A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Umumta’lim maktablarining strategik rivojlanishida transformatsion siyosatning shakllanishi va uning mohiyati


Download 0.87 Mb.
bet51/55
Sana20.01.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1104382
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти 1

9.2. Umumta’lim maktablarining strategik rivojlanishida transformatsion siyosatning shakllanishi va uning mohiyati
Umumta’lim maktablarining strategik rivojlanishi bo‘yicha transformatsion sa’y-harakati deganda, tarkibiy jihatdan muvozanatli raqobatbardosh faoliyatini va asosiy ta’lim faoliyatiga infratuzilmaviy jihatdan xizmat qiluvchi strategik jihatdan tashkil qilingan tashkiliy tuzilmasini texnologik jihatdan, shuning bilan birgalikda, strategik nuqtayi nazardan shakllantirish bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati bog‘inlari, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi va bo‘limlari hamda turli faoliyat yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi strategik tus beruvchi o‘zaro hamkorlik munosabatlari tizimi tushuniladi.
Mamlakatni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish bo‘yicha ish yurituvlarda, ayniqsa, ta’lim segmentlarining oqsayotganligi, ular rivojlanishning davriy tabiati, OTM ga qamrov bo‘yicha tabaqalanishning, shuningdek, ta’limga oid yiriklashuvning kuchayishi, ta’lim ishtirokchilarining bu boradagi sustkashligi, e’tiborsizligi bilan bog‘liq bo‘lgan segmentni tartibga solishga qaratilgan kamchiliklarning mavjudligi, diversifikatsion yo‘nalishlarni moliyalashtirish, diversifikatsion soha bo‘yicha texnologik yo‘nalishlarni qoʻllab-quvvatlash, moliyaviy jihat bilan bog‘liq bo‘lgan talabni motivatsiyalash chora-tadbirlarini amalga oshirish, ta’limni subsidiyalash bilan bog‘liq bo‘lgan sektor faoliyatini qayta ko‘rib chiqish, milliy umumta’lim maktablarining stategik faoliyati uchun resurslarni, shu jumladan, ta’lim faoliyatiga oid bo‘lgan, shuningdek, unga xizmat qiluvchi qo‘shimcha faoliyatga oid bo‘lgan stategik texnologiyani xorijdan olib kelish bo‘yicha sa’y-harakatlarini qoʻllab-quvvatlash uchun bojxona ta’riflarni tartibga solish yuzasidan davlat islohotini belgilab beradi, shuningdek, umumta’lim maktablarining har taraflama majmuaviy rivojlanishining startegik yo‘nalishini belgilovchi transformatsion faoliyatni shakllantirishga ham e’tiborni kuchaytirishni o‘z ichiga oladi.
Umumta’lim maktablarining strategik rivojlanishi bo‘yicha transformatsion siyosati, davlatning ta’lim segmentiga ta’siri bo‘yicha bir qancha chambarchas sohalar faoliyati bilan bog‘liq. Ular jumlasiga, tashqi iqtisodiy faoliyat, mintaqaviy monopoliyaga qarshi faoliyat, ekologik infratuzilma, shuningdek, ijtimoiy siyosat kabilar kiradi. Shu bilan birga ularda, ta’lim segmentining faoliyat yuritishi va rivojlanishining turli bosqichlarida umumta’lim maktablarining strategik rivojlanishi bo‘yicha transformatsion siyosatining aniq maqsadlari va amalga oshirish vositalari, mexanizlari o‘z aksini topishi lozim.
Umumta’lim maktablarining strategik jihatdan, shuningdek, transformatsion jihatdan yangidan shakllanayotgan sharoitida, strategik rivojlanishi bo‘yicha transformatsion siyosati, asosiy ta’lim faoliyati bo‘yicha yuqori pedagogik-texnologik afzalligi bilan, shuningdek, asosiy ta’lim faoliyatiga xizmat qiluvchi diversifikatsion soha afzalligi bilan, ta’lim sektorining yangi turdagi transformatsion tuzilishini tashkil qilinishiga turtki beradi. Ta’lim sektorining kamolotga intilishidan kutilayotgan maqsad esa, majmuaviy tarzda shakllanayotgan ta’lim segmentini rivojlantirish va mustahkamlashdan iboratdir. Ular faoliyatini barqarorlashtirish jarayonida esa, mavjud ta’lim faoliyati, diversifikatsion soha bo‘yicha ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, ilmiy-texnik va innovatsion salohiyat kabilarni sifatli tarzda qo‘llash va amalga oshirishdir.
Xulosa sifatida shuni alohida ta’kidlash mumkinki, umumta’lim maktablarining rivojlanish bosqichiga qarab, strategik rivojlanishi bo‘yicha transformatsion siyosati, strategik jihatdan qurilayotgan diversifikatsion tuzilmasini qo‘llab-quvvatlashga yoki yangi turdagi transformatsion tuzilmasini mukammal yaratishga xizmat qiladi.
Umumta’lim maktablarining strategik jihatdan qurilayotgan segmentiga davlatning ta’sir ko‘rsatish darajasi va tavsifiga qarab, strategik boshqaruvda umumta’lim maktablarining strategik rivojlanishi bo‘yicha transformatsion siyosatining ikkita muqobil ko‘rinishini ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiqdek tuyuladi, ular quyidagilardir:
a) umumta’lim maktablarining strategik rivojlanishi bo‘yicha transformatsion siyosatining “o‘ta barqaror bo‘lgan” vertikal ko‘rinishi;
b) umumta’lim maktablarining strategik rivojlanishi bo‘yicha transformatsion siyosatining “o‘ta barqaror bo‘lmagan” gorizontal ko‘rinishi.
Umumta’lim maktablarining “o‘ta barqaror bo‘lgan” transformatsion siyosati, odatda, asosiy ta’lim faoliyatiga xizmat qiluvchi strategik jihatdan ustuvor sektorlarni yaratishni va ularni rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni o‘z ichiga oladi. Bosh islohotchi sanalgan davlat bog‘inlari esa, umumta’lim maktablarining strategik jihatdan ustuvor yo‘nalishlarini moliyalash uchun byudjet subsidiyalari va bilvosita subsidiyalash mexanizmlarini hamda ularning uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini shakllantirishni qo‘llab-quvvatlaydi. O‘zaro hamkorlik negizidagi majmuaviy xo‘jalik subyektlarining o‘zaro bog‘lanishi, yetakchi faoliyat yurituvchi subyektlar yutuqlaridan foydalanish va yangi turdagi ta’lim segmentini shakllantirish asosida, endi tetapoya bo‘lib kelayotgan ta’lim muassasalarining rivojlanish nuqtayi nazaridan ularga zanjirli bog‘lanishini ta’minlaydi.
Bosh islohotchi sanalgan davlat bog‘inlarining nafaqat islohotchi sifatida, balki, investor sifatida ham ta’lim segmentiga bevosita faol aralashuvini nazarda tutuvchi strategik rivojlanishi bo‘yicha transformatsion siyosatining “o‘ta barqaror bo‘lgan” vertikal ko‘rinishidan farqli o‘laroq, strategik rivojlanishi bo‘yicha transformatsion siyosatining “o‘ta barqaror bo‘lmagan” gorizontal ko‘rinishi, raqobatbardoshlikni oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish va uni amalga oshiradigan diversifikatsion loyihalarini qo‘llab-quvvatlashlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu dasturamal negizida milliy ta’lim muasasalarining rivojlanish samaradorligi amalga oshiriladi.
Shuningdek, umumta’lim maktablarining strategik rivojlanishi bo‘yicha transformatsion siyosatining “o‘ta barqaror bo‘lmagan” gorizontal ko‘rinishi ta’lim segmentining barcha strategik tarzda tashkil etiladigan diversifikatsion yo‘nalishlari uchun ta’limni jonlantirishga qaratilgan umumiy jarayonni rivojlantirish imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanishni ham o‘z ichiga oladi. Strategik tarzda tashkil etiladigan diversifikatsion muqobil yo‘nalishlar nisbati, ulardagi moliyaviy muammolar, ularni asosiy faoliyat bilan bog‘lash negizidagi boshqa ko‘plab muammolar, ta’lim muasasalari o‘z-o‘zini tartibga solish jarayonlarida talab va taklif chorrahasida hal qilinishi kerak, shuning uchun ham mazkur jabhada, avvalo, strategik rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olish va ulardan yetakchi yo‘nalishlarni ajratib olish zarurati o‘z-o‘idan paydo bo‘ladi. Umumta’lim maktablarining strategik rivojlanishi bo‘yicha transformatsion siyosatining “o‘ta barqaror bo‘lmagan” ushbu gorizontal ko‘rinishi tarafdorlari nuqtayi nazaridan, transformatsion jarayonni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, muqobil diversifikatsion yo‘nalishlar kesimida paydo bo‘lgan nisbatlarning saqlanishiga olib kelishi mumkin, bu ta’lim segmentida faoliyat yuritadigan mavqega ega bo‘lgan qudratli kuchlar sa’y-harakati asosida tuzilmani muntazam ravishda tuzatish kiritib turish ma’qul ko‘rinadi.
Umumta’lim maktablarining rivojlanish jarayonlariga tegishli bo‘lgan yana bir nechta jihatni alohida qayd etish lozimki, ularga hozirgi sharoitda mazkur jarayonni tartibga solish mexanizmining nomukammalligini va diversifikatsion soha uchun resurslar cheklanganligini, shuningdek, ta’lim sektorining innovatsion, texnologik va boshqa sohalardan orqada qolayotganligini, pirovardida, mazkur oqsashlar, sifatli kadrlar yetkazib berish nuqtayi nazaridan, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida sezilarli nomutanosibliklarni keltirib chiqaradi.
Ta’kidlash joizki, ayni vaqtlarda, umumta’lim maktablarining strategik rivojlanishi bo‘yicha olib borilayotgan transformatsion sa’y-harakatlar amaliyoti, dunyoning Frantsiya, Germaniya, AQSh kabi ko‘plab rivojlangan davlatlarida sinab ko‘rilmoqda. Qayd etilgan davlatlarning yuqori boshqaruv bog‘inlari esa, umumta’lim maktablarining strategik rivojlanishi bo‘yicha olib borilayotgan transformatsion tuzilmasini jahon iqtisodiyoti muammolari va ularning tugunini yechishga xizmat qilish bilan bog‘lash, shuningdek, milliy umumta’lim maktablarining strategik rivojlanishi bo‘yicha olib borilayotgan transformatsion sa’y-harakatlari negizida strategik tarzda tashkil qilinadigan diversifikatsion majmuasining raqobatbardoshligini oshirish, ularining strategik rivojlanishi bo‘yicha olib borilayotgan transformatsion sa’y-harakatlar infratuzilmasini takomillashtirish, yangi diversifikatsion yo‘nalishlarni yaratishni o‘z ichiga olgan keng ko‘lamli yo‘l xaritalarni tuzmoqdalar.
Umumta’lim maktablarining strategik rivojlanishi bo‘yicha olib borilayotgan transformatsion sa’y-harakatlarini ro‘yobga chiqarish vositalari sifatida tartibga solishning to‘g‘ri va egri usullaridan foydalaniladi.
Transformatsion sa’y-harakatlarni ro‘yobga chiqarishning to‘g‘ri usullari, ta’lim jarayoni uzluksizligini, shuningdek, uning sifatini ta’minlash uchun ta’limga oid yoki har xil resurslarni taqsimlash yoki qayta taqsimlash bilan bog‘liq bo‘lib, faoliyatning muayyan sohalarini motivatsiyalash maqsadida, bu usul bevosita davlat tomonidan qo‘llaniladi. To‘g‘ri usullar, ta’lim muassasalarining diversifikatsion yo‘nalishlarini subsidiyalash ko‘rinishidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat moliyalash manbalari mablag‘larini o‘z ichiga oladi.
Egri usullar, pul-kredit va soliq-byudjet siyosatining barcha unsurlaridan iborat bo‘lib, mazkur unsurlar, o‘z navbatida, ta’lim muassasalarining faoliyat yuritishi uchun sharoit yaratishni o‘z ichiga oladi.
Bu kabi usullar, ta’lim ishtirokchilarning faoliyat tuslarini o‘zgartirish va dastavval, ta’lim segmentining diversifikatsion sohasi bilan bog‘liq xavflarni baholash uchun amaliyotga tadbiq etiladi. Bu turdagi usullar vositasida davlat ta’limga bo‘lgan talab va umumta’lim maktablari tomonidan amalga oshriladigan ta’limga bo‘lgan taklif muvozanatini tartibga soladi.
Umumta’lim maktablarining strategik rivojlanishi bo‘yicha olib borilayotgan transformatsion sa’y-harakatlarining egri usullari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • ta’lim segmentlari yoki umuman ta’lim segmenti tasarrufidagi qo‘shimcha diversifikatsion faoliyatini tartibga soluvchi, ammo, uning tarkibidagi alohida jihatlarni bevosita qo‘llab-quvvatlashni (texnik jihatdan tartibga solish, mahalliy xodimlarni jalb qilishlarni qo‘llab-quvvatlash, innovatsiyalarni rag‘batlantirish va boshqalar) o‘z ichiga olmaydigan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni qabul qilish;

  • umumta’lim maktablarining qo‘shimcha diversifikatsion faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan ilg‘or xorijiy ishlab chiqarish texnologiyalarini olib kirishda, ular faoliyatini qo‘llab-quvvatlash nuqtayi nazaridan bojxona ta’riflarni tartibga solish;

  • umumta’lim maktablarining qo‘shimcha diversifikatsion faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik yuritishishining moliyaviy infratuzilmasini va, xususan, innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish;

  • umumta’lim maktablarining qo‘shimcha diversifikatsion faoliyatiga taqiqlarni olib tashlash va uning transaktsiyaviy xarajatlarini kamaytirish bo‘lib, ular jumlasiga, ma’muriy to‘siqlarni kamaytirish, ishlab chiqarishni olib borish uchun soliq va boshqa imtiyozlar berilgan hududlar, ya’ni, texnoparklar, erkin kichik sanoat hududlarini yaratish kabilar kiradi;

  • ko‘rilayotgan umumta’lim maktabi bilan boshqa nodavlat ta’lim muassasalari o‘rtasida infratuzilma obyektlarini qurish va h.k. kabi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish;

  • iqtidorli o‘quvchilarga bo‘lgan OTM lar ehtiyojlari va kadrlarga bo‘lgan davlat buyurtmalari kabilar.

Yuqorida nomlari qayd etilgan dunyoning Frantsiya, Germaniya, AQSh kabi ko‘plab rivojlangan davlatlarining tajribasi shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy, tez o‘zgarib turadigan ta’lim segmentlarida alohida diversifikatsion yo‘nalishlar va ularning yaxlit asosiy ta’lim faoliyati bilan bog‘liq majmualarini bevosita qo‘llab-quvvatlashning an’anaviy vositalari keng ko‘lamli sa’y-harakatni talab qiladi va shuning bilan birgalikda, samaradorlik nuqtayi nazaridan foydali hisoblanmaydi. Aslida, umumta’lim maktablarining sinovdan o‘tgan zamonaviy strategik rivojlanishi bo‘yicha olib borilayotgan transformatsion sa’y-harakatlari bo‘yicha o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishning asosiy yo‘li - uni to‘g‘ri usullar yordamida amalga oshirishdir.
Bundan tashqari, ta’lim xavfsizligini ta’minlash maqsadida, umumta’lim maktabining diversifikatsion faoliyat tizimini rivojlantirish, pirovardida, ta’lim sohasining barqaror ishlashini ta’minlash, ijtimoiy soha obyektlari, shu jumladan ta’lim sohasi faoliyatini motivatsiyalash maqsadida davlat bo‘g‘inlari strategik boshqaruvning to‘g‘ri usullaridan foydalanadilar. Aniq kelajagini ko‘radigan, zaruriy ta’lim muasasalarini qo‘llab-quvvatlash va ularning strategik ahamiyat kasb etuvchi diversifikatsion loyihalarini ro‘yobga chiqarishga esa davlat tomonidan subsidiya ajratiladi.
Ta’lim segmentini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasida strategik dasturni amalga oshirishga qodir bo‘lgan ma’lum vositalar to‘plamining, eng yangi texnologiyalar va yuqori pedagogik ta’lim sifati darajasiga ega, ta’limga oid bo‘lgan ta’lim xizmatlari turining mavjudligi, shuningdek, umumta’lim maktablarining sinovdan o‘tgan zamonaviy strategik rivojlanishi bo‘yicha olib borilayotgan transformatsion sa’y-harakatlarining asosiy xususiyati, uning shakllanishiga yo‘naltirilganligi bilan bog‘liq va u o‘z navbatida, bu kabi kreativ yondashuvlar OTM ga qamrov ko‘lami kengayishining eng muhim omili sifatida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan strategik rivojlanish bo‘yicha olib borilayotgan transformatsion siyosatning mohiyatini belgilab beradi.
Ta’lim muassasalari faoliyatida ham ko‘p tarmoqli xo‘jalik yuritishning dolzarbligiga ko‘ra, dunyoning Frantsiya, Germaniya, AQSh kabi ko‘plab rivojlangan davlatlarida ham umumta’lim maktablarining strategik rivojlanishi bo‘yicha olib borilayotgan transformatsion siyosatining quyidagi asosiy turlari yaratilgan:

  • ommaviylikga yo‘naltirilgan transformatsion siyosati;

  • bir-birining o‘rnini bosishga mo‘ljallangan transformatsion siyosati;

  • kreativ tarzdagi transformatsion siyosati.

Ta’lim sohasi bo‘yicha ommaviylikga yo‘naltirilgan transformatsion siyosatning mazmun-mohiyati, o‘z ta’lim tizimini diversifikatsion tarzda rivojlantirish jarayonini ommalashtirishga yo‘naltirilgan, ya’ni boshqalar ham mazkur tizimni o‘z faoliyatiga tadbiq etishga tavsiya qilingan, asosiy ta’lim faoliyatiga xizmat qiluvchi diversifikatsion jarayonlarni har tomonlama bir ovozdan qo‘llab-quvvatlashdan iborat.Asosiy ta’lim faoliyatiga xizmat qiluvchi diversifikatsion jarayonlarni har tomonlama bir ovozdan qo‘llab-quvvatlashning asosiy chora-tadbirlari OTM larga qamrov bo‘yicha kvota ulushining asosiy qismini egallash uchun raqobatbardosh ta’lim segmentlarini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga oladi. Umumta’lim maktablarining strategik rivojlanishi bo‘yicha olib borilayotgan transformatsion sa’y-harakatlarini amalga oshirish, soliq va bojxona to‘lovlaridan ozod qilish yoki qisman imtiyozlar berish, faoliyatini ommalashtiruvchi ta’lim muassasalarini davlat tomonidan subsidiyalash kabi boshqa qulay shart-sharoitlarni yaratish vositasida amalga oshiriladi.
Umumta’lim maktablarining ushbu turdagi strategik rivojlanishi bo‘yicha olib borilayotgan transformatsion sa’y-harakatlarining muhim afzalliklari shundaki, mamlakatning dunyo hamjamiyatiga qo‘shilishi va ta’lim faoliyatiga oid bo‘lgan jahon resurslari va texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini, ta’lim muassasasining boshqa ichki diversifikatsion yo‘nalishlarini rivojlantirish uchun kichik ko‘rinishli, shuning bilan birgalikda samarador tuzilmalarni yaratishni va byudjetdan tashqari mablag‘lar topishning asosiy manbai bo‘lgan kuchli raqobatbardosh strategik yo‘nalishlarini rivojlantirishni, shuningdek, mamlakatga ilg‘or pedagogik uslubiyatni va xorijiy professor-o‘qituvchilarini jalb qilish va ularning ta’lim xizmatlarini rivojlantirishga hissasini qo‘shdirish kabilarni o‘z ichiga oladi.
Ta’lim muassasalarining strategik ahamiyat kasb etuvchi ommaviylikga yo‘naltirilgan transformatsion sa’y-harakatini amalga oshirishga dunyoning Finlandiya, Turkiya, Chili, Janubiy Koreya, Singapur, Tailand, Malayziya, Yaponiya, kabi ko‘plab rivojlangan davlatlarining bu boradagi muvaffaqiyati na’muna bo‘la oladi.
Ushbu turdagi transformatsion sa’y-harakatini amalga oshirishning salbiy omillari asosan ta’limning baynalmilallashuvi bilan chambarchas bog‘liq, chunki ommaviylikga yo‘naltirilgan transformatsion siyosatlar tarkibida jahon ta’lim segmentidagi qiyosiy o‘xshashliklarning ma’lum darajada salmoqqa ega bo‘lishi mamlakat ta’lim muassasalarining bu boradagi strategik ahamiyatga ega bo‘lgan diversifikatsion tuzilmasini maqbullashtirishga olib keladi.Shuningdek, mamlakatda korruptsiyaning kuchayishi, mamlakat ta’lim segmentidan yetuk pedagogik kadrlarning chiqib ketishi kabilar transformatsion sa’y-harakatini amalga oshirishning salbiy omillariga yaqqol misol bo‘ladi. Umumta’lim maktablarining kelajagida, bu, ta’lim segmentining raqobatbardoshligining zaiflashishiga, oqibatda esa, milliy iqtisodiyot tarmoqlariga yetuk sifatli kadrlar yetkazib berilmaslik natijasiga bog‘liq holda, mamlakat YaIM o‘sish sur’atining sekinlashishiga, shuningdek, to‘plangan bilimlar darajasining pasayishiga olib kelishi mumkin, chunki bilimlarni to‘plash va inson kapitalining o‘sishi jarayoni eng jadal sur’atlarda sodir bo‘ladigan jarayon emas. Shu sababdan ham, ta’lim bilan bog‘liq zaiflashuvlar oqibati, mamlakat iqtisodiy rivojlanishini bir necha o‘n yillarga kechiktirib yuborishi mumkin. Umumta’lim maktablarining kelajagiga xos bo‘lgan bu kabi e’tirof etilgan holatlar zamonaviy strategik boshqaruvda “Golland kasalligi” nomi bilan dong taratgan16.
Ta’lim segmentida rivojlanmasdan bir holatda turib qolishlik holatlari, uning dunyoviy pedagogik-texnologik taraqqiyotdan orqada qolishiga olib kelib, pirovardida, dunyoda e’tirof etilgan, ya’ni tan olingan yangi pedagogik texnologiyalarni, ularga xos bo‘lgan uslubiyatlarni xorijdan kiritish zaruratini kun tartibiga qo‘yishi mumkin, bu esa aynan mamlakatimizning ommaviylikga yo‘naltirilgan ta’limga oid transformatsion siyosati samarasini amalda yo‘qotadi. Vaholanki, bu kabi holatlar o‘z navbatida, mamlakat ta’lim segmentini xorijiy ta’lim segmentlariga itoatgo‘y ahvolga solib qo‘yishi mumkin.
Yana bir muhim jihatni o‘z o‘rnida ta’kidlab o‘tish lozimki, ta’lim muassasasi hatto yuqori darajada egallangan strategik tusdagi o‘zining transformatsion sa’y-harakati tufayli egallagan pedagogik usubiyatini yoki asosiy ta’lim faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi ishlab chiqarish maqomiga ega bo‘lgan qo‘shimcha strategik faoliyati uchun qo‘llayotgan texnologiyalarini ham ommalashtirishga yo‘naltirilganida, ammo, mazkur faoliyat bo‘yicha o‘z faoliyat yuritishini chetdan olib kiritilgan texnogiyalar vositasida amalga oshirsa,xolbuki, ularning qiymat jihatidan nisbiy ulushi o‘zlari yaratgan,shuning bilan birgalikda ommalashtirishga yo‘naltirayotgan texnologiyalardan yuqori bo‘lsa, unda mazkur tarzda faoliyat yuritish, ko‘rinib turibdiki, salbiy tomonlarga ega bo‘ladi. Albatta, bu ommalashtiriladigan texnologiyalar qiymatiining birligiga, shuningdek, texnologiyalarni ularning chetdan olib kelinadigan qismlarining qiymatiga qiyslanganda, chetdan olib kiruvchi texnologiyalar o‘zinikiga nisbatan, ushbu ta’lim muassasalariga va butun mamlakat ta’lim segmentiga salbiy jihatdan ta’sir qilish imkoniyatiga sabab bo‘ladi.
Ta’lim muassasasining strategik tusdagi o‘zining transformatsion sa’y-harakati tufayli egallagan, shuningdek, chetdan keltiriladigan uslubiyat va texnologiyalarning o‘rnini bosuvchi pedagogik usubiyatini yoki asosiy ta’lim faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi ishlab chiqarish maqomiga ega bo‘lgan qo‘shimcha strategik faoliyati - bu tashqi tahdidlardan himoya qilishni amalga oshirish va milliy o‘rta ta’lim muassasalarining mustahkam o‘rnini ushlab turish orqali, ularning strategik dasturi bo‘yicha rivojlantirish asosida ichki nufuzini ta’minlash strategiyasidir.
Chetdan keltiriladigan uslubiyat va texnologiyalarning o‘rnini bosuvchi transformatsion sa’y-harakati, umumta’lim muassasasining strategik tuzilmasini takomillashtirishga, ichki faoliyatni me’yorlashtirishga, pedagog va texnik xodimlar bandligini muntazam ta’minlashga, diversifikatsiyani rivojlantirishga, eng asosiysi pedagogik salohiyatni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Transformatsion sa’y-harakatning chetdan keltiriladigan uslubiyat va texnologiyalarning o‘rnini bosuvchi modeli o‘zining salbiy va ijobiy tomonlariga ega, xususan ular:

  1. Ijobiy jihatlari:

  • jahon ta’lim segmentidagi yangi tendentsiyalardan o‘zini-o‘zi himoya qila oladi;

  • milliy ta’lim ishtirokchilari uchun alohida sharoitlarini birgalikda qurish imkoniyatiga ega bo‘ladi;

  1. Salbiy jihatlari:

  • texnologik jihatdan raqobatbardosh rivojlangan mamlakatlardan orqada qolish xavfi mavjud;

  • ta’limga oid resurslarni samarasiz boshqarishga va foydalanishga olib keladi;

  • boshqa mamlakatlarda mavjud bo‘lganlarga nisbatan ko‘proq kapital va resurs talab qiladigan to‘liq ta’lim zanjirlarini qurish zaruratiga olib keladi.

Transformatsion sa’y-harakatning yangiligi shundaki, turi mamlakatning ichki va tashqi ta’lim segmentidagi rivojlanish jarayoniga, yuqori pedagogik texnologiyali va kapital talab qiluvchi qo‘shimcha tashkil qilingan diversifikatsion yo‘nalishlaridan foydalangan holda texnologik va ijtimoiy rivojlanishning eng yangi jihatlariga asoslanadi.
Transformatsion sa’y-harakatning yangiligi umumta’lim maktabining pedagogik, shuning bilan birgalikda texnik salohiyatining sifatiy ko‘lami bo‘yicha uning ta’lim segmentidagi raqobatbardoshligining belgisidir.Umumta’lim maktablarining salohiyat ko‘rsatkichi, ta’lim muassasalarining rivojlanishini rag‘batlantiradi va o‘z navbatida, milliy iqtisodiyot tarmoqlarini malakali kadrlar bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab, ta’lim sohasida ham o‘zgarishlar davom etmoqda. 2023 yilning “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim” yili deb nomlanishi ham buning yaqqol misolidir.Dunyo mamlakatlari tajribasini qo‘llagan holda, O‘zbekiston Respublikasining ta’lim siyosatida ham amalga oshirilayotgan strategiyalarning samaradorligi va o‘zini- o‘zi tartibga solishga yo‘naltirilgan 41 ta OTM ga moliyaviy va akademik mustaqillikning berilishi ham, ularda “transformatsion ofis” larning ochilishi ham erkinlik, ya’ni o‘z-o‘zini boshqarish usulining tadbiq etib kelinayotganligidan dalolatdir.
O‘zbekisron Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida, shuningdek, tub ta’lim islohotlarining boshida, umumta’lim maktablarining transformatsion sa’y-harakatlari g‘oyasi, mazkur soha bo‘yicha institutsional muhitni yaratish, ta’limni strategik rivojlantirish vositasida ta’lim muassasalarining ichki muammolarini davlat aralashuvisiz mustaqil o‘zi hal qiladi, degan konseptual g‘oyaga tayanildi.
Mamlakatimiz mustaqilligining so‘nggi 10 yilliklarida umumta’lim maktablari uchun ham “Korxonalar to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq erkinlik g‘oyasiga asoslanib, strategik tusga ega bo‘lgan diversifikatsion tarzda faoliyat yuritishiga qonun yo‘li bilan ruxsat etildi va hozirgi kungacha uning mavjud mexanizmlari va vositalari takomillashtirilib kelinmoqda. Aslida, umumiy holatda alohida maqsadli strategik dasturlarni yaratish yo‘lidagi sa’y-harakatlar ko‘lami mamlakatimiz bo‘yicha birmuncha ko‘paydi, shuningdek, ularni ro‘yobga chiqarishning ustuvor yo‘nalishlari ro‘yxati shakllantirildi.
Chunki, mamlakatimizda “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” ni yaratish chog‘ida, avvalo, najot faqat tarbiyada, najot faqat tarbiya negizidagi ta’limda, shuningdek, najot faqat bilimda va ilmda g‘oyasi tayanch dasturamal bo‘lib maydonga chiqmoqda.
Chetdan keltiriladigan uslubiyat va texnologiyalarning o‘rnini bosuvchi diversifikatsion tarzda tashkil qilingan strategik yo‘nalishlar va ta’lim muassasalarining majmuaviy ko‘rinishlari, masalan, kichik ishlab chiqarish shaxobchasi yoki kichik xizmat ko‘rsatish sohalari, umumta’lim maktabining transformatsion sa’y-harakati negizida tashkil qilingan strategik tuzilmasining asosiy quyi subyektlari sifatida tasavvur qilinishi mumkin.
Umumta’lim maktablarining strategik asosdagi diversifikatsion faoliyatini yaratishga yondashuv 2022 yilga kelib taktik muammolarni hal qilishdan, kelajakga qaratilgan 2026, 2030 yillarga mo‘ljallangan umumta’lim maktabini rivojlantirish bo‘yicha taraqqiyot strategiyasigacha chiqdi.
Hozirgi vaqtda mamlakatimizning strategik rivojlanish bo‘yicha kun tartibida, ta’lim muassasalarini rivojlantirishning maktabgacha ta’limdan boshlab, to oily ta’limgacha bo‘lgan, ularni o‘zaro bog‘lovchi mexanizmlarni shakllantirish masalasi asosiy vazifa sifatida turibdi. Mazkur jarayonning dastlabki bosqichlarida, uning rivojlanishi uchun o‘quvchilarni kreativ fikrlashga o‘rgatishga asosiy e’tibor qaratilgan. Bu bosqichdagi asosiy vazifa raqobatbardosh yuqori texnologiyali pedagogik uslubiyatlarni qo‘llash va tadbiq etish uchun sharoit va mexanizmlarni yaratish deb belgilab berilgan.
Umumta’lim maktablarining kelajakga xizmat qiluvchi strategik ko‘rinishdagi diversifikatsion tuzilmasi tashqi muhit tagdidlariga qarshi turib berishga, umumta’lim maktabining keng ko‘lamli ichki imkoniyatlarini yaratishga va boshqarishga qodir bo‘lgan doimiy “moslashgan” va “aqlli” ta’lim segmenti ko‘rinishini olishi lozim.
Mazkur harakatda, umumta’lim maktablarining strategik tusdagi o‘zining transformatsion sa’y-harakatini ishlab chiqishda, ko‘zlanayotgan strategik maqsadlarni, jumladan, yangi pedagogik va asosiy faoliyatga xizmat qiluvchi diversifikatsion texnologiyalarning harakatchanligi, bu borada olib borilayotgan fundamental va amaliy loyihalar o‘rtasidagi tavofutlar negizida zamonaviy ta’lim tizimlarning yangi texnologik markazini yaratilish ahvoli, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va qo‘llanilish jarayoni, yangi ta’lim texnologiyalarini o‘zlashtirilishi, diversifikatsion tarzda tashkil qilingan ishlab chiqarish sohasini kengaytirish kabilar hisobga olinishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasining 2030 yilgacha bo‘lgan davrda uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish kontseptsiyasiga muvofiq strategik maqsad mamlakatni jahon iqtisodiyotining yetakchilaridan biriga aylantirishdir. Ushbu maqsadni ro‘yobga chiqarishda esa albatta, ta’lim muassasalarining, shu jumladan, ular yetishtiirib berayotgan kadrlarning o‘rni beqiyosdir.
Ushbu maqsadga erishish umumta’lim maktabi faoliyatini diversifikatsiya qilish dastlabki o‘rinda turadi, chunki, uning tarkibida yetakchi rol “bilimlarni hosil qilish” dan “kasb-hunarga ega bo‘lgan mutaxassis” yoki “OTM ga talaba bo‘lish” boshqichiga, pirovardida esa, vatan ravnaqi, uning kelajagi yo‘lidagi milliy iqtisodiyotning ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sogalaridagi ko‘rsatiladigan fidoyilikga o‘tadi.
Umumta’lim maktablarining kelajakga xizmat qiluvchi strategik ko‘rinishdagi diversifikatsion yo‘nalishini rivojlantirishni o‘z ichiga qamrab olgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar to‘plami tarkibiy jihatdan quyidagilarga asoslanishi kerak:
birinchidan, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining kelajakga xizmat qiluvchi strategik ko‘rinishdagi diversifikatsion faoliyatini rag‘batlantiradigan va ta’lim muassasasiga byujetdan tashqari mablag‘ olib kiruvchi yuqori raqobatbardosh institutsional muhitni yaratish asosida raqobatbardosh ta’lim segmentini rivojlantirish, o‘ziga tegishli bo‘lgan ta’lim segmentini izchil monopoliyadan chiqarish, kreativ muhitni qo‘llab-quvvatlash, byujetdan tashqari shakllanadigan jamg‘armalarning kapitalga aylanishini va o‘z navbatida, ta’lim faoliyatiga yetuk pedagoglar tarkibini jalb qilish maqsadida, ularni shu maqsad yo‘lida ish haqi shaklida yo‘naltirilishini amalga oshirish;
ikkinchidan, kreativ texnologik rivojlanish asosida ta’lim segmentini tarkibiy diversifikatsiya qilish, ya’ni davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini qo‘llash orqali strategik ahamiyatga molik bo‘lgan diversifikatsion yo‘nalishlarni asosiy ta’lim faoliytidan tashqari, qo‘shimcha unga xizmat ko‘rsatuvchi soha sifatida yaratish, umumiy o‘rta ta’lim maktabining mazkur turdagi diversifikatsion yo‘nalishlari uchun investitsion manbalaridan foydalanish shart-sharoitlarini yaxshilash, diversifikatsion yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar sifatiga e’tibor qaratish;
uchinchidan, ta’lim segmentida har doim ilg‘orlikni qo‘ldan bermay kelayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining nufuzini ta’minlab beruvchi ahamiyatli raqobatdosh ustunliklarini mustahkamlash va kengaytirish, umumiy o‘rta ta’lim maktabi hududida yangi resurs manbalaridan, ilg‘or innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda, qo‘shimcha faoliyat sifatida kichik sanoat tugunlarini rivojlantirish.
Bugungi kunda ta’lim jarayonining past texnologik darajasi, shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining faoliyat texnologik zanjiriga kiruvchi boshqa hamkor sifatida faoliyat yurituvchi subyektlar tomonidan o‘zaro fikr almashuvchanlik darajasining sustligi, pirovardida esa, yuqori sifatli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojning sezilmasligi kabi holatlar ko‘proq ko‘zga tashlanmoqda.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyatida yangi O‘zbekiston strategiyasi bo‘yicha yangicha rivojlanishning yangi sifat bosqichiga o‘tish uchun diversifikatsion yo‘nalishlar, ishonchli, shuning bilan birgalikda kafolatli xo‘jalik yuritishni, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni takomillashtirishni va ularga ta’limga xizmat ko‘rsatuvchi qo‘shimcha tarzda tashkil etilgan diversifikatsion sektorning barcha bog‘inlari o‘rtasida taqsimlashni o‘z ichiga olgan bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Shu bilan birga, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining strategik yo‘nalishlar bo‘yicha texnologik jihatdan rivojlanish darajasi, yangi O‘zbekiston strategiyasiga qaratilgan bo‘lishi, ya’ni unga xizmat qilishi lozim.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyatidagi bu kabi diversifikatsion yo‘nalishlar qo‘shimcha ravishda jalb qilish negizidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri subsidiyalar, homiylik yordamlari, ilg‘or ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish texnologiyalarini, shuningdek, xorijiy tajribani o‘rganish asosidagi ta’limni yangilash, boshqa viloyatlar ta’lim muassasalari bilan hamkorlik negizida (masalan, Buxoro viloyati), o‘zaro tajriba almashish, almashuv dasturlarini amalga oshirish vositasida ro‘yobga chiqariladi.
Dunyo mamlakatlari hayotidagi 2008 yilda bo‘lib o‘tgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz, jahon iqtisodiyotidagi salbiy o‘zgarishlar singari ta’lim segmentini ham chetlab o‘tmadi, xususan, AQSh ta’lim segmentida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanib turilgan ba’zi ta’lim sektorlarining davlat boshqaruvi izdan chiqqanligi bois, o‘z diversifikatsion faoliyatini vaqtincha yoki butunlay to‘xtatgan, oqibatda, talabgor o‘quvchilar va ota-onalar noroziligini keltirib chiqargan.
Bu kabi holatlarda davlat boshqaruvi va ta’limning asosiy faoliyat tizimi, shuningdek, qo‘shimcha diversifikatsion tarzda tashkil qilingan strategik ahamiyatdagi transformatsion sektor o‘rtasidagi hamkorlik tizimi o‘zini yaqqol namoyon qiladi. Dastavval, ta’limni qo‘llab-quvvatlashga ko‘makdosh bo‘lgan moliya sektori, davlat bilan ta’lim muassasasi o‘rtasidagi aloqalarning barbod bo‘lishining asosiy sababchisi sifatida maydonga chiqdi.
Darhaqiqat, AQSh ta’lim muassasasi misolida “xususiy majbiriyatlarning suverenlashuvi” yuz berdi, davlat banklar va korporatsiyalar qarzlarining muhim qismini, shu jumlada, ta’lim muassasalarining ham faqatgina asosiy ta’lim faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan ba’zi majburiyatlarini o‘z zimmasiga olishga majbur bo‘ldi. AQSh da inqirozga qarshi dasturlar va ko‘pincha inqirozdan oldingi ijtimoiy majburiyatlarning muvozanatsiz o‘sishi byudjet taqchilligining rekord darajada bo‘lishiga olib keldi.
Yangi O‘zbekiston strategiyasi sharoitida mamlakat ta’lim jarayoni fan olimpiadalarida birinchiliklarni olish bilan, shuningdek, turli xil fan tanlovlarida, masalan, D. Mendeleyev, ya’ni kimyo fani bo‘yicha tanlovlarda arenaga chiqish nuqtayi nazaridan kuchli o‘sish markazlaridan biriga aylanishi ehtimoli mavjud. Modomiki, shunday ekan, kelgusi yillarda mamlakatimiz umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining aksariyati, raqobatbardosh kadrlar salohiyatini amalda yaratishi va o‘sib borayotgan yangi ta’lim segmentlarida ham munosib mavqega, nufuzga ega bo‘lishi mumkin.
Bu mamlakatimiz uchun an’anaviy tarzda ta’limga oid resurslarini ham, pedagogik kreativlikni rivojlantirishni ham, intellektual ta’lim sohalarini ham o‘z tarkibiga qamrab oladi. Jahon miqyosida fan-texnika taraqqiyotining shiddat bilan rivojlanishi (fan-texnika taraqqiyotidagi siljishlar 1980 yillarda 10-15 yilda o‘zgargan bo‘lsa, hozirgi kunga kelib 3-5 yilda o‘zgarayapti) yangi O‘zbekiston sharoitida faoliyat yuritadigan umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun ham o‘z tuzilmasini strategic yo‘nalish bo‘yicha diversifikatsion tarzda takomillashtirishga yo‘l ochib beradi. Bugungi kunda hech bir faoliyat yurituvchi subyektning faoliyatini dunyodan ajralgan holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham, xuddi pandemiya kabi dunyoda kechayotgan har bir global inqirozga o‘xshash holatni keltirib chiqaruvchi vaziyatlar, barcha milliy faoliyat sohalari uchun o‘ziga xos “stress-test”ga aylanib, o‘z navbatida, o‘ziga xos bo‘lgan tarkibiy muammolarni yanada kuchaytirib yuborishi ehtimoli mavjud.
Bundan tashqari, dunyoda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan favquloddagi vaziyatlarga nafaqat milliy faoliyat sohalarini, uning raqobatbardoshligini oshirish yo‘li bilan hamda samarali transformatsion sa’y-harakatlarni amalga oshirish vositasida tik turib, bardosh berib, shuning bilan birgalikda, uni og‘riqsiz o‘tkazib yuborish mumkin.
Mamlakatimizdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari oldida diversifikatsion rivojlanish bo‘yicha amalga oshirishi lozim bo‘lgan asosiy strategik ustuvorliklarining o‘ziga yarasha bir qancha institutsional talablari mavjud, ular quyidagilardir:

  • kreativlik negizidagi innovatsiyalarga asosiy e’tiborni qaratish;

  • sarmoyaviy muhitni yaratish;

  • kichik tadbirkorlik yo‘nalishlarini rivojlantirish;

  • faoliyat yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik munosabatlar samaradorligini oshirish. Yagona faoliyat makonini yaratish;

  • bu kabi strategik yo‘nalishlarning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi maqsadida uning institutsional asoslarini yaratish;

  • qilinayotgan sa’y-harakatlar samaradorligi.

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash mumkinki, umumiy o‘rta ta’lim maktablari oldida turgan bu kabi ustuvorliklar to‘plamining barchasi, ta’lim muassasasining yangilanish jarayonini, ya’ni “yangi maktab” maqomini shakllantirish uchun asosiy strategik zamin bo‘lib xizmat qiladi va shuning bilan birgalikda, raqobatbardosh yangi ta’lim segmentlarni bunyod qilishning yagona texnologik zanjirini vujudga keltiradi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling