A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Download 1.79 Mb.
bet19/54
Sana21.01.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1107814
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   54
Bog'liq
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти

Tashqi xususiyatlar

1.Intensiv (jadalli )


o‘sish 2 Integratsiya
(yirik xo‘jalik subyektlari bilan)


3 Diversifikatsiya 4. Xo‘jalikni tugatish

Ichki kuch / ichki zaiflik


3.2-rasm. Korrelyatsiya SWOT tahlil matritsasi
Ikkinchi to‘rtburchak umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘zi tasavvur etolmaydigan rivojlanish imkoniyatlari haqida ma’lumot beradi, lekin bu yo‘nalishda umumiy o‘rta ta’lim maktabi unchalik kuch-qudratga ega emas va shuning uchun ularning sa’y-harakatlarini (integratsiya,hamkorlik, qo‘shma korxonalar yaratish) ushbu faoliyatda tegishli salohiyatga ega bo‘lgan va shu bilan birga ularning manfaatlarini bajaradigan umumiy o‘rta ta’lim maktablari bilan o‘zaro faoliyat asosida birlashish imkoniyatini, shuningdek, o‘rganilayotgan faoliyat yurituvchi subyektning manfaatlariga zid bo‘lmasligini ko‘rib chiqishi lozim.
Uchinchi to‘rtburchak umumiy o‘rta ta’lim maktabiga xavf-xatar negizidagi tahdidlar haqidagi ma’lumotlarni berib turadi, u ancha qudratli (kuchli) bo‘lgan faoliyat sohalarida o‘zini ko‘rsatadi. Asosiy yo‘nalishdagi faoliyatni davom ettirish yo‘qolgan taqdirda chekinish yo‘llariga ega bo‘lish uchun bir vaqtning o‘zida yangi yo‘nalishlarni izlash va asosiy faoliyatga mutlaqo begona bo‘lgan strategik tusdagi ishlab chiqishni yoki xizmat ko‘rsatishni nazarda tutadigan diversifikatsiyadan foydalanish maqbul deb tan olinishi kerak.
To‘rtinchi to‘rtburchak eng muammoli hisoblanadi, ya’ni umumiy o‘rta ta’lim maktabi salohiyat jihatidan kuchsiz (zaif) bo‘lgan sohalarda yuzaga keladigan xavf-xatar negizidagi tahdidlar haqida ma’lumotlar o‘z aksini topgan. Ushbu sohalardagi faoliyatni tugatish va bo‘shatilgan resurslardan umumiy o‘rta ta’lim maktabi uchun, uning kelajak strategiyasi uchun yanada istiqbolli sohalarda foydalanish eng oqilona hisoblanadi.
3.2. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyatini o‘rganishning portfel tahlili va uni amalga oshirish yo‘llari
Portfel yordamida umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyatini (bir sumka ichidagi voqea va hodisalar) batafsil o‘rganib chiqish (tahlil qilish) yo‘llari (usullari) odatda, bir vaqtning o‘zida bir qancha kelajak qurilishi (strategik) yo‘nalishlarida (kelgusidagi mo‘ljallangan (strategik) tadbirkorlik hududlarida) faoliyat yurituvchi va mustaqil (alohida) tarkibiy bo‘linmalarga ega bo‘lgan yirik umumiy o‘rta ta’lim maktablarini batafsil o‘rganib chiqish (tahlil qilish) da tadbiq etiladi. Portfel tahlili o‘z navbatida, umumiy o‘rta ta’lim maktabining hayotiy holatini obyektiv baholash va rivojlanishning eng istiqbolli va unchalik samarali bo‘lmagan yo‘nalishlarini aniqlash imkonini beradi.
Masalan, portfelli tahlil qilish usullariga asoslangan Boston maslahat guruhi matritsasi umumiy o‘rta ta’lim maktabi tomonidan shakllantirilgan muayyan iqtidorli o‘quvchilarni tayyorlashning va ularni OTM larga yo‘naltirishning samaradorligi va maqsadga muvofiqligini aniqlash imkonini beradi8. Umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyatini batafsil o‘rganib chiqish (tahlil) natijalariga ko‘ra, ular o‘z faoliyatida, masalan, ta’lim muassasasi faoliyatida (jumladan ishlab chiqarishda qaysi mahsulotlardan) qaysidir poydevor bo‘lib xizmat qilmaydigan fanlardan voz kechish yoki aksincha qaysi fan tukumlariga tayanish bo‘yicha strategik dasturlarni ishlab chiqadilar va o‘z navbatida, mazkur dastur asosida OTM ga qamrovni oshiradilar.
Mazkur batafsil o‘rganib chiqish (tahlil qilish) ni qurilmaviy matritsa vositasida amalga oshirish mumkin. Ya’ni, o‘sib boruvchi (tik holatdagi) hamkorlikning muvaffaqiyatlari (ishlab chiqarishda yoki xizmat ko‘rsatishda o‘sish sur’atlari) (“past” va “yuqori”) yoki mazkur ko‘rsatkichlar qaysi faoliyat yo‘nalishi evaziga ekanligini va asosiy qurilmasi nimalardan iborat bo‘lishi bo‘yicha monitoring o‘tkazishni o‘z ichiga oladi. Yotiq holat (gorizontal) - ushbu umumiy o‘rta ta’lim maktabining, masalan, ta’lim muassasasi o‘quvchilarining, ya’ni bitiruvchilarining umumiy OTM ga qamrovdagi foiz bo‘yicha egallagan ulushidan iborat bo‘ladi (ishlab chiqarish subyektida mahsuloti egallagan bozor ulushi) (odatda, mazkur jarayon sarhisobi ortga hisoblash o‘ngdan chapga o‘tadi). Ushbu koordinatalar tizimida to‘rtta to‘rtburchak o‘z aksini topadi (3-rasm).
Umumiy o‘rta ta’lim maktabi tomonidan OTM ga yo‘inaltirilgan barcha o‘quvchilar (ishlab chiqarish subyekti uchun ishlab chiqarilgan va sotiladigan barcha tovarlar) ushbu matritsadan o‘rin olgan. Tegishli ko‘rsatkichlar o‘z xususiyati bo‘yicha tasniflangan, ularning segmentlari umumiy o‘rta ta’lim maktabi tomonidan OTM ga yo‘naltirilgan barcha o‘quvchilarning (ishlab chiqarish subyektida uchun ishlab chiqarilgan ushbu mahsulotning umumiy bozordagi ulushini) umumiy qabul kvotasidagi ulushini aks ettiradi. Natijada, har bir bitiruvchi (mahsulot) to‘rtta to‘rtburchakning biridan o‘rin oladi va tegishli tegishli maqomni qo‘lga kiritadi: ular,
- “yulduzlar” - yetakchi o‘rinni egallagan o‘quvchilar tez rivojlanayotgan ta’lim segmentida, “yulduzlar” qo‘lga kiritgan nufuz, asosan, ushbu o‘quvchilar tayyorlanib, ular OTM ga talaba sifatida qabul qilingandan keyin ham ta’lim muassasasiga qo‘shimcha ravishda mavqe,obro‘ keltiradi, chunki ta’limga bo‘lgan ehtiyoj o‘sib bormoqda va shuning uchun undan ko‘proq ulushga ega bo‘lish uchun vaqtdan foydalanish kerak. Bu, o‘z navbatida, ta’limga oid foydali sa’y-harakatlarni kengaytirish va marketing harakatlarini faollashtirish uchun alohida o‘zgacha yonashuvlarni talab qiladi;
- “Sog‘in sigirlar” - hali ham nisbatan barqaror yoki allaqachon pasayib borayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktabida yetakchi o‘rinni egallagan iqtidorli deb topilgan o‘quvchilar.O‘quvchilar yutug‘idan qo‘lga kiritilgan olqish, ya’ni moddiy tarzdagi mukofot (ishlab chiqarish subyektida daromad) qisman “yulduzlarni” tarannum etishga va “yovvoyi mushuklar”ni kelajakda OTM ga tayyorlash yoki kasb-hunarga yo‘naltirish (ishlab chiqarish subyekti uchun mahsulotini bozorga chiqarish) bo‘yicha chora-tadbirlarni yaratish (moliyalashtirish) ga mo‘ljallanadi;
- “yovvoyi mushuklar” (“yechimi murakkab bo‘lgan voqea va hodisalar”, “mavhumlik (savol) belgisi”) - tez rivojlanayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi o‘quvchilar, lekin bu ta’lim segmentida umumiy o‘rta ta’lim maktabining ulushi ahamiyatsiz va istiqbollari vaqtincha noaniqlikdan iborat bo‘ladi. Ushbu bosqichda ular umumiy o‘rta ta’lim maktabiga deyarli hech qanday naf keltirmaydi va shuning bilan birgalikda ko‘proq hurmat, e’tibor talab qiladi. Biroq, tez rivojlanayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktabi bo‘lgani bois, bunga bog‘liq bo‘lgan vaziyatlarning muvaffaqiyatli uyg‘unlashuvi va umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyatining muvaffaqiyati bilan “yovvoyi mushuklar” “yulduzlar” toifasiga, ya’ni ular tarafiga o‘tishi mumkin;
O‘sish sur’atlari

yuqori “Yulduzlar” “Yovvoyi mushuklar”


past “Sog‘iladigan sigirlar” “Kuchuklar”



yuqori past


3.3-rasm. Boston guruhi matritsasi
- “kuchuklar” – talabga javob bermaydigan yoki talab pasayib borayotgan va shunga mos ravishda istiqbolsiz umumiy o‘rta ta’lim maktablarida shakllanadigan o‘quvchilar bilan faoliyat yuritadi. Bu hollatda faoliyatining muvaffaqiyati uchun, shuningdek, ta’lim segmentini tark etmaslik uchun aniq vaziyatga mos strategiya yaratishi lozim.
Asosiy olqish (daromad) ni birinchi ikkita toifa – “yulduzlar” va “sog‘in sigirlar” qo‘lga kiritadi, ammo, ko‘rib turganimizdek, qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyatning taqsimlanishi (topilgan mablag‘larning sarflanishi) tubdan farq qiladi.
Agar mazkur matritsa tizimli ravishda yaratilsa, ya’ni umumiy o‘rta ta’lim maktabining ta’lim segmentida (faoliyatda) o‘z o‘rnini mustahkam egallash jarayoniga aniqlik kiritilsa, unda oddiy siljish ko‘rsatkichi “yovvoyi mushuklar” ning “yulduzlar” tarafiga og‘ishi, keyin esa “sog‘in sigirlar” ga va eng oxirida “kuchuklar” tarafiga og‘ishidan iborat bo‘lgan mavhumlik yechiladi.
General Electric matritsasi yoki McKinsey matritsasi (3.4-rasm) dastavval McKinsey maslahat guruhi tomonidan General Electric (GE) buyurtmalarini bajarish mobaynida qo‘llanilgan. Boshida Boston maslahat guruhi matritsasini qo‘llashga harakat qilindi, ammo u o‘z kamchiliklariga ega ekanligi, shuningdek, mavhumlikdan holi bo‘lmaganligi bois, ish jarayonida u yana qaytadan modernizatsiya qilindi.
Tik holatda past, o‘rta va yuqori darajalarda belgilangan ta’lim segmentining jozibadorligi va yotiq holatda bir xil sathdagi raqobatbardoshligi jihatidan umumiy o‘rta ta’lim maktablari past, o‘rta va baland toifalarga bo‘linadi. Pirovardida, butun maydon to‘qqizta to‘rtburchakga ajratiladi.
Matritsani to‘ldirishda ta’lim segmentining har jihatdan ko‘rkini va umumiy o‘rta ta’lim maktabining raqobatbardoshligi jihatlarini mantiqan baholash o‘ta dolzarb hisoblanadi. Raqobatbardoshlikni mantiqan baholash jihati har bir ta’lim segmenti mintaqaviy va tarmoq xususiyatlari va turli xil sharoitlar ta’sirida bo‘lganligi, shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lganligi bois,aniqlikni tan olmaydi, mazkur jarayonni obyektiv baholash faqatgina mahoratli mutaxassis tomonidangina amalga oshirilishi mumkin. Shuning uchun umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyatini batafsil o‘rganib chiqish (tahlil) ning muvaffaqiyati har tomonlama mahoratli mutaxassisning, ya’ni tahlilchining tajribasi va har jihatdan, ya’ni, boshqaruv jihatidan egallagan bilimiga bog‘liq. Bu borada quyida o‘z aksini topgan omillarga e’tibor qaratish lozim.
Birinchidan, ta’lim segmentining ko‘rkini baholash omillari:
a) ta’lim segmenti ko‘lami, bu quyidagilarni batafsil o‘rganib chiqishni va baholashni o‘z ichiga oladi:
- ta’lim segmentining hududiy ko‘lami va uning geografik o‘rni to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
- ziyoli toifasidagi ota-onalar soni va ularning OTM ga yo‘naltirish nuqtayi nazaridan, jihatidan shayligi, umumiy o‘rta ta’lim maktabining mijozlari (hamkorlari) (maqbul narx, tovar va xizmatlar sifati va hokazo.);
- ta’lim segmentining samaradorligi (rentabelligi);
- ta’lim segmentining o‘sish istiqbollari (bashorati);



Yuqori 1 2 3

Bozorning O‘rta 4 5 6


jozibadorligi

Past 7 8 9

Raqobatbardoshlik Past O‘rta Yuqori


3.4-rasm. McKinsey matritsasi
b) ta’lim segmentiga kirish imkoniyati, bu quyidagilarni batafsil o‘rganib chiqishni va baholashni o‘z ichiga oladi:
- ta’lim segmentiga kirishda institutsional mexanizmlarning to‘siq bo‘lmasligi;
`- yetarli, shuning bilan birgalikda, qanoatlantiriladigan bilimlarni shakllantirish yo‘llari bilan iqtidorli o‘quvchilarni OTM larga yo‘naltirish imkoniyati va boshqalar.
Ikkinchidan, umumiy o‘rta ta’lim maktabining raqobatbardoshligini batafsil o‘rganib chiqish va baholash omillari:
- umumiy o‘rta ta’lim maktabi tomonidan ma’naviy jihatdan yangi (ilg‘or) texnologiyalarni olib kirish va iqtidorli o‘quvchilarni shakllantirish darajasi;
- raqobatchi umumiy o‘rta ta’lim maktablari shakllantirayotgan iqtidorli o‘quvchilar sifatiga qaraganda, o‘zi tomonidan shakllantirayotgan iqtidorli o‘quvchilarning sifatiylik darajasi;
- umumiy o‘rta ta’lim maktabining brendi va uning raqobatdosh ta’lim muassasalari brendlari bilan qayoslaganda o‘ziga rom qilish jihatlari;
- shakllantirayotgan iqtidorli o‘quvchilarni OTM larga yo‘naltirish usullari va vosutalari, kanallari va boshqalar.
Oxir oqibat har bir shakllantirayotgan iqtidorli o‘quvchilar va ularga ko‘rsatilgan ta’lim xizmatlari ushbu omillar sifatida baholanadi va matritsaning to‘qqizta to‘rtburchagining biridan o‘z joyini topadi.
E’tiborni tortadigani bu uchinchi to‘rtburchakga joylashadigan o‘quvchilar va ko‘rsatilgan ta’lim xizmatlaridir, chunki ushbu o‘quvchilar va ko‘rsatilgan ta’lim xizmatlari eng jozibali va umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘z iqtidorli o‘quvchilarini shakllantirish va ularni OTM larga yo‘naltirish sohasida ancha raqobatbardoshligini ko‘rsatadi. Mazkur yo‘nalishda “tajovuzkor o‘sish” strategiyasini amalga oshirish tavsiya etiladi9.
Birinchi va ikkinchi to‘rtburchaklarda umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘z iqtidorli o‘quvchilarini shakllantirish va ularni OTM larga yo‘naltirishni kengaytirishni o‘z ichiga oladi.Ammo, lekin bu o‘sish tufayli o‘rtacha darajadagi umumiy o‘rta ta’lim maktabining raqobatbardoshligi sezilarli darajada past bo‘ladi. Chunki raqobatda hamisha o‘zidan kuchli raqibdan qo‘rquv mujassamdir.
Shu kabi munosabat jihatidan o‘xshashliklar oltinchi to‘rtburchakdan iqtidorli o‘quvchilar va ta’lim xizmatlarini talab qiladi, bu yerda ta’lim segmentining o‘rtacha jozibadorligi ushbu sohadagi umumiy o‘rta ta’lim maktabining kuchli pozitsiyasi bilan qoplanadi.
yettinchi, sakkizinchi va to‘qizinchi to‘rtburchaklardan olingan o‘quvchilar va ta’lim xizmatlarni OTM larga yo‘naltirishdan qo‘lga kiritilgan nufuzni yanada kelajagi, ertasi mavjud hududlarga yo‘naltirish va bu o‘quvchilar va ta’lim xizmatlarini o‘z navbati bilan asta-sekin yaratishni bosqichma-bosqich qisqartirish zarur va boshqa diversifikatsion faoliyatga o‘tmoq darkor, chunki mazkur jarayonda bu ta’lim segmentlari ushbu turdagi o‘quvchilarni tayyorlash va ularga ta’lim xizmatlari ko‘rsatishdan to‘yingan.
To‘rtinchi to‘rtburchakdagi o‘quvchilarni tayyorlash va ularga ta’lim xizmatlari ko‘rsatishning ham kelajagi, ertasi yo‘q.
Beshinchi to‘rtburchakdan o‘rin olgan o‘quvchilarni tayyorlash va ularga ta’lim xizmatlari ko‘rsatish guruhida ham OTM ga yo‘naltirish jihatidan jarayon juda avjida emas.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarni tayyorlash va ularga ta’lim xizmatlari ko‘rsatishning o‘rtacha ko‘rkamligi ushbu sohadagi ta’lim muassasalarining o‘rtacha raqobatbardoshligiga mos keladi. Umumiy o‘rta ta’lim maktabi hayotiy tarzini batafsil o‘rganib chiqish (tahlil) natijasi uning ta’lim segmentidagi o‘rni va uning rivojlanish strategiyasi to‘g‘risida juda batafsil ma’lumotlarni taqdim qiladi.


Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling