A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


O‘rab turuvchi atrof-muhit omillari


Download 1.79 Mb.
bet14/54
Sana21.01.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1107814
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   54
Bog'liq
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти

O‘rab turuvchi atrof-muhit omillari, avvalombor, asosiy toifadagi hamkorlar bilan munosabatlarning mustahkam o‘rnatilganligi va bu boradagi o‘zaro xatti-harakatlar, asosiy faoliyat turlari uchun resurslarni o‘zlashtirish, shuningdek, ularni olib kirish qudrati (qobiliyati) kabilarni o‘z ichiga oladi. Ushbu omillar guruhini tahlil qilish ularning reytingini va baholashini va ta’lim segmentidagi, shuningdek, atrofdagi muvaffaqiyatni yoki aksincha, umumiy o‘rta ta’lim maktabining muvaffaqiyatsizligini bevosita belgilaydigan omillarni aniqlashni o‘z ichiga oladi. Ko‘pgina tadqiqotchilar asosiy e’tiborda raqobatchilar bo‘lishi kerak, deb hisoblashadi. Amerikalik olim M.Porter raqobat muhitining beshta asosiy omilini tahlil qilishni taklif qiladi.
Ta’lim sohasida ishlaydigan raqobatchilar o‘rtasidagi kurashning jiddiyligi quyidagi shartlarga bog‘liq:

  • muayyan sohadagi ta’lim muassasalari soni, ya’ni ular qancha ko‘p bo‘lsa, raqobat shunchalik kuchli bo‘ladi;

  • ushbu ta’lim segmentining samaradorligi, ya’ni ushbu ta’lim segmentida yuqori nufuzga ega bo‘lish imkoniyati;

  • ushbu ta’lim segmentini tark etishdagi qiyinchiliklar, masalan, boshqa pedagog o‘qituvchini jalb qilish uchun yuqori darajadagi ish haqi to‘lovining talab qilinishi.

Tahlilning o‘zi bir-biriga bog‘liq bo‘lgan bir qator bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
1) u yoki bu darajada raqobatchilar soniga bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablari ro‘yxatini shakllantirish;
2) raqobatdosh umumiy o‘rta ta’lim maktablarining har birining faoliyatini o‘rganish va ularning reytingini - umumiy o‘rta ta’lim maktabi uchun xavfliligi nuqtayi nazaridan kamayish tartibida joylashtirish;
3) siz bilan tenglashadigan, bellashadigan kuchli raqobatchini, shuning bilan birgalikda bir shu toifadagi bir nechta raqobatchilarni belgilab olish va o‘zingizning xo‘jalik faoliyatingiz imkoniyatlarini siz bilan tenglashadigan, bellashadigan kuchli raqobatchi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining imkoniyatlari bilan o‘zingizning kelajak strategiyangizni belgilab olish maqsadida batafsil taqqoslab chiqish;
4) raqobatga dosh berish yo‘nalishlarini belgilash olish va ta’lim segmentidagi o‘ziga xos munosabatlar yuzasidan birlamchi qarorlar.
Ba’zi ekspertlar, shuningdek, ta’lim segmentidagi xatti-harakatlari namuna bo‘lishi mumkin bo‘lgan “mos raqobatchi” sifatida qarash mumkin bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim maktabini oldindan belgilashni tavsiya qiladi. Bunday umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshqa tumanda yoki hatto, boshqa viloyatda faoliyat yuritishi mumkin va tahlil qilingan umumiy o‘rta ta’lim maktabiga bevosita tahdid solmaydi.
Biroq, bir maromdagi andozaning mavjudligi o‘z imkoniyatlarini tanqidiy baholash, zaif tomonlarini aniqlash va ularni bartaraf etish choralari haqida o‘ylash imkonini beradi.
Yangi raqobatchilarning paydo bo‘lish xavfi ko‘p jihatdan ma’lum bir ta’lim segmenti qanday shaklda ishlashiga bog‘liq.
Misol uchun, mukammal yoki monopolistik raqobat shaklida ishlaydigan ta’lim segmentlari kirish uchun ochiqdir.
Bu ta’lim segmentlarida ishga kirishish uchun katta sa’y-harakat kerak emas, bu yerda hech qanday qonuniy to‘siqlar yo‘q. Ammo, aynan shu ta’lim segmentlarida raqobatchilarga nisbatan tajovuzkor munosabatda bo‘lgan ko‘plab umumiy o‘rta ta’lim maktablari mavjudligi sababli eng faol raqobat kuzatiladi. Oligopolistik ta’lim segmentlarida ishtirokchilar” soni sezilarli darajada kamayganligi sababli raqobat biroz pastroq, odatda, ularning soni 5-6 dan oshmaydi, bu kabi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida katta sa’y-harakatlar zarurati bilan izohlanadi. Obyektiv xulosa shuni ko‘rsatadiki, ta’lim segmentiga kirish qanchalik qiyin bo‘lsa, raqobat shunchalik kam bo‘ladi. Shu sababli, yangi raqobatchilarning paydo bo‘lish xavfini tahlil qilish jarayonida ta’lim segmentining yangi ishtirokchisi obyektiv ravishda yengib o‘tishi va uning imkoniyatlari va istiqbollarini baholashi kerak bo‘lgan to‘siqlarni hisobga olish kerak.
M. Porter ana shunday to‘siqlar qatoriga quyidagilarni kiritishni taklif qiladi:
- kam sa’y-harakatlar tufayli katta hajmdagi nufuzga ega bo‘lish va keyinchalik yutuqqa tezda erishish zarurati;
- allaqachon barqarorlashgan ta’lim segmentida yangi ishtirokchi brendini shakllantirish va uning ulushini egallash uchun yuqori sa’y-harakatlar;
- dastlabki qilingan sa’y-harakatni tezda qaytara olmaslik;
- agar ota-onalarda ma’lum qoliplar shakllangan bo‘lsa, yangi pedagogik uslubiyatga o‘tishdagi qiyinchiliklar;
- o‘quvchilarni OTM larga yo‘naltirish tarmoqlarini shakllantirish muammolari;
- ushbu ta’lim segmentidagi avvalgi holatlarga nisbatan o‘quvchilarni tayyorlash va OTM larga yo‘naltirish sa’y-harakatlarining nisbatan ko‘pligi;
- boshqaruv bo‘g‘inlarining salbiy holati, ta’siri, sifatli, o‘quvchilarning, shuningdek, ilg‘or pedagogik texnologiyalarning yuzaga kelishi qiziqishining mavhumligi va shu asosida mazkur jarayonni qo‘llab quvvatlamasligi.
Ota-onalarning xususiy umumiy o‘rta ta’lim maktablarida farzandining o‘qishi uchun to‘lanadigan narxlarni pasaytirish qobiliyati, agar:

  • bir guruh ota-onalar o‘z farzandlarini guruhiy bo‘lib ta’lim faoliyatiga yo‘naltirsa, unda ular maktab ma’muriyatidan ommaviy chegirmalarni taqdim etishni talab qiladi;

  • tahlil qilinayotgan xususiy umumiy o‘rta ta’lim maktabi tomonidan yetkazib beriladigan pedagogik mahsulot qiymatining salmoqli ulushini tashkil etuvchi ta’lim resurslarning nisbatan past tannarxi tufayli ota-onalar mablag‘ni kam to‘lashdan manfaatdor bo‘ladi;

  • o‘xshash ta’im berish xususiyatlari ko‘p bo‘lsa, raqobatchilar qulayroq shartlarni taklif qilishlari mumkin;

  • nisbatan kam sa’y-harakatni talab etuvchi o‘rnini bosuvchi pedagogik uslubiyatga o‘tish katta urinishlarni talab qilmaydi;

  • ota-onalar ushbu pedagogik uslubiyatni ma’qul ko‘rishlari mumkin.

Umumta’lim maktablariga ta’limga oid yoki boshqa har xil resurslarni yetkazib beruvchilarning o‘z talabini qo‘yishga intilish qobiliyati quyidagi hollarda eng dolzarb hisoblanadi: umumta’lim maktabi o‘z shartlarini belgilaydigan yetkazib beruvchilarning kichik tanloviga ega, yetkazib beruvchi tashkilot o‘zi yetkazib beradigan ta’limga oid yoki boshqa har xil resurslarni almashtirishi mumkin bo‘lgan o‘rnini bosuvchi resurs paydo bo‘lishidan qo‘rqmaydi, yetkazib beruvchining umumiy talabidagi umumta’lim maktabining ulushi ahamiyatsiz hisoblanadi. Buning mohiyati shundaki, yetkazib beruvchi tashkilot uchun uning taklif qilayotgan resurs mahsuloti strategiyani oshirishga xizmat qiladi.
Agar o‘rganilayotgan ta’limga oid yoki boshqa har xil resurslarni yetkazib beruvchi tashkilotning resurs mahsulotlari o‘rnini bosuvchi resurs mahsulotlar bozorida paydo bo‘lish tahdidi, agar yangi resurs mahsulotning narxi teng yoki undan ham yaxshiroq iste’mol sifati oldingi mahsulotnikidan past bo‘lsa, haqiqatga aylanadi. O‘rnini bosuvchi resurs mahsulotlar almashtiriladigan resurs mahsulotlar bo‘lgani uchun, ya’ni umumta’lim maktablarining har qanday ehtiyojlarini qondirishning turli usullarini taklif qiladigan bo‘lsa, bunday resurs mahsulotlarning paydo bo‘lishi faqat ta’lim segmentida faoliyat yuritadigan sohalarda ro‘y berishi mumkin. Tahdid umuman kutilmagan joydan kelib chiqishi mumkin, xususan, tegishli sohadagi ilmiy kashfiyot kutilmagan yon natija berishi va uzoq vaqtdan beri ma’lum bo‘lgan muammoning yangi, noan’anaviy yechimiga olib kelishi mumkin, bunday vaziyatda umumta’lim maktabining mazkur resurs mahsulotga bo‘lgan talabi o‘z-o‘zidan to‘xtaydi.
Atrofdagi muhit omillarini tahlil qilish faqat raqobat muhitini hisobga olish bilan cheklanmaydi. Tashqi muhitni tahlil qilishda ko‘plab boshqa mintaqaviy, mahalliy yoki tarmoq omillari ham hisobga olinishi kerak.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling