A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Reklamadagi illyustratsiya quyidagi talablarga javob beradi


Download 0.81 Mb.
bet27/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Reklamadagi illyustratsiyaning psixotexnologiyasi.
Reklamadagi illyustratsiya quyidagi talablarga javob beradi:

  • insonlar e’tiborini olishi hamda reklama qilinayotgan mahsulotga bo‘lgan qiziqishni o‘yg‘ota olishi kerak;

  • mahsulot yoki xizmatlar xususiyati va yakuniy natijani vizual tasvirlay olishi kerak.

Bir necha mayda illyustratsiyadan ko‘ra yagona katta illyustratsiya foydaliroqdir. Iloji boricha rasm emas, balki fotosuratlardan foydalanish samarali hisoblanadi.
Reklama tekstining sarlavhasi va izohi.
Izoh deganda reklamaning shiorini tushunish kerak. SHiorning asaosiy maqsadi harakatni amalga oshirishdadir. Izohni tuzishda quyidagilarni e’tiborga olish to‘g‘ridir:

Reklama sarlavhasi ham zaruriy hisoblanib, psixologlarning fikricha reklamadan 6-7 barobar ko‘proq sarlavha o‘qilishini ta’kidlashadilar. SHuning uchun reklamaning o‘qilishi aynan sarlavhaga bog‘lig‘dir.
Sarlavhaning to‘g‘ri va samarali bo‘lishi uchun quyidagilar yordam bera oladi:

  • qisqalilik;

  • iloji boricha qo‘shtirnoqqa olinishi;

  • mijozni reklamaning ijodiy qismiga emas, balki maxsulotga yo‘naltirish;

  • reklama qilinayotgan maxsulot yoki xizmat obrazini tasvirlay olishi;

  • shaxsiy qiziqishni shakllantirish;

  • potensial mijozni agar u mavjud bo‘lsa, narxlar yoki raqamlar bilan e’tiborini olish;

  • reklama qilinayotgan maxsulotning ustunligini ta’kidlashi;

  • yangilik hissini uyg‘ota olishi;

Sarlavhada egilgan shriftlardan foydalanish nojoiz.
Reklama tekstining psixolingvinstikasi. Bunga quyida-gilarni kiritish lozim.

  • jami soddalashtirish va boyitish;

  • har bir ma’lumot qiziqarli va ilhomlantira olishi;

  • potensial xaridor foydaga yo‘naltirish;

  • ishonchli va qat’iy bo‘lishi;

  • insonlarning fantaziyasini o‘yg‘otish;

  • hozirgi zamon fe’lidan foydalanish;

  • tekstni psixologik qabul qilinishini yodda tutish lozim:tekstning boshi va oxiri – birinchi va oxirgi gaplar tezda esda qoladi;

  • taklif etayotgan obrazlar, o‘zaro bog‘liq va haqiqiy bo‘lishi kerak;

  • iste’molchini e’tiborini olish uchun so‘roq gaplardan foydalanish lozim;

  • his-xayajon, undov gaplardan javob tariqasida foydalanish mumkin;

  • o‘zaro qarama-qarshi fikrlarni keltirish mumkin;

  • tekst ritmining muallaqligini saqlab turishi kerak.


Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling