A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti
“Umumiy o‘rta ta’lim maktablari xodimlari”
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Kichik tadbirkorlik firmalari”
- “Faoliyatni gorizontal holatda qo‘shish”
- “Faoliyatni umumiy holatda qo‘shish”
- “Umumiy o‘rta ta’lim maktabining transformatsion sa’y-harakati”
“Umumiy o‘rta ta’lim maktablari xodimlari” - umumiy o‘rta ta’lim
maktabining shtat jadvalida rasman qayd etilgan va doimiy asosda ishlaydigan xodimlar. “Zo‘ravonlar” - bu o‘z sohasida texnik taraqqiyotga yetakchilik qiladigan, faoliyatning keng diversifikatsiyasiga ega bo‘lgan, yirik ta’lim segmentini egallashga e’tibor qaratadigan va monopollashtirish, integratsiya va raqobatbardosh xatti-harakatlarning tajovuzkor shakllaridan foydalangan holda raqobatchilarni bostirishga intiladigan yirik umumiy o‘rta ta’lim maktablaridir. “Kichik tadbirkorlik firmalari” - bu, odatda, ishlab chiqarish va maishiy xizmatlar ko‘rsatishda faoliyat yurituvchi, hamkorlik strategiyasiga 220 va moslashuvchan raqobatbardosh xulq-atvorga rioya qiluvchi kommutantlar. “Faoliyatni gorizontal holatda qo‘shish” - bir xil ta’lim turiga ega bo‘lgan yoki ta’lim berishning bir xil bosqichlarini amalga oshiruvchi o‘xshash ta’lim muasasalarini birlashtirish. “Faoliyatni vertikal holatda qo‘shish” – o‘quvchilarni OTM larga yo‘naltirishning pedagogik-texnologik jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan o‘xshash ta’lim muasasalarini birlashtirish, ya’ni o‘quvchilar holatining dastlabki bosqichlaridan tortib, to OTM lariga yo‘naltirishgacha bo‘lgan masofani bosib o‘tish. “Faoliyatni umumiy holatda qo‘shish” – turdosh ta’lim muassasalarining birlashmasi. Masalan, maktabgacha ta’lim tashkiloti, shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim maktabi va OTM larining o‘zaro hamkorlik munosabatlari bunga yaqqol misol bo‘la oladi. “Umumiy o‘rta ta’lim maktabining transformatsion sa’y-harakati” - Umumta’lim maktablarining strategik rivojlanishi bo‘yicha transformatsion sa’y-harakati deganda, tarkibiy jihatdan muvozanatli raqobatbardosh faoliyatini va asosiy ta’lim faoliyatiga infratuzilmaviy jihatdan xizmat qiluvchi strategik jihatdan tashkil qilingan tashkiliy tuzilmasini texnologik jihatdan, shuning bilan birgalikda, strategik nuqtayi nazardan shakllantirish bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati bog‘inlari, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi va bo‘limlari hamda turli faoliyat yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi strategik tus beruvchi o‘zaro hamkorlik munosabatlari tizimi tushuniladi 221 Ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” Qaroriga (https://uzedu.uz/uz/halk- talimini-rivozlantirisga-oid-kusimca-cora-tadbirlar-tugrisida) asosan, 2022 yilning 1 sentyabridan boshlab xalq ta’limi tizimidagi muassasa va tashkilotlar rahbarlariga byudjetdan tashqari mablag‘larini mustaqil tasarruf etish huquqi berilmoqda. Mazkur qaror qabul qilingunga qadar xalq ta’limi tizimidagi muassasa va tashkilotlarning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 25 foiz miqdorida to‘lab kelingan bo‘lib, yangi tartib bo‘yicha ushbu miqdor 1 foiz etib belgilandi. Ya’ni muassasa va tashkilotlarning byudjetdan tashqari daromadlari 24 foizga ko‘payishiga erishiladi. Misol uchun, Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida joylashgan 26 sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi tomonidan 2021 yil davomida byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan jami 2,4 mlrd. so‘m mablag‘ni xodimlariga qo‘shimcha ish haqi, ustama va mukofotlarga yo‘naltirgan bo‘lib, shundan 482 mln. so‘m ijtimoiy soliq to‘lovlarini tashkil etgan. Endilikda esa, joriy yilda ham shu miqdordagi mablag‘larni xodimlarni qo‘shimcha rag‘batlantirishga yo‘naltiradigan taqdirda maktab ixtiyorida yangi imtiyozlar hisobiga qo‘shimcha 462,5 mln. so‘m mablag‘ qolib, atigi 19,5 mln. so‘m ijtimoiy soliq uchun to‘lanadi. Eslatib o‘tamiz, qo‘shimcha xizmat ko‘rsatishdan tushgan byudjetdan tashqari mablag‘larni yashirgan, shuningdek, xodimlarga norasmiy ish haqi to‘lagan xalq ta’limi tizimidagi muassasa va tashkilotlarning rahbarlari qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling