A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining yuksalish maqsadlari


Download 1.79 Mb.
bet22/54
Sana21.01.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1107814
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   54
Bog'liq
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти

4.2. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining yuksalish maqsadlari

“Maqsadlar, orzu niyatlar” toifasi umumiy inson tafakkuridan kelib chiqadigan xususiyatga ega bo‘lib, boshqaruv funksiyasi bilan tartibga solinmaydi. Inson tafakkuridan kelib chiqadigan har qanday o‘ylab amalga oshirilgan faoliyat yakuniy kutilayotgan pirovard natijaga yetishish mexanizmini va shunga mutanosib tarzda maqsadlarning, orzu niyatlarning davomiyligini, inson shu bilan mavjudligini belgilab beradi. Umuman olib qaralganda, orzu havasni inson tafakkuridan kelib chiqqan holda, uning aqliy faoliyatining pirovardi talqinida ko‘rish mumkin. Ammo, mazkur kelajakni qurishga yo‘naltirilgan strategik boshqaruvda maqsadni, qilingan orzu-istakni uning tarkibiy qismi yoki toifasi sifatida tasavvur qilamiz va muhokama etamiz.


Umumiy o‘rta ta’lim maktablarning yuksalish maqsadlari - bu umumiy o‘rta ta’lim maktabining orzu havas ila oldiga qo‘ygan o‘ziga xos tuyg‘uli holati bo‘lib, unga yetishish yo‘lidagi sa’y-hatakatlari uning boshqaruv bosqichining boshlang‘ich unsurini tashkil qiladi va o‘z navbatida, umumiy o‘rta ta’lim maktabining barcha majmuaviy ko‘radigan chora-tadbirlar dasturi, avvalo, mana shu qo‘yilgan maqsadni ro‘yobga chiqarishga qaratilgan bo‘ladi.
Birinchi navbatda, orzu havas negizidagi maqsadni amalga oshirish uchun bazaviy salohiyatli manba (ko‘rsatkich) lar chamalab tahlil qilib chiqiladi, buning sababi shundaki, maqsad kompetentsiyaviy g‘oya negizidagi burchga nisbatan birmuncha mas’uliyatli, shuning bilan birgalikda, aniqroq talqindir va o‘z navbatida, boshqaruv bo‘yicha ma’lum bir fikrga kelish (qarorlar qabul qilish) jarayonida dastlabki manba bo‘lib ishtirok etadi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari mulkiy majmuasi qiymatidagi o‘zgarishlarning tahlilini o‘tkazib borish har doim ham faoliyat yuritish jarayonida eng yuqori dolzarblik kasb etadi. Vaholanki, ta’lim tizimidagi so‘nggi islohotlar natijasida, yangi bunyod etilayotgan, yoki rekonstruktsiya qilinayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari, Prezident maktablari kabilar mazkur jarayonga yaqqol misol bo‘la oladi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari pirovard narijasining ko‘zgusi sanalgan foyda ko‘rsatkichining o‘sishi eng ahamiyatli omillardan biridir. Har qanday umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘zining kelajak, ya’ni strategik yo‘nalishini belgilayotganda, keyingi 4-5 yil mobaynida nufuz ko‘rsatkichining hozirgi qiymatiga nisbatan nisbiy yoki mutloq tarzda ifodalab, muntazam nufuzni oshirishni o‘z oldiga maqsad etib belgilab olishi mumkin.Vaholanki, bu ko‘rsatkich o‘z navbatida, ishbilarmonlar, tashabbuskorlar qatlamining ko‘payishiga, shuningdek, xalq turmush tarzining yuksalishiga va pirovardida esa, ziyolilar qatlamining ko‘payishiga sabab bo‘ladi va oqibatda ijobiy natijalarga erishiladi.
Bundan tashqari, umumiy o‘rta ta’lim maktabining hozirgi vaqtdagi nufuzi, masalan, uning OTM ga qamrovi joriy o‘quv yilida 30 foizni tashkil qildi deylik. Bunday ko‘rsatkich umumta’lim maktabiga viloyatdagi yoki respublikadagi birinchi o‘ntalik maktablardan biriga aylanish nufuzini taqdim etmoqda. Modomiki, ayrim holatlarda maktab yoki xalq ta’limi bo‘limi rahbariyatining o‘zgarishi, shuning bilan birgalikda, yuqori tuzilmalar tomonidan qo‘yilayotgan talablar natijasida OTM ga qamrov ko‘rsatkichini 50 foizga yetkazish maqsadini o‘z-o‘zidan qo‘yib qo‘yadi.
Umumta’lim maktabining OTM qamrovini oshirish bo‘yicha keng qamrovli texnologik omillar - yangi, zamonav va shuning bilan birgalikda samarali pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtirishi, uni o‘z jamoasiga olib kirishi, yangi, ilg‘or testga tayyorlash texnologiyalarini yaratishi, shuningdek, umumta’lim maktabining o‘z o‘quvchilarini OTM ga yo‘naltirish yuzasidan raqobatbardoshligini oshirishga va uning OTM ga qamrov borasidagi nufuzini oshirishga qaratlgan sa’y-harakatlari, usullari va vositalaridir.
Umumta’lim maktabining OTM qamrovini oshirish bo‘yicha keng qamrovli texnologik omillarining pirovard yakuniy natijasi, OTM ga tayyorlanayotgan o‘quvchilar (OTM ga hujjat topshirgandan so‘ng abituriyentlar) sifatining o‘sishi, ularga ta’lim berish sifatini oshirish bo‘yicha qilinayotgan sa’y-harakarlarning kamayishi va boshqa shu kabi tarkibiy elementlardan iborat bo‘ladi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablar xodimlarining hayotidagi ijobiy o‘zgarishlar orzu-havas yo‘nalishidagi oldinga qo‘yilgan maqsad talqinida qaralishi mumkin bo‘lgan bir belgidir. Modomiki, xodimlar hayotidagi bunday tarzdagi yaxshi tomonga og‘ishlar yuridik va jismoniy shaxslarning sifatli turmush kechirishi bilan bog‘liq bo‘lgan daromad manbaini, ish joylaridagi sharoitlar kabilarni o‘z ichiga qamrab oladi.
Bu kabi talqinlar umumiy o‘rta ta’lim maktabining rivojlanish maqsadlarini shakllantirish uchun asosiy me’zon sifatida qabul qilinadi. Darvoqe, alohida shuni qayd etish zarurki, keltirilgan talqin (ko‘rsatkich) lar bir-biri bilan chambarchas uyg‘unlikda bo‘lib, ulardan bittasining pastga yoki yuqoriga og‘ishi qolgan ko‘rsatkichlarning ham o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Shunday qilib, umumiy o‘rta ta’lim maktablari mulkiy majmuasining yoki aylanma mablag‘larining ko‘payishi umumta’lim maktablarida ko‘proq iqtidorli o‘quvchilarning shakllanishiga (ishlab chiqarish subyektlarida mahsulot yoki xizmatlarni ishlab chiqarishga) olib keladi va oqibatda, umumta’lim maktablarining kvota doirasida OTM ga qamrov ulushini yuqori darajada egallashga imkon beradi va bu, o‘z navbatida, ta’lim berish sifatini oshirish bo‘yicha qilinayotgan sa’y-harakarlarning kamayishiga (ishlab chiqarish subyektlarida mahsulot tannarxini pasaytirishga) imkon beradi va shu asosida yangi pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtirish,ularni umumta’lim maktabi faoliyatiga olib kirish oqibatida ta’lim muassasasi reytingiga sezilarli darajada (ishlab chiqarish subyektlarida sof foydaga) ta’sir qiladi va o‘z navbatida, umumta’lim maktabi reytinginig o‘sishi esa ta’lim muassasasi pedagogika jamoasining kayfiyatini ma’naviy-ruhiy jihatdan ko‘tarishga xizmat qiladi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining kelajak strategik rivojlanish maqsadlariga bir qancha talablar qo‘yiladi. Ular quyidagilardir:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling