A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish
ORGANIZATION OF ADVERTISING ACTIVITIES IN THE WHOLESALE STORES
Download 0.81 Mb.
|
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ
- Bu sahifa navigatsiya:
- CHAP-TER 11. ORGANIZATION OF AN ADVERTISING CAMPAIGN..... 240
- CHAP-TER 12. ORGANIZATION OF ADVERTISING ACTIVITIES IN THE PRODUCT AND SERVICE MARKETS.........................
- CHAP-TER 13. ADVERTISING STRATEGIES.................................................
- CHAP-TER 15. EFFECTIVENESS OF ADVERTISING ACTIVITIES.............. 285
- GLOSSARY...................................................................................... 301
KIRISh Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgartirishlar va diversifikasiyalash sharoitida korxonalarning tovar va xizmatlarini samarali siljitishni tashkil etish dolzarb vazifalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Iste'mol bozorini rivojlanishi, xaridorlarga yuqori sifatli tovarlar va xizmatlarni taklif etish, xaridorlarning korxona, uning tovar va xizmatlari haqida xabardorligini ta'minlash, xarid to‘g‘risidagi qarorlarni qabul qilishning nazariy va amaliy tomonlarini o‘rganishda “Reklama faoliyatini tashkil etish” fanini chuqurroq o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlan-tirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiya-sida yuqori texnologiyalarga asoslangan qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatga ega tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o‘tkazish, mahalliy mahsulotlarning, tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini va tarmoqlarning eksport salohiyatini oshirish vazifalari belgilangan. Bunday vazifalarni amalga oshirish uchun milliy tovarlar va xizmatlarning tashqi bozorlarda mashhurligini oshirish, potensial xaridorlarning tovar xarid qilish xayrixohligini marketologlar yaxshi bilishi va ulardan oqilona foydalana olishi talab etiladi. Fanning maqsadi – talabalarga marketing kommunikasiyalarini amalga oshirishda reklamaning roli, reklamaning asosiy maqsadi va vazifalari, reklamaning ijtimoiy-psixologik jihatlari, rekla-mani tarqatish vositalari, reklamani tasviriy tarkibiy qismlari, reklama matnlari, e'lonlari va murojaatlarini tayyorlash asoslari, chakana va ulgurji savdo hamda sanoat korxonalarida reklama faoliyatini tashkil etish, reklama kampaniyasini tashkil qilish, reklama strategiyalari, reklama faoliyati samaradorligini, aniqlash bo‘yicha yo‘nalish ixtisosligiga mos bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirishdan iborat. Fanning vazifasi -- talabalarga reklamaning maqsadi va vazifalarini, reklamaning ijtimoiy-psixologik jihatlarini, reklamaning tasviriy qismlari, reklama matnlari, e'lonlari va murojaatlarini tayyorlash asoslarini, chakana va ulgurji savdo hamda sanoat korxonalarida reklamani tashkil etishni, tovarlar va xizmatlar bozorida reklama faoliyatini tashkil etishni, reklama strategiyalarini, reklama faoliyati samaradorligini tahlil qilish yo‘llarini o‘rgatishdan iboratdir. Ushbu fanni o‘rganish natijasida talabalar: reklamaning mohiyati va mazmuni, reklamani rivojlanish bosqichlari, reklamaning ijtimoiy-psixologik jihatlari, reklamaning asosiy maqsadi va vazifalari, reklamaga qo‘yiladigan umumiy talablar haqida tassavvurga; reklama tarqatish vositalari, bosma reklama, matbuotdagi reklama, ovozli reklama, televizion reklama, radioreklama, ko‘rgazma va yarmarkalar, reklama suvenirlari, to‘g‘ri pochta reklamasini tayyorlash, chakana va ulgurji savdo korxonalari hamda sanoat korxonalarida reklama faoliyatini tashkil etish, reklamaning tasviriy tarkibiy qismlari, tovarlar va xizmatlar bozorida reklama faoliyatini tashkil etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga; reklama kampaniyasini tashkil qilish, rejalashtirish va boshqarish, reklama faoliyati samaradorligini aniqlash malakalariga ega bo‘ladilar. Ushbu darslikda “Reklama faoliyatini tashkil etish” fanining predmeti, metodi va vazifalari, reklamaning rivojlanish tarixi, reklamaning ijtimoiy-psixologik jihatlari, reklama tarqatish vositalari va ularning qo‘llanilishi, reklama dizayni va reklamaning tasviriy, tarkibiy qismlari, reklama matnlari, e'lonlari va murojaatlarini tayyorlash asoslari, chakana savdo korxonalarida reklama faoliyatini tashkil etish, ulgurji savdo korxonalarida reklama faoliyatini tashkil etish, sanoat korxonalarida reklama faoliyatini tashkil etish, tovarlar va xizmatlar bozorida reklama faoliyatini tashkil etish, reklama faoliyati samaradorligini aniklash usullari batafsil yoritilgan. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling