A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Direktor O‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosar


Download 1.79 Mb.
bet32/54
Sana21.01.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1107814
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   54
Bog'liq
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти

Direktor



O‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosar

Tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosar


Pedagog xodimlar



Pedagog xodimlar




O‘quvchilar

O‘quvchilar

O‘quvchilar

6.1-rasm. Umumta’lim maktabining chiziqli boshqaruv tuzilmasi
Odatdagiday umumta’lim maktabining mazkur turdagi boshqaruv tuzilmasi ham o‘zining kamchilik va o‘ziga yarasha yutuqlaridan holi emas.
Umumta’lim maktabining chiziqli boshqaruv tuzilmasining yutuqlari quyidagicha ifodalash mumkin:
- umumta’lim maktabining chiziqli boshqaruv tuzilmasi odatda, juda sodda ko‘rinishda tuzilgan, chunki maktabning har bir pedagog xodimi bajarayotgan vazifalari va kompetentsiyaviy burchlari nuqtai nazaridan qaysi vazifa jihatidan qaysi toifadagi o‘rinbosarga qarashliligini va bu borada nima qilishi lozimligini oldindan biladi. Mazkur jarayonning qiziqarli jihati shundaki, har bir o‘rinbosar ham direktordan qanday buyruq olishini va yuklatilgan topshiriqlarni amalga oshirish uchun qanday manbalarga ega ekanligi ham oldindan ularga ayon bo‘ladi. Albatta umumta’lim maktablari faoliyati ham endi shakllangan jarayon emas, shu bois, uning boshqaruv tuzilmalarining harakat samaradorligi ham o‘z navbatida bosib o‘tilgan yo‘l asosidagi to‘plangan amaliyot bilan uyg‘unlashadi;
- umumta’lim maktabining chiziqli boshqaruv tuzilmasi negizidagi boshqaruvning hamma bo‘g‘inlarida vazifalar va kompetentsiyaviy burchlar, yuklatilgan majburiyatlar asosida menejment funktsiyasi sanalgan nazoratga urg‘u berish birdan bir dastlabki yutuqdir. Umumta’lim maktablarining boshqaruv tuzilmasi o‘zining soddaligi evaziga juda ravshan tarzda ishlaydi, ya’ni pedagog xodim maktab direktori tomonidan yoki xalq ta’limi yuqori bo‘g‘ini tomonidan yuklatilgan topshiriqni tegishli o‘rinbosardan oladi va albatta mazkur vazifa ijrosi o‘z navbatida o‘zidan yuqorida turgan vertikal tuzilmalar tomonidan nazoratga olinadi. Bajarilganligi haqidagi monitoring hisobot tarzda amalga oshiriladi.
Umumta’lim maktabining chiziqli boshqaruv tuzilmasi yutuqlari bilan bir qatorda kamchiliklardan ham holi emas. Ularning ba’zilarini keltirib o‘tamiz.
- boshqaruv qarorlarini ro‘yobga chiqarish jarayoni vaqt resurslari jihatidan biroz ko‘proq vaqtni oladi, buning sababi shundaki, masalan, tuman xalq ta’limi bo‘limi tomonidan qabul qilingan boshqaruv qarorlarini tezkor amalga oshishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalq ta’limi boshlig‘ining o‘zi bevosita ishtirok etmaydi, shu bois ham aynan umumta’lim maktabining chiziqli boshqaruv tuzilmasi boshqaruv ta’siri negizida bo‘lmaydi, undan tashqarida bo‘ladi, qabul qilingan boshqaruv qarorining ijrosi uni qabul qilishda ishtirok etmagan boshqa shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur jarayonda xalq ta’lim bo‘limi boshlig‘i umumta’lim maktablari direktorlariga, direktorlar esa o‘z navbatida o‘zining o‘rinbosarlariga, o‘rinbosarlar esa pedagog xodimlarga boshqaruv qarorlarining ijrosi bo‘yicha tegishli boshqaruv zanjiri bo‘ylab vazifalarni belgilab beradi. Pirovardida, qaror matni ijrochiga boshqaruv zanjiri bo‘ylab ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng ya’ni kechikish bilan yetib boradi.
- umumta’lim maktablarida har xil masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlarning tor ixtisoslashuvi, ya’ni ular faoliyati majburiyati nuqtai nazaridan (faqt o‘quv jarayonini tashkil etish yoki ma’naviy-marifiy ishlarni tashkil qilish) tor doiradagi faqat o‘zining funktsiyalarini bajarishga qaratilganligi bois, umumta’lim maktabining kompleks masalalariga oid muammolar tugunini yechishda ba’zan ojizlik qilib qoladi. Oqibatda, direktor o‘rinbosarlarining har biri faqatgina o‘ziga tegishli bo‘lgan masalalarnigina mukammal egallagan bo‘lib chiqadi, ammo direktor o‘rinbosari sifatida o‘ziga aloqasi bo‘lmagan, direktor mas’uliyatidagi boshqa yuqorida zikr etilgan kompleks masalalarga yondashuvi samarali bo‘lib chiqmaydi.
Umumta’lim maktablarining funktsional boshqaruv tuzilmasi ham chiziqli boshqaruv tuzilmasi kabi unga o‘xshash tarkibiy jihatlarga ega bo‘lishiga qaramasdan, ular orasidagi vertikal va gorizontal aloqalar va munosabatlar tizimi bir biridan tubdan farq qiladi. Masalan, maktab direktori, o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlarga ega, vaholanki, mana shu o‘rinbosarlarning har biri umumta’lim maktabidagi barcha pedagog xodimlar uchun raxbar hisoblanadi. Shu bilan birga, ularning vakolatlari bevosita - mos ravishda oddiy so‘z bilan ifodalaganda “ta’lim-tarbiya” faoliyat sohasi bilan uyg‘unlashtirilgan, aynan ular shu faoliyat bo‘yicha buyruq, ko‘rsatma berishlari va ularning bajarilishini nazorat qilishlari mumkin. Pirovardida, tashkiliy tuzilmada pastki bo‘g‘inda joylashgan pedagogik xodimlar va o‘quvchilar jamoasi bir vaqtning o‘zida bir nechta buyruq va ko‘rsatma beruvchi raxbarlarga ega bo‘lib chiqadi, ularga bevosita bo‘ysunadi, ammo aslida o‘rinbosarlarning har biri bitta masala bo‘yicha, ya’ni o‘quv ishlari bo‘yicha yoki tarbiyaviy ishlar bo‘yicha boshqaruv vakolatiga ega bo‘ladi.
Umumta’lim maktabining funktsional boshqaruv tuzilmasining yutuqlari quyidagicha ifodalash mumkin:

  • maktab ma’muriyati xodimlariga aynan “ta’lim va tarbiya” jarayonining har bir jihati, elementi bo‘yicha bo‘linganligi bois, undagi boshqaruvning yuqori ish samaradorligi va pirovardida har bir o‘rinbosarda yuqori darajadagi malaka va ko‘nikmaning shakllanganligi;

  • umumta’lim maktabida butun “ta’lim-tarbiyaviy” jarayonga oid masalalardan iborat bo‘lganligi sababli ham bir nechta o‘rinbosarlar tomonidan amalga oshiriladigan ta’lim va tarbiyaga oid sa’y-harakatlar og‘ishini qisqa vaqt ichida monitoring qilishning mukinligi va imkoniyatining mavjudligi.

Umumta’lim maktabining funktsional boshqaruv tuzilmasi ham yutuqlari bilan bir qatorda kamchiliklardan ham holi emas. Ularning ba’zilarini ko‘rib chiqamiz.

  • ikkinchi darajali diversifikatsion rivojlanish strategiyalariga oid faoliyat turlarini amalga oshirishda ularni asosiy faoliyatdan ajratilgan holda bajarishning murakkabligi;

  • umumta’lim maktabi direktori, uning o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari funksional jihatdan aniq ish yo‘nalishiga ega bo‘lganligi bois,yuqorida zikr etilgan maktabni rivojlantirishga qaratilgan strategic yo‘nalishlarni amalga oshirishda biroz oqsab qoladi. Bu kabi tashabbuskolikga asoslangan yetishmovchiliklar, chiziqli boshqaruv tuzilmasidagiday, maktab direktori o‘rinbosarlarining faqatgina o‘zining asosiy funksiyasini bajarishi bilan izohlanadi.

Rivojlangan mamlakatlar, masalan, Finlandiya ta’lim muassasalarida chiziqli va funktsional tuzilmalarning o‘zaro uyg‘unlashuvi asosidagi, ya’ni chiziqli-funktsional yoki aksincha funktsional-chiziqli boshqaruv tuzilmalarini aralashtirish tajribasi amaliyotga joriy qilinmoqda. Masalan, umumta’lim maktabining boshqaruv darajasida funktsional-chiziqli boshqaruv tuzilmasi yaratilganligi deganda direktor o‘rinbosarlarining har biri faqat o‘ziga tegishli bo‘lgan funktsiya bo‘yicha maktab direktoriga bo‘ysunishi, hisobot berishi yoki pedagog xodimlarga topshiriq bera olishi, o‘z navbatida pedagog xodimlarning ham o‘rinbosarga bo‘ysunishi kabilar tushuniladi. Bu tarzdagi aralash boshqaruv tuzilmasi faoliyatida funktsional tuzilma allaqachon shakllangan, endigi vazifa demak, maktab direktorining o‘rinbosarlarining har biri o‘z faoliyat yo‘nalishi yuzasidan barcha pedagog xodimlarga vertikal chiziq bo‘yicha raxbar hisoblanishidir. Odatda, umumta’lim maktablarini rivojlantirish maqsadida diversifikatsion strategiyalar ham shakllanmoqdaki, mazkur jarayonda ushbu diversifikatsion strategiyalarni amalga oshirish uchun ta’lim muassasasi boshqaruvi darajasida ham funktsional boshqaruv va ham qo‘shimcha bo‘ysunuvchi tarkibiy bo‘linmalar shaklidagi chiziqli tuzilmalar faoliyat yuritadi. Qanday bo‘lmasin, ma’lum bir boshqaruv tuzilmasini tanlash to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun asos ta’lim muassasasining faoliyati uchun o‘ziga xos omillar va shartlarni keltirib chiqaraveradi.
Diversifikatsion strategiyalarni amalga oshirish uchun tashkil qilingan bo‘linmaning boshqaruv tuzilmasi ham chiziqli, ham funktsionaldan tubdan farq qiladi, bu ta’lim muassasasining rivojlanish strategiyalarini ro‘yobga chiqarish uchun muataqil infratuzilmzviy bo‘linmalarga ega bo‘lishini o‘z ichiga oladi. Diversifikatsion strategiyalarni amalga oshirish uchun tashkil qilingan bo‘linma asosiy ta’lim berish faoliyatini jonlantirishga xizmat qiladigan uni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydigan ixtisoslashgan subyekt hisoblanadi. Diversifikatsion strategiyalarni amalga oshirish uchun tashkil qilingan bo‘linmani maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari boshqaradi. Maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari o‘z ixtiyoridagi to‘liq boshqaruv jarayonlariga, ya’ni dastlabki test asosidagi tashxis natijalariga, iqtidorli o‘quvchilarni saralab olish jarayoniga, OTM ga yo‘naltirish kabi jarayonlarga boshchilik qiladi. Maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari o‘z vakolatlari doirasida mustaqil ravishda, maktab direktori tasdiqlamay turib ham, qanday tarzda ta’lim-tarbiya jarayonini yuritish, qayerda va kimdan ta’limga oid resurslarni olish, o‘z o‘quvchilarini qaysi OTM larga yo‘naltirish va hokazo kabi masalalar bo‘yicha qaror qabul qilishi mumkin. Umumta’lim faoliyatiga doir boshqa ba’zi yordamchi xo‘jalik xodimlari (qarovullar, farroshlar, bog‘bonlar) kabilar bevosita maktab direktorining o‘ziga itoat qiladi. Maktab direktori umumta’lim maktabining majmuaviy rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish, amalga oshirish, shuningdek, umumta’lim maktabiga tegishli strategik jihatdan dolzarb hamda birlamchi ahamiyatga ega bo‘lgan majmuaviy muammolar tugunini yechish majburiyatini o‘z zimmasida qoldiradi.
Umumta’lim maktabining o‘z–o‘zini moliyalashga, asosiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiluvchi infratuzilmaviy diversifikatsion strategik bo‘linmani boshqarish tuzilmasi 6.2-rasmda o‘z aksini topgan.
Umumta’lim maktabi ish yurituvini tartibga soluvchi boshqa har qanday tashkiliy boshqaruv tuzilmasi kabi, asosiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiluvchi infratuzilmaviy diversifikatsion strategik bo‘linma tuzilmasi ham o‘zining qudratli (kuchli) va nochor (zaif) tomonlaridan holi emas.


Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling