A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Download 0.87 Mb.
bet49/55
Sana20.01.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1104382
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   55
Bog'liq
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти 1

Nazorat savollari
1. Umumta’lim maktabining raqobatbardoshligini boshqarish tizimi va uning tuzilishini tavsiflang. Ularning tarkibi nimalardan iborat?
2. Umumta’lim maktabi raqobatbardoshligini boshqarishning asosiy bosqichlari soni qancha? Ularning mazmunini tushuntiring.
3. Umumta’lim maktabining “raqobat ustunligi” tushunchasini shakllantirish va uning mazmunini ochib bering. Ularning mohiyati qanday?
4. Umumta’lim maktabining raqobatdosh ustunligiga erishishga asoslangan raqobat strategiyalarining turlarini sanab bering.Ular nechta?
5. Sa’y-harakatlarni boshqarish strategiyasi qanday sharoitlarda samarali hisoblanadi?
6. Umumta’lim maktablari faoliyatini farqlashga qaratilgan strategiyaning o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
7. Ustamon (fokuslash) strategiyaning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat? Ularni tavsiflab bering.
8. Ta’lim segmentida umumta’lim maktabining strategik joylashuvi qanday?
9. Umumta’lim maktabining raqobat strategiyasida birlashish va qo‘shib olishning o‘rni qanday hisobga olinadi?
10. Umumta’lim maktabining innovatsion rivojlanish strategiyasi nimaga asoslanadi?
Tayanch iboralar:
Raqobat strategiyasi g‘ildiragi, xarajatlarni boshqarish strategiyasi, differensiatsiya, ustamonlik (fokuslash) strategiyasi, strategik ustunlik, violentli, patientlar, eksplerent, kommutantlar, gorizontal birlashish, vertikal birlashish, umumiy birlashishlar, konglomerat birlashish.


IX BOB. TA’LIM SEGMENTINING RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISH STRATEGIYASINING ASOSIY YO‘NALISHLARI
9.1. Ta’lim segmentida raqobat munosabatlarini davlat tomonidan tartibga solish jarayonlari
Umumta’lim maktablarining bardoshliligining tub mohiyatini anglash deganda davlat tomonidan raqobatni qo‘llab-quvvatlash va monopoliyalar faoliyatini tartibga solish bo‘yicha maxsus siyosatni amalga oshirish jarayoni tushuniladi.
Strategik menejment nazariyasi ta’limotida monopolistik poydevorga qurilgan xo‘jalik yuritish faoliyatida, yaxshi hayot kechirish tarzi o‘chib ketadi deb ta’kidlanadi. Darhaqiqat, me’yoriy sa’y-harakatdan oshib ketgan muvozanatdagi sa’y-harakat mutanosiblikni izdan chiqaradi va ta’lim sohasida faoliyat yurituvchi ilg‘or umumta’lim maktabi bilan boshqa oddiy ta’lim muassasasining hamkorlik nuqtayi nazaridan ta’limga oid yoki boshqa resurslarni ular o‘rtasida o‘zaro ayirboshlashga xalaqit beradi.
An’anaga ko‘ra, monopoliyadan uch xil yaxshi hayot kechirish tarzi yo‘qotishlari mavjud:
1. Ajratish samaradorligini yo‘qotish. Ajratish samaradorligini yo‘qotish – “jonsiz” yo‘qotish - monopolistning narxi me’yordagi sa’y-harakatlardan oshib ketishi tufayli yuzaga keladi. Boshqa ta’lim muassasalarining qurbi yetmaydigan ma’lum darajada qiymat hosil iluvchi monopolist ta’lim muassasasi (mazkur holat ko‘pincha, xususiy ta’lim muassasalarida uchraydi) ota-oanalar ishonchiga to‘liq kirolmaydi, pirovardida ta’lim muassasalariga qabul ulushi tabiiy ravishda kamayib, o‘quvchilar sonining qisqarishi natijasida “jonsiz yo‘qotishlar” paydo bo‘ladi (9.1- rasmda A plyus trapesiya C uchburchakning maydoni bo‘yicha MC2 me’yordagi sa’y-harakatlar darajasida taqsimlash samaradorligidagi yo‘qotishlar kattaligi aks ettirilgan).
2. Samaradorlikni yo‘qotish (X-samarasizlik). Ta’lim faoliyatidagi samarasizlik (X-samarasizlik) monopolistning raqobatbardosh muhitdafaoliyat yuritayotgan boshqa ta’lim muassasasiga qaraganda sa’y-harakatlarni kamaytirish oqibatida kamroq rag‘batga ega bo‘lishidan kelib chiqadi.


talab


Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling