A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Глухoв В.В. Менежмент: Учебник. 3-изд.- СПб. Питер, 2009, - 608 с


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/64
Sana25.01.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1121214
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   64
Bog'liq
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти

Глухoв В.В. Менежмент: Учебник. 3-изд.- СПб. Питер, 2009, - 608 с


207
tarzda faoliyat yuritish, ko‘rinib turibdiki, salbiy tomonlarga ega bo‘ladi. Albatta,
bu ommalashtiriladigan texnologiyalar qiymatiining birligiga, shuningdek,
texnologiyalarni ularning chetdan olib kelinadigan qismlarining qiymatiga
qiyslanganda, chetdan olib kiruvchi texnologiyalar o‘zinikiga nisbatan, ushbu
ta’lim muassasalariga va butun mamlakat ta’lim segmentiga salbiy jihatdan ta’sir
qilish imkoniyatiga sabab bo‘ladi.
Ta’lim muassasasining strategik tusdagi o‘zining transformatsion sa’y-
harakati tufayli egallagan, shuningdek, chetdan keltiriladigan uslubiyat va
texnologiyalarning o‘rnini bosuvchi pedagogik usubiyatini yoki asosiy ta’lim
faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi ishlab chiqarish maqomiga ega bo‘lgan
qo‘shimcha strategik faoliyati - bu tashqi tahdidlardan himoya qilishni amalga
oshirish va milliy o‘rta ta’lim muassasalarining mustahkam o‘rnini ushlab turish
orqali, ularning strategik dasturi bo‘yicha rivojlantirish asosida ichki nufuzini
ta’minlash strategiyasidir.
Chetdan keltiriladigan uslubiyat va texnologiyalarning o‘rnini bosuvchi
transformatsion sa’y-harakati, umumta’lim muassasasining strategik tuzilmasini
takomillashtirishga, ichki faoliyatni me’yorlashtirishga, pedagog va texnik
xodimlar bandligini muntazam ta’minlashga, diversifikatsiyani rivojlantirishga,
eng asosiysi pedagogik salohiyatni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Transformatsion sa’y-harakatning chetdan keltiriladigan uslubiyat va
texnologiyalarning o‘rnini bosuvchi modeli o‘zining salbiy va ijobiy tomonlariga
ega, xususan ular:
1) Ijobiy jihatlari:
-
jahon ta’lim segmentidagi yangi tendentsiyalardan o‘zini-o‘zi himoya
qila oladi;
-
milliy ta’lim ishtirokchilari uchun alohida sharoitlarini birgalikda
qurish imkoniyatiga ega bo‘ladi;
2) Salbiy jihatlari:


208
-
texnologik jihatdan raqobatbardosh rivojlangan mamlakatlardan
orqada qolish xavfi mavjud;
-
ta’limga oid resurslarni samarasiz boshqarishga va foydalanishga olib
keladi;
-
boshqa mamlakatlarda mavjud bo‘lganlarga nisbatan ko‘proq kapital
va resurs talab qiladigan to‘liq ta’lim zanjirlarini qurish zaruratiga olib keladi.
Transformatsion sa’y-harakatning yangiligi shundaki, turi mamlakatning
ichki va tashqi ta’lim segmentidagi rivojlanish jarayoniga, yuqori pedagogik
texnologiyali va kapital talab qiluvchi qo‘shimcha tashkil qilingan diversifikatsion
yo‘nalishlaridan foydalangan holda texnologik va ijtimoiy rivojlanishning eng
yangi jihatlariga asoslanadi.
Transformatsion sa’y-harakatning yangiligi umumta’lim maktabining
pedagogik, shuning bilan birgalikda texnik salohiyatining sifatiy ko‘lami bo‘yicha
uning ta’lim segmentidagi raqobatbardoshligining belgisidir.Umumta’lim
maktablarining salohiyat ko‘rsatkichi, ta’lim muassasalarining rivojlanishini
rag‘batlantiradi va o‘z navbatida, milliy iqtisodiyot tarmoqlarini malakali kadrlar
bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab, ta’lim
sohasida ham o‘zgarishlar davom etmoqda. 2023 yilning “Insonga e’tibor va
sifatli ta’lim” yili deb nomlanishi ham buning yaqqol misolidir.Dunyo
mamlakatlari tajribasini qo‘llagan holda, O‘zbekiston Respublikasining ta’lim
siyosatida ham amalga oshirilayotgan strategiyalarning samaradorligi va o‘zini-
o‘zi tartibga solishga yo‘naltirilgan 41 ta OTM ga moliyaviy va akademik
mustaqillikning berilishi ham, ularda “transformatsion ofis” larning ochilishi ham
erkinlik, ya’ni o‘z-o‘zini boshqarish usulining tadbiq etib kelinayotganligidan
dalolatdir.
O‘zbekisron Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida, shuningdek,
tub ta’lim islohotlarining boshida, umumta’lim maktablarining transformatsion
sa’y-harakatlari g‘oyasi, mazkur soha bo‘yicha institutsional muhitni yaratish,


209
ta’limni strategik rivojlantirish vositasida ta’lim muassasalarining ichki
muammolarini davlat aralashuvisiz mustaqil o‘zi hal qiladi, degan konseptual
g‘oyaga tayanildi.
Mamlakatimiz mustaqilligining so‘nggi 10 yilliklarida umumta’lim
maktablari uchun ham “Korxonalar to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq erkinlik
g‘oyasiga asoslanib, strategik tusga ega bo‘lgan diversifikatsion tarzda faoliyat
yuritishiga qonun yo‘li bilan ruxsat etildi va hozirgi kungacha uning mavjud
mexanizmlari va vositalari takomillashtirilib kelinmoqda. Aslida, umumiy holatda
alohida maqsadli strategik dasturlarni yaratish yo‘lidagi sa’y-harakatlar ko‘lami
mamlakatimiz bo‘yicha birmuncha ko‘paydi, shuningdek, ularni ro‘yobga
chiqarishning ustuvor yo‘nalishlari ro‘yxati shakllantirildi.
Chunki, mamlakatimizda “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” ni yaratish
chog‘ida, avvalo, najot faqat tarbiyada, najot faqat tarbiya negizidagi ta’limda,
shuningdek, najot faqat bilimda va ilmda g‘oyasi tayanch dasturamal bo‘lib
maydonga chiqmoqda.
Chetdan keltiriladigan uslubiyat va texnologiyalarning o‘rnini bosuvchi
diversifikatsion tarzda tashkil qilingan strategik yo‘nalishlar va ta’lim
muassasalarining majmuaviy ko‘rinishlari, masalan, kichik ishlab chiqarish
shaxobchasi yoki kichik xizmat ko‘rsatish sohalari, umumta’lim maktabining
transformatsion sa’y-harakati negizida tashkil qilingan strategik tuzilmasining
asosiy quyi subyektlari sifatida tasavvur qilinishi mumkin.
Umumta’lim maktablarining strategik asosdagi diversifikatsion faoliyatini
yaratishga yondashuv 2022 yilga kelib taktik muammolarni hal qilishdan,
kelajakga qaratilgan 2026, 2030 yillarga mo‘ljallangan umumta’lim maktabini
rivojlantirish bo‘yicha taraqqiyot strategiyasigacha chiqdi.
Hozirgi vaqtda mamlakatimizning strategik rivojlanish bo‘yicha kun
tartibida, ta’lim muassasalarini rivojlantirishning maktabgacha ta’limdan boshlab,
to oily ta’limgacha bo‘lgan, ularni o‘zaro bog‘lovchi mexanizmlarni shakllantirish
masalasi asosiy vazifa sifatida turibdi. Mazkur jarayonning dastlabki bosqichlarida,


210
uning rivojlanishi uchun o‘quvchilarni kreativ fikrlashga o‘rgatishga asosiy e’tibor
qaratilgan. Bu bosqichdagi asosiy vazifa raqobatbardosh yuqori texnologiyali
pedagogik uslubiyatlarni qo‘llash va tadbiq etish uchun sharoit va mexanizmlarni
yaratish deb belgilab berilgan.
Umumta’lim maktablarining kelajakga xizmat qiluvchi strategik
ko‘rinishdagi diversifikatsion tuzilmasi tashqi muhit tagdidlariga qarshi turib
berishga, umumta’lim maktabining keng ko‘lamli ichki imkoniyatlarini yaratishga
va boshqarishga qodir bo‘lgan doimiy “moslashgan” va “aqlli” ta’lim segmenti
ko‘rinishini olishi lozim.
Mazkur harakatda, umumta’lim maktablarining strategik tusdagi o‘zining
transformatsion sa’y-harakatini ishlab chiqishda, ko‘zlanayotgan strategik
maqsadlarni, jumladan, yangi pedagogik va asosiy faoliyatga xizmat qiluvchi
diversifikatsion texnologiyalarning harakatchanligi, bu borada olib borilayotgan
fundamental va amaliy loyihalar o‘rtasidagi tavofutlar negizida zamonaviy ta’lim
tizimlarning yangi texnologik markazini yaratilish ahvoli, raqamli texnologiyalarni
rivojlantirish va qo‘llanilish jarayoni, yangi ta’lim texnologiyalarini o‘zlashtirilishi,
diversifikatsion tarzda tashkil qilingan ishlab chiqarish sohasini kengaytirish
kabilar hisobga olinishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasining 2030 yilgacha bo‘lgan davrda uzoq muddatli
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish kontseptsiyasiga muvofiq strategik maqsad
mamlakatni jahon iqtisodiyotining yetakchilaridan biriga aylantirishdir. Ushbu
maqsadni ro‘yobga chiqarishda esa albatta, ta’lim muassasalarining, shu jumladan,
ular yetishtiirib berayotgan kadrlarning o‘rni beqiyosdir.
Ushbu maqsadga erishish umumta’lim maktabi faoliyatini diversifikatsiya
qilish dastlabki o‘rinda turadi, chunki, uning tarkibida yetakchi rol “bilimlarni
hosil qilish” dan “kasb-hunarga ega bo‘lgan mutaxassis” yoki “OTM ga talaba
bo‘lish” boshqichiga, pirovardida esa, vatan ravnaqi, uning kelajagi yo‘lidagi
milliy iqtisodiyotning ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sogalaridagi
ko‘rsatiladigan fidoyilikga o‘tadi.


211
Umumta’lim maktablarining kelajakga xizmat qiluvchi strategik
ko‘rinishdagi diversifikatsion yo‘nalishini rivojlantirishni o‘z ichiga qamrab olgan
me’yoriy-huquqiy hujjatlar to‘plami tarkibiy jihatdan quyidagilarga asoslanishi
kerak:
birinchidan, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining kelajakga xizmat qiluvchi
strategik ko‘rinishdagi diversifikatsion faoliyatini rag‘batlantiradigan va ta’lim
muassasasiga byujetdan tashqari mablag‘ olib kiruvchi yuqori raqobatbardosh
institutsional muhitni yaratish asosida raqobatbardosh ta’lim segmentini
rivojlantirish, o‘ziga tegishli bo‘lgan ta’lim segmentini izchil monopoliyadan
chiqarish, kreativ muhitni qo‘llab-quvvatlash, byujetdan tashqari shakllanadigan
jamg‘armalarning kapitalga aylanishini va o‘z navbatida, ta’lim faoliyatiga yetuk
pedagoglar tarkibini jalb qilish maqsadida, ularni shu maqsad yo‘lida ish haqi
shaklida yo‘naltirilishini amalga oshirish;
ikkinchidan, kreativ texnologik rivojlanish asosida ta’lim segmentini
tarkibiy diversifikatsiya qilish, ya’ni davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini
qo‘llash orqali strategik ahamiyatga molik bo‘lgan diversifikatsion yo‘nalishlarni
asosiy ta’lim faoliytidan tashqari, qo‘shimcha unga xizmat ko‘rsatuvchi soha
sifatida yaratish, umumiy o‘rta ta’lim maktabining mazkur turdagi diversifikatsion
yo‘nalishlari uchun investitsion manbalaridan foydalanish shart-sharoitlarini
yaxshilash, diversifikatsion yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar sifatiga e’tibor
qaratish;
uchinchidan, ta’lim segmentida har doim ilg‘orlikni qo‘ldan bermay
kelayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining nufuzini ta’minlab beruvchi
ahamiyatli raqobatdosh ustunliklarini mustahkamlash va kengaytirish, umumiy
o‘rta ta’lim maktabi hududida yangi resurs manbalaridan, ilg‘or innovatsion
texnologiyalardan foydalangan holda, qo‘shimcha faoliyat sifatida kichik sanoat
tugunlarini rivojlantirish.
Bugungi kunda ta’lim jarayonining past texnologik darajasi, shuningdek,
umumiy o‘rta ta’lim maktablarining faoliyat texnologik zanjiriga kiruvchi boshqa


212
hamkor sifatida faoliyat yurituvchi subyektlar tomonidan o‘zaro fikr
almashuvchanlik darajasining sustligi, pirovardida esa, yuqori sifatli kadrlarga
bo‘lgan ehtiyojning sezilmasligi kabi holatlar ko‘proq ko‘zga tashlanmoqda.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyatida yangi O‘zbekiston strategiyasi
bo‘yicha yangicha rivojlanishning yangi sifat bosqichiga o‘tish uchun
diversifikatsion yo‘nalishlar, ishonchli, shuning bilan birgalikda kafolatli xo‘jalik
yuritishni, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni takomillashtirishni va ularga ta’limga
xizmat ko‘rsatuvchi qo‘shimcha tarzda tashkil etilgan diversifikatsion sektorning
barcha bog‘inlari o‘rtasida taqsimlashni o‘z ichiga olgan bo‘lishi maqsadga
muvofiqdir. Shu bilan birga, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining strategik
yo‘nalishlar bo‘yicha texnologik jihatdan rivojlanish darajasi, yangi O‘zbekiston
strategiyasiga qaratilgan bo‘lishi, ya’ni unga xizmat qilishi lozim.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyatidagi bu kabi diversifikatsion
yo‘nalishlar qo‘shimcha ravishda jalb qilish negizidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri
subsidiyalar, homiylik yordamlari, ilg‘or ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish
texnologiyalarini, shuningdek, xorijiy tajribani o‘rganish asosidagi ta’limni
yangilash, boshqa viloyatlar ta’lim muassasalari bilan hamkorlik negizida (masalan,
Buxoro viloyati), o‘zaro tajriba almashish, almashuv dasturlarini amalga oshirish
vositasida ro‘yobga chiqariladi.
Dunyo mamlakatlari hayotidagi 2008 yilda bo‘lib o‘tgan
moliyaviy-
iqtisodiy inqiroz, jahon iqtisodiyotidagi salbiy o‘zgarishlar singari ta’lim
segmentini ham chetlab o‘tmadi, xususan, AQSh ta’lim segmentida davlat
tomonidan qo‘llab-quvvatlanib turilgan ba’zi ta’lim sektorlarining davlat
boshqaruvi izdan chiqqanligi bois, o‘z diversifikatsion faoliyatini vaqtincha yoki
butunlay to‘xtatgan, oqibatda, talabgor o‘quvchilar va ota-onalar noroziligini
keltirib chiqargan.
Bu kabi holatlarda davlat boshqaruvi va ta’limning asosiy faoliyat tizimi,
shuningdek, qo‘shimcha diversifikatsion tarzda tashkil qilingan strategik
ahamiyatdagi transformatsion sektor o‘rtasidagi hamkorlik tizimi o‘zini yaqqol


213
namoyon qiladi. Dastavval, ta’limni qo‘llab-quvvatlashga ko‘makdosh bo‘lgan
moliya sektori, davlat bilan ta’lim muassasasi o‘rtasidagi aloqalarning barbod
bo‘lishining asosiy sababchisi sifatida maydonga chiqdi.
Darhaqiqat, AQSh ta’lim muassasasi misolida “xususiy majbiriyatlarning
suverenlashuvi” yuz berdi, davlat banklar va korporatsiyalar qarzlarining muhim
qismini, shu jumlada, ta’lim muassasalarining ham faqatgina asosiy ta’lim faoliyati
bilan bog‘liq bo‘lgan ba’zi majburiyatlarini o‘z zimmasiga olishga majbur bo‘ldi.
AQSh da inqirozga qarshi dasturlar va ko‘pincha inqirozdan oldingi ijtimoiy
majburiyatlarning muvozanatsiz o‘sishi byudjet taqchilligining rekord darajada
bo‘lishiga olib keldi.
Yangi O‘zbekiston strategiyasi sharoitida mamlakat ta’lim jarayoni fan
olimpiadalarida birinchiliklarni olish bilan, shuningdek, turli xil fan tanlovlarida,
masalan, D. Mendeleyev, ya’ni kimyo fani bo‘yicha tanlovlarda arenaga chiqish
nuqtayi nazaridan kuchli o‘sish markazlaridan biriga aylanishi ehtimoli mavjud.
Modomiki, shunday ekan, kelgusi yillarda mamlakatimiz umumiy o‘rta ta’lim
muassasalarining aksariyati, raqobatbardosh kadrlar salohiyatini amalda yaratishi
va o‘sib borayotgan yangi ta’lim segmentlarida ham munosib mavqega, nufuzga
ega bo‘lishi mumkin.
Bu mamlakatimiz uchun an’anaviy tarzda ta’limga oid resurslarini ham,
pedagogik kreativlikni rivojlantirishni ham, intellektual ta’lim sohalarini ham o‘z
tarkibiga qamrab oladi. Jahon miqyosida fan-texnika taraqqiyotining shiddat bilan
rivojlanishi (fan-texnika taraqqiyotidagi siljishlar 1980 yillarda 10-15 yilda
o‘zgargan bo‘lsa, hozirgi kunga kelib 3-5 yilda o‘zgarayapti) yangi O‘zbekiston
sharoitida faoliyat yuritadigan umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun ham o‘z
tuzilmasini strategic yo‘nalish bo‘yicha diversifikatsion tarzda takomillashtirishga
yo‘l ochib beradi. Bugungi kunda hech bir faoliyat yurituvchi subyektning
faoliyatini dunyodan ajralgan holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham,
xuddi pandemiya kabi dunyoda kechayotgan har bir global inqirozga o‘xshash
holatni keltirib chiqaruvchi vaziyatlar, barcha milliy faoliyat sohalari uchun o‘ziga


214
xos “stress-test”ga aylanib, o‘z navbatida, o‘ziga xos bo‘lgan tarkibiy
muammolarni yanada kuchaytirib yuborishi ehtimoli mavjud.
Bundan tashqari, dunyoda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan favquloddagi
vaziyatlarga nafaqat milliy faoliyat sohalarini, uning raqobatbardoshligini oshirish
yo‘li bilan hamda samarali transformatsion sa’y-harakatlarni amalga oshirish
vositasida tik turib, bardosh berib, shuning bilan birgalikda, uni og‘riqsiz o‘tkazib
yuborish mumkin.
Mamlakatimizdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari oldida diversifikatsion
rivojlanish bo‘yicha amalga oshirishi lozim bo‘lgan asosiy strategik
ustuvorliklarining o‘ziga yarasha bir qancha institutsional talablari mavjud, ular
quyidagilardir:
- kreativlik negizidagi innovatsiyalarga asosiy e’tiborni qaratish;
- sarmoyaviy muhitni yaratish;
- kichik tadbirkorlik yo‘nalishlarini rivojlantirish;
-
faoliyat yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik
munosabatlar samaradorligini oshirish. Yagona faoliyat makonini yaratish;
-
bu kabi strategik yo‘nalishlarning davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlanishi maqsadida uning institutsional asoslarini yaratish;
- qilinayotgan sa’y-harakatlar samaradorligi.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash mumkinki, umumiy o‘rta ta’lim maktablari
oldida turgan bu kabi ustuvorliklar to‘plamining barchasi, ta’lim muassasasining
yangilanish jarayonini, ya’ni “yangi maktab” maqomini shakllantirish uchun
asosiy strategik zamin bo‘lib xizmat qiladi va shuning bilan birgalikda,
raqobatbardosh yangi ta’lim segmentlarni bunyod qilishning yagona texnologik
zanjirini vujudga keltiradi.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling