A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


-BOB. “REKLAMA FAOLIYATINI TASHKIL ETISH” FANINING PREDMETI, METODI VA VAZIFALARI


Download 0.81 Mb.
bet8/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

1-BOB. “REKLAMA FAOLIYATINI TASHKIL ETISH” FANINING PREDMETI, METODI VA VAZIFALARI


1.1. “Reklama faoliyatini tashkil etish” fanining mazmuni, mohiyati, predmeti va vazifalari

Iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgartirishlar, modernizatsiya va diversifikatsiyani amalga oshirilishi natijasida mamlakat iste’mol bozori mahalliy tovarlar va xizmatlar bilan to‘yinib bormoqda. Endilikda korxonalar muvaffaqiyatga erishish uchun nafaqat sifatli tovarlar ishlab chiqarishi kerak, balki iste’molchilarni shu tovarlarning afzalliklari haqida har tomonlama xabardor qilib, o‘z tovarlarini iste’molchilar ongida aniq mavqelashga erishishi kerak. Buning uchun, korxonalar birinchi navbatda reklamadan foydalana bilishi lozim.


Ayniqsa, globallashuv jarayonlarining kuchayishi, axborot va telekommunikatsiya tizimlarining rivojlanishi, raqobat muhitining tezlik bilan o‘zgarib borishi mahalliy korxonalar faoliyatiga ijobiy ta’sir etishi bilan birga ularning marketing tizimiga yangi talablar qo‘yadi. Bu esa marketing kommunikatsiyalarining muhim vositalari bo‘lgan reklama haqida mukammal hamda zamonaviy bilimlar tizimini o‘zlashtirishni talab qiladi.
Marketingning zamonaviy yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan mutaxassislar samarali reklama faoliyatini ko‘rsata oladigan marketing kommunikatsiya tizimini shakllantirishi mumkin.
Bugungi davrdagi iqtisodiy jarayonlar mahalliy korxonalar iqtisodiy faoliyatida reklama tizimining o‘ziga xos tomonlarini o‘rganishni taqozo etadi. SHuning uchun ham korxonalar amaliyotida reklamaga qiziqish borgan sari ortib bormoqda.
Reklama faoliyatini tashkil etish” fanning mohiyatini yoritib berishda eng avvalo quyidagi yondashuvlarga alohida e’tibor qaratish lozim:
Reklama — aniq maqsadga yo‘naltirilgan, ma’lum va nomi aniq manba tomonidan haqi to‘langan joyda tarqaladigan axborot.
Reklama — bu muayyan homiy buyuradigan va moliyalashtiradigan g‘oyalar, tovarlar yoki xizmatlarni noshaxsiy taqdim etish va siljitishning har qanday pulli shaklidir.
Reklama -- mashhurlikni yaratish maqsadida kimdir yoki nimadir haqida ma’lumotlarni tarqatish, biror narsaga keng mashhurlikni yaratish, iste’molchi va xaridorlarni jalb qilish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar yig‘indisidir.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling