A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Download 0.81 Mb.
bet9/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

PR (Pablik-rileyshnz) — jamoatchilik bilan aloqa o‘rnatish va jamoatchilik fikrini uyushtirish, korxona va uning tovarlariga yaxshi munosabat shakllantirish.
PR (Pablik rileyshnz) — korxona va turli xil aloqa qiluvchi auditoriyalar (jamoatchilik) o‘rtasida yaxshi munosabatlarni o‘rnatish va saqlashga qaratilgan harakatlarni korxona uchun manfaatli obro‘-e’tibor, ijobiy imijni yaratish vositasida yo‘lga qo‘yish. Buning uchun tashviqot, matbuot, ko‘rgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etish, firma uslubini saqlab turish qo‘llaniladi.
Fanning predmeti muayyan ob’ektning tanlab olingan ma’lum jihatlari, unda sodir bo‘layotgan turli jarayonlardir. Fanning predmeti tanlab olingan ob’ektning barcha jihatlarini qamrab olmasdan ma’lum sohasini tizim sifatida chuqur tadqiq etadi, ushbu soha xususiyatidan kelib chiqqan holda maqsad, vazifa, tadqiqot yo‘nalishlari va usullarini yaratadi. Umumiy qilib olganda fanning rivojlanishi uning predmeti rivojlanishidir. SHuningdek fanning predmeti sifatida tanlab olingan ob’ektning ilmiy faraz, ilmiy tafakkur natijasida yaratilgan modeli ham olib qaralishi mumkin.
Bundan kelib chiqqan holda reklama va PR fanining predmeti turli darajadagi korxonalarning tovar va xizmatlarni siljitish va sotish bilan bog‘liq faoliyatida vujudga keladigan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, voqea hodisalar hisoblanadi.
Mazkur fanni o‘qitishdan maqsad talabalarning reklama va PR faoliyatiga oid tafakkurini shakllantirish hamda rivojlantirish, o‘zining fikr-mulohaza, xulosalarini asosli tarzda aniq bayon etishga o‘rgatish hamda egallangan bilimlar bo‘yicha ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdir.
Fanning asosiy vazifalari ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda talabalarga fan bo‘yicha o‘qitiladigan asosiy mavzular va ularning mohiyatini o‘zlashtirish, fanning boshqa fanlar bilan bog‘liqligini aniqlash va bugungi sharoitda oqilona boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida, reklama va PR sohasida chuqur bilimlarni egallash hisoblanadi.
SHundan kelib chiqib, fanning quyidagi vazifalari belgilandi:

  • reklama va PR tushunchasi, mazmuni, maqsadi, turlari, jarayoni va uning funksiyalari to‘g‘risidagi nazariy bilimlarini shakllantirish;

  • reklama tushunchasi, mohiyati, maqsadi va vazifalari reklama faoliyati, turlari, tasniflanishi to‘g‘risida nazariy bilimlarini shakllantirish;

  • reklama faoliyatining rivojlanish bosqichlari, reklamaning ijtimoiy-psixologik jihatlari, reklamani tarqatish vositalari, reklama dizayni va reklamaning tasviriy qismlari, reklama matnlari, e’lonlari va murojaatlarini tayyorlash to‘g‘risida nazariy bilimlarini shakllantirish;

  • PR, jamoatchilik bilan aloqalar, aloqalarning asosiy vositalari to‘g‘risida nazariy bilimlarini shakllantirish;

  • reklamalarni tarqatish vositalari to‘g‘risidagi qarorlarni qabul qilish, reklama tadbirlarini rejalashtirish va tashkil qilish bo‘yicha malakalarini shakllantirish;

  • brifinglar, matbuot konferensiyalari, B2B (Business-to-Business), G2B (Government-to-Business) va B2C (Business-to-Customer) munosabatlari, SRM texnologiyasi va ma’lumotlar bazasidan foydalanish va xayrihohlik, homiylik dasturi bo‘yicha malakalarini shakllantirish;

  • pablik rileyshiz to‘g‘risida jurnallar, nashr etishda ishtirok etish, SRM texnologiyasi va ma’lumotlar bazasidan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish.

Reklama va PR fani nazariy masalalar va amaliy tajribalarni o‘z ichiga oladi hamda marketing kommunikatsiyasi majmui, shuningdek marketing bilan bog‘liq barcha bilimlarni qamrab oladi. Mazkur fan bakalavriat ta’lim yo‘nalishining o‘quv rejasida rejalashtirilgan “Marketing”, “Marketing tadqiqotlari”, “Marketingni boshqarish” kabi fanlar bilan uzviy bog‘liqlikda o‘rganiladi. Bu esa fanning uzluksiz rivojlanishda ekanligi va ushbu fanlarning rivojlanishida ham munosib hissasi borligidan dalolat beradi.
Fanning ilm-fan va ishlab chiqarishdagi o‘rni ham beqiyos bo‘lib, zamonaviy tashkilot va korxonalarda tijorat faoliyati va boshqaruv samarasi ko‘p jihatdan reklama va PRdan keng foydalanish, marketing axborotlarini sifatli va yuqori darajada qayta ishlash bilan bog‘liq. Marketing axborotlarini iste’molchilarga etkazishda reklama va PRning ahamiyati kun sayin oshib bormoqda. Iste’molchilar bilan ishlashda reklama va PRni yo‘lga qo‘yish hozirgi kunda bozorda faol harakat qilayotgan kompaniyalar, firmalarning amaliy faoliyatida zaruriyatga aylangan.



Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling