A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Download 0.81 Mb.
bet22/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Doktor Freydning psixoanaliz nazariyasining asosiy yo‘nalishini ko‘rib chiqaylik. Har bir indevid bamisoli aysberg. Uning ko‘rinayotgan qismi uning maroki hisoblansa, qolgan ko‘rinmas qismi esa uning «ongsizlik» mohiyatidir, bu qism inson hayoti harakatiga ta’sir qilmaydi. Doktor Freyd aynan shu holatga e’tibor qaratadi. Har bir insonning idroki ikki tarkibdan tashkil topgan: «Men» - real hayotga taaluqli qismi; «Men»dan ham yuqori qismi – aynan shu qism aybdorlik hissiyotini o‘yg‘otadi.
Reklama kampaniyalari bu nazariyani amaliyotga o‘ziga xos tarzda qo‘llashdi. XX asrdagi iqtisodiy tushkunlik davrida insonlar mavjud moddiy mablag‘lardan ajrala boshlanadi. Maxsulot miqdorining o‘sishi esa bozor ko‘payib «o‘ta to‘yingan bozorni» vujudga keltirish xavfsiz xatarini keltirish mumkin edi. Aynan shu payti psixoanalitikning mazkur nazariyasidan foydalanish maqsadga muvofiq edi. Ulardagi asosiy vazifa xaridorlarni xarid qilishga nima sababchi ekanligi aniqlash edi. SHu bilan birga insonlar nima xarid qilishmoqchi ekanligini o‘zlari ham bilmasligi aniqlandi. Ko‘pchilik o‘tgan xaridlari bilan hisoblashib, undan xulosa chiqarar edilar. Lekin xaridor nuqtai nazaridan chiqarilgan xulosa, anchagina mazmunli ko‘rinadi, chunki unda maqsad, ehtiyoj, sabab kabi omillar o‘zini namoyon etishadi.
Reklama sohasi barcha etuk mutaxasissislardan biri Lixter, reklama maqsadini quyidagicha ta’riflaydi–xaridor tasavvurida maxsulotni shunday ta’riflasinki, hatto shafqatsiz raqobatda ham reklama qilinayotgan maxsulot sotilsin. Hozirgi kunda bu juda muhim, chunki barcha maxsulot standartlashtirilgan. Masalan: margarin uy bekalariga uncha yaxshi taasurot qoldirmaydi. Hatto ayollar ko‘zi yopiq holda yog‘ va margarinlarni ajrata olishmagan bo‘lsa ham. Ammo margarinni chiroyli o‘ram va tarkibini ancha yumshaytirgach margarin savdosi anchagina yaxshilandi. Ba’zan esa reklama roliklar omadsizlikka yuz tutishgan. masalan, chemodan ishlab chiqarish kampaniyaisning reklama roligida aviaxalokatga uchrayotgan samalyotdan tushib qolgan chemodan ichidagi buyumlar zararlanmagan. Ko‘pgina tomoshabinlar fikricha bu halokatdan chemodanlar omon chiqib, odamlar xalok bo‘lsa, yoki chiqarilayotgan yarim tayyor sho‘rvadan olinadigan ko‘poni ayollar uchun neylon chulkilarga keyinchalik sovg‘a sifatida almashtirildi, bu esa ko‘pchilik ayollarga ma’qul kelmadi, ularning fikricha sho‘rva va oyoqlarni o‘zaro birlashtirib bo‘lmaydi.
Bunday holatda shuni ta’kidlab o‘tish joizki reklama inson xayotida ajralmas bo‘lib, insonning xayotdagi mo‘ljali bo‘lib hisoblanadi deyish mumkin. Reklama haqida turli fikrlar mavjud, ko‘pchilik reklamani ijtimoiy qatlamni yaqqol namoyon etadi, deb ta’kidlanadi.
Masalan: Indoneziyada telereklama qonun bo‘yicha ta’qiqlangan. Ularning fikricha, unda ijtimoiy qatlamdagi kambag‘allar guruhiga ta’siri juda salbiy deb hisoblashadi. Britaniyada esa 1926 yilda NVC(national Vigilance Committee – Milliy xushyorlik komiteti) tashkil etilgach reklama sifat ko‘rsatkichiga bo‘ysuna boshladi. Xokimiyat reklama faoliyatini nazoratga oldi, 250 ga yaqin qonunlar mavjud bo‘lib, ular reklama faoliyatiga bevosita va bilvosita taaluqli hisoblanadi.
Reklama ustidan xuquqiy nazoratning o‘ziga xos xususiyatlari.
Bunda reklama beruvchining jamiyat manfaati bilan hisoblashishi qonun qoidalari kiritilgan. CHetlanishlar esa turli jarima yoki jinoiy javobgarlikka tortiladi. SHuning uchun ularni turli qonunlarni qabul qilishda bir qator talablarga javob berishi va bir qator bahslarga uchragan holda qabul qilinadi.
Reklama ustidan ixtiyoriy nazoratning o‘ziga xos xususiyatlari.
Bunday nazorat yuqorida kelitirilgan nazoratdan quyidagilari bilan farqlanadi:
Albatta, ixtiyoriy nazorat reklama beruvchini qatiy moliyaviy jarimalarga tortmasada, undan qochgan firma o‘z obro‘-e’tibori, rasmiy statusini jamiyat oldida yo‘qotishi mumkin.
Ixtiyoriy reklamada reklama beruvilar «etika» talablariga javob berishi maqsadga muvofiq. Bunda ular o‘zlari uchun normalarni yaratib, ularga rioya qilishga harakat qilishadi. O‘z navbatida oilaviy axborot vositalar nazoratchi sifatida, reklama agentliklari esa o‘ziga xos barer sifatida o‘zlarini namoyon etishadi. OAV da tomoshabinlarning arzlarini kutib o‘tirishmaydi, chunki firma o‘z nomiga putur etkazishni xoxlamasa, agentliklar sifatsiz reklama tufayli daromaddan ajralishni xoxlamaydilar. shuning uchun reklamaning yuqori sifatliligi eng avvalo reklama beruvchining bo‘ynida turadi.



Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling