A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/64
Sana25.01.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1121214
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   64
Bog'liq
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти

negizidagi tahdidlarning qudratini (ko‘lamini) aniqlash. Qudrat deganda ma’lum
bir imkoniyat yoki tahdidning umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyatiga ta’sir qilish
ko‘lami, ya’ni qodirlik darajasi tushuniladi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari
faoliyatini batafsil o‘rganib chiqish (tahlil) ko‘plab omillar ichidan eng
muhimlarini, ya’ni umumiy o‘rta ta’lim maktabini sezilarli darajada kuchaytirishi
yoki susaytirishi mumkin bo‘lgan, yoki uning hayot faoliyatini jiddiy ravishda
yomonlashtirishi mumkin bo‘lgan imkoniyatlarni va xafv-xatar negizidagi
tahdidlarni aniqlaydi. Misol uchun, agar umumiy o‘rta ta’lim maktabi OTM ga
kvotaning juda kam darajada (3-5% dan ko‘p bo‘lmagan) qismini tasarruv eta
oladigan va shu bilan birga muntazam raqobatchilar yengilayotgan (ishlab
chiqaruvchilar va xizmar ko‘rsatuvchilar uchun yetkazib beruvchidan) negiz
faoliyat subyektidan zaruriy boshqariladigan obyekt (ishlab chiqaruvchilar va
xizmar ko‘rsatuvchilar uchun ashyolarni sotib olish), uning (ishlab chiqaruvchilar
va xizmar ko‘rsatuvchilar uchun bozor) negiz faoliyat subyektini faoliyatdan
chiqishiga majbur qiladi. Ammo bu (ishlab chiqaruvchilar uchun xaridorlar)
talabgorlar (talabgorlar o‘rnida faoliyat xususiyatiga qarab xaridorlar, mijozlar va
ta’lim muassasalari uchun o‘quvchilar ishlatiladi) uchun fojia bo‘lmaydi, chunki
boshqa ishlab chiqaruvchilarning yoli boshqa faoliyat subyektlarining aynan shu
boradagi hamkorlik natijalaridan foydalanish mumkin bo‘ladi. Agar umumiy o‘rta
7
Aynakulov M.A., Kuchimov A.X., Menejment. O‘quv qo‘llanma. J:. JizPI tipografiyasi nashriyoti, 2019-392 b.


49
ta’lim maktabi joylashgan mintaqada (ishlab chiqaruvchilar, xizmat ko‘rstuvchilar
uchun bitta yetkazib beruvchi) bitta negiz faoliyat subyekti bo‘lsa va boshqa
mintaqalardan negiz faoliyat subyekti (yetkazib beruvchilar) ning hamkorligi
(xizmatlari) dan masofa uzoqligi sababli foydalanish imkoni bo‘lmasa, bunday
holatda butunlay boshqacha qudratli xavf-xatar tahdidi yuzaga keladi. Albatta
ko‘rinib turibdiki, bu kabi hamkorlik aloqalariga, jarayonga yuqori transport
xarajatlari o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Bunday (ishlab chiqaruvchilar, xizmat
ko‘rstuvchilar uchun yetkazib beruvchi) negiz faoliyat subyektining hamkorlik
qilishdan bosh tortishi esa umumiy o‘rta ta’lim maktabini faoliyat yuritishini
falokat (bankrotlik) yoqasiga keltirib qo‘yishi mumkin.
3. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun muayyan imkoniyatlar yoki xavf-
xatar negizidagi tahdidlarning paydo bo‘lish ehtimolini baholash. Umumiy o‘rta
ta’lim maktablari oldida o‘zi tasavvur etolmaydigan shunday imkoniyatlar mavjud
bo‘ladiki, bularning maktab uchun qanday taqdim qiladigan ulushini taxmin qilish
yoki imkoniyatning salbiy ko‘rinishdagi aksi bo‘lgan xavf-xatar negizidagi
tahdidlar esa faqat nisbatan bo‘lishi mumkin (ularni bartaraf etish shaxsning
o‘ziga bog‘liq). Xo‘sh o‘zi tasavvur etolmaydigan imkoniyatning beradigan
qudratini yoki kelishi mavhumroq faqat nisbatan bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavf-
xatar negizidagi tahdidlarni qanday payqash mumkin? Albatta, bunday holatda
avvalobor, ilmiy asoslarga, shuningdek, asoslangan ilmiy bashoratlarga ishonish va
tajribadan va mahoratdan kelib chiqadigan sezgiga tayanish tavsiya etiladi. Aslida,
aksariyat hollarda umumiy o‘rta ta’lim maktabi uchun o‘zi tasavvur etolmaydigan
imkoniyatlar yoki xavf-xatar negizidagi tahdidlarning yuzaga chiqishi umumiy
o‘rta ta’lim maktabining keng jamoatchiligiga ma’lum bo‘lgan boshqa faoliyat
yurituvchi subyekrlar hayoti bilan uyg‘un bo‘lgan juda hayotiy, haqqoniy voqea va
hodisalar bilan chambarchas bo‘g‘langan holda bo‘ladi. Masalan, qishloqga
sanoatni olib kirish, qishloq (qo‘rg‘on) hududi orqali temir yo‘l uchun temir
relslarni yotqizish yoki avtomobil magistral yo‘li uchun asfalt yotqizish, boshqa
hududlardagi yirik xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan foydali hamkorlik


50
kelishuvlarini tuzish va hokazolar, bu vaziyatni imkoniyat sifatida xolisona
o‘zgartirib yuborishi mumkin. Xolbuki, bunday imkoniyat o‘z navbatida
diversifikatsiyon faoliyat sifatida umumiy o‘rta ta’lim maktabining tadbirkorlik
faoliyati uchun yangi shart-sharoitlar yaratishga asos bo‘lib xizmat qiladi.
4.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun muayyan imkoniyatlar yoki xavf-
xatar negizidagi tahdidlarni tasniflash ikki o‘lchovli matritsa vositasida bajariladi.
Kuch-qudrat yoki omilning qudrati tik holatda chiziladi, ya’ni o‘zi tasavvur
etolmaydigan imkoniyatlar yoki xavf-xatar negizidagi tahdidlar esa yotiq holatda
tasvirlanadiki, bunday holatda har doim ham xavf-xatar hujumi kutiladi. Bunday
tasvirlarda koordinatalar, maktabning o‘zi tasavvur etolmaydigan imkoniyatlar va
xavf-xatarlar (tahdidlari) maydoni to‘rtta to‘g‘ri burchakga bo‘linadi. Xulosa qilib
ta’kidlash mumkinki, o‘zi tasavvur etolmaydigan iimkoniyatlar uchun alohida va
xavf-xatar negizidagi tahdidlar uchun alohida amalga oshiriladi.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling