A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Download 0.81 Mb.
bet26/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Transportdagi reklama. Transport ichidagi (metro, avtobus va shu kabi) reklamaning ustunlgi shundaki, auditoriyaga ta’mitr o‘rtacha 20 min atrofidadir. Shuning uchun reklama qiziqarli, hajviyali bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Transportdagi reklamani ikki usulda joylashtirish mumkin:
1. Transport ichida.
2. Transport tashqarisida.
Har bir usulning uziga xos ustunligi va kamchiligi mavjud. Reklama e’lonlari tashqarida joylashtirilganda ko‘proq o‘quvchilariga ega bo‘ladi, ichki tomondan joylashtirilgan reklama o‘quvchilari faqat yo‘lovchilar hisoblanadi.
Shu bilan birga ichkaridagi reklama ko‘proq ma’lumot beradi va salondagi kishi kerakli ma’lumotlarni yozib olishi mumkin. SHuni esda tutish kerakki, ba’zi shriftlar e’tibori past bo‘ladi: egiltirlgan harflar, harflar ostini yaxlit chizish, mayda shriftlar.
Hamma transportlar ichidan tashqi reklamani o‘rnatishda metro qulay variant hisoblanadi. mutaxassislarning fikricha, metrodagi reklamalar samaradorligi bo‘yicha uchinchi o‘rinda turadi (televidenie va nashriyot reklamalaridan keyin).
2.2. Reklama matnining javobsizlik psixotexnologiyasi. Bunga quyidagilar kiradi:

  1. Reklama tekstining psixografikasi;

  2. Reklamadagi illyustratsiyaning psixotexnologiyasi;

  3. Reklama tekstining sarlavhasi va izohi;

  4. Reklama tekstining psixolingvinstikasi;

  5. Reklama tekstini tuzish bo‘yicha maslahatlarning umumiyligi.

Reklama tekstining psixografikasi. Mutaxassislar reklamaning grafik bajarilishiga qarab qabul qilinishining quyidagi qoidalarini taklif etishmoqda:

  • maket ishlab chiqarilayotganda shuni esda tutish joizki, qayirish, bukish joyni yashiradi, illyustratsiyani buzib ko‘rsatadi;

  • tekst ma’lum vaqt davomida e’tiborni ushlab tura olishi kerak. Inson ko‘zi uzun, ko‘p tekstni rad etadi;

  • shrift qanchalik mayda bo‘lsa, e’tibor ham shunchalik past bo‘ladi;

  • bosh harflardan foydalanilgan tekst yaxshiroq qabul qilinadi;

  • semiz xarflar maxsulotning kafolatligi, nozik harflar esa uning nafisligidan dalolat beradi;

  • sariq fondagi qora ranglar, oq fondagi yashil va qizil ranglarqabul qilinishi ijobiydir;

  • hoshiyalangan tekst e’tiborni oladi;

  • ellips ijodiy izlanishni rag‘batlantiradi;

  • ko‘p o‘qiladigan shrift 12- chi o‘lchovlidir;

  • kvadrat yoki aylana ichidagi tekst ishonch hissini o‘yg‘otadi;

  • uchburchak ichidagi tekst «oldinga» harakatining rag‘batlantiradi;

  • ochiq rangli harflar yuqorida, to‘q rangli harflarni esa pastda joylashtirish to‘g‘riroq hisoblanadi;

  • agar e’lon hajmi kichik bo‘lsa, uni vertikal joylashtirish maqsadga muvofiqdir.


Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling