A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Download 1.79 Mb.
bet43/54
Sana21.01.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1107814
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   54
Bog'liq
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти

STRATEGIK USTUNLIK

Strategik maqsad




Ota-ona va o‘quvchi tomonidan qabul qilingan pedagogik uslubiyat va texnologiyaning o‘ziga xosligi

Qilinayotgan sa’y-harakatlar darajasidagi holatlar

Butun ta’lim segmenti bo’yicha

Farqlash

Mutloq sa’y-harakatlarlar yetakchiligi

Alohida ta’lim segmenti ichida

Ustamonlik


8.3-rasm. Asosiy strategiya turlari orasidagi tabaqalashtirilgan tavofutlar
Strategiyaning uchta asosiy turlari nafaqat funksional xususiyatlari, balki boshqa parametrlari bilan ham farqlanadi.
Umumta’lim maktablarining raqobat kuchlariga qarshi turish va boshqa ta’lim muassasalariga qaraganda yaxshiroq ishlashga erishish uchun potentsial muvaffaqiyat qozonuvchi asosiy uchta strategiyasini a’lo darajada ro‘yobga chiqarish uchun turli xil moliyaviy va mehnat resurslari hamda o‘z navbatida, ularning malaka va ko‘nikmalari zarur bo‘ladi. Shuning bilan birgalikda, eng asosiysi, yuqorida qayd etilgan strategiyalarning asosiy turlari uchun turli tashkiliy shartlar, nazorat tartiblari va rag‘batlantirish tizimlari talab qilinadi.
Ammo, shuni alohida qayd etish joizki, umumta’lim maktablari o‘zi faoliyat yuritayotgan, tanlagan strategiyasi doirasida muvaffaqiyat qozonishi uchun, odatda, dastlabki vazifa sifatida birorta o‘ziga munosib strategiyani ushlab qolib, uni rivojlantirib, uning ko‘magida ancha vaqt faoliyat yuritishi maqsadga muvofiqdir.
8.1- jadval, umumta’lim maktablarining raqobat kuchlariga qarshi turish va boshqa ta’lim muassasalariga qaraganda yaxshiroq ishlashga erishish uchun potentsial muvaffaqiyat qozonuvchi asosiy uchta strategiyasining asosiy turlarini ro‘yobga chiqarish bilan uyg‘unlashgan majmuaviy ahamiyatga molik bo‘lgan ba’zi majbiriyatlarni umumta’lim maktablari oldiga ko‘ndalang qilib qo‘yadi.
Umumta’lim maktablarining rivojlanish strategiyasini tanlash va ro‘yobga chiqarishning muvaffaqiyati, ta’lim muassasasining ta’lim segmentida maqbul tarzda strategik joylashuviga, shuningdek, uning ichki, ya’ni imkoniyatlari evaziga yuzaga keladigan kuchli jihatlari va tashqi muhitdan ta’sir qiladigan xavf-xatar negizidagi tahdidlar evaziga paydo bo‘ladigan zaifliklarini har taraflama, atroflicha o‘rganib chiqishga va o‘z navbatida, baholash bilan uyg‘unlashgandir. Umumta’lim maktabi ta’lim segmentida o‘z o‘rnini bilib, belgilab, tanlagan strategiyasi bo‘yicha faoliyat yuritsa va shu bo‘yicha rivojlanish xaritalarini yaratsa, u hamisha yutuqlarni qo‘ldan bermaydi, raqobat iskanjasiga tushmaydi.
Umumta’lim maktabining ta’lim segmentida maqbul tarzda strategik joylashuv strategiyasini yaratishini tashkil etish, ta’lim muassasasining faoliyat ko‘lamiga bog‘liq. Ba’zi ta’lim muassasalarida asosiy rivojlanish strategiyasini ishlab chiquvchi yetakchilar bo‘lib, ular strategiyani shakllantirishda faol ishtirok etadi. Ushbu guruh ish tajribasiga ko‘ra, qolgan ta’lim muassasalarida ham maktab direktorlari, ularning o‘rinbosarlari barcha ishtirokchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan strategiyani ishlab chiqishda asosan o‘zining asosiy qo‘l ostidagilarini jalb qilishi maqsadga muvofiq yo‘l deb tavsiya etiladi. Odatda, ko‘pgina yirik ta’lim muassasalarida maktab direktorlari, ularning o‘rinbosarlari strategik rejalashtirish tuzilmasi yoki maqsadli guruhni shakllantirish vakolatini shakllangan ishchi guruhga beradi.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling