A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Reklamaning vazifalari quyidagilar


Download 0.81 Mb.
bet12/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Reklamaning vazifalari quyidagilar:

  • mijozlar uchun yangi bo‘lgan tovar va xizmatlarni reklama qilish;

  • mavjud tovar va xizmatlarni qo‘llab-quvvatlash;

  • raqiblardan o‘zib ketish;

  • reklama faoliyatini ko‘z-ko‘z qilish.

Bozor vaziyati va uning harakati reklamada o‘z aksini topadi, reklama faoliyatining shakllarini va uning mazmunini belgilab beradi. Quyida bozorning rivojlanishiga bog‘liq holda reklamaning vazifalari ifodalangan (1.2-jadvalga qarang).
Reklamali ta’sirning faol dasturi tovarning ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga tomon bo‘lgan yo‘lining boshidan oxirigacha mavjud bo‘lishi kerak. Reklama vositalaridan foydalanishni bilmaganda, bozorga faol ta’sir etish imkoniyati, sotish bozorlari uchun raqobatli kurashda o‘ziga muvaffaqiyatni ta’minlash imkoniyati keskin kamayib boradi. Reklama iste’molchilar uchun savdo va boshqa korxonalarni, tovar va xizmatlarni erkin tanlash imkoniyatini yaratishi kerak.
Har bitta reklama belgilar kompleksini qanday yaratishi, tovarlarning «imijlari» qandayligi nuqtai nazaridan qaralishi kerak. Obrazni yaratish (imijbilding) — zamonaviy reklamaning eng samarali usullaridan biri. Agar ishlab chiqaruvchilar o‘zining tovarlari uchun keskin ifodalangan o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatuvchi eng qulay imijni yaratishga o‘z reklamalarini yo‘naltirsalar, pirovard natijada bozorning eng katta ulushi va eng yuqori daromadlarga ega bo‘ladilar. Masalan, «Adidas» firmasining mahsulotlari butun dunyoda sog‘lom hayot tarzi, sportdagi muvaffaqiyatlar bilan bog‘lanib ketadi, «Roleks» soatlari, «Kross» va «Parket» avtoruchkalari esa omadli biznesmenning belgilaridir.


1.2-jadval
Reklamaning vazifalari

Bozorning rivojlanish bosqichi


Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling