A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti
Download 1.79 Mb.
|
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fan-texnika taraqqiyoti ta’siri omillarining
Ijtimoiy-madaniy omillar – bir davlat ichidagi yoki makro ko‘lamdagi majmuaviy ijtimoiy holat, jismoniy va yuridik shaxslarning daromadlari ko‘lami, xalq holatining tasviri (demografik vaziyat), xalqning bilim saviyasi, odamlarning mehnatga bo‘lgan va xordiq chiqarishga, ya’ni o‘zini tiklab olish (rekreatsiya) ga bo‘lgan munosabati, davlat va mintaqadagi iste’mol va jamg‘arma darajasi,nisbati ularning o‘zaro mutanosibligi kabilardir. Bu omillar ham umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyatiga juda o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatadi, bu esa ularni doimiy ravishda o‘rganishni taqozo etadi. Shunday qilib, aholining ijtimoiy tuzilmasini tahlil qilish va baholash, mamlakat, mintaqa yoki munitsipalitetning barcha aholisini (umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati ko‘lamiga qarab) jinsi, yoshi va boshqa xususiyatlari bo‘yicha guruhlash, potentsial mijozlar soni, shuningdek ularning ko‘payishi yoki kamayishi istiqbollari kabilar ularning sonini real baholash imkonini beradi. Aholining daromadlarini o‘rganish ularning potentsial mijozlarining to‘lov qobiliyatini baholash imkonini beradi, ya’ni ular xususiy mulkchilikga asoslangan umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘zining farzandlarini o‘qitishga sarflashlari mumkin bo‘lgan daromadning bir qismidir. Demografik vaziyatni o‘rganish ijtimoiy tuzilmadagi o‘zgarishlar dinamikasi va shunga mos ravishda bozor kon’yunkturasining o‘zgarishi haqida tushuncha beradi. Aholining madaniy, ma’rifiy va etnik xususiyatlarini hisobga olish va ularning odamlarning mentaliteti va ehtiyojlariga ta’sirini tahlil qilish bir xil darajada muhimdir.
Fan-texnika taraqqiyoti ta’siri omillarining mohiyati quyidagilardan iborat: fan-texnika taraqqiyotining so‘nggi yillardagi yutuqlari va shiddati va fanni jadal ravishda jonlantirish va rivojlantirish strategiyalari, xar xil ilg‘or texnologiya (ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, ta’lim va h.k) larning yuzaga kelishining kutilishi va ularni ro‘yobga chiqarish strategiyalari, birmuncha sifatli takomillashgan ilg‘or mahsulotlarning yuzaga kelish ehtimoli va ularning bozor konyunkturasiga bog‘liqligi kabilar. Oddiy qilib aytganda, gap bozorga o‘rnini bosuvchi mahsulotni olib kela oladigan fan va texnika yutuqlarini doimiy ravishda tahlil qilish zarurati haqida bormoqda. Misol uchun, bugungi kunda mobil telefonlarning paydo bo‘lishi va ommaviy tarqalishi bilan shahar telefon tarmog‘i xizmatlariga talab sezilarli darajada pasayganiga hech kim shubha qilmaydi. Kompyuterlarning keng tarqalishi yozuv mashinkalari va hokazolar “davrining” tugashini ko‘rsatdi. Yangi texnologiyalar bilan ham vaziyat xuddi shunday. Tarixdan ma’lumki, Ford zavodlarida konveyer ishlab chiqarishni joriy etish ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxini va shunga mos ravishda uning narxini shu qadar jiddiy pasaytirdiki, bu barcha raqobatchilarni shunchaki chalkashtirib yubordi. E’tibor bering, bir qator manbalarda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va texnologik omillarni aniqlashdan iborat yondashuv PEST tahlili deb ataladi6. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling