A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Download 1.79 Mb.
bet18/54
Sana21.01.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1107814
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   54
Bog'liq
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти

2



3 4




Voqea ehtimoli

3.1-rasm. Tashkilot qobiliyatlari tasnifi



  1. Xulosaga asos bo‘layotgan omillar - o‘zi tasavvur etolmaydigan imkoniyatlar yoki xavf-xatar negizidagi tahdidlar ilmiy asoslangan bashoratlarining o‘zaro kesishmasida - bu omilning kuch, qudratii va uning paydo bo‘lish ehtimoli raqamlarda o‘z aksini topadi. Natijada, har bir omil to‘rtta to‘g‘ri burchakdan biriga tushadi (3.1-rasm).

Barcha o‘rganilgan xususiyatlarni berilgan tizimda joylashtirish bo‘yicha koordinatalar shuni ko‘rsatadiki, bular ichida e’tiborni o‘ziga tortadigani ikkinchi to‘rtburchakga tushgan o‘zi tasavvur etolmaydigan imkoniyatlardir, chunki bu kabi hodisa va voqealarning yuzaga kelishi umumiy o‘rta ta’lim maktabining holatini ijobiy tomonga o‘zgartirishi mumkin. Shu munosabat bilan maktab faoliyatining o‘zi tasavvur etolmaydigan bu kabi imkoniyatning paydo bo‘lishiga qaratilgan sa’y-harakatlar hamisha ham ustuvor ahamiyat kasb etishi lozim.
Bu tahlilda ikkinchi qatordagi to‘rtburchakdan o‘rin olgan omillar eng ahamiyatlilari hisoblanadi. Mazkur omillarning paydo bo‘lishi va kutilish ehtimoli past darajada bo‘ladi, ammo lekin ular yuzaga kelgan taqdirda umumiy o‘rta ta’lim maktabining faoliyat yuritish holatiga ta’siri birmuncha yuqoridir. Shu bois, ushbu o‘zi tasavvur etolmaydigan imkoniyatlardan foydalanish strategiyasini batafsil o‘rganish, yo‘l xaritalarini tuzish va belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirishi yuzasidan doimiy monitoring yuritilishi lozim. Bu kabi o‘zi tasavvur etolmaydigan imkoniyatlar hayotiy haqiqatga aylangach, yo‘l xaritalari va chora-tadbirlar dasturlari ishlab chiqilganligida, shuningdek, ularning ijrosi bo‘yicha mas’uliyat, manfaatdorlik hissi yuzaga keladi.
Ana shunday tarzda, to‘rtinchi-to‘rtburchakda joylashgan omillariga ishlov berish lozim bo‘ladi, chunki ular unchalik katta kuch-qudratga ega emas, shuning uchun ham ular tajovuzkor, ularning alam bilan hujum qilish ehtimoli hozircha har doim mavjud va umumiy o‘rta ta’lim maktabiga yuqori darajada (ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish subyekti uchun foyda keltirish) nufuz, obro‘, mavqe uchun barcha variantlarni batafsil o‘rganib chiqish (tahlil qilish) imkoni mavjud.
Uchinchi to‘rtburchakdan o‘rin olgan omillarni o‘rganadigan bo‘lsak, ular imkoniy kuch va qudratni va zahiraviy resurslarni istiqbolli hududlardagi yo‘nalishidan adashtirmaslik uchun odatda e’tiborga olinmaydi.
Xavf-xatar negizidagi tahdidlarni sinflarga bo‘lishda, shuningdek, subyektning o‘zi tasavvur etolmaydigan imkoniyatlarni o‘rganib chiqish (tahlil qilish) jarayonida ikkinchi to‘rtburchakdagi omillarga biroz e’tiborliroq bo‘lish talab etiladi.
Mazkur to‘rtburchakda ko‘rinadigan xavf-xatar negizidagi tahdidlar vositasida katta kuch-qudrat bilan va kurash yo‘sinidagi hujum ehtimoli mavjud, ya’ni ular umumiy o‘rta ta’lim maktabiga raqobat yo‘nalishi bo‘yicha qattiq pand berishi va unga iqtisodiy, eng asosiysi katta ijtimoiy zarar keltirishi mumkin. Bu xavf-xatar negizidagi tahdidlar paydo bo‘lganda biroz sergaklanish, aniqroq aytganda mazkur vaziyatga nisbatan ahamiyatliroq bo‘lish lozim degan fikr paydo bo‘ladi.
Birinchi to‘rtburchakdagi xavf-xatar negizidagi tahdidlarning ko‘lami sayoz, lekin ular juda qudratli, shu sabali ham mazkur xavf-xatar negizidagi tahdid bo‘yicha mavjud bo‘lgan hamma ma’lumotlarni batafsil o‘rganib chiqish (tahlil qilish), ularga nisbatan yo‘l xaritalarini ishlab chiqish va monitoring yuritish orqali muntazam o‘zgarisglarni, siljishlarni kuzatib borish kerak bo‘ladiki, agar xavf-xatar negizidagi tahdidlar o‘z kuchini ko‘rsatishni boshlagan bo‘lsa, bunday holatda ham darrov unga nisbatan izchil chora-tadbirlarni ko‘rishga zarurat paydo bo‘ladi.
Biroq, to‘rtinchi to‘rtburchakdagi xavf-xatar negizidagi tahdidlarga ham e’tiborsiz bo‘lmaslik kerak, chunki ular nimjonroq, shuning uchun ham alamzada, har daqiqada raqobatchi sifatida hujum qilish ehtimoli mavjud. Demak, bu kabi xavf-xatar negizidagi tahdidlarga har tomonlama nisbatan izchil chora-tadbirlarni ishlab chiqish, xushyor bo‘lish, agar ular haqiqatda tajovuzkor bo‘lsa, oldindan yaratib qo‘yilgan zahiraviy strategik dasturni darhol ishga tushirish zarurati vujudga keladi.
Uchinchi to‘rtburchakdagi xavf-xatar negizidagi tahdidlari qudrat borasida unchalik kuchga ega emas va har daqiqada raqobatchi sifatida hujum qilish ehtimoli kuzatilmaydi. Bu degani albatta ularni butunlay e’tiborsiz qoldirish degan ma’noni bermaydi. Odatda, ularga oldingi uchta guruhga nisbatan bu omilning qarshi hujum qilish ehtimoli kuzatilmaganligi uchunmi mazkur omil nisbatan ancha kam e’tibor talab etadi.
Ketma-ketlikda ikkinchisi umumiy o‘rta ta’lim maktabining moddiy va mehnat resurslari salohiyati bilan belgilanadigan kuchli (qudratli) va zaif (kuchsiz) jihatlarini baholash. Batafsil o‘rganib chiqish (tahlil) ning mazkur bo‘limi ko‘p jihatdan oldinggi boblarda o‘rganilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘ziga qarashli bo‘lgan ichki muhitini batafsil o‘rganib chiqishga (tahlil) biroz o‘xshab ketadi. Mazkur bandda oldinggi boblarda o‘rganilgan fikrlarni yana bir bora takrorlab chiqamiz, biz umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyatining qudratli (kuchli) va zaif (kuchsiz) jihatlarini o‘rganishning muhimroq ahamiyat kasb etgan ikki bosqichini o‘rganib chiqamiz:
Birinchidan, umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘zining moliyaviy, mehnat va h.k resurs salohiyatini baholashninh tarkibiy qismlari avvalombor, boshqaruv tuzilmasini, umumiy o‘rta ta’lim maktabining inson resurslari va texnika va texnologik jihatdan salohiyati kabi o‘ziga qarashli bo‘lgan ichki muhitning tarkibiy jihatlarini o‘rganishni, tahlil qilishni va baholash kabilarni o‘z ichiga oladi. Qayd etilganlarning har biri muvaffaqiyatli jihati bilan ham qudratli (kuchli) va zaif (kuchsiz) jihatlari bilan ham strategik tanlov o‘tkazishda ijobiy yoki salbiy tasniflashga kiritiladi
Ikkinchidan, umumiy o‘rta ta’lim maktabining moliyaviy, mehnat va h.k resurs salohiyatini tezkor baholashni aniqlash, ya’ni umumiy o‘rta ta’lim maktabida tezkor ish jarayoni qanchalik darajada yo‘lga qo‘yilgan, asosan, iqtidorli o‘quvchilar yoki ta’lim xizmatlarini va ularni OTM gacha yo‘naltirish (ta’lim muassasasida iste’molchi sifatida avvalombor ota-onalar va o‘quvchilar tushuniladi) bo‘yicha jarayonni o‘z tarkibiga qamrab oladi. Mazkur batafsil o‘rganib chiqish (tahlil) umumiy o‘rta ta’lim maktabi tezkor faoliyatining majmuaviy tarkibiy qismlarini, ya’ni ta’limga oid, shuningdek, har xil resurslar ta’minotini, fanlarga oid materiallar ta’minotini,diversifikatsion faoliyat bo‘yicha ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish va boshqarish jarayonini, shuningdek, talab va taklif negizidagi marketing faoliyati samaradorligini va boshqalarni o‘rganishni ham e’tibordan chetda qoldirmaydi.
Batafsil o‘rganib chiqish (tahlil) natijasi aslida umumiy o‘rta ta’lim maktabini rivojlantirish strategiyasini shakllantirish manbai bo‘lib xizmat qilishi kerak. 3.2-rasmda ko‘rsatilgan korrelyatsion (o‘zaro bog‘lovchi) SWOT tahlil matritsasi aynan shu maqsadda yaratilgan.
Birinchi to‘rtburchakdagi ma’lumotlar kitobxonlarda eng katta qiziqish uyg‘otadi, chunki unda umumiy o‘rta ta’lim maktabining rivojlanishi uchun o‘zidan tashqarida harakatda bo‘lgan tashqi muhitda topilgan, ammo o‘zi tasavvur etolmaydigan imkoniyatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud. Shu bilan birga, umumiy o‘rta ta’lim maktabi mazkur o‘zi tasavvur etolmaydigan imkoniyatlardan samarali va unumli foydalanish uchun yetarlicha ichki kuch-qudratga ega bo‘lishi lozim. Aynan shuning uchun ham umumiy o‘rta ta’lim maktabi bu yo‘nalishda intensiv, jadalli o‘sishni mo‘ljallashi kerak.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling