A. M. Shonazarov kasbiy psixologiya


Psixologiyaning metodlar tizimini tahlil etgan olimlar quyidagi metodlar guruhini taklif etadi


Download 0.91 Mb.
bet11/23
Sana18.06.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1575598
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
Bog'liq
1-Mavzu “KASBIY PSIXOLOGIYA” FANINING PREDMETI VA DOLZARB VAZIFALARI

Psixologiyaning metodlar tizimini tahlil etgan olimlar quyidagi metodlar guruhini taklif etadi:

          1. Tadqiqotni tashkillashtirish va rejalashtirish metodlari, ya’ni tashkiliy metodlar.

          2. Dalillar to‘plash, ilmiy ma’lumotlar olishga qaratilgan empirik metodlar (usullar).

          3. Ma’lumotlarni qayta ishlash usullari.

          4. Interpretatsion metodlar(usullar).

          5. Boshqa bir qator psixolog-olimlar psixologiyasining quyidagi usullarini ajratishadi:

1)Sub’ektiv metodlar (o‘zini o‘zi kuzatish);
2)Ob’ektiv metodlar (kuzatishning har xil turlari; eksperimental, testlar, savol-javob, so‘rovnomalar).
Afsuski, bu metodlar muallifi psixologiya metodlarining tasniflanishini (klassifikatsiya) taqdim etmay, faqatgina psixologiya fanidagi mavjud metodlarini sanab o’tish bilan chegaralanadilar. Bu esa o‘z navbatida aniq ilmiy tasniflanishning mavjud emasligi, psixologiyada metodlarning ko‘pligi hamda bir tizimga solinmaganligi bilan izohlanadi. Yosh va pedagogik psixologiyaning metodlarini tahlil etib, tadqiqiy metodlarni tasniflashning asosi sifatida muhim jixatlarini ajratib olish kerak. Bu masalalar 4 xil shaklga ega: tasvirlash, o‘lchash, tushuntirish va psixik xodisani shakllantirishdan iborat. Shunga muvofiq metodlarning 4 ta guruhi taklif etiladi: noyeksperimental (klinik), diagnostik, eksperimental va shakllantiruvchi.
Shunday qilib kasb psixologiyasi oldida quyidagi tadqiqiy masalalar to‘ribdi:

              1. guruhi - shaxsning kasbiy shakllanishi bu murakkab, ba’zida esa dramatik jarayonning psixologik xususiyatlarini tasvirlashdan iborat. Bu jarayonni tadqiq etish uchun longityu’d, savol-javob, psixobiografiya, tanqidiy voqealar metodlarini qo‘llash to‘g‘ri bo‘ladi. Bu metodlar guruhini genetik metodlarga kiritishi mumkin.

              2. guruhi - kasblarning psixologik tavsifi, kasbning psixologik mazmunini tadqiq etish, faoliyat mahsuldorligini o‘rganish, mehnat metodi, ho‘jjatlarni o‘rganish, kuzatilayotganlarni savol-javob orqali o‘rganish metodi, shuningdek, professiografiya yo`li bilan amalga oshirilishi mumkin. Bu uslublar guruhi praksimmetrik uslublarga tegishlidir.

              3. guruhi-muhim kasbiy ko‘rsatkich faoliyat va shaxs belgilarini o‘lchash. Bu tadqiqiy masalani hal qilish uchun maxsus qobiliyat testlari, muvaffoqiyat va ta’lim testlari qo‘llaniladi. Bu psixometrik usullar guruhidir.

              4. guruhi-kasbiy shakllanishning xususiyatlarini, qonuniyat va mexanizmlarini tushuntirishdan iborat. Bu vazifani bajarish usullari eksperimental usullardir: ya’ni labaratoriya, modellashtiruvchi va tabiiy eksperimentlardir.

              5. guruh-usullari tadqiqiy ma’lumotlarga miqdoriy ishlov berishga yo`naltirilgan. Ularga matematik ishlov berish usullari kiradi: ya’ni korrelyatsion, faktorli tahlil va boshqalar. Kasb psixologiyasining tadqiqot metodlari umumiy tarzda quyidagi jadvalda aks ettirilgan.


Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling