A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti
Download 158.01 Kb.
|
Kurs ishi.S.U
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uy vazifasi
12. Yakunlovchi suhbat.
— Darsda qanday she’r bilan tanishdingiz? — Biz bugun qish fasli haqidagi she’rni o ‘qidik. Buning go‘zal elchisi — qor haqida, uning yog‘ishidagi go‘zal manzaralar bilan, uning foydasi bilan tanishdik. — Tabiatning ehsonlariga qanday munosabatda bo'lish kerak ekan? — Qor, qish haqida qanday topishmoqlarni bilasiz? Maqollardan-chi? Dars yakunida faol ishtirok etgan o‘quvchilar rag’batlantiriladi. Uy vazifasi: She’rni yod olish. She’r mazmuniga mos rasm chizish XULOSA Bugungi kunda bir qatоr rivоjlangan mamlakatlarda bu bоrada katta tajriba to’plangan bo’lib, ushbu tajriba asоslarini tashkil etuvchi mеtоdlar intеrfоal mеtоdlar nomi bilan yuritilmоqda. «Intеrfaоl» atamasi ingilizcha “interact”-o’zarо tasirlashishi (yoki “interaction”-o’zarо ta’sir) so’zidan оlingan bo’lib, birоr faоliyat yoki ma’lumоt o’zarо muоmalada, o’zarо bahs-munоzara, dеbat usulida, fikrlashni asnоsida, hamjihatlik bilan hal qilish ma’nоsini anglatadi. Bugungi kunda ta’lim amaliyotida intеrfaоl mеtоdlarning «Aqliy hujum», «Klastеr», «6x6», «Guruhlarda ishlash» «Qarоrlar shajarasi», “Qadamba-qadam”, “Venn diagrammasi” kabi ko’rinishlaridan fоydalanishmоqda. Shuningdеk, o’qish darslarining andоzasiz nоan’anaviy ko’rinishlari ham ta’lim jarayonida qo’llanilmоqda. Bu metodlarni 4-sinfda she’r o’qish darslarida ham qo’llash maqsadga muvofiqdir. Masalan, Zafar Diyorning “Serquyosh o’lka” she’ri (4-sinf) o’quvchilar ona diyorimiz, uning tabiati haqidagi qarashlarini kengaytirish maqsadini ko’zda tutadi. Bu she’rni o’rganish darsida o’qituvchi an’anaviy metodlardan chekingan holda uni noan’anaviy tarzda o’tkazishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Unda bahs-munozara metodini qo’llash, aqliy hujumdan foydalanish o’quvchilar faolligini ta’minlaydi. Mavzularni o’rganish davrida foydalanilgan ko’rgazmali qo’llanmalardan, savol va topshiriqlardan, ekskursiya, kuzatish, uchrashuv va suhbat materiallaridan umumlashtiruvchi darslarda shundayligicha − bir xilda foydalanish tavsiya etilmaydi. Umumlashtiruvchi dars oldiga qo’yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun o’qituvchi kundalik mashg’ulotlarda foydalanilgan juda ko’p materiallardan har bir mavzu uchun juda muhim va xarakterlilarni tanlashi, o’quvchilar mustaqil xulosa chiqara olishlariga va o’z fikr-mulohazalarini mustaqil ravishda bayon etishga imkoniyatni ekskursiya va kitobdagi materiallarni ko’zdan kechirib, qiziqarli o’rinlarini belgilashlari, u yoki bu asardan ayrim parchani yodlashlari yoki matnga yaqin bayon etishga tayyorlanishlari lozim. Download 158.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling