlari haqida emas, balki fan uchun, uning rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plashdagi qo‘llaniladigan tadqiqot metodlari haqida so‘z boradi.
Tadqiqiy metodlarning 2 ta turi mavjud;
Longityud.
Kesimli.
Longityud metodi - ma’lum kishilar guruhi yoki aniq kishilarning bir xil belgilariga ko‘ra psixik xususiyatlarini davomli va muntazam o‘rganishni nazarda to`tdi.
Kesimli metod - ma’lumotlarni tadqiqotda qatnashuvchilarning turli guruhlariga nisbatan taqqoslashga xosdir. Bu metod orqali sinovdan utayotgalarning ko‘p miqdorini qisqa vaqt ichida qamrab olishi mumkin. Kesimli tadqiqotlarni o‘tkazishda savol-javob usullari, testlar tajribalar keng qo‘llaniladi. Longityud metodi - kasbiy shakllanishda individual yo`lni o‘rganishga yordam beradi. Mazkur metod yordamida shaxsning obru orttirishi uning faoliyatidagi turli xildagi tanqidiy holatlarini aniqlaydi. Psixologiyada qo‘llaniladigan tadqiqot usulari kelib chiqishiga ko‘ra umumpsixologik ko‘rinishga ega, lekin spesifik xususiyatiga ega emas. Kasb psixologiyasi yosh psixologiyasiga yondosh ekanligini hisobga olsak, bu o‘z navbatida shakllanib bo‘lgan metodlarni o‘zlashtirishga olib keladi. Barcha tadqiqotlarda keng doirada metodlarni qo‘llash o‘ziga xos tadqiqiy metodlarni yaratilishiga olib keladi. Kasb psixologiyasi tadqiqot metodlarining tizimlanishi, ularning qo‘llanishi sohasini aniqlash shuningdek, sifat, xususiyatini ko‘rib chiqish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Psixologiya fanida yagona umuman olganda, tadqiqotlar metodlarining to‘liq tasnifi mavjud emas. Ko‘pincha, alohida metodlar yoki psixologiyada ma’lum muammoni hal etishga tavsiya etiladigan metodlar ro‘yxati beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |