A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Download 0.81 Mb.
bet13/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Reklamaning vazifalari

Bozorni tayyorlash bosqichi

Iste’molchilarni xabardor qilish
Potensial iste’molchilarni shakllantirish
Tovar ishlab chiqaruvchilar to‘g‘risida tasavvurni hosil qilish

YAngi tovarlarni kiritish bosqichi

Reklamani kuchaytirish hisobiga potensial xaridorlar sonini ko‘paytirish
Xaridlarni rag‘batlantirish
Sotish joylari haqida xabardor qilish
Tovar ishlab chiqaruvchiga nisbatan kerakli munosabatni, ya’ni korxona «imijini» yaratish

Tovarlarni ommaviy sotish bosqichi

Sotilishlarning erishilgan darajasini saqlab turish
Xaridorlar doirasini barqarorlashtirish
Tovarlar chiqishining o‘sishini hisobga olgan holda sotilishlarni kengaytirish

Talabning o‘zgarishi bosqichi

Eslatish
Tovarlarni almashtirish yo‘li bilan ustuvor yo‘nalishlarni aniqlash
Xaridorlarni boshqa tomonga yo‘naltirish

Hozirgi vaqtda, G‘arb mutaxassislarining fikricha, tovarlar raqobati brendlar raqobatiga aylanib qoldi. Rossiyalik reklamist I.Rojkov bunday hodisani quyidagicha tavsiflaydi: «Brending- bu o‘ram, tovar belgisi, reklama murojaatlari, seylz-promoushn materiallari va boshqa reklama elementlarining birgalikda iste’molchiga ta’sir qilishiga asoslangan tovarga bo‘lgan uzoq muddatli afzal ko‘rishni yaratish bo‘yicha faoliyatdir».


Reklamaning funksiyalari uning yuqoridagi maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda quyidagilardan iborat:

  • axborot funksiyasi – tovar va xizmatlar, ularni ishlab chiqaruvchi, tarqatuvchi va sotuvchlar to‘g‘risida zarur ma’lumotlarni tarqatish;

  • iqtisodiy funksiyasi – sotish hajmini oshirish, pul oqimlarini ko‘paytirish va foydani oshirish;

  • marketing funksiyasi – tovarlar, xizmatlar, g‘oyalarni bozorda siljitish, ularni va ishlab chiqaruvchilarni ommaga ma’lum qilish;

  • kommunikatsion funksiyasi – ommaviy va maqsadli auditoriyaga ta’sir ko‘rsatish;

  • ijtimoiy-tarbiyaviy funksiyasi – ommaviy ongni shakllantirish;

  • uyg‘otish funksiyasi – xaridorlarning xarid to‘g‘risidagi qaror qabul qilishini tezlashtirish, talabni shakllantirish.




Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling