A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Download 0.81 Mb.
bet11/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Haqqoniylik – reklama tadbiri tashkilotchisini tovarlar, ularning sifati, voqelikka to‘g‘ri keladigan yutuqlari va kamchiliklari haqidagi ma’lumotlarni keltirib o‘tishga majbur qiladigan jihatidir.
Muayyanlik reklama matnida foydalaniladigan ishonchli dalillar va raqamli ma’lumotlarda namoyon bo‘ladi. Reklama grafikasida ushbu prinsipga rioya qilish asossiz rasmiyatchilik va tomoshabinlar ommasiga tushunarsiz usullarni istisno qiladi.
Reklamaning maqsadga yo‘naltirilganligi shuni bildiradiki, uning boshlang‘ich nuqtasi reklama qilinayotgan tovarlar va bozor kon’yunkturasi, ob’ekti esa – iste’molchi hisoblanadi.
Reklamaning insoniyligi shuni anglatadiki, u shaxsning uyg‘un rivojlanishi, odamning ma’naviy o‘sishi, uning dunyoqarashi kengayishi, sog‘lig‘i mustahkamlanishi, turmushi va ishlab chiqarish yaxshilanishiga xizmat qiladi.
Reklamaning bilimga asoslanganligi shundan iboratki, u turli fan-texnika yutuqlariga asoslanadi.
Reklama tadbirlarining kommunikatsiya va sotish sohasida ko‘plab maqsad va vazifalari mavjud bo‘lib, ushbu maqsadlardan kelib chiqqan xolda ularning axborot berish, eslatish, undash kabi vazifa va funksiyalari amal qiladi.
Reklamaning asosiy maqsadlari quyidagilar:

  • potensial xaridorlarni jalb qilish;

  • xaridorlarga xarid qilish jarayonida ma’lum naf kelishini targ‘ib qilish;

  • tovar va xizmatlar to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot va ularni o‘rganishni taklif qilish;

  • iste’molchilarda tovar haqidagi ma’lumotlarini berish va mavjud bilimlarini oshirish;

  • ishlab chiqaruvchi firma, savdo va sanoat markalarining ijobiy imijini yaratish;

  • tovar va xizmatlarga ehtiyoj va zarurat yaratish;

  • firmaga nisbatan ijobiy fikr uyg‘otish;

  • tovar va xizmatlarning sotishlishini rag‘batlantirish;

  • tovar aylanmasini tezlashtirish;

  • iste’molchilarni firmaning doimiy mijoziga aylantirish.


Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling