A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Download 0.87 Mb.
bet52/55
Sana20.01.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1104382
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти 1

Nazorat savollari:
1. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari misolida raqobatni davlat tomonidan tartibga solishning mavjud modellarining tarkibiy qismlari nechta turdan tashkil topadi? Ularga izoh kiriting.
2. O‘zbekistonda monopoliyaga qarshi siyosatning asosiy yo‘nalishlarini qisqacha aytib o‘tib, ularni umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyati bilan bog‘lang. U qanday shaklda namoyon bo‘ladi?
3. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyatida nosog‘lom raqobatning qanday shakllari yoki ko‘rinishlari ko‘zga tashlanadi? Uni davlat tomonidan tartibga solishning usullarini aytib bering.
4. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyatining o‘zaro hamkorlikga asoslangan yiriklashuv jarayonlari davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadimi? Ularning tartibi qanday?
5. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyatida sodir bo‘ladigan tabiiy monopoliyalarga ta’rif bering. Ular davlat tomonidan qay tarzda tartibga solinadi? Tartibga solish usullarining roli va mazmunini aytib bering.
6. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyatida strategik tarzda amalga oshiriladigan tarsformatsion sa’y-harakat g‘oyasining mohiyatiga ta’rif bering. U umumiy o‘rta ta’lim maktabi uchun qanday strategik vazifani bajaradi?
7. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyatida strategik tarzda amalga oshiriladigan tarsformatsion sa’y-harakat modelini tushuntiring. Uning mohiyati nimalardan iborat?
8. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarini kreativ jihatdan yangicha yo‘nalishda rivojlantirish strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari nimalardan iborat? Ularni amalga oshirish mexanizmini tavsiflab bering.
9. Davlat transformatsion siyosatining tarkibiy jihati nimadan iborat? Ularni umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyati bilan bog‘lang.
Tayanch iboralar:
“jonsiz yo‘qotish”, kapitalning adolatli qiymati, hukmron xo‘jalik, monopolistik faoliyat, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, erkin liberal model, gorizontal model, xususiy majburiyatlarning suverenlashuvi.

GLOSSARIY
Strategiya” - bu asosiy maqsadga erishish uchun muammolar va resurslarning ustuvorliklarini belgilaydigan uzoq yillarga mo‘ljallangan umumiy harakatlar dasturi hisoblanadi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyatida u asosiy maqsadlar va ularga erishishning usullari, shuningdek, yo‘nalishlarini shakllantiradi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari esa shu asosida o‘zining strategik harakat yo‘nalishini belgilab oladi va amalga oshiradi.
Strategik menejment” - umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyatiga doir strategik qarorlarni qabul qilish va amalga oshirish jarayoni bo‘lib, uning asosi, ta’lim muassasasining o‘z har xil tusga ega bo‘lgan resurs salohiyatini u tashqi muhit imkoniyatlari va tahdidlari bilan solishtirishga asoslangan kelajak faoliyat yo‘lidagi tanlash jarayonidir.
Tashqi muhit” - bu tashkilotdan tashqarida bo‘lgan va uning faoliyati va rivojlanishining samaradorligiga ta’sir ko‘rsatishga qodir bo‘lgan omillar to‘plami. Ushbu omillar guruhi asosan tashkilot rahbariyatining nazorati ostida emasligi odatda qabul qilinadi. Ularni hisobga olish kerak va ularga moslashish tavsiya etiladi.
Ijtimoiy-madaniy omillar” - umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyatidagi umumiy ijtimoiy ahvol, pedagog va texnik xodimlar daromadlari darajasi, maktab jamoasi nuqtayi nazaridan demografik vaziyat, o‘quvchilarni OTM ga yo‘naltirish maqsadida, ularda shakllangan bilim darajasi, pedagog va texnik xodimlar daromadlarining mehnat va dam olishga qiyosiy nisbati, umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyatidagi iste’mol darajasi va boshqalar. Bu omillar ham umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyatiga juda o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatadi, bu esa ularni doimiy ravishda o‘rganishni taqozo etadi.
Maqsadlar” toifasi - umumiy o‘rta ta’lim maktablari hayoti uchun umumiy ilmiy jihatga ega bo‘lib, u qisqagina doira bilan kifoyalanmaydi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyatining ham strategik yo‘nalishi mavjud va va shunga mos ravishda uni amalga oshirishga xizmat qiladigan maqsadlari mavjudligini bildiradi. Umumiy ilmiy nuqtayi nazardan maqsadni ongli faoliyatning kutilgan natijasi sifatida qarash mumkin.
Texnologik omillar” - umumiy o‘rta ta’lim maktablarining pedagogik faoliyatini samarali tarzda rivojlantirish maqsadida yangi, zamonaviy va shuning bilan birgalikda samarali ilg‘or pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtirish.
SWOT tahlili” - umumiy o‘rta ta’lim maktablarining kelajagini qurish maqsadida strategik tahlil uchun keng qo‘llaniladigan o‘rganish usuli hisoblanadi. Ismning o‘zi quyidagi inglizcha so‘zlarning birinchi harflaridan hosil bo‘lgan, ya’ni: kuch - qudratli tomonlar, zaiflik – kuchsiz tomonlar, imkoniyat - imkoniyatlar, xavf-xatar - tahdidlar. Boshqacha aytganda, tahlil natijasida umumiy o‘rta ta’lim maktabining qanaqa salohiyatli jihatlari mavjud va bu salohiyatdan foydalangan holda kelajak uchun nimaga erisha olishi aniqlanadi. Bundan tashqari, umumiy o‘rta ta’lim maktabining zaif tomonlari va ushbu zaif tomonlar bilan bog‘liq ravishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlar tahlil qilinadi, bu maktab ma’muriyatiga zaif tomonlarni qanday kamaytirish va tahdidlarga qarshi kurashish, bir tomondan, o‘z kuchidan foydalanish asosida imkoniyatlarini ishga solish to‘g‘risida xulosa chiqarish imkonini beradi.
Yulduzlar” – umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘zida dastlabki tarzda o‘tkazilga test natijalariga ko‘ra, yetakchi o‘rinni egallagan o‘quvchilar tez rivojlanayotgan ta’lim segmentida, “yulduzlar” nomi bilan, olib bergan nufuz asosan, ushbu o‘quvchilar, OTM ga kirgandan so‘ng ham umumta’lim maktabiga qaytadan nufuz kiritadi, chunki ta’lim segmentida ham kengayish mavjud va shuning uchun undan ko‘proq ulushga ega bo‘lish uchun vaqtdan unumli foydalanish kerak bo‘ladi.
Sog‘in sigirlar” - hali ham nisbatan barqaror yoki pedagogik faoliyati birmuncha susayib borayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida yetakchi o‘rinni egallab kelayotgan o‘quvchilar, ular tufayliqo‘lga kiritilgan nufuz qisman “yulduzlarni” targ‘ib qilishga va “yovvoyi mushuklar”ni esa ta’lim segmentida faolroq bo‘lishga undash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga yo‘naltiriladi.
Yovvoyi mushuklar” - tez rivojlanayotgan ta’lim muassasalaridagi o‘quvchilar bo‘lib, bular uchun OTM ga qamrov bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim maktablarining kvota doirasidagi ulushi ahamiyatsiz va noaniq. Ushbu bosqichda ular umumiy o‘rta ta’lim maktabiga deyarli hech qanday nufuz keltirmaydi. Biroq, pedagogik faoliyatning takomillashtirilishi natijasida vaziyatlarning muvaffaqiyatli uyg‘unlashuvi va umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati bilan “yovvoyi mushuklar” “yulduzlar” toifasiga o‘tishi mumkin.
Itlar” - faoliyati kun sayin sustlashib borayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari bo‘lib, shuning bilan birgalikda, shunga mos ravishda istiqbolsiz umumiy o‘rta ta’lim maktablarida yetishib chiqadigan o‘quvchilardir.
Yetakchi” - ishlab chiqqan ongli strategiyasi tufayli ushbu o‘quvchilarni OTM ga yo‘naltirishda, shuningdek, talaba nomi nasib qilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘rtasida birinchilikni qo‘ldan bermay yetakchilik qilayotgan, oldingi strategiyani amalga oshirgan va keyingi yo‘lni tanlashga duch kelgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari tomonidan qo‘llaniladi, bu esa o‘zlarining avangard mavqeini yanada mustahkamlash maqsadida keyingi sa’y-harakatga undaydi.
Yetakchiga ergashish” – OTM ga o‘quvchilarini yo‘naltirishga qaratilgan strategiyasidan kvota doirasidagi egallagan ulushi kam salmoqqa ega bo‘lgan, lekin o‘z mavqeidan qoniqish hosil qiladigan va uni saqlab qolishga intiladigan umumiy o‘rta ta’lim maktablari foydalanadi.
Inson resurslari”- har qanday ijodiy faoliyatga potentsial jalb etilishi mumkin bo‘lgan insoniyat jamiyatining barcha vakillarining (milliy miqyosda, mintaqada va boshqalarda) yig‘indisi.
Mehnat resurslari” - inson resurslarining bir qismi, o‘zining psixofiziologik va intellektual sifatlari tufayli moddiy ne’matlar yaratishga qodir bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari jamoasining mehnatga layoqatli qismi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarixodimlari” - umumiy o‘rta ta’lim maktabining shtat jadvalida rasman qayd etilgan va doimiy asosda ishlaydigan xodimlar.
Zo‘ravonlar” - bu o‘z sohasida texnik taraqqiyotga yetakchilik qiladigan, faoliyatning keng diversifikatsiyasiga ega bo‘lgan, yirik ta’lim segmentini egallashga e’tibor qaratadigan va monopollashtirish, integratsiya va raqobatbardosh xatti-harakatlarning tajovuzkor shakllaridan foydalangan holda raqobatchilarni bostirishga intiladigan yirik umumiy o‘rta ta’lim maktablaridir.
Kichik tadbirkorlik firmalari” - bu, odatda, ishlab chiqarish va maishiy xizmatlar ko‘rsatishda faoliyat yurituvchi, hamkorlik strategiyasiga va moslashuvchan raqobatbardosh xulq-atvorga rioya qiluvchi kommutantlar.
Faoliyatni gorizontal holatda qo‘shish” - bir xil ta’lim turiga ega bo‘lgan yoki ta’lim berishning bir xil bosqichlarini amalga oshiruvchi o‘xshash ta’lim muasasalarini birlashtirish.
Faoliyatni vertikal holatda qo‘shish” – o‘quvchilarni OTM larga yo‘naltirishning pedagogik-texnologik jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan o‘xshash ta’lim muasasalarini birlashtirish, ya’ni o‘quvchilar holatining dastlabki bosqichlaridan tortib, to OTM lariga yo‘naltirishgacha bo‘lgan masofani bosib o‘tish.
Faoliyatni umumiy holatda qo‘shish” – turdosh ta’lim muassasalarining birlashmasi. Masalan, maktabgacha ta’lim tashkiloti, shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim maktabi va OTM larining o‘zaro hamkorlik munosabatlari bunga yaqqol misol bo‘la oladi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktabining transformatsion sa’y-harakati” - Umumta’lim maktablarining strategik rivojlanishi bo‘yicha transformatsion sa’y-harakati deganda, tarkibiy jihatdan muvozanatli raqobatbardosh faoliyatini va asosiy ta’lim faoliyatiga infratuzilmaviy jihatdan xizmat qiluvchi strategik jihatdan tashkil qilingan tashkiliy tuzilmasini texnologik jihatdan, shuning bilan birgalikda, strategik nuqtayi nazardan shakllantirish bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati bog‘inlari, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi va bo‘limlari hamda turli faoliyat yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi strategik tus beruvchi o‘zaro hamkorlik munosabatlari tizimi tushuniladi



Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling