A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Iste’molchilarga psixologik ta’sir metodlari


Download 0.81 Mb.
bet23/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

3.2. Iste’molchilarga psixologik ta’sir metodlari

Psixologik ta’sir metodlarini shartli ravishda uch guruhga bo‘lish mumkin:


2.1. Qayta aloqasizli reklama vositalari;
2.2.Qayta aloqasizli reklama tekstlarining psixotexno-logiyasi;
2.3. Qayta aloqali reklama vositalari;
Eng avvalo, birinchi guruhdagi vositalarni ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq. Unga quyidagilarni kiritish mumkin:
radiodagi reklama;
televideniedagi reklama;
tashqi reklama;
gazetadagi va jurnallardagi reklama;
transportdagi reklama;
Radiodagi reklama. Radiokanalga reklama auditoriyasining katta miqdori to‘g‘ri keladi: Bunday reklamaning samaradorligini to‘g‘ri tanlangan diktor ovozi, qiziqarli tekst, yaxshi ovoz foni, musiqali uzatkichlar bilan ifodalash mumkin. Radiodagi reklamaning afzalliklari qatoriga uning 24 soat davomida uzatilishi haqida ham ta’kidlab o‘tilishi kerak. Radio soatlab oshxona, avtomobil, ofis, kafeda o‘chirilmasligi mumkin. Musiqali radiostansiyalarda nafaqat musiqa, orasida yangiliklar, balki reklamani ham eshitib qolamiz. radiopriyomnik oldida o‘tirgan inson reklamani eshitmasada uning 5-6 marta o‘qilishidan so‘ng matn mazmuni xotirada saqlanib qolishi isbotlidir. Radiodagi reklamaning eng kata yutug‘i shundan iboratki, tinglovchi o‘ziga ma’lum bir obrazni tasavvur etishi mumkin. Bu esa qanchadan qancha harajatlarni kamaytiradi. Sifatli reklamada yorqin ovoz va tovushlardan foydalaniladi. masalan, yaxna ichimliklarning reklamasida stakanga tushuyotgan muzning ovozidan, bolalar o‘yinchog‘i reklamasidan esa yosh bolalar kulgusidan foydalanish ancha samara beradi.
Psixologlarning fikricha, radio - uy, shaxsiy, individual vosita hisoblanib, u eshituvchi bilan yakkama-yakka holda aloqada bo‘ladi.
Radio reklama beruvchi uchun operativ vosita hisoblanib, u o‘z reklamasini buyurtmani bergan kuniyoq eshitishi mumkin. bunday tezlikni boshqa reklama vositalarida uchratish qiyin. radiodagi reklamaning yana bir yutug‘i shundan iboratki, reklamani ertalab, kunduzi va kechki efirlarda eshitish mumkin, ya’ni bunda praymtaym tushunchasi oldingai o‘rindadir.
Radio reklama samaradorligi faqat birinchi yarim kundan (16.00) keyingi vaqtga to‘g‘ri keladi. Bunday farqda radio reklamasi televidenie rekolamasidan 3-5 barobar samarali hisoblanadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki tezso‘zlash va radioreklamada hazil va mutoyibaning ishlatilishi ham o‘z samaradorligini beradi.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling