A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Download 0.81 Mb.
bet25/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Tashqi reklama - bu birinchilardan qo‘llanilib kelinilayotgan reklama vositalaridan bo‘lib, bugungi kungacha zamonaviy hisoblanadi. Evropa mamlakatlarida reklama byudjetining 15 % i tashqi reklamaga taaluqli hisoblanib, nashriyot va televideniedagi reklamadan keyingi o‘rinlarni egallagan. Tashqi reklama vositalariga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • rangli reklamalarni o‘rnatish;

  • turli o‘lchov va ko‘rinishdagi shitlar;

  • informatsion elektron jadvallar;

  • tumbalar;

  • ko‘rsatkichlar, yozuvlar, viveskalar;

  • kinematik o‘rnatkichlar;

  • «tom»dagi o‘rnatkichlar;

  • sport majmuasi, hiyobon va shu kabilarda o‘rnatilgan tashqi reklama;

  • stolbalarga o‘rnatilgan rangli korobalar;

  • hajmli transport qurilmalari;

  • dekorativ ko‘cha soatlari;

  • er osti munitsipial transport bekatlaridagi tashqi reklama.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, tashqi reklamalar shahar arxitektura elementi bo‘lib ham hisoblanadi.
Quyidagi tashqi reklama turlari anchagina talabgor hisoblanadi:

  • avtomobil trassasiga perpendikulyar holatda o‘rnatilgan yirik formatli shitlar;

  • tranzit reklamalar;

Tashqi reklamaning o‘ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, u kata mablag‘ni talab etmasada, anchagina, millionlab auditoriyasiga ega. SHu bilan birga shitdagi reklamalar tomoshali obrazlar, rasmlar, fotorasmlar ko‘proq e’tiborni o‘ziga qaratadi.
Gazeta va jurnallardagi reklama. Gazeta va jurnallardagi reklama inson psixologiyasining ong va ong osti qismlariga ta’sir etadi. Gazetedagi reklamaga nisbatan jurnaldagi reklama ancha samarali hisoblanadi. Buning sababi:
1.Tematik guruhlanishi, ya’ni talab qaysi sohaga tegishli va shunga qarab aniqliklarni kiritish;
2.Rangli gammalarniishlatishdagi keng qulayliklar, asosan mato va kiyimlarning reklamasida;
3.Tekst hajmining tanlovi.
Ishbilarmon jurnallarda reklama qilinayotgan maxsulot haqida kengroq ma’lumotlarni ko‘ratib o‘tish kerak, ya’ni:

  • to‘g‘ri va aniq bo‘lgan texnik axborotlar;

  • odoterminlari ishlatiladigan reklamalar, ishlab chiqarish muammolarini ham yoritib berishi mumkin;

Jurnaldagi reklama quyidagi talablarga ega:

  • do‘stona, ishonchli, xurmatli ohang;

  • so‘zlashuv va emotsional (xissiyotni o‘yg‘otuvchi) metodlarni qo‘llash;

  • tekst qanchalik jonli, qiziqarli chiqsa, potensial mijozda shunchalik ishonchli fikr tug‘iladi.

Albatta, bunday yondashuvlardan foydalanish mumkin, lekin u samarali bo‘lishi kafolatli emas.
Jurnallardagi reklamalardan talabni rag‘batlantirish uchun emas, balki «singdirish» maqsadida foydalanish to‘g‘ri bo‘ladi.
Ro‘znomalardagi reklama.barcha gazetalar o‘z o‘quvchilarini topadi. SHuning uchun reklama beruvchi har bir potensial haridori aynan qaysi gazetani ma’qul ko‘rishiga e’ibor berishi kerak.Lekin, bu masala juda sermehnat va mayda ish. Bunday hollarda quyidagicha yo‘l tutish mumkin:
Dastlab reklama kiritilayotgan segment aniqlashtiriladi, keyin shu segmentda keng tarqalgan ro‘znomalar aniqlashtiriladi. Ro‘znomalar belgilangach undagi reklama, e’longa shaxsiy kod, lotoreya, yutuq, chegirmali kuponlarni taklif eish mumkin.
Psixologlarning fikricha, reklama ro‘znoma sahifasining pastki o‘ng burchagida, mazmunli va yorqin mavzuda berilishi maqsadga muvofiqdir.
Shu bilan birga ko‘rish, xotirasini e’tiborga olgan holda quyidagi maslahatlarni keltirib o‘tishmoqda:

  • reklama qilinayotgan taklif sarlavhada ko‘rsatilishi;

  • urg‘uni ko‘proq quyidagi so‘zlarga berish: «bepul», «chegirma», «arzonroq», «iqtisod etadi», «sovqa sifatida» va x.k;

  • taklif etilayotgan maxsulot yoki xizmatning tasviri;

  • bunday taklif qaytarilmsligi, ya’ni bunday imkoniyatni qo‘ldan boy bermaslik kerakligi;

  • e’tiborga olinishi kerak bo‘lgan gapni yirik shriftda terilishi;

  • imkoni boricha ixcham tekst tuzish;

  • boy ranglar jilosidan foydalanish mumkin: qizil, ko‘k, jigar ranglar;

  • firma nomini reklamaning pastki tarafida o‘rnatish;

  • reklamada iloji boricha yangilik, zamonaviylik xususiyatini ko‘rsatish;

  • reklamaning .boshqa reklamalardan farqli tomonini ko‘rsatish.

Eksportning fikricha reklama e’loni ancha arzon tushadi, chunki u yaxshiroq va tezda esga qoladi.optimal hajm esa reklamaning chorak qismi, agarda u ro‘znomada tez-tez takrorlansa, boshqa hollarda sahifaning butunligicha olinishi ham manfaatlidir.
Reklama e’lonlarining tahlili quyidagi xulosalarni chiqarishga olib keldi:

  • ko‘pincha reklama e’lonlari to‘g‘ri burchakli formada qatorlarning gorzontal holati berilmoqda;

  • rangli 58%;

  • fotosuratli (rasmlar, grafiklar bilan) 57%;

  • insonlar tasviri bilan 14%;

  • shrift, standart, hajmli;

  • to‘q asosda (fonda) yorqin oqrangli xarflar bilan;

  • ma’lumot to‘liq bo‘lmasa, umumiylik sarlavhada keltiriladi;

  • «eue - stopper», «ear - stopper» texnologiyalaridan foydalanish, ya’ni «ko‘z»yoki «quloq» e’tiborini oluvchilar;

  • to‘la informatsion reklama tekstlari – 4%;

  • motivatsion reklama e’lonlari – 26%;

  • buyruq mayilidan foydalanish – 18%;4

  • assotsiativ reklama (film, kitob, mifologik yoki tarixiy obrazlar bilan bog‘liq holda); M: Kitob reklamasini ko‘rganda, inson tasavvuridan o‘qish, ilm o‘rganish kabi obrazlarni, ko‘z oldida, ongida paydo bo‘lishi.

  • savollar bilan reklama - 5 %;

  • metaforalar (ibora) bilan reklama – 12% ;

  • turli obrazli abbreviaturalar bilan – 4%;

  • shtamplar («faqatgina bugun», «faqat bizlarda»);

  • kontrast effektlari (uyg‘unlik mos tushadigan) bilan – 5%;


Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling