A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Savdo zalidagi bevosita reklama


Download 0.81 Mb.
bet29/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Savdo zalidagi bevosita reklama. Mutaxssislarning fikricha savdo do‘konidagi xaridor mahsulot haqidagi kerakli ma’lumotga ega bo‘lgan taqdirda savdoni amalga oshiradi. Ma’lumot qanchalik ko‘p bo‘lsa, potensial xaridorning haqiqiy xaridorga aylanish ehtimoli shunchalik yo‘qori bo‘ladi.
Savdo zalidagi bevosita reklamaning asosiy formasi bo‘lib, vitrinalar hisoblanadi, ularni quyidagicha guruhlash mumkin:

  • fasadli;

  • ko‘rgazmali;

  • savdo.

Fasadli vitrina – savdo tashkiloti fasadida joylashtirilgan oynali o‘rin.
Ko‘rgazmali vitrina – avdoni amalga oshirish uchun emas, balki yangi xizmat yoki maxsulot bilan yaqindan tanishish uchun qo‘llaniladigan vitrina.
Savdo vitrinalari – savdoni amalga oshirish tamoyilidan kelib chiqadi. (o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish yoki sotuvchi tomonidan xizmat ko‘rsatish). Savdo vitrinalari butun zal atrofida yoki sotuvchi oldida joylashtirish mumkin.
Maxsulot o‘ramining psixologik xususiyatlari. Maxsulot o‘rami(qadog‘i) reklamada ahamiyatli hisoblanib, u sotuvchini bir necha tomondan qiziqtiradi:

  • maxsulot deformatsiyalanishidan himoya sifatida;

  • maxsulot haqida ma’lumot beruvchi sifatida;

  • qulay jo‘natish vositasi sifatida;

  • qayta foydalanish mumkinligi;

  • estetik nuqtai nazaridan;

  • uni ochish qulayligi tomonidan.

YOrug‘lik psixologiyasi.Stend, shit, vitrinali yoritish vosialari orqali uch hil optik maydonni hosil qilishi mumkin, bularga: ko‘rsatish, harakatlanish va kommunikatsiya.
YOritish quyidagicha bo‘lishi mumkin:

  • umumiy. ya’ni butun xona yoki yuza bo‘yicha;

  • maxsus;

  • yo‘naltirilgan, obektga taaluqli.

Psixologik nuqtai nazardan:

  • yoritishning kerakli jilosi;

  • yoritish vositalari;

  • xonada yorug‘lik ning taqsimlanishi.

Mavjud holatdan qat’iy nazar bir tamoyilga amal qilish kerak: hisobni sotuvchi emas, balki xaridor e’tiborini asos qilib olish kerak.
YOritish shunday bo‘lishi kerakki, u maxsulotning barcha ustunligini ochib bera olishi kerak.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling