A molekula moddaning kimyoviy xossalarini namoyon qiluvchi eng kichik bo’lagi


Download 115.39 Kb.
bet3/4
Sana13.02.2023
Hajmi115.39 Kb.
#1193246
1   2   3   4
Bog'liq
KO\'M yakuniy testlari (Автосохраненный)

KIMYO 8-SINF

1. Moddiy unsurlarning eng kichik birligi — atomlar haqida, ularni yanada kichikroq zarralarga bo’linishi to’g’risida fikrlar bergan. Bu fikr kimga tegishli?


A) Forobiy B) Ar-Roziy C) Beruniy D) Abu Ali ibn Sin
2. XVIII asrning oxirlariga kelib nechtaga yaqin element ma’lum bo’lgan?
A) 30 B) 40 C) 63 D) 46
3. Metalmaslarning gidroksidlari nima deyiladi?
A) Asos B) Ishqor C) kislota D) gidridlar
4, Xlor(1), brom(2), ftor(3) va yod(4)ning ranglarini juftlab ko’rsating.
a) Och yashil; b) Qizg’ish qo’ng’ir; c) To’q kulrang; d) Sarg’ish yashil.
A) 1-a; 2-b; 3-c; 4-d
B) 1-d; 2-c; 3-b; 4-a
C) 1-d; 2-b; 3-a; 4-c
B) 1-c; 2-a; 3-b; 4-d
5. Ingliz kimyogari va fizigi R.Boyl nimani tushuntirdi?
A) tabiiy kimyoviy birikmalarni tarkibi va xossalariga ko’ra sinflarga toifalanishini
B) tabiatdagi barcha narsalar juda kichik zarrachalar - atomlardan tashkil topganligini
C) atomlarning bo’linishini va atom mayda bo’laklar bilan bo’shliqlardan iborat ekanligini va ular doimo harakatda bo’lishini izohlab berdi
D) kimyoviy element eng oddiy, kimyoviy jihatdan bo’linmaydigan modda bo’lib, u murakkab moddalar tarkibiga kirishini.
6. 1814 yili Berselius nechta elementning atom massalari asosida kimyoviy elementlar jadvalini tuzdi.
A) 30 B) 40 C) 63 D) 46
7. 979-1048 yillarda yashab, faoliyat ko’rsatgan ajdodimiz Abu Rayhon Beruniy qanday fikrni e’tirof qiladi?
A) atomlarni bo’linmaydigan zarrachalar deb qaraydigan olimlarga qarshi o’z fikrlarini bildirgan va atomlarni bo’linadigan (lekin cheksiz emas) mayda zarrachalar ekanligini
B) tabiatdagi barcha narsalar juda kichik zarrachalar - atomlardan tashkil topganligini
C) atomlarning bo’linishini va atom mayda bo’laklar bilan bo’shliqlardan iborat ekanligini va ular doimo harakatda bo’lishini izohlab berdi
D) kimyoviy element eng oddiy, kimyoviy jihatdan bo’linmaydigan modda bo’lib, u murakkab moddalar tarkibiga kirishini.
8. Kim dorivor, tabiiy kimyoviy birikmalarni tarkibi va xossalariga ko’ra sinflarga toifalashtirgan.
A) Forobiy B) Ar-Roziy C) Beruniy D) Abu Ali ibn Sin
9. J.Nyulends (1837-1898) . . . yilda elementlar . . . ga asoslangan oktavalar qonunini taklif etgan.
A) 1864, atom massalari B) 1865, atom massalari C) 1865, ekvivalentlari D) 1864, ekvivalentlari
10. Kim 1862 yilda kimyoviy elementlarning silindr shaklidagi jadvalini yaratdi.
A) B.de-Shankurtua C) N.L.Meyer D) J.Nyulends D) Debereyner
11. Debereyner 1817-1829 yillarda elementlarning atom massalariga asoslanib qanday nazariyani taklif etdi.
A) ekvivalent nazaryasini B) atom-molekulyar nazaryasini C) triadalar nazariyasini D) oktavalar nazaryasini
12. N.L.Meyer(1830-1895) nechanchi yilda elementlarning atom massalari ortib borishiga asoslangan jadvalni taklif qilgan.
A) 1864 B) 1865 C) 1862 D) 1861
13. Eramizdan avvalgi 460-370 yillarda kim tabiatdagi barcha narsalar juda kichik zarrachalar — atomlardan tashkil topganligini bayon qildi.
A) Lomonosov B) Abu Ali ibn Sino C) Ar-Roziy D) Demokrit
14. Ishqoriy metallar quyidagi umumiy xossalarga ega emas:
1) Ishqoriy metallar barcha birikmalarida bir valentli; 2) Ishqoriy metallarning gidroksidlari ishqorlardir, ular suvda yaxshi eriydi; 3) Ishqoriy metallar barcha birikmalarida ikki valentli; 4) Ishqoriy metallarning gidroksidlari ishqorlardir, ular suvda yaxshi erimaydi; 5) Ishqoriy metallarning atom massalari ortib borishi bilan fizik va kimyoviy xossalari davriy ravishda o’zgarib boradi; 6) Ishqoriy metallarning atom massalari ortib borishi bilan fizik va kimyoviy xossalari davriy ravishda o’zgaribmay boradi.
A) 1, 2, 6 B) 3, 4, 5 C) 1, 2, 5 D) 3, 4, 6
15. Zn(OH)2+NaOH → . . . . . davom ettiring.
A) Na2ZnO2+2H2O B) Na[Zn(OH)3] C) reaksiya bormaydi D) Na[Zn(OH)4]
16. …….. ko’ra rux, alyuminiy metall, …………. ko’ra metalmaslarga ham, metallarga ham o’xshaydi.
A) fizik va kimyoviy xossalari ham metallga o’xshash
B) fizik xossasiga ko’ra metall, kimyoviy xossasiga ko’ra metalmaslarga ham, metallarga ham o’xshaydi
C) fizik xossasisiga ko’ra metalmas, kimyoviy xossalariga ko’ra metallarga o’xshaydi
D) fizik xossasisiga ko’ra metalmas, kimyoviy xossalariga ko’ra metalmaslarga ham, metallarga ham o’xshaydi
17. Chapdan o’ngga elementlarning tartib raqami ortib borganda qanday qonuniyatlar oshib boradi.
1) atom radiusi; 2) ionlanish patensiyali; 3) elektromanfiylik; 4) metallik; 5) metalmaslik; 6) ion radiusi; 7) yadro zaryadi; 8) gidroksidlarida asoslik xossasi; 9) gidroksidlarida kislotalik xossasi; 10) tashqi qavatidagi elektronlar(s va p elementlarda) soni A) 1, 4, 6, 8, 10 B) 2, 3, 5, 7, 9 C) 2, 3, 5, 7, 9, 10 D) 1, 4, 6, 8
18. Kislorod bilan hosil qilgan yuqori valentli birikmasida elementning massa ulushi 38,8% ni tashkil qiladi. Ushbu elementning tartib raqamini aniqlang. A) 35,5 B) 17 C) 16 D) 35
19. Kim turli atom massaga ega bo’lgan, lekin kimyoviy xossalari bir xil bo’lgan atomlarni izotoplar deb atadi.
A) Butlerov B) Dolton C) Berselius D) Kurnakov
20. Tabiiy argon 36Ar, 38Ar va 40Ar izotoplarining aralashmasidan iborat bo’lib, 99% 40Ar, 0,7% 38Ar va 0,3% 36Ar izotoplari tashkil qilgan bo’lsa, argonning o’rtacha nisbiy atom massasini aniqlang.
A) 39,08 B) 40,112 C) 39,774 D) 39,974
21. vodorod atomida elektron yadro atrofida sharsimon bulut hosil qilib harakatlanadi. Bunda elektronni eng ko’p harakatlanadigan sohasi yadrodan qancha uzoqlikda bo’ladi?
A) 18·10-10 m B) 0,53·10-8 sm C) 1·10-9 m D) 3·10-8 m
22. Har bir energetik qavatdagi elektronlarni fazodagi harakatlanishi, ya’ni “elektron bulut”lar shaklini bildiradigan kvant son qaysi? A) bosh B) orbital C) magnit D) spin
23. Chapdan o’ngga elementlarning tartib raqami ortib borganda qanday qonuniyatlar kamayib boradi.
1) atom radiusi; 2) ionlanish patensiyali; 3) elektromanfiylik; 4) metallik; 5) metalmaslik; 6) ion radiusi; 7) yadro zaryadi; 8) gidroksidlarida asoslik xossasi; 9) gidroksidlarida kislotalik xossasi; 10) tashqi qavatidagi elektronlar(s va p elementlarda) soni
A) 1, 4, 6, 8, 10 B) 2, 3, 5, 7, 9 C) 2, 3, 5, 7, 9, 10 D) 1, 4, 6, 8
24. Pog’onadagi orbitallar soni qanday formula bilan aniqlanadi?
A) N=n2 B) (2L+1)∙2 C) 2n2 D) (L+1)∙2
25. Har qaysi energetik pog’onadagi maksimal elektronlar soni topish formulsi?
A) N=n2 B) (2L+1)∙2 C) 2n2 D) (L+1)∙2
26. Pog’onachadagi elektronlarning maksimal qiymati qanaqa formula bilan ifodalaniladi?
A) N=n2 B) (2L+1)∙2 C) 2n2 D) (L+1)∙2
27. Pog’onachalarda elektronlarni to’lib borishi kimning (1900-1972) qoidasiga asosan aniqlanadi.
A) V.M.Klechkovskiy B) Pauli prinsipi C) Xund qoidasi D) Bor postulasi
28. Xund qoidasi?
A) har qanday atomda barcha kvant soni bir xil bo’lgan ikkita elektron bo’lishi mumkin emas.
B) elektronlarni to’lib borishi qoidasiga asosan aniqlanadi.
C) pog’onalardagi yacheykalarga elektronlarni to’lib borish tartibi.
D) Elektronlar avval yacheykalarni toq holatda to’ldiradi.
29. Kimlar, ekasilitsiy (a), ekabor (b) va ekaalyuminiy (c)elementlari oldindan bashorat qilingan edi, ularni qachon va kim tamonidan kashf qilindi?
1) 1875 yilda fransuz olimi Lekok de Buabadron; 2) Nilsen 1879 yilda; 3) V.Noddak va I.Noddaklar 1880 yilda; 4) K.Vinkler 1886 yilda.
A) a-1; b-2; c-3 B) a-1; b-2; c-4 C) a-4; b-3; d-2 D) a-4; b-2; c-1
30. Pauli prinsipi bu?
A) har qanday atomda barcha kvant soni bir xil bo’lgan ikkita elektron bo’lishi mumkin.
B) elektronlarni to’lib borishi qoidasiga asosan aniqlanadi.
C) har qanday atomda barcha kvant soni bir xil bo’lgan ikkita elektron bo’lishi mumkin emas.
D) Elektronlar avval yacheykalarni toq holatda to’ldiradi.
31. Radioaktivlikni kim kashf qildi?
A) Bekkerel B) Mariya Skladovskaya-Kyuri bilan Pyer Kyurilar C) E.Rezerford D) Fredrik Jolio-Kyuri va Iren Kyuri
32. Radioni kim kashf qildi?
A) Bekkerel B) Mariya Skladovskaya-Kyuri bilan Pyer Kyurilar C) E.Rezerford D) Fredrik Jolio-Kyuri va Iren Kyuri
33. …. yilda …. kim alfa-zarrachalarning metall plastinkalarga urulib og’ishini aniqladi.
A) 1900 yilda fransuz olimi P.Uilard B) 1896 yilda fransuz olimi A.Bekkerel C) 1898 yilda Mariya Skladovskaya-Kyuri bilan Pyer Kyurilar D) 1909 yilda E.Rezerford
34. …. yilda …. kim atom tuzilishining yadro modelini taklif qilib, a-zarrachalarning tarqalishini tushuntirib berdi:
A) 1911- yilda E.Rezerford B) 1896 yilda fransuz olimi A.Bekkerel C) 1898 yilda Mariya Skladovskaya-Kyuri bilan Pyer Kyurilar D) 1899 yilda E.Rezerford
35. Suniy radioaktivlikni kim kashf qildi?
A) Fredrik Jolio-Kyuri va Iren Kyuri B) Mariya Skladovskaya-Kyuri bilan Pyer Kyurilar C) E.Rezerford
D) Bekkerel
36. Kim(lar) tomonidan radiy Ra va poloniy Po elementlarini kashf etildi.
A) Fredrik Jolio-Kyuri va Iren Kyuri B) Mariya Skladovskaya-Kyuri bilan Pyer Kyurilar C) E.Rezerford
D) Bekkerel
37. 1899 yilning o’zida Bekkerel nimani isbotladi?
A) α-, β- va γ−nurlarga ajratdi. α-nurlar geliy atomining yadrosi ekanligini.
B) elektronning yadroga qulashi oqibatida shu elementning izobari hosil bo’lishini.
C) metallarni oltinga aylantirishni.
D) β-nurlar elektronlar oqimi ekanligini
38. 1899 yilda Rezerford radioaktiv nurlarni o’rganish davomida bu nurlarni necha …. qismga va qaysi nurlarga ……… nurlarga ajratdi. Bundan tashqari α-nurlar geliy atomining yadrosi ekanligini isbotladi.
A) to’rtta; α-, β-, γ va é B) tortta; α-, β-, γ va 10n C) uchta; α-, β- va γ D) uchta; α-, β- va é
39. Kimyoviy elementlarni kashf qilinishida ham davriy qonunning ahamiyati kattadir. D.I.Mendeleyev davriy jadvalda marganesning ostida ikkita bo’sh katak qoldirganligi sabab bo’ldi. Bu elementlarni D.I.Mendeleyev ekamarganes va dvimarganes deb nomlagan edi. Dvimarganes hozirgi kundagi qaysi element?
A) reniy B) texnetsiy C) xrom D) temir
40. Dmitriy Ivanovich Mendeleyev qaysi yillarda yashagan?
A) 1832-1904 B) 1837-1902 C) 1833-1904 D) 1834-1907
41. Ishqoriy metaldan boshlanib inert gazlar bilan tugaydigan elementlarning gorizontal qatori nima deb ataladi?
A) davrlar B) guruhlar C) bosh guruhchalar D) qo’shimcha guruhchalar
42. Ham kichik, ham katta davr elementlarini o’z ichiga olgan guruhchalar nima deyiladi?
A) davrlar B) guruhlar C) bosh guruhchalar D) qo’shimcha guruhchalar
43. Faqat katta davr elementlarini o’z ichiga olgan guruhchalar nima deb ataladi.
A) davrlar B) guruhlar C) bosh guruhchalar D) qo’shimcha guruhchalar
44. 3-energetik qavatda nechtagacha elektron bor?
A) 2 B) 18 C) 32 D) 8
45. Qaysi elementdan boshlab elektronlar tashqi energetik qavatga emas, uchinchi energetik qavatdagi d-energetik qavatcha(orbital)ni to’ldirib boradi?
A) titandan B) misdan C) ruxdan D) Skandiydan
46. Quyidagi qaysi elementlarning tashqi pog’onasida bitta elektron yo’q?
1) Mn; 2) Cr; 3) Zn; 4) Au; 5) F; 6) He; 7) Pd; 8) Nb; 9) Rh; 10) K.
A) 2, 4, 8, 9, 10 B) 1, 3, 5, 6, 7 C) 1, 3, 5, 7, 9 D) 2, 4, 6, 8, 10
47. Kumush atomining nechta pog’onachasi to’lgan?
A) 9 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 8 ta
48. Lantan elementining atomida nechta bo’sh d-orbital bor?
A) yo’q B) 3 C) 4 D) 5
49. 1900 yilda fransuz olimi P.Uilard nimani isbotladi?
A) α-, β- va γ−nurlarga ajratdi. α-nurlar geliy atomining yadrosi ekanligini.
B) elektronning yadroga qulashi oqibatida shu elementning izobari hosil bo’lishini.
C) metallarni oltinga aylantirishni.
D) γ-nurlarni aniqlab, bu nurlar elektromagnit to’lqinlar ekanligini
50. Kremniy uchta izotopning aralashmasidan iborat (28Si−92,3%, 29Si-4,7%, 30Si−3% ). Kremniy ning nisbiy atom massasini aniqlang. A) 28,107 C) 28,218 C) 28,009 D) 28,308
51. Kimyoviy birikmalar hosil bo’lishida element atomining yadrosida o’zgarish sodir bo’lmaydi, bu jarayonda qo’shimcha guruhcha elementlarida qanday o’zgarish sodir bo’ladi.
A) tashqi va tashqidan oldingi energetik qavatdagi elektronlarda
B) tashqidan oldingi energetik qavatda elektronlarda
C) tashqi energetik qavatdagi elektronlarda
D) t,j,y
52. Ayrim elementlarning tashqi energetik qavatidagi qaysi elektronlari yadroga kuchsiz bog’langanligi tufayli ular kimyoviy reaksiyalarda oson elektron beradi.
A) f B) d C) p D) s
53. Kimyoviy birikmalarni qaysi hususiyatiga ko’ra kimyoviy bog’lanish uch turga bo’lish mumkin (Kovalent, ion va metall)?
A) nisbiy elektromanfiylik qiymatiga B) ishtirok etmayotgan juft elektronlariga
C) atomlar orasidagi elektronlarning taqsimlanishiga D) bog’lanishda ishtirok etmagan elektron juftiga
54. Kimyoviy bog’lanishda ishtirok etayotgan elektronlarning atomlar orasidagi holatiga qarab moddalarni qanday bog’lanishli birikmalarga ajratiladi?
1) kovalent qutbsiz; 2) metall; 3) donor-akseptor; 4) vodorod; 5) kovalent qutbli; 6) ion.
A) 1, 5, 6 B) 1, 3, 5, 6 C) 2, 3, 4 D) berilganlarning hammasi
55. Vodorod peroksid katalizator (MnO2) ishtirokida parchalanishi qaysi oksidlanish-qaytarilish reaksiyasiga kiradi?
A) ichki molekulyar B) disproportsiyalanish C) simproportsiyalanish D) malekulalararo
56. 2KMnO4 = K2MnO4 + MnO2 + O2 reaksiyasi qaysi oksidlanish-qaytarilish reaksiyasiga kiradi?
A) ichki molekulyar B) disproportsiyalanish C) simproportsiyalanish D) malekulalararo
57. Fe3O4 + Al = . . . reaksiyada qaysi atom oksidlanadi?
A) temir III B) alyuminiy C) temir II D) A va C javoblar
58. Bu savolga javobni 1887 yilda shved olimi Svante Arrenius o’zining elektrolitik dissotsiatsiyalanish nazariyasida javob
bergan. U elektrolitlar sohasida olib borgan ilmiy ishlari uchun qachon Nobel mukofotiga sazovor bo’lgan?
A) 1890 yil B) 1899 yil C) 1901 yil D) 1903 yil
59. Quyida ko’rsatilgan moddalarning qaysilari elektr tokini o’tkazadi: 1) spirt; 2) sulfat kislota 30% li eritmasi; 3) kumush xlorid; 4) o’yuvchi natriy; 5) suyuq kislorod; 6) yodning spirtdagi eritmasi; 7) 100% li sulfat kislota; 8) Ammoniy xlorid sudagi eritmasi.
A) 1, 3, 5, 6, 7 B) 2, 4, 8 C) 1, 4, 7, 8 D) 2, 3, 5, 6
60. Dissotsiatsiyalanish darajasi nimalarga bog’liq?
1) erigan elektrolitning tabiatiga; 2) erituvchi tabiatiga; 3) eritma konsentratsiyasiga; 4) muhit haroratiga,
A) 1, 2, 3, 4 B) 4, 2, 3 C) 2, 3, 4 D) 1, 3, 2
61. Dissotsiatsiyalanish konstantasi qaysi omilga bog’liq emas?
A) konsentratsiyaga B) haroratga C) erituvchi tabiatiga D) erigan elektrolitning tabiatiga
62. BaCl2 + Na2SO4 = 2NaCl + BaSO4 reaksiyaning to’la ionli tenglamasida nechta ion qatnashadi?
A) 2ta B) 4ta C) 8ta D) 10ta
63. Quyidagi qaysi modda och yashil cho’kma. Vaqt o’tishi bilan qo’ng’irlashadi?
A) Cr(OH)2 B) Cr(OH)3 C) Fe(OH)2 D) Fe(OH)3
64. Natriy alangani qanday rangga bo’yaydi?
A) sariq B) qizil C) binafsha D) ko’k
65. Quyida qaysi moddalar oq cho’kma OH- ko’p bo’lganda erib ketadi?
1) CaCO3; 2) Zn(OH)2; 3) AgCl; 4) Al(OH)3; 5) Cr(OH)3; 6) MnO(OH)2.
A) hammasi B) 1, 3, 5 C) 2, 4 D) 2, 4, 6
66. Vodorod xlorid qachon elektr tokini o’tkazmaydi va ruxga ta’sir etmaydi.
A) suyultirilgan suvdagi eritmasi B) konsentrlangan suvdagi eritmasi C) organik erituvchilardagi eritmasi
D) HCl ning har qanday eritmasi doimo elektr to’kini o’tkazadi ruxning ta’siri esa vodorodning laboratoryada olinishi
67. Karnalit minerali(KCl·MgCl2·nH2O)da kislorodning atomlar soni umumiy molekulyar massadan 51,9 marta kichik bo’lsa, n ni toping. A) 4 B) 5 C) 6 D) 7
68. 0,05 M li sulfat kislotaning 18°С dagi dissotsiatsiyalanish darajasi necha % ga teng.
A) 80 B) 68 C) 78 D) 58
69. Tuzlar gidrolizi qaysi omillar ta’sirida ortadi?
1) eritmaga tuz qo’shilsa; 2) eritmaga suv qo’shisa; 3) eritma qizdirilsa; 4) eritma suvutilsa; 5) tuz tabiati kilotali bo’sa, ishqor qo’shishilsa; 6) tuz tabiati ishqoriy bo’sa, kilota qo’shishilsa; 7) tuz tabiati kilotali bo’sa, kislota qo’shishilsa; 8) tuz tabiati ishqoriy bo’sa, ishqor qo’shishilsa.
A) 2, 3, 5, 6 B) 1, 4, 7, 8 C) 1, 3, 5, 6 D) 2, 4, 7, 8
70. SbCl3 + H2O → gidrolizida antimonil xlorid deb ataluvchi cho’kma hosil bo’ladi. Uning formulasini toping.
A) SbOHCl2 B) SbOCl2 C) SbOHCl D) Sb(OH)2Cl
71. Fanga “galogen” tushunchasini fanga kim kiritdi?
A) 1811-yil Shveyger B) 1811-yil Arrenius C) 1911-yil Shele D) 1911-yil Rezerfod
72. Odatdagi sharoitda 100 g suvda 3,6 g brom eriydi va bu suvni bromli suv deb ataymiz. 30,4 g FeSO4 ni sulfat kislotali muhitda oksidlash uchun qancha(g) suvda bromni eritish kerak?
A) 222,22 B) 444,44 C) 333,33 D) 666,66
73. Qaysi modda atmosferasida shisha va suv yonib ketadi?
A) xlor B) ftor C) brom D) yod
74. Bromdan nima ishlab chiqarish uchun foydalaniladi?
1) kimyoviy reagentlarga chidamli plastmassalar; 2) haroratga chidamli surkov vositalari; 3) turli dorivor vositalar; 4) ba’zi bo’yoqlar; 5) kumush bromid ishlab chiqarish uchun; 6) xladon.
A) 1, 2, 6 B) 2, 3, 5 C) 1, 3, 5 D) 2, 4, 6
75. Bromning yetishmasligi insonlarda qanday kasalliklar keltirib chiqaradi?
A) asab kasalliklarini B) yurak kasalliklarini C) qon – tomir kasalliklarini D) eshitish a’zolari kasalliklarini
76. Quyidagi minerallarda ftorning massa ulishi ortib borish tartibda joylashtiring.
1) flyuorit; 2) ftorapatit; 3) kriolit; 4) plavik shpati.
A) 3, 1, 4, 2 B) 2, 4, 1, 3 C) 4, 1, 3, 2 D) 2, 3, 1, 4
77. Chili selitrasiga yondosh tarzda qaysi tuzlar uchraydi.
A) CaF2, AgBr B) NaJO3, KJO3 C) KCl, NaCl D) KBr, NaBr
78. 5% li . . . ning spirtdagi eritmasi antiseptik va qon to’xtatuvchi vosita sifatida, bir qator farmatsevtik vositalar olishda ishlatiladi.
A) yodning B) ftorning C) xlorning D) bromning
79. Qaysi moddadan yuqori haroratga chidamli surkov vositalari, kimyoviy reagentlarga chidamli plastmassalar (teflon), sovituvchi suyuqliklar (freon, xladon) olishda ishlatiladi.
A) yoddan B) ftordan C) xlordan D) bromdan
80. xlorli ohakda xlor necha valentli?
A) bir va bir B) uch va bir C) bir va besh D) uch
81. Oqartiruvchi ohakda kalsiyning massa ulishi necha foiz.
A) 54 B) 71,4 C) 36 D) 31,5
82. Bir hajm suvda odatda qancha hajm xlor eriydi?
A) 2,5 B) 3 C) 3,5 D) 4
83. F → Cl → Br → J qatorda kimyoviy faolligi qanday o’zgaradi?
A) kamayadi B) ortadi C) o’zgarmaydi D) avval ortadi keyin ortadi
84. Ca(OH)2 + Cl2 = nima hosil bo’ladi?
A) CaOCl2 + H2O B) CaOCl + H2O C) CaCl2 + H2O2 D) CaO + HCl
85. Yodning eruvchanligi(g)?
A) 0,2 B) 2 C) 0,02 D) 20
86. Toza suv juda ham kuchsiz elektrolit hisoblanib uning dissosiyalanish darajasi nechaga teng bo’ladi?
A) α=10–5 B) α=10–8 C) α=10–7 D) α=10–9
87. Gidroliz deb nimaga aytiladi?
A) Asoslarning dissotsiatsiyalanishidan hosil bo’lgan ionlarni suv bilan o’zaro ta’sirlashuvidan kuchsiz elektrolitni hosil bo’lishi gidroliz deb ataladi.
B) Kislotaning dissotsiatsiyalanishidan hosil bo’lgan ionlarni suv bilan o’zaro ta’sirlashuvidan kuchsiz elektrolitni hosil bo’lishi gidroliz deb ataladi.
C) Kuchsiz asos va kuchli kislotadan hosil bo’lgan tuzlarning suvdagi eritmasining muhiti ishqoriy bo’ladi.
D) Tuzning dissotsiatsiyalanishidan hosil bo’lgan ionlarni suv bilan o’zaro ta’sirlashuvidan kuchsiz elektrolitni hosil bo’lishi gidroliz deb ataladi.
88. Eritmalarda gidroliz jarayonini kuchsizlantirish uchun eritmani qanday holda saqlash lozim?
A) quyi haroratlarda va konsentrlangan holda
B) yuqori haroratlarda va konsentrlangan holda
C) quyi haroratlarda va suyultirilgan holda
D) yuqori haroratlarda va suyiltirilgan holda
89. Na2CO3 + H2O → Ushbu gidrolizni oxirigacha davom ettirish qanday omillarga bog’liq?
1) eritmaga NaOH qo’shish; 2) eritmaga HCl qo’shish; 3) eritmani qizdirish; 4) eritmani sovutish; 5) eritmaga KNO3 qo’shish; 6) eritmaga Al(NO3)3 qo’shish; 7) eritmaga AlCl3 qo’shish; 8) eritmani suv bilan suyiltirish.
A) 1, 4, 5, 6 B) 2, 3, 7, 8 C) 2, 3, 7, 8 D) 2, 3, 6, 7, 8
90. Elektrolitning dissotsiatsiyalanish konstantasi(a) …… bog’liq, lekin(b) …… bog’liq emas.
1) elektrolit tabiatiga; 2) erituvchi tabiatiga; 3) konsentratsiyaga; 4) haroratga
A) a-1, 2, 3; b-4 B) 1, 2, 4; b-3 C) a-1. 2; b-3, 4 D) a-1, 4; b-2, 3
91. rux sulfatning gidrolizini kuchaytirish uchun qaysi ionni konsentratsiyasini(meyorida) oshirish kerak?
A) sulfatni B) ruxni C) OH- ni D) H+ni
92. Suvdagi eritmasi elektr tokini yaxshi o’tkazadigan va lakmus, fenolftalein ranglarini o’zgartirmaydigan moddani aniqlang. A) oksidlar B) ishqorlar C) kislotalar D) tuzlar.
93. KOH + HNO2 → olingan eritmaga lakmus qog’ozi solib ko’rilganda u qanday rangga kiradi?
A) qizil B) ko’k C) sariq D) binafsha
94. HCl + NH4OH → olingan eritmaga lakmus qog’ozi solib ko’rilganda u qanday rangga kiradi?
A) qizil B) ko’k C) sariq D) binafsha
95. HCl + NaOH → olingan eritmaga lakmus qog’ozi solib ko’rilganda u qanday rangga kiradi?
A) qizil B) ko’k C) sariq D) binafsha
96. Na2S + 2HCl = 2NaCl + H2S reaksiya qaysi ionlar hisobiga bordi?
A) natriy va sulfid B) natriy va xlorid C) sulfid va vodorod D) xlorid va vodorod
97. Qaysi metall alangani sariq rangga bo’yaydi? A) litiy B) natriy C) kaliy D) kalsiy
98. 40g NH4NO3 eritmasiga mol miqdorda silvin tutgan eritma qo’shildi. Eritma bug’latildi qoldiq massasi 13,825 gramm. Qizdirish davom qildirilganda 2,24 litr (2730C va 101,325 kPa) gaz olindi. NH4NO3 eritmasining massa ulishini(%) aniqlang.
A) 10 B) 20 C) 30 D) 15
98. 40g NH4NO3 eritmasiga mol miqdorda silvin tutgan eritma qo’shildi. Eritma bug’latildi qoldiq massasi 13,825 gramm. Qizdirish davom ettirilganda 2,24 litr (2730C va 101,325 kPa) gaz olindi, qoldiqdagi silvin massasi(g).
A) 3,725 B) 0 C) 1,8625 D) 2,925
100. 40g NH4NO3 eritmasiga mol miqdorda silvin tutgan eritma qo’shildi. Eritma bug’latildi qoldiq massasi 13,825 gramm. Qizdirish davom ettirilganda 2,24 litr (2730C va 101,325 kPa) gaz olindi, Qo’shilgan silvin eritmasida necha gramm tuz bo’lgan. A) 18,625 B) 22,35 C) 14,9 D) 11,175
101. Qaysi elementlar xalkogenlar oilasiga kirmaydi? 1) Cr; 2) Sb; 3) Se; 4) O2; 5) At; 6) S; 7) Re; 8) Te; 9) Mo; 10) Po.
A) 3, 4, 6, 8, 10 B) 1, 2, 5, 7, 9 C) 6, 3, 10, 9, 4, 8, 9, 1 D) 5, 2, 7
102. H3As + HNO3 = H3AsO4 + NO2 + H2O da mishyakning oksidlanish darajasi necha birlikka o’zgaradi?
A) sakkiz B) ikki C) besh D) uch
103. H3As + HNO3 = H3AsO4 + NO2 + H2O da qaysi atom(lar) oksidlanadi?
A) vodorod B) mishyak va azot C) mishyak va vodorod D) azot
104. Ftor tabiatda erkin holda uchramaydi. Texnik plavik shpatida necha foiz qo’shimcha bo’lganda ftorning massa ulishi uning nolekulyar massasiga teng bo’ladi? A) 22 B) 38 C) 15 D) 40
105. Yer qobig’idagi yod(a), xlor(b), ftor(d), brom(c) miqdorining massa ulishlarini(%) juftlab ko’rsating.
1) 0,045; 2) 0,00016; 3) 0,00003; 4) 0,027.
A) a-3; c-4; b-1; d-2 B) c-2; b-4; d-1; a-3 C) b-1; a-3; c-2; d-4 D) a-1; b-2; c-3; d-4
106. Qaysi galagenni olish uchun faqat elektroliz jarayonidan foydalanamiz?
A) xlor B) ftor C) brom D) yod
107. Quyidagi qaysi qattiq moddani qizdirilsa gunafsha rangli gaz holatiga o’tadi.
A) yod B) oltingugurt C) kremniy D) astat
108. Ftordan yodga o’tganda ularning qaynash harorati …….. va zichligi ……. ?
A) ortadi, kamayadi B) ortadi, o’zgarmaydi C) kamayadi, ortadi D) ortadi, ortadi
109. F0 → Cl0 → Br0 → J0 qatorda: oksidlovchilik, qaytaruvchilik va kimyoviy faolligi qanday o’zgaradi.
A) kamayadi, ortadi va kamayadi B) kamayadi, kamayadi va kamayadi C) ortadi, kamayadi va ortadi
D) ortadi, ortadi va ortadi
110. Quyidagi qaysi elementlarning tashqi pog’onasida bitta elektron bor?
1) Mn; 2) Cr; 3) Zn; 4) Au; 5) F; 6) He; 7) Pd; 8) Nb; 9) Rh; 10) K.
A) 2, 4, 8, 9, 10 B) 1, 3, 5, 6, 7 C) 1, 3, 5, 7, 9 D) 2, 4, 6, 8, 10
111. Ftor qaysi moddalar bilan to’g’ridan-to’g’ri reaksiyaga kirishmaydi. 1) Fe; 2) O2; 3) K; 4) N2; 5) olmos; 6) Na; 7) Au; 8) Pt
A) 2, 4, 5 B) 1, 3, 6, C) 5, 7, 9 D) 3, 6, 7, 8
112. Rux sulfatning gidrolizini kuchaytirish uchun qaysi ionni konsentratsiyasini(meyorida) kamaytirish kerak?
A) sulfatni B) ruxni C) OH- ni D) H+ni
113. Ftor qaysi metallar bilan xona haroratida yonib reaksiyaga kirishadi?
1) ishqoriy metallar; 2) kumush; 3) oltin; 4) palladiy; 5) temir; 6) qo’rg’oshin; 7) platina; 8) Mis.
A) 1, 3, 7, 8 B) 2, 4, 5, 6 C) 1, 5, 6 D) 2, 3, 4, 7, 8
114. Valentlikning o’lchov birligi qilib qaysi elementning valentligi qabul qilingan?
A) Vodorod B) Ftor C) Litiy D) Kislorod
115. Quyidagilar orasidan aralash tuzni ko’rsating.
A) NH4Al(SO4)2 B) Ca(OCl)Cl C) Mg(OH)NO3 D) KCl·NaCl
116. Quyidagi oksidlarni qaysi toifaga kirishini ko’rsating: 1) CrO, 2) Cr2O3, 3) CrO3;
a) asosli b) amfoter c) kislotali d) befarq
A) 1-a, 2-b, 3-c B) 1-d, 2-b, 3-a C) 1-b, 2- a, 3-c D) 1-d, 2-c, 3-a
117. Ishqoriy metallarda guruh bo’yicha suyuqlanish harorati (oC) qanday o’zgaradi?
A) O’zgarmaydi B) Avval kamayib, so’ngra ortadi C) Ortadi D) kamayadi
118. Ishqoriy metallarni zichligi ortib borish tartibida joylashtiring
A) Cs-Rb-K-Na-Li B) Li-Na-K-Rb-Cs C) Li-K-Na-Rb-Cs D) Cs-Li-Rb-Na-K
119. LiOH – CsOH qatorida ishqorlarning suvda eruvchanligi qanday o’zgaradi?
A) O’zgarmaydi B) Avval kamayib, so’ngra ortadi C) Ortadi D) kamayadi
120. Nodir gazlarning molekulalari nechta atomdan iborat bo’ladi?
A) Ikkita B) Bitta C) To’rtta D) Sakkizta
121. Atom massa haqidagi tushunchani fanga kiritgan olimni aniqlang.
A) Ya.Berselius B) M.Lomonosov C) L.Meyer D) J.Dalton
122. Valentlik tushunchasini fanga kiritgan olimni aniqlang. A) Berselius B) Franklend C) Dalton D) Avogadro
123. J.Nyulends elementlarning qaysi xossalariga asoslanib, 1865 yilda “Oktavalar qonuni”ni taklif etdi?
A) Ekvivalentligiga B) Atom massasiga C) Elektromanfiyligiga D) Valentligiga
124. 1814 yilda 46 ta elementning atom massalari asosida kimyoviy elementlar jadvalini tuzgan olim Kim?
A) R.Boyl B) V.Debereyner C) Ya.Berselius D) L.Meyer
125. D.Mendeleyevgacha Berilliyning atom massasi va valentligi necha deb qabul qilingan?
A) 9; II B) 11; II C) 9; III D) 13,5; III
126. Atom tuzilishining planetar modelini yaratgan olimni aniqlang.
A) N.Bor B) E.Rezerford C) Devisson D) G.Mozli
127. Atomning massasi nechaga teng bo’ladi?
A) Nuklonlar va neytronlar yig’indisiga B) Protonlar va neytronlar yig’indisiga
C) Protonlar va elektronlar yigindisiga D) Elektronlar va neytronlar yig’indisiga
128. Izotoplar bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?
A) Neytronlari soni bilan B) Protonlari soni bilan C) Elektronlari soni bilan D) Proton va elektronlari soni bilan
129. Atom yadrolarida neytronlari soni bir xil, ammo protonlar soni bilan farqlanadigan elementlar nima deb ataladi?
A) Izobar B) Izotop C) Izoton D) Nuklon
130. “Elektron bulutlar” shaklini bildiradigan kvant sonni aniqlang.
A) Spin B) Orbital C) Magnit D) Bosh
131. Har bir orbitalda qaysi kvant sonlar qiymatlari bir xil bo’lishi mumkin?
A) Bosh, orbital, magnit B) Orbital, magnit spin C) Magnit, spin, bosh D) Bosh,spin, orbital
132. V.M.Klechkovskiy qoidasiga ko’ra 5p orbitaldan keyin qaysi orbital elektronlar bilan to’ladi?
A) 5d B) 4f C) 6s D) 6p
133. Ikkinchi energetik qavatga ko’pi bilan nechta elektron sig’adi? A) 2 B) 8 C) 10 D) 16
134. To’rtinchi energetik qavatga ko’pi bilan nechta elektron sig’adi? A) 2 B) 18 C) 10 D) 32
135. Beshinchi davrning juft qatorida, ikkinchi guruhning bosh guruhchasida joylashgan elementni ko’rsating.
A) Cd B) Zn C) Ca D) Sr
136. Katta davrlarning juft qatorlarida qanday elementlar joylashadi?
A) Faqat metallar B) Faqat metallmaslar C) Metallar va metallmaslar D) Nodir gazlar va metallar
137. Bosh guruhchalarda yuqoridan pastga qarab, elementlarning qaysi xususiyatlari ortib boradi?
A) Qaytaruvchilik, metallmaslik, atom radius, yadro zaryad
B) Oksidlovchilik, metallik, tashqi qavatdagi elektronlar soni, nisbiy elektromanfiylik
C) Atom radius, qaytaruvchilik, metallik, elektron qavatlar soni
D) Elektronlarni o’ziga biriktirib olish, yadro zaryad, nuklon soni
138. D.I.Mendeleyev “ekamarganes” deb qaysi element uchun bo’sh joy qoldirgan?
A) Br2 B) Tc C) I2 D) Re
139. Radiometrik usul bilan Ra va Po elementlarini kashf etgan olimlarni aniqlang.
A) V.Noddak, I.Noddak B) M.Skladovskaya-Kyuri, P.Kyuri
C) E.Rezerford, V.Noddak D) A.Bekkerl, K.Vinkler
140. Radioaktiv nurlarni o’rganish davomida ularni α-, β-, γ- nurlarga ajratgan olimni aniqlang.
A) M.Skladovskaya-Kyuri B) V.Noddak C) A.Bekkerel D) E.Rezerford
141. 1900-yilda γ-nurlarni aniqlab, bu nurlar elektromagnit to’lqinlar ekanligini isbotlagan olim kim?
A) P.Uilard B) G.Chedvik C) A.Bekkerel D) E.Rezerford
142. Qanday yemirilish sodir bo’lganda element atomi yadrosidagi neytron protonga aylanadi va elementning yadro massasi o’zgarmasdan zaryadi bir birlikka ortadi?
A) Neytron ajralganda B) Elektron ajralganda C) α-zarracha ajralganda D) γ-zarracha ajralganda
143. Qanday yemirilsh sodir bo’lganda radioaktiv element yadrosida proton neytronga aylanadi va elementning yadro massasi o’zgarmasdan zaryadi bir birlikka kamayadi?
A) Pozitron ajralganda B) Proton ajralganda C) Neytron ajralganda D) Elektron ajralganda
144. Qanday holatda elektron yadrodagi proton bilan birikib neytronga aylanadi?
A) α-yemirilishda B) γ-yemirilishda C) Elektron yadroga qulaganda D) Proton ajralganda
145. Sun’iy radioaktivlikni kashf etgan olimlarni aniqlang.
A) V.Noddak, I.Noddak B) M.Skladovskaya-Kyuri, P.Kyuri C) E.Rezerford, V.Noddak D) Fredrik Julio-Kyuri, Iren Kyuri
146. Elektron formulalari quyida keltirilgan elementlarni metallik xossalari ortib borish tartibida joylashtiring:
1) 1s2 2s2 2p6 3s1 2) 1s2 2s2 2p6 3s2 3p6 3) 1s2 2s2 2p6 3s2 3p6 4s1 4) 1s2 2s1
A) 2, 4, 1, 3 B) 1, 2, 3, 4 C) 4, 2, 1, 3 D) 3, 1, 4, 2
147. Kimyoviy elementlar davriy jadvalining asosiy guruhchasida joylashgan elementlar qaysi xususiyatlari bilan bir-biriga o’xshash bo’ladi? 1) yadro zaryadi bir xilligi bilan; 2) tashqi elektron qobig’idagi elektronlar soni bir xil bo’ladi; 3) atomlaridagi elektron qobiqchalar soni bir xil bo’ladi; 4) kimyoviy xossalari, yuqorioksidlari va vodorodli uchuvchan birikmalaridagi valentligi bir xil bo’ladi; 5) fizik xossalari o’xshash bo’ladi.
A) 1, 2 B) 1, 3 C) 3, 5 D) 2, 4
148. Temirning izotopi neytronlar bilan nurlantirilganda, protonlar ajralib chiqadi. Bunda qanday atom izotopi hosil bo’ladi?
A) B) C) D)
149. Davriy jadvaldagi elementlarning elektromanfiyliklari qaysi element elektromanfiyligiga nisbatan olingan?
A) Vodorod B) Ftor C) Litiy D) Seziy
150. Kimyoviy elementlarning nisbiy elektromanfiyliklari davr va guruh bo’yicha qanday o’zgaradi? (Bosh guruhchalarda)
A) Davr bo’yicha ortib boradi, guruh bo’yicha kamayadi B) Davr bo’yicha va guruh bo’yicha kamayadi
C) Davr bo’yicha kamayadi, guruh bo’yicha ortadi D) Davr va guruh bo’yicha ortadi
151. Atomlarning umumiy elektron juftlari vositasida bog’lanishi qanday nomlanadi?
A) Ion bog’lanish B) Metall bog’lanish C) Kovalent bog’lanish D) Vodorod bog’lanish
152. Donor – akseptor bog’lanishda qatnashgan umumiy elektron jufti qaysi atomga tegishli bo’ladi?
A) Kationga B) Anionga C) Akseptorga D) Donorga
153. Atom kristall panjarada kristall panjara tugunlaridagi atomlar orasida qanday turdagi kimyoviy bog’lanish turi mavjud?
A) Vodorod bog’lanish B) Kovalent bog’lanish C) Ion bog’lanish D) Metall bog’lanish
154. Osh tuzining kristall panjarasi tuzilishi qanday?
A) Kubsimon B) Tetraedrik C) Oktaedrik D) Uchburchak
155. Olmos kristallari tugunlarida uglerod atomlari qo’shni to’rtta uglerod atomi bilan muntazam qanday shakldagi kristallarni hosil qiladi? A) Kubsimon B) Uchburchak C) Piramida shaklidagi tetraedrik D) Oktaedrik
156. Qutbsiz kovalent bog’lanishli moddalar, ya’ni oddiy moddalarda elementlarning oksidlanish darajasi qiymati nechaga teng bo’ladi? A) Guruh raqamiga B) faqat +1 ga C) Davr raqamiga D) faqat nolga
157. Elementlarning eng quyi oksidlanish darajasi nechaga teng bo’ladi?
A) Guruh raqamiga B) Sakkizdan valent elektronlarini ayirmasiga C) Nolga D) -1 ga
158. Oksidlanish – qaytarilish reaksiyalarida elektron olgan element yoki ion nima deb ataladi?
A) Oksidlovchi B) Qaytaruvchi C) Oksidlanuvchi D) Anion
159. Aluminiyning suyultirilgan nitrat kislota bilan reaksiyasini umumiy koeffisiyentlar yig’indisini hisoblang.
A) 38 B) 26 C) 64 D) 67
160. Quyidagi reaksiya oksidlanish – qaytarilish reaksiyasining qaysi turiga kiradi? KClO3 → KClO4 + KCl
A) Disproporsiyalanish B) Ichki molekular oksidlanish – qaytarilish
C) Molekulalararo oksidlanish – qaytarilish D) Sinproporsiyalanish
161. Quyidagi oddiy moddalar orasidan ham oksidlovchi, ham qaytaruvchi xossaga ega bo’ladiganlarini tanlang:
1) H2; 2) F2; 3) Zn; 4) S; 5) P; 6) Ba; 7) O2; 8) N2; 9) Au; 10) Cu.
A) 1, 3, 5, 7, 9 B) 1, 4, 5, 7, 9 C) 2, 4, 6, 8, 10 D) 2, 3, 5, 7, 10
162. Quyidagilar orasidan elektrolitlarni tanlang:
1) Na2SO4 (eritmasi), 2) C12H22O11 (eritmasi), 3) BaSO4, 4) NaCl(kristall), 5) CO2, 6) FeCl3 (eritmasi)
A) 1, 2, 4, 6 B) 4, 5 C) 2, 3, 4, 5 D) 1, 6
163. Suvda kislotalar (masalan, HCl, HNO3, H2SO4) eriganda qanday ion(lar) hosil bo’ladi?
A) OH‾ B) H3O+ C) Cho’kma tushadi D) Bu kislotalar suvda erimaydi
164. Dissotsiyalanganda anion sifatida faqat gidroksid ionlarini hosil qiladigan moddalarga nima deb ataladi?
A) Asoslar B) Asosli tuzlar C) Kislotalar D) Kislotali tuzlar
165. Moddaning dissotsiyalanish darajasi nimalarga bog’liq bo’ladi?
1) konsentratsiyaga, 2) elektrolit tabiatiga, 3) erituvchi tabiatiga, 4) haroratga
A) faqat 1 ga B) 1, 2 C) 1, 2, 3, 4 D) faqat 4 ga
166. Kuchsiz elektrolitlar qatorini ko’rsating.
A) FeSO4, HJ, Ba(OH)2 B) HNO2, HClO, HBr C) Ca(OH)2, H2S, KOH D) H2S, H2SO3, H2SiO3
167. Qanday tuzlar gidrolizga uchramaydi?
A) Kuchli asos va kuchli kislotadan hosil bo’lgan tuzlar B) Kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil bo’lgan tuzlar
C) Kuchsiz asos va kuchli kislotadan hosil bo’lgan tuzlar D) Kuchsiz asos va kuchsiz kislotadan hosil bo’lgan tuzlar
168. Tuzning dissotsiyalanishidan hosil bo’lgan ionlarni suv bilan o’zaro ta’sirlashuvidan kuchsiz elektrolitning hosil bo’lishi nima deb ataladi? A) Dissotsiyalanish B) Polimerlanish C) Gidroliz D) Elektroliz
169, Kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil bo’lgan tuz gidrolizini tezlashtirish uchun nima qilish kerak?
A) Ishqor qo’shish, sovitish, suv qo’shish kerak B) Kislota qo’shish, isitish, suv qo’shish kerak
C) Ohak qo’shish va suvini bug’latish kerak D) Faqat sovitish kerak
170. Suvdagi eritmasi elektr tokini yaxshi o’tkazadigan va lakmus bilan fenolftalein ranglarini o’zgartirmaydigan moddani aniqlang. A) Al(NO3)3 B) Na2CO3 C) HNO3 D) KNO3
171. Metallmaslarni elektronlarni biriktirib olish qobiliyati kamayib borish tartibida joylashtirilgan qatorni ko’rsating.
A) Si, H, P, C, S B) F, O, Si, C, S C) Cl, S, C, P, Si D) F, Si, C, P, H
172. Kosmosda eng ko’p tarqalgan metallmaslarni belgilang. A) H2, He B) O2, N2 C) O2, Si D) He, Ar
173. “Galogen” tushunchasini kim fanga kiritgan va bu so’zning ma’nosi nima?
A) K.Vinkler; “kislota hosil qiluvchi” B) L.Meyer; “suvda eruvchi”
C) Ya.Berselius; “tabiiy toza” D) I.Shveyger; “tuz hosil qiluvchi”
174. Galogenlar ichida Yer qobig’ida eng kam tarqalganini aniqlang. A) F2 B) Cl2 C) Br2 D) I2
175. Odatdagi sharoitda (20 oC da) bir hajm suvda qancha hajm xlor eriydi? A) 0,5 B) 25 C) 2,5 D) 500
176. Odatdagi sharoitda yodning eruvchanligi nechaga teng? A) 8 B) 4 C) 2 D) 0,02
177. F‾→Cl‾→Br‾→I‾ qatoroda ionlarning kimyoviy faolligi qanday o’zgaradi?
A) ortib boradi B) kamayib boradi C) Avval ortadi, keyin kamayadi D) o’zgarmaydi
178. Oltingugurt necha xil allotropic shakl o’zgarishga ega? A) 5 B) 3 C) 2 D) 6
179. Vodorod sulfid odatdagi sharoitda bir hajm suvda necha hajm eriydi? A) 25 B) 17 C) 2,5 D) 0,5
180. Konsentrlangan sulfat kislota qaysi metallarga ta’sir etmaydi?
A) Ag, Pt, Cu B) Fe, Al, Ba C) Pt, Na, K D) Pt, Au, Ag
181. Quyida muvozanatda turgan sistemani o’ngga siljitish uchun nima qilish kerak? 2SO2 + O2 ↔ 2SO3 + Q
A) Bosimni kamaytirish, haroratni ko’tarish B) Bosimni oshirish, haroratni pasaytirish
C) SO3 qo’shish, hajmni oshirish D) SO2 konsentrasiyasini kamaytirish, haroratni oshirish
182. CuO + NH3 → ? hosil bo’ladigan oddiy moddalarning mol nisbatlarini aniqlang.
A) 3 : 1 B) 2 : 1 C) 1 : 1 D) 5 : 1
183. Odatdagi sharoitda azot bilan bevosita birika oladigan metallni ko’rsating. A) Ag B) Mg C) Fe D) Li
184. Bir hajm suvda necha hajm ammiak eriydi? A) 3 B) 2,5 C) 700 D) 25
185. 0 oC da bir hajm suvda necha hajm NO eriydi? A) 700 B) 0,7 C) 250 D) 200
186. Cu(NO3)2 tuzi termik parchalanganda qanday oddiy modda(lar) hosil bo’ladi?
A) faqat O2 B) Cu, O2 C) N2, Cu, O2 D) faqat Cu
187. Rangsiz, sarimsoq hidli, suvda erimaydi, zaharli, molekulyar kristall panjaraga ega; bu ta’riflar qaysi fosfor allotropiyasiga tegishli? A) qora B) qizil C) binafsha D) oq
188. Quyidagilar orasidan sariq cho’kmani ko’rsating. A) Ca3(PO4)2 B) Ba3(PO4)2 C) Ag3PO4 D) AgCl
189. O’simlikda azot, fosfor va kaliyning o’zlashtirilishini tezlashtiruvchi mikroelementni ko’rsating.
A) Mn B) Fe C) Cu D) Zn
190. Inson tanasining 99,4 % ini tashkil etuvchi elementlarni ko’rsating.
A) Ca, N, C, O, H B) Fe, Ca, N, Cl, F C) Na, K, P, Ca, Fe D) C, N, Fe, Cl, J
191. Qo’sh superfosfat formulasini ko’rsating. A) Ca5(PO4)F B) CaHPO4·2H2O C) NH4CaPO4 D) Ca(H2PO4)2
192. Sulfat kislotaning konsentratsiyasi 100% ga yaqin bo’lganda qaysi metallga ta’sir etmaydi.
A) Cu B) Fe C) Zn D) K
193. Suvda ham, nitrat kislotada ham erimaydigan oq cho’kma?
A) AgCl B) BaSO4 C) CaCO3 D) Al(OH)3
194. Qaysi modda shisha, soda ishlab chiqarishda, tibbiyot va veterinariyada turli dori-darmonlar tayyorlashda ishlatiladi.
A) Suvsiz natriy sulfat B) gips C) mis kuporosi D) Temir kuporosi
195. U To’q yashil rangli kristall, o’simlik zararkunandalariga qarshi kurashda, turli bo’yoqlar tayyorlashda ishlatiladi.
A) Suvsiz natriy sulfat B) gips C) mis kuporosi D) Temir kuporosi
196. Tabiiy gips 150-170°C da qizdirilganda 3/4 qism suvni chiqarib yuboradi nimaga aylanadi?
A) suvsiz gips B) mis kuporasi C) alebastr D) suvsiz natriy sulfat
197. Quyida berilgan qaysi modda metallar sirtini metal qoplami bilan qoplashda qishloq xo’jaligida o’simlik zararkunandalariga qarshi kurashda ishlatiladi?
A) Suvsiz natriy sulfat B) gips C) mis kuporosi D) Temir kuporosi
198. Oltingugurt (IV)-oksiddan oltingugurt (VI)-oksid olishda qaysi katalizatror sifatida jarayonni tezlashtiradi.
A) MnO2 B) V2O5 C) CuO D) HgO
199. Suv bilan o’zaro reaksiyasi atmosfera kislorodi ishtirokida juda sekin va uzoq muddat davom etadi.
A) misning B) temirning C) kaliyning D) kalsiyning
200. Qaysi reaksiya juda tez sodir bo’ladi, hatto ajralib chiqayotgan vodorod yonib ketadi. Reaksiya yonish bilan ro’y beradi?
A) 2K + 2H2O = 2KOH + H2 B) 2Na + 2H2O = 2NaOH + H2 C) 2Li + 2H2O = 2LiOH + H2 D) Cu + 2H2O = Cu(OH)2 + H2
201. Qaysi metall suv bilan reaksiyaga kirishmaydi? A) mis B) temir C) kaliy D) kalsiy
202. Ingibitorlar bu?
A) moddalarning kimyoviy reaksiyaga kirishish imkoniyatini susaytiradigan moddalar
B) kimyoviy reaksiyalarni tezlashtiradigan, ammo o’zi o’zgarmay qoladigan moddalar
C) oraliq mahsulot bo’lib tarkibi o’zgaradigan moddalar
D) suv bilan ta’sirlashmaydigan moddalar
203. katalizatorlar bu?
A) moddalarning kimyoviy reaksiyaga kirishish imkoniyatini susaytiradigan moddalar
B) kimyoviy reaksiyalarni tezlashtiradigan, ammo o’zi o’zgarmay qoladigan moddalar
C) oraliq mahsulot bo’lib tarkibi o’zgaradigan moddalar
D) suv bilan ta’sirlashmaydigan moddalar
204. Qaytar reaksiyani tanlang. A) CaCO3 + 2HCl B) NaOH + HNO3 C) SO2 + H2O D) Zn + H2SO4
205. Qaytar kimyoviy reaksiyalarda dastlabki moddalar sarflanib ularning eritmadagi konsentratsiyasi kamayib boradi, natijada to’g’ri reaksiyani tezligi . . . .
A) susayadi B) ortadi C) o’zgarmaydi D) b.j.y
206. Qaytar kimyoviy reaksiyalarda reaksiya davomida hosil bo’layotgan mahsulotlarning konsentratsiyasi ortishi hisobiga teskari reaksiyaning tezligi . . . .
A) susayadi B) ortadi C) o’zgarmaydi D) b.j.y
207. Qaytar kimyoviy reaksiyalarda reaksiya davomida hosil bo’layotgan mahsulotlarning konsentratsiyasi ortishi hisobiga to’g’ri reaksiyaning tezligi . . . .
A) susayadi B) ortadi C) o’zgarmaydi D) b.j.y
208. . . . kimyoviy muvozanatni siljitmaydi. Balki muvozanatni tezroq qaror topishiga yordam beradi.
A) bosim B) harora C) katalizator D) moddalar konsentratsiyasi
209. Quyidagi qaysi ta’sirlarda kimyoviy muvozanatni siljitish mumkin.
A) bosim, harorat va katalizator B) harorat, katalizator va moddalar konsentratsiyasi
C) bosim, katalizator va moddalar konsentratsiyasi D) bosim, harorat va moddalar konsentratsiyasi
210. Odatdagi sharoitda 100 g suvda 3,6 g brom eriydi va bu suvni bromli suv deb ataymiz. 30,4 g FeSO4 ni sulfat kislotali muhitda oksidlash uchun qancha(g) bromli suv kerak?
A) 260,22 B) 460,44 C) 360,33 D) 660,66



Download 115.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling