A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Download 1.79 Mb.
bet10/54
Sana21.01.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1107814
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   54
Bog'liq
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти

Asosiy xulosalar:
1. Kelajak boshqaruvi, ya’ni strategik menejment umumiy menejmentning ichki jihatlaridan, uning tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, faoliyat yurituvchi subyekt menejmentining kelajak jihatlari haqidagi, shuningdek, uning uzoq muddatli bo‘lg‘usi orzu niyatlariga yetaklovchi tamoyillar, usullar va vositalarni o‘z ichiga qamrab olgan fan va ta’limotdir.
2. Strategik menejmentning vujudga kelishi va uning boshqaruvning nisbatan mustaqil yo‘nalishi sifatida tasdiqlanishi xolis bo‘lib, XX asrning ikkinchi yarmi boshida vujudga kelgan iqtisodiyotda noaniqlikning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘ldi va 1970-yillardan keyin sezilarli darajada oshdi.
3. So‘nggi o‘n yillikda strategik menejmentning o‘rni va ahamiyati sezilarli darajada oshdi va zamonaviy sharoitda bu faoliyat yurituvchi subyektning bozorda omon qolishini ta’minlaydigan samarali strategik menejmentdir.
4. Xo‘jalik yuritish faoliyatini jonlantirish dasturini belgilab olish va uni kelajakda ro‘yobga chiqarish jarayoni dialektik nuqtayi nazardan bir-biriga uyg‘unlashgan bir nechta jihatiy pillapoyalarni o‘z ichiga qamrab oladi, ular tarkibida xo‘jalik faoliyatining tashqi va ichki muhitini o‘rganib chiqish, uni jonlantirishning majmuaviy tomonlarini belgilab olish, xo‘jalik faoliyatining kelajagini belgilab olish yuzasidan va uning ishlab chiqarish faoliyat jarayoni yuzasidan kelajak dasturini belgilab olish, va nihoyat, belgilab olingan dasturiy strategiyani ro‘yobga chiqarish va bu jarayonni boshqarib turish kabi jihatlar kiradi.


Nazorat savollari

1. Kelajak boshqaruvi sanalgan strategik menejmentning yuzaga kelishining ehtiyojmand, zaruriy shartli jihatlari va real o‘tmishini ta’riflab bering, mohiyatini tushuntiring. Ular qanday tavsiflanadi?


2. Kelajak boshqaruvi sanalgan strategik menejmentning yuzaga kelishida bir hodisa uning ilk boshlang‘ich jarayoni deyiladi. U qaysi voqea? Shuningdek, uning vujudga kelishi va kelajakda jonlanishiga asos bo‘luvchi mumtoz hisoblangan ta’limotlar ichida qaysilarining sezilarli ulushi ko‘proq?
3. Strategik menejmentning zamonaviy sharoitda roli va ahamiyati ortib borishining sabablari nimada?
4. Strategik menejmentning asosiy bosqichlarini sanab o‘ting va qisqacha tavsiflang. Ularni izohlab tushuntirib bering.
5. Kelajak boshqaruvi sanalgan strategik menejment nima sababdan oldinga, kelajakka yo‘naltirilgan deb aytiladi?
6. Kelajak boshqaruvi sanalgan strategik menejmentning mavqei va ahamiyati so‘nggi o‘n yilliklarda qanday zarurat tufayli o‘sdi?
7. Nima uchun strategik menejment tashqi o‘zgarishlarga moyil bo‘lib qolish imkonini beruvchi dinamik, o‘zgaruvchan va noaniq muhitda faoliyat yurituvchi subyekt maqsadlariga erishishni ta’minlash faoliyatidir deb ta’riflanadi?
8. Strategik menejment va strategik rejalashtirish o‘rtasida qanday jiddiy farqlar mavjud?
9. Axborot mazmuni - strategik menejmentda tashqi muhitning noaniqlik o‘lchovi sifatida nimani anglatadi?

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling