A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


-rasm. A.Maslou piramidasi


Download 0.81 Mb.
bet21/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

3.1-rasm. A.Maslou piramidasi

Xarid qilish faoliyatini boshqarish uchun xaridorligingizni motivatsion ierarxiyaning qaysi ehtiyojlar bosqichida turganini bilishingiz kerak xolos. Masalan: yuqori baholi turmush texnikasining, reklama aksiyasini kambag‘allar turadigan joylarda o‘tkazish befoyda.


Turli insonlar ehtiyojining o‘ziga xosligi shundaki, ular tabiiy yuqorilishib boraveradi, ya’ni birinchi qondirilgan ehtiyoj o‘rniga ikkinchi qondirilishi kerak bo‘lgan ehtiyoj paydo bo‘ladi, xatto bu ehtiyoj o‘tmishda uni qiziqtirmagan bo‘lsa ham. SHundan xabardor bo‘lgan mutaxassislar bu «o‘sish»dan ko‘p foydalaniladi. Masalan: mashinani reklama qilishayotganida, savdoda quyidagi hollarda chegirma qilishini taklif etadi: agar salon bezagi (konditsioner, signalizatsiyasi) anchagina past baholarda amalga oshirilishi mumkin.
O‘rtacha daromadli insonlarning harid qilish faoliyatiga ta’sir o‘tkazish befoyda ko‘rinishi mumkindir, chunki ular o‘z daromadi chegarasi doirasida xarid qilishadi, lekin bu unchalik emas. YOshlarni hisobga olganda bu tezis amalga oshmaydi. Masalan ko‘pgina qizlar zamonaviy kiyimlarga ega bo‘lishi uchun o‘zlarini ovqatdan chegaralaydilar..
Ko‘pgina kampaniyalar o‘z reklama roliklarida gipnoz kabi psixologik vositalardan foydalanadilar. Gipnoz juda kuchli vosita bo‘lib, u xatti-xarakatni, odat va tasavvurlarni o‘zgartirib yubora oladi. SHuning uchun hamma rivojlangan mamlakatlarda mavjud bo‘lgan ochiq psixologik ta’sirlar qonun bo‘yicha taqiqlangan. Yana bir shunday psixologik usul – suchchestiya effekti.
Ta’sir etish – ta’sir etilayotgan mazmun, onglilik va tanqidchilik pasaytirilish, ya’ni vaziyat, tahlil va bahoni talab qilinmagan holatda indevid psixikasiga ko‘rsatilayotgan ta’sir hisoblanadi.
Suchchestiya yoki ta’sir etish – mohiyati insonning irodasiga emas, balki his tuyg‘usiga ta’sir etishidadir. Ta’sir etish ikki hil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin: tashqi tomondan ta’sir, o‘z-o‘zini ishontirish. reklamada bu ikki ko‘rinish o‘zaro bog‘langandir.
Suchchestiya ob’ekti bo‘lib, katta miqdordagi insonlar guruhi ham belgilanib olishi mumkin. Buni oilaviy ta’sir deb atashadi. Bunda ta’sir umumiy holda uchrashi mumkin bo‘lgan omillar e’tiborga olinadi: xavotir, ishonmaslik, o‘zlik bahosining past ko‘rsatkichi, mantiqiy tahlil amalga oshirilmaganda va x.k. Insonlarning psixikasi turli stereotiplarga boy bo‘lib, ular ta’sir etuvchilar bilan aloqa o‘rnatadilar. Ta’sir samarasi quyidagi to‘rt gruppa omillariga bog‘liq bo‘ladi:

  1. Suchchester xususiyati – yuqori martaba intelektual ustunligi va boshqalar. SHuning uchun reklamaga juda mashhur va o‘ziga ishongan aktyorni taklif etishadi.

  2. Suchcherent xususiyati, ya’ni ta’sirga yo‘naltirilgan individ;

  3. O‘zaro munosabat, ya’ni suchchester va suchcherent o‘rtasidagi munosabatning avtoritet bog‘liqligi va boshqalar;

  4. Mantiqiy va ta’sirchanlik komponentlarining o‘zaro moslashuvi:

a) nutq orqali aloqalarning mavjudligi – bunda hamma tushuna oladigan so‘zlardan foydalanish: «yaxshi», «yorqin», «ommabop», «chiroyli», va x.k.;
b) aniq xususiyatlarni ko‘rsatib o‘tish. Reklamada abstrakt darajasi qancha yuqori bo‘lsa, ta’sir shunchalik pasayadi. Mutaxassislarning fikricha, potensial xaridorga maxsulotning xususiyatlarini o‘ziga moslab shakllantirishga yordam berish kerak;
v) reklamada «yo‘q» so‘zini imkon qadar kamroq ishlatish kerak chunki shu ma’nodagi so‘zlar inson ongida negativ tuyg‘ularni yaratadi;
g) Imo-ishora va mimika. Bu omillar tomoshabinlarning e’tiborini o‘ziga qarata oladi;
d) nutq dinamikasi. Nutq dinamikasining asosiy tamoyillariga, ovozning mayinligi, tanaffuslar, intonatsiyaning boyligi. YAxshi tuzilgan nutq reklamaning ishonchliligini orttiradi;
e) ovoz tembri - ta’sir omillari ichidan eng xususiyatlisi. Mutaxasissislarning fikricha, erkak kishi ovozini ishlatish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Tovush birikmali ta’sir. Tovush birikmalari nafaqat his-xayajonlarni anglatadi, balki turli obraz sifatida ham namoyon bo‘lishi mumkin.
Ma’lum bo‘lishicha reklama psixologiya bilan chambarchars bog‘liq. SHuning uchun psixoanaliz haqida gapirib o‘tsak (XXasr). Bu yo‘nalishni ba’zan «Doktor Freyd psixologiyasi» deb ham yuritishadi. Mazkur olim tomonidan yaratilgan nazariya G‘arbda o‘z ildiz va izlariga egadir. Psixoanaliz inson xayotidagi barcha sohalarga tegishli – ma’lumot siyosat va x.k. Hozirgi kungaa reklama agentliklari o‘z ishlarida Freyd nazariyasidan foydalanishadi. Rossiyada psixoanaliz g‘oyalarining ravnaqi o‘n yil oldin boshlangan.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling