A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti
-rasm. Monopoliyadan jamiyatga yo‘qotishlar
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти
9.1-rasm. Monopoliyadan jamiyatga yo‘qotishlar.
Agar monopolist samaradorlikni oshirishga harakat qilsa, me’yoriy sa’y- harakat bir darajaga tushadi, masalan, MC 1 . Ushbu holatda ota-onalar (trapesiya C) ham, umumta’lim maktabi ham (to‘rtburchak D) qo‘shimcha imtiyozlarga ega bo‘ladilar. Tabiiyki, mazkur holatda ta’lim muassasasiga qabul ulushi tabiiy ravishda kamayib, o‘quvchilar sonining qisqarishi natijasida “jonsiz yo‘qotishlar ko‘payadi (uchburchak A va trapesiya B maydoni). 3. O‘zgaruvchan samaradorlikni yo‘qotish. O‘zgaruvchan samarasizlik monopolistning raqobatbardosh segment bilan solishtirganda texnologiya va assortimentni yangilash uchun kamroq rag‘batga ega bo‘lganligi sababli yuzaga keladi (ya’ni, jarayon va mahsulot innovatsiyasi mos ravishda). Odatda, umumta’lim maktablari faoliyatida Innovatsiyalarning o‘rni beqiyos bo‘ladi. Ba’zi umumta’lim maktablarida rag‘batlantirishning sust darajasi, o‘zaro hamkorlik qilayotgan raqobatchi ta’lim muassasalari bilan taqqoslanganda, monopolist umumta’lim maktabi har doim ta’limga oid bir xil pedagogik innovatsiyani qo‘llash oqibatida kamroq qo‘shimcha naf olishi bilan bog‘liq. Mazkur ko‘rsatkich talab C P E A MC 2 B Х - samarasizlik MC Q MC 1 D 182 pedagogik innovatsiyani qo‘llamasdan oldingi samara bilan, pedagogik innovatsiyani qo ‘llagandan keyingi qo‘lga kiritgan samara o‘rtasidagi paydo bo‘ladigan tafovutdan kelib chiqadi. Raqobat siyosatining asosiy tarkibiy qismlarini monopoliya segmentidagi samarasizlikning kelib chiqishini izohlash bilan bog‘lash mumkin. Umumta’lim maktablari bo‘yicha raqobat siyosatining mazmun-mohiyati balkim, hali o‘rganib chiqilmagan soha bo‘lganligi bois ham, ehtimol zaif saviyadadir. Davlatga tegishli bo‘lgan institutsional yondashuvgina raqobat siyosatini monopoliyaga qarshi tartibga solish vositasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Shuni, o‘z o‘rnida ta’kidlash kerakki, monopoliyaga qarshi turish bo‘yicha umumta’lim maktablari tomonidan qo‘llaniladigan chora-tadbirlarning o‘zi, nazarimizda kamlik qiladigandek tuyuladi. Xalq ta’limi vazirligi, shuningdek, boshqarmalarining o‘zi tomonidan ishchi holatdagi lokal tarzda ishlab chiqilgan monopoliyaga qarshi siyosatining mazmun- mohiyati shundan iboratki, unda umumta’lim maktablari faoliyatida yakka hokimlikga qarshi kurash, yirik umumta’lim maktablari tomonidan raqobatning cheklanishiga yo‘l qo‘ymaslik, birlashish hamda faoliyatni qo‘shish jarayonlarini muntazam kuzatib borish, ta’lim segmentida yirik umumta’lim maktablari tomonidan muayyan sharoitlarda raqobatning cheklanishi va ota-onalar, o‘quvchilarning asosiy salmog‘ini o‘z tarafiga g‘ayriqonuniy ravishda og‘dirib olishga qarshi nazarda tutilgan kurash choralari o‘z aksini topgan bo‘ladi. Ushbu amaliyotga qarshi kurashning markaziy usuli uni noqonuniy deb tan olish va monopoliyaga qarshi qoidalarni buzganlik uchun jazo choralarini qo‘llashdir. Raqobatni cheklash uchun sanktsiyalar noqonuniy amaliyot dalili aniqlangandan keyin qo‘llaniladi. Shu nuqtai nazardan, xalq ta’limi vazirligi, shuningdek, boshqarmalarining o‘zi tomonidan ishchi holatdagi lokal tarzda ishlab chiqilgan monopoliyaga qarshi siyosatida, hozircha ta’lim segmentida monopoliyaga qarshi kurashning nofaol (passiv) turlari nazarda tutilgan. 183 Tabiiy monopoliyaga qarshi raqobatni joriy etish siyosati ta’lim jarayonida yuqorida tavsiflangan yo‘qotishlarni biroz boshqacha talqin qiladi. Tabiiy monopoliya sohalarida dastlab yirik umumta’lim maktablarining sa’y-harakatlarida ustunlikka ega bo‘lganligi sababli, o‘quvchilarni OTM larga tayyorlash va ularni taqsimlash samaradorligi o‘rtasida qarama-qarshilik mavjud (sa’y-harakat funktsiyasi ma’muriatchilik ustunligi xususiyatiga ega). Respublika miqyosida ko‘plab umumta’lim muassasalari bo‘lganligi bois, ular o‘rtasida kechadigan raqobat ham ko‘lami jihatidan yirikroq taqsimlash samaradorligini ta’minlaydi (“birinchi eng yaxshi” bilan solishtirganda me’yoriy sa’y-harakatlardan kamroq oshib ketishi va o‘quvchilarni OTM larga tayyorlash jarayonining kamroq samarasizlikga yuz tutishi), lekin ushbu daqiqada o‘quvchilarni OTM larga tayyorlash samaradorligi bitta taqsimlovchiga qaraganda pastroq bo‘ladi (o‘rtacha sa’y-harakatlar yuqori). Bitta taqsimlovchi kamroq o‘rtacha sa’y-harakat bilan o‘quvchilarni OTM larga tayyorlashi mumkin, ammo, mazkur jarayonda notekis taqsimlash oqibatida ko‘proq yo‘qotishlar vujudga keladi. Mazkur yo‘sindagi ziddiyatlar vaqtida, ularni tartibga solishni davlat o‘z qo‘liga olib, bosh islohotchi sifatida maydonga chiqadi. Biroq, sa’y-harakatlarni tartibga solishning o‘zi muqarrar ravishda ijtimoiy farovonlikni yo‘qotadi, xususan, turmush tarzining haddan tashqari pasayishi sa’y- harakatlar haqidagi ma’lumotlar monitoringining noto‘g‘riligi tufayli kelib chiqadi. Tartibga soluvchi moslama (regulyator) tartibga solinadigan umumta’lim maktabi bilan bir xil miqdordagi sa’y-harakatlar haqida ma’lumotga ega emas. O‘z navbatida, ikkinchisi regulyatorga noto‘g‘ri ma’lumot berishga, hisobot qilingan sa’y-harakatlar darajasini haqiqiyga nisbatan oshirib yuborishga undaydi. Monopolistning ortiqcha qo‘shimcha kuch jalb qilishlari sa’y-harakatlarni oshirishning o‘ziga xos usuli hisoblanadi. Tartibga soluvchi moslama (regulyator) “sa’y-harakatning adolatli o‘lchovini” (oddiy samarani aniqlash uchun) belgilaganida, o‘quvchilarni OTM larga tayyorlashni yoki taqsimlovchi o‘z sa’y-harakatini ma’lum bir marom uchun 184 sa’y-harakatlarni pasaytirishni ta’minlaydigan ko‘lamdan oshirish bo‘yicha motivatsiyalaydi. Biroq, tartibga solinadigan raqobatda o‘quvchilarni OTM larga tayyorlovchi umumta’lim maktabi ma’lum bir pedagogik texnologiya bilan sa’y-harakatlarni kamaytirish va o‘quvchilarni OTM larga tayyorlash texnologiyasini yangilash uchun tegishli motivatsiyalarga ega emasligi bois ham, bu boradagi muammolar vujudga kelaveradi. Tartibga soluvchi subyekt, bu turdagi muammolarning mohiyatiga, uning tub ildiziga yetib borgan taqdirda ham, ammo, monopolist ta’lim muassasasi sa’y-harakatlarining o‘zgarishini, uning harakatlari darajasini, shuningdek, qanday darajada ta’limga oid yoki har xil resurslar qiymatining o‘zgarishi kabi boshqa tashqi omillar bilan uyg‘unlashganligining tagiga yeta olmaydi. Odatiy tusga ega bo‘lgan doimiy bo‘lib turadigan bitta subyektning hukmronligidan farq qilgan holda, tabiiy hukmronlik negizidagi raqobat siyosati- to‘g‘ridan-to‘g‘ri hukmronlik qilayotgan subyektning harakatlariga bog‘liq bo‘lmasdan, balki, ta’limga oid yoki har xil resurslar qiymatini tartibga solishga ham qarshi ishlaydi. Buning uchun ikkita guruh usullari qo‘llaniladi. Birinchisi, sa’y-harakat me’yorlarini tartibga solishni takomillashtirish, sa’y-harakat me’yorlarini tartibga solishda juda nomukammal bo‘lsada, rag‘batlantirish tizimlarini joriy etish bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. Ikkinchisi, sa’y-harakat me’yorlarini tartibga solish rejimidan iloji boricha ko‘proq ta’limdan boshqa subyektlarni faoliyatdan, ya’ni ular faoliyati ta’lim faoliyatiga bog‘liq bo‘lmaganligi bois ham, aynan shu jabhadan chetlashtirish. Bu tartibga solinadigan sohalardagi faoliyatni tabiiy monopoliya va potentsial raqobatbardosh sohalarga bo‘lishni nazarda tutadi. Faoliyati ta’limga bog‘liq bo‘lmagan subyektlarni mazkur jabhadan chetlashtirish yuzasidan transformatsiyalarning yakuniy maqsadi har xil meyordagi, ayniqsa qiymat qosil qiluvchi sa’y-harakatlarni tartibga solishni davlat tomonidan bekor qildirishdir. Ammo, birinchi navbatda, ta’limga aloqasi bo‘lmagan, ammo ular 185 bilan hamkorligi mavjud bo‘lgan faoliyat yurituvchi subyektning tuzilmasini, shuningdek, uning institutsional asoslariga ham zaruriy o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish kerak bo‘ladi. Bu, avvalo, sohada mavjud faoliyat yurituvchi subyektning tuzilmasiga, uning qonun qoidalariga zaruriy tarkibiy o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish osonlikcha hal bo‘lishi yoki bo‘lmasligi bilan uyg‘un bo‘lgan muammo tartibga solinmagan ta’lim segmentida tashkil etilgan faoliyat yurituvchi subyektning o‘zaro hamkorlik ko‘lamini cheklash demakdir. Bu o‘rinda shunday xulosani kiritish joizki, ya’ni raqobatbardosh ta’lim segmentida OTM ga o‘quvchilarni tayyorlash bo‘yicha ko‘plab sa’y-harakatlarni amalga oshirish uchun, ularni tartibga solishga xizmat qiluvchi ko‘plab yangi qoidalar va me’yorlar qabul qilinishi zarur. Albatta, bu ko‘rinishdagi tartibga solish qoidalari monopoliyaga qarshi tartibga solishdan biroz tafovut qilgan holda, tabiiy tarzda kechadigan monopoliyada tartibga solishdan voz kechilishi bu borada amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosatning faollashuvini bildiradi. Davlat tomonidan raqobatni cheklashga qarshi kurash raqobatning rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi kirish to‘siqlarining salmoqli qismi davlat mansabdor shaxslarining “maxrga olish” maqsadidagi bilib turib qilingan harakatlari tufayli vujudga kelishini anglashdan boshlanadi. “Maxrga olish” tushunchasi boshqa unsurlar qatorida jamiyatning monopoliyadan yo‘qotishlarini baholashga yondashuvni qayta ko‘rib chiqishga majbur qiladi. Monopol nufuzni monopol mavqega ega bo‘lish uchun qilinadigan sa’y-harakat sifatida talqin qilish mumkin. Shu nuqtayi nazardan, monopol nufuz jamiyatga hech qanday naf keltirmaydi va uni “eskirgan nosog‘lom an’ana” deb tasniflash mumkin. Keyin monopoliyadan jamiyatning miqdoriy yo‘qotishlari nafaqat haqiqiy “jonsiz yo‘qotishlar” ni (9.l-rasmdagi A uchburchak va S trapesiya yig‘indisi), balki monopoliya nufuzining bir qismini (to‘rtburchak E darajasida), ya’ni muvozanatli sa’y-harakatlarni MC 2 9.1-rasm) ham o‘z ichiga olishi kerak. Monopoliya jamiyat farovonligi uchun yanada xavfli bo‘ladi. Ta’lim segmentida 186 samarasizlik bo‘lmagan taqdirda ham monopoliya, sa’y-harakatlarni raqobatni cheklovchilar tarafiga qayta taqsimlash orqali jamiyatga zarar keltiradi. Bunga qo‘shimcha qilib shuni ta’kidlash mumkinki, monopoliyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi davlat siyosatini faqatgina monopolist ta’lim muassasasiga emas, balki mazkur sohada qo‘lga kiritiladigan monopol nufuz uchun raqobat tashkilotchisiga qarshi qo‘yishi ham, yo‘naltirilishi ham mumkin. Ko‘pincha, cheklovchi, tartibga soluvchi institutsional asoslar, nafaqat ba’zi xususiy vaziyatdagi ta’lim muassasalarining strategik rivojlanish jarayonlariga balki, jamiyat rivojiga ham putur yetkazadi. Aynan shuning uchun ham mamlakatimizda, raqobatni mustahkamlashga qaratilgan davlat siyosati, xo‘jalik yurituvlarga davlat aralashuvining asta-sekinlik bilan bekor qilinish siyosati, eng asosiysi, bu borada korrupsiyaga qarshi kurashuvchi komplayens nazorat kuchaytirilmoqda. Ta’lim muassasalari misolida erkin raqobat siyosati tarkibiga davlat faoliyatining aralashuv jarayonlariga ta’lim faoliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan yo‘nalishlarini keltirib o‘tish mumkinki, bularga davlat ta’lim standartlari (DTS) va fan dasturlari (aslida ularni ta’lim muassasasining o‘zi ota-onalar va o‘quvchilar talabidan kelib chiqqan holda mustaqil yaratishi lozim) kabilar yaqqol misoldir. Ayniqsa, OTM ga qabul kvotasida belgilanadigan davlat grantlari me’yorlari, odatda, umumiy qabul kvotasining 30-35foizini tashkil etuvchi hukumat tomonidan buyurtmachi sifatida belgilanuvchi qoidalar ta’lim muassasalari o‘rtasidagi kechadigan katta kurashga chorlaydi. Bu borada, davlat buyurtmasining ko‘lami va shaklini tanlashda, davlat qabul segmentiga ta’sir qiluvchi nosog‘lom raqobatning oldini oladi. Qabul segmentiga ta’sir qiluvchi davlatning raqobat siyosati qabul faoliyati mobaynida ham nofaol (masalan, korruptsiyaga qarshi qonunchilik), ham faol vositalardan iborat bo‘ladi. Oxir–oqibat, ta’lim sohasida, ayniqsa qabul jarayoni bo‘yicha monopoliyaga qarshi raqobat siyosatini amaliyotda keng miqyosda qo‘llashning, shuning bilan birgalikda monopoliyaga qarshi tartibga solishning asosiy boisi, OTM larga qabul muvaffaqiyatsizligining, ya’ni bilimsiz kadrlar tayyorlashning oldini olishdir. 187 Odatda, bu kabi fikrga kelish oily ta’lim muassasalariga qabul bo‘yicha har qanday raqobat siyosati va monopoliyaga qarshi tartibga solish jarayonlari, pirovardida, milliy iqtisodiyotga xizmat qiladigan sifatli kadrlar yetishib chiqadi degan xulosani bildirmaydi . Umumta’lim maktablari uchun OTM larga o‘quvchilarni yo‘naltirish borasida monopoliyaga qarshi siyosat, agar uni qo‘llashdan keladigan naf, uni qo‘llash sa’y-harakatlaridan ortiq bo‘lsagina, o‘z navbatida, jamiyatga ham naf keltiradi. O‘zbekiston Respublikasida monopoliyaga qarshi davlat siysatini ifodalovchi institutsional asos sifatida dastavval,“Monopoliya faoliyatini chegaralash to‘g‘risida” gi qonun 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan va 1994 yil 23 sentabrda qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilgan. Uning tartibga soluvchi me’yorlari faqat har xil segmentlarga nisbatan qo‘llanilishi belgilangan. Faoliyatning turli sohalari uchun bir xil tamoyillar turli qonunlar tomonidan amalga oshirilgan vaziyat “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi natijasida o‘rnatildi. Endi xuddi shu tartibga solish hujjatlari turli xil faoliyat turlari uchun ham iqtisodiy faoliyat turlari uchun ham me’yorlar sifatida amal qilmoqda. Amerika Qo‘shma Shtatlari va Evropa Ittifoqida monopoliyaga qarshi qonunlarning mazmunini bir tomondan, Rossiyada, ikkinchi tomondan, Rossiya qonunchiligining ikkita muhim xususiyatini ta’kidlash o‘tish mumkin. Birinchidan, rivojlangan mamlakat sifatida Rossiya qonunchiligi monopoliyaga qarshi siyosatning obyektini juda keng belgilaydi. Monopoliyaga qarshi tartibga solishning uchta an’anaviy yo‘nalishiga qo‘shimcha ravishda - kartel kelishuvlarining oldini olish, hukmronlik mavqeini suiiste’mol qilishning oldini olish (AQShning monopoliyaga qarshi qonunchiligi nuqtayi nazaridan - monopolizatsiya) va faoliyatni qo‘shishning monopoliyaga qarshi nazorati - Rossiyaning monopoliyaga qarshi qonunida adolatsiz raqobat, hukumat cheklovlari bilan bog‘liq raqobat, davlat buyurtmalari va davlat yordamini ko‘rsatish uchun monopoliyaga qarshi talablar to‘g‘risida qoidalar mavjud. Ikkinchidan, qonun 188 chiqaruvchi qonunga xilof harakatning barcha turlarini har tomonlama va izchil tavsiflash maqsadini bitta qonunda belgilaydi 15 . Mamlakatning monopoliyaga qarshi organi, shuningdek, xorijiy tajribalarga, qonunning o‘ziga qo‘shimcha ravishda, masalan, “Har xil segmentlardagi raqobat muhitining holatini tahlil qilish va baholash tartibi” kabi maxsus uslubiy hujjatlarga tayanadi. “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida qo‘llaniladigan asosiy tushunchalarning mazmunini sezilarli darajada o‘zgartirdi. Xususan, yangi Qonunda mahsulot deganda sotish, ayirboshlash yoki muomalaga boshqa tarzda kiritish uchun mo‘ljallangan fuqarolik huquqlari (jumladan, ish, xizmat, shu jumladan moliyaviy xizmat) obyekti tushuniladi. Ta’lim segmentining me’yori o‘quvchilarning tegishli hududda OTM ga yo‘naltirilishining texnik va boshqa imkoniyatlari hamda maqsadga muvofiqligini hisobga olgan holda aniqlashtiriladi. “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunga binoan, ta’lim segmenti - bu boshqa segmentlar bilan o‘zaro ayirboshlanmaydigan segmentlar (shu jumladan, ta’lim) doiralarida iqtisodiy, texnik, ijtimoiy yoki boshqa imkoniyatlar mavjudligi, ta’lim segmentida esa o‘quvchilar OTM ga yo‘naltirilishi mumkinligi va undan tashqarida bunday imkoniyat yo‘qligi yoki maqsadga muvofiqlik emasligi batafsil keltirib o‘tilgan. Qonunga raqobatga ta’sir ko‘rsatishning xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, raqobatni cheklovchi kelishilgan harakatlar kabi shakllari tushunchalari kiritilgan. Xo‘jalik faoliyatini muvofiqlashtirish deganda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning harakatlarini bir xil shaxslar guruhiga kirmaydigan uchinchi shaxs tomonidan bunday xo‘jalik yurituvchi subyektlarning birortasi bilan muvofiqlashtirish tushuniladi. Shu bilan birga, o‘z-o‘zini tartibga soluvchi tashkilotning o‘z a’zolarining xo‘jalik yuritish segmentiga kirishi yoki xo‘jalik yuritish segmentidan chiqishi uchun shart- sharoitlarni yaratish bo‘yicha alohida qonun osti hujjatlariga muvofiq amalga 15 Yo‘ldoshev N.Q., Naboqov V.I. Menejment nazariyasi. Darslik - T:.TDIU,2013.-433 b 189 oshiriladigan harakatlari muvofiqlashtirish bundan mustasno ekanligi ham e’tibordan chetda qoldirilmagan. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kelishilgan harakatlari deganda ularning xo‘jalik segmentidagi quyidagi shartlar yig‘indisini qanoatlantiruvchi harakatlari tushuniladi: birinchidan, xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining pirovard natijasi ifodalangan manfaatlariga, faqat faoliyat o‘zlari tomonidan amalga oshirililgan taqdirdagina, shuningdek, ular natija bilan sa’y-harakat bir-biriga muvofiq kelgan taqdirdagina qayd etiladi; ikkinchidan, tegishli xo‘jalik yurituvchi subyektlarning har birining sa’y-harakatlari boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning sa’y-harakatlaridan kuch olsa va tegishli xo‘jalik segmentidagi barcha faoliyat yurituvchi subyektlarga birdek ta’sir etuvchi holatlar natijasi bo‘lmasa e’tiborga olinadi. Ta’lim segmentlarning monopol yuqori va monopol past sa’y-harakatlarini aniqlash me’zonlari o‘zgartirildi. Qonun ta’lim segmentiga oid monopol yuqori (past) sa’y-harakatlarni aniqlashning bir-birini to‘ldiruvchi ikkita usulini nazarda tutadi: - o‘z mavqeini qo‘ldan bermayotgan umumta’lim maktabi tomonidan belgilangan sa’y-harakat va bunday segmentlarning qiyosiy segmentlardagi sa’y- harakatini solishtirish; - o‘z mavqeini qo‘ldan bermayotgan umumta’lim maktabi tomonidan belgilangan o‘quvchilar salohiyati bilan ularni tayyorlash va OTM larga yo‘naltirish bo‘yicha asoslangan sa’y-harakatlarni yuqori nufuzga ega bo‘lishni hisobga olgan holda qiyosiy monitoring o‘tkazish. Umumta’lim maktablarining diversifikatsion faoliyatlari bo‘yicha asossiz yuqori (past) sa’y-harakati, yuqori mavqega ega bo‘lgan ta’lim muasasalari tomonidan belgilanadigan me’yordagi sa’y-harakatlar ta’rifi, raqobatbardosh sa’y- harakatdan sezilarli darajada tafovut qiladi. Bu esa boshqa o‘rta ta’lim muasasalarining ta’lim segmentiga kirishini mushkullashtiradi va bu o‘z navbatida, sog‘lom raqobatga o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazadi. 190 Obro‘si yuqoriroq ta’lim muassasalarining zo‘ravonlik mavqeini o‘tkazishga kelsak, ular quyidagicha raqobatga oid qonun buzilishlar tavsifini belgilab beradi: - ta’lim segmentiga kirish uchun monopol yuqori (past) sa’y-harakatni belgilash, ushlab turish; - mabodo,OTM larga yo‘naltirish uchun qilinadigan sa’y-harakatlar birmuncha ko‘proq salmoqqa ega bo‘lsa, o‘quvchilarni OTM larga yo‘naltirishdan biroz chetlashish; - hamkordan kelishuvdan tashqari, kelishuv predmeti bilan bog‘liq bo‘lmagan shartlarni talab qilish; - tegishli iqtidorli o‘quvchilarni OTM larga tayyorlash yoki yo‘naltirish uchun ta’lim muassasasining kuch-qudrati yetgan holatda, yoki mazkur holat ularning nazarida bo‘lmagan taqdirda, ota-onalar bilan mazkur jarayon bo‘yicha shartnoma tuzishdan iqtisodiy nuqtayi nazardan voz kechish; - mabodo, ta’limga oid qonun va qonun osti hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, bir xil ta’lim segmentlari uchun turli sa’y-harakat me’yorlarini (ta’riflarni) belgilash; - hamkor tashkilotlar tomonidan umumta’lim maktabining strategik yo‘nalishi uchun asossiz yuqori yoki asossiz past qiymatni ko‘rsatish; - tartibga soluvchi ta’limga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarda ko‘zda tutilgan sa’y-harakat me’yorlarini belgilash tartibini buzish. O‘ziga yarasha nufuzga ega bo‘lgan ta’lim muassasalarining zo‘ravonlik mavqeidan foydalanish jihatlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, bunda harakatdagi ta’lim segmentida ma’lum darajada nufuzga ega bo‘lib turgan, birorta umumta’lim maktabining OTM ga qamrov bo‘yicha o‘z sa’y-harakatlari atrofdagi jismoniy yoki yuridik maqomga ega bo‘lgan boshqa faoliyat yurituvchi shaxslarga ziyon- zahmat yetkazmasa, ular nosog‘lom raqobatda faoliyat yuritmayotganligini isbotlashga har jihatdan haqlidirlar, shu bilan birgalikda mazkur holatda ularning hamkorlariga ham faoliyati nuqtayi nazaridan hech qanday cheklovlar qo‘yilmaydi, 191 chunki, bunday sa’y-harakatlar natijasi boshqa ta’lim muassasalarini ham maqsadlariga erishish yo‘lida mas’uliyatlarini keltirib chiqarishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunining e’tiborga molik tomonlaridan biri, faoliyat yurituvchi subyektni milliy faoliyat segmentida xo‘jalik yuritishi uchun raqobatdan himoyalash maqsadida davlat ko‘magining mavjudligi boʻlib, u davlat ishonchiga kirgan ba’zi ta’lim muassasalariga boshqalariga nisbatan tegishli milliy faoliyat segmentida xo‘jalik faoliyatini yuritishi uchun maqbul shart-sharoitlarni va afzalliklarni, subsidiya ajratish yoki shaxs huquqlarining boshqa jihatlaridan imtiyozli tarzda foydalanish jihatlari kabilardir. Mazkur qonunda bunday himoyalash tarzidagi davlat ko‘magining kutilayotgan maqsadlari boshqa faoliyat yurituvchi subyektlar xizmat va mahsulotlar yaratish ko‘lamiga tenglashtirilgan holda ko‘rsatib berilgan, xususan ular: - aholi gavjum joylashgan va shuning bilan birgalikda olis hududlar ro‘yxatiga kiritilgan aholi uchun ijtimoiy jihatdan shroitni ta’minlash; -boshlang‘ich ta’lim berish uchun shart-shroitlarga ko‘mak berish; - ta’limni amalga oshirish bilan bog‘liq chora-tadbirlarning ekologik barqarorligi; - ta’lim bilan bog‘liq ish yurituv madaniyatiga rioya qilish va o‘z navbatida, ota-bobolardan me’ros bo‘lib kelayotgan madaniy yodgorliklarni asrab avaylash; - asosiy faoliyatga ko‘mak beruvchi qo‘shimcha tarzda tashkil qilingan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini amalga oshirish; - asosiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha tarzda tashkil qilingan ustuvor sanalgan birlamchi faoliyatni amalga oshiruvchi kichik tadbirkorlik faoliyatlariga ko‘maklashish; - pedagigik ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi yetuk mutaxassislarni jalb qilishga ustamalar belgilash vositasida ko‘mak berish; 192 - vaqtincha ishsiz, shuningdek, maxsus daftarlarda qayd etilgan, kam ta’minlangan, muruvvatga muhtoj aholi qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligiga, ayniqsa yoshlar bandligiga kasb-hunarga o‘qitish orqali ko‘maklashish. O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunining yana bir tahsinga sazovor jihati shundaki, qonun o‘z-o‘zini boshqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan harakatlar yo‘l xaritasini davlat tomonidan shakllantirilish jarayonlariga ko‘maklashadi.Avvalo, mazkur jarayonlarning ro‘yobga chiqarilishi o‘z navbatida, yuqori organ qarorlari asosida shaxsga yo‘naltiriladi. So‘ngra, mazkur jarayonning davomchisi sifatida, davlat ko‘magini yuritishni mas’ul organlar tomonidan tezkor boshqarilish jihatlarini, mexanizmlarini amalga oshiradi.Yakuniy boshqichlarda, dastavval, favqulodda holatlarda, ya’ni suv toshqini va hakozo shu kabi vaziyatlarda davlat tomonidan “tik saqlab qolish” tarzidagi ko‘mak berish nazarda tutiladi.Va nihoyat, hududiy yoki mahalliy byudjet mabalg‘laridan beg‘araz ko‘mak vositasi sanaladigan subsidiya, byudjet investitsiyalari ko‘rinishida ko‘rsatiladigan ko‘maklarni kiritish mumkin. Milliy xo‘jalik yuritish ko‘lamida ta’lim muassasalarining monopolistik faoliyati deganda ular tomonidan ta’lim segmentida birinchilikni qo‘ldan bermaslik maqsadida zo‘ravonlik mavqeidan foydalanishi, uni ro‘kach qilishi, shuningdek, yakka hokimlikga (monopoliyaga) qarshi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan kelishuvlarni rasmiylashtirishi hamda kelishilgan harakatlarni amalga oshirish jarayoni tushuniladi. Mamlakatimizda amal qilib turgan monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga ko‘ra, ta’lim segmentlaridagi monopolistik faoliyatning namoyon bo‘lishini quyidagicha ifodalash mumkin: Birinchidan, ta’lim muassasalari tomonidan ta’lim segmentidagi ustun zo‘ravonlik mavqeidan foydalanishi, uni ro‘kach qilishi bo‘lib, mazkur salbiy oqibatlar o‘z zamirida yashiringan raqobatga qarshi turuvchi holatlarning o‘z vaqtida oldi olinmasa yoki o‘z vaqtida cheklanmasa, o‘z vaqtida bartaraf etilmasa, 193 umumiy holatda faoliyat yuritib kelayotgan boshqa ta’lim muassasalari manfaatlarining izdan chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin; Ikkinchidan, ma’lum bir darajada mavqega ega bo‘lib turgan hukmron ta’lim muassasalarning OTM larga kvota doirasidagi qabulga yo‘naltirish bo‘yicha raqobatni cheklovchi jihatlarini quyidagicha ifodalash mumkin: - olis hududda amalga bo‘lgan ta’lim segmentida fan bo‘yicha bir nagfar pedagogni qo‘shimcha haq evaziga faqat o‘zining ta’lim muassasasiga xizmat qildirishi (almashtirilmaydigan ta’lim segmenti) bo‘yicha umumta’lim maktablarining noodatiy kelishuvlari, amalga oshirayotgan sa’y-harakatlari, shuningdek, boshqa ta’lim muassasalari ish yurituvida qo‘llanilmaydigan noan’naviy sa’y-hatakatlarni belgilash, erkin raqobatni bog‘uvchi bir necha ta’lim muassasalari o‘rtasida ta’lim segmentini o‘zaro bo‘lib olish, ta’lim segmentiga kirishda har xil sun’iy to‘siqlarni o‘rnatish, ta’lim segmentidan raqobatchilarni yo‘q qilish kabi jihatlar; - o‘zaro hamkorlik qiladigan umumta’lim maktablari o‘rtasidagi kelishuvlar, ular tomonidan sog‘lom raqobatga qarshi vaziyatda o‘zini namoyon qiluvchi salbiy oqibatlari zamiridagi holatlarning o‘z vaqtida oldi olinmasa yoki o‘z vaqtida cheklanmasa, o‘z vaqtida bartaraf etilmasa, umumiy holatda faoliyat yuritib kelayotgan boshqa ta’lim muassasalari manfaatlariga ziyon yetkazish holatlari yuzaga keladi; - sog‘lom raqobatni cheklashni o‘rnatishga qodir bo‘lgan, shuningdek, hukmronlik mavqeiga ega bo‘lgan umumta’lim maktablarining OTM ga qamrovni oshirish bo‘yicha qilayotgan sa’y-harakatlarini o‘zaro murosaga keltirish. O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi qonuni umumta’lim maktablarining raqobatni cheklashga qaratilgan amaliyotiga quyidagi raqobatga qarshi ishlovchi omillarni kiritadi, xususan ular: birinchidan, ta’lim segmentida ustun mavqega ega bo‘lgan ta’lim muassasalarining boshqa o‘ziga o‘xshash ta’lim faoliyatini yurituvchi subyektning ta’lim segmentiga kirishiga to‘sqinlik qiluvchi yoki ta’lim sohasida ta’lim 194 xizmatlari ko‘rsatishning umumiy jihatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi sa’y- harakatlari; ikkinchidan, ta’lim muassasalarining o‘zaro xufyona tarzdagi kelishuvlari yoki rejalashtirgan sa’y-harakatlari bo‘lib, bunday kelishuvlar yoki rejalashtirgan sa’y-harakatlari, ta’lim segmentida raqobatni cheklashga olib kelishi mumkin deb qayd qilinadi. Umumta’lim maktablarining raqobatdosh faoliyatini amalga oshirishda eng keng tarqalgan huquqiy savodsizliklarining yana bir ko‘rinishi, ularning amaldagi qonun hujjatlari qoidalariga, ish yurituv odatlariga, halollik talablariga zid bo‘lgan, shuningdek, strategik faoliyatida esa afzalliklarga ega bo‘lishga qaratilgan har qanday xayri qonuniy sa’y-harakatlari va boshqa o‘rta ta’lim muassasalariga, ya’ni o‘zining raqobatchilarga zarar yetkazishi yoki ularning ishchanlik obro‘siga putur yetkazishi kabilardir. Umumta’lim maktablari faoliyatida ham nosog‘lom raqobat va o‘z pedagogik uslubiyalarini namoyish qiluvchi OAV lari orqali beriladigan nomaqbul reklama o‘rtasida bevosita uyg‘unlik mavjud bo‘lib, uni ta’lim muassasalari o‘rtasida OTM ga yo‘naltirish borasida o‘zaro bir-birlariga qarshi ishlash holatlari sezilgan paytlarda, shuningdek, shu kabi illat raqobat belgilari vujudga kelganda, ularni nosog‘lom raqobatning alohida ko‘rinishi sifatida ifodalash mumkin. Umumta’lim maktablari ish yurituvida monopolistik faoliyat va nosog‘lom raqobatdan tashqari, raqobatni cheklashga qaratilgan boshqa ularni tartibga soluvchi sa’y-harakatlar ham mavjudki, xolbuki, ularga alohida ijro etuvchi hokimiyat organlari sanalgan mahalliy hokimiyat organlarining xalq ta’limi boshqarma va bo‘limlarining, shuningdek, boshqa vakolatli organlarning raqobatga qarshi ishlab chiqqan va o‘z navbatida, amaliyotda qo‘llash joiz deb topilgan institutsional asoslarini, yo‘riqnomalarini, ushbu organlarning funktsiyalari yoki huquqlarini kritish mumkin. 195 O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi qonuni umumta’lim maktablari ish yurituvida raqobatni cheklashning quyidagi belgilariga alohida e’tibor qaratadi: birinchidan, ta’lim segmentida bir xil ta’lim faoliyatini yurituvchilar toifasiga kirmaydigan o‘rta ta’lim muassasalarining faoliyatining tugatilishi yoki o‘zaro birlashtirilishi negizida va faoliyatining qo‘shilishi oqibatida qisqarishi, boshqa umumiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lmagan ta’lim sifati darajasining oshishi yoki pasayishi; ikkinchidan, ta’lim segmentida o‘quvchilar aylanmasi shartlari, bir xil ta’lim faoliyatini yurituvchilar toifasiga kirmaydigan o‘rta ta’lim muassasalarining ta’lim segmentida mustaqil faoliyatini tugatish asosida o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish, ta’lim segmentida o‘quvchilar aylanishining umumiy shartlarini belgilash; uchinchidan, o‘rta ta’lim muassasalari o‘rtasidagi kelishuvga binoan yoki ular uchun majburiy bo‘lgan boshqa yuridik shaxsning ko‘rsatmalariga binoan yoki bir xil ta’lim faoliyatini yurituvchilar toifasiga kirmaydigan umumta’lim maktablarining kelishuvi natijasida ularning ta’lim segmentidagi sa’y-harakatlari, shuningdek, umumta’lim maktabi yoki bir nechta o‘rta ta’lim muassasalarining ta’lim segmentida o‘quvchilar aylanishining umumiy shartlariga bir tomonlama ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini yaratadigan boshqa holatlar. Ta’lim sohasi bo‘yicha umumta’lim maktablari o‘rtasida kechadigan OTM larga o‘z o‘quvchilarini yo‘naltirish bo‘yicha bilvosita kechadigan kurashni jilovlashga xizmat qiladigan monopoliyaga qarshi davlat siyosatini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri, ta’lim segmentida ta’lim oid yiriklashuvni, shuningdek, umumta’lim maktablari o‘rtasida kechadigan OTM larga o‘z o‘quvchilarini yo‘naltirish bo‘yicha bilvosita kechadigan kurashni jilovlashga xizmat qiladigan davlat nazoratini amalga oshirish bo‘lib, u bu boradagi dastlabki nazoratni (alohida monopoliyaga qarshi organning dastlabki roziligini olish tartibi) va undan keyingi monopoliyaga qarshi nazoratni (tugallangan bitim yoki hodisa to‘g‘risida alohida monopoliyaga qarshi organning 196 keyingi xabari) o‘z ichiga oladi. Ta’lim segmentidagi umumta’lim maktablari o‘rtasida kechadigan OTM larga o‘z o‘quvchilarini yo‘naltirish bo‘yicha bilvosita kechadigan kurashni jilovlashga xizmat qiladigan bunday nazorat obyektlarini quyidagicha ifodalash mumkin: birinchi, umumta’lim maktabining, hamkorlik siyosatini, tashkil etish, qayta tashkil etish, faoliyatni qo‘shish, birlashish, tarkibini o‘zgartirishlarni amalga oshirish bilan bog‘liq holatlar. ikkinchi, ta’lim sohasi ishtirokchilari (shu jumladan subsidiya ajratuvchi bank muassasalari), umumta’lim maktabining faoliyat nizomidagi o‘zgarishlar, boshqaruv organlariga, xalq ta’limida faoliyat yurituvchi ta’lim subyektlarining direktorlar (kuzatuv kengashlari) kengashlariga jismoniy shaxslarni saylash; uchinchi, ta’lim segmentidagi har xil ko‘rinishdagi aylanma jarayonlar. O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida” gi qonun qoidalari, bir xil ta’lim faoliyatini yurituvchilar toifasiga kirmaydigan o‘rta ta’lim muassasalari uchun, shuningdek, bir xil ta’lim faoliyatini yurituvchilar toifasiga kiradigan o‘rta ta’lim muassasalariga nisbatan tadbiq etiladi. Ta’lim muassasalarining guruhiy toifasi, ikki va undan ortiq shaxslarning o‘zaro hamkorlik aloqalari tizimidan iborat bo‘lib, mazkur holat ularning umumiy o‘rta ta’limga taaluqliligini asoslovchi jihatlarni aniqlash vositasida amalga oshiriladi. Asoslovchi jihatlarni aniqlash vositalariga, bosh umumta’lim maktabi maqomiga ega bo‘lish, hamkor umumta’lim maktabi yig‘ilishida bosh umumta’lim maktabi bo‘lgani bois, o‘zining pedagogik jamoasiga ega bo‘lish, yakka tartibdagi ijroiya organi funksiyalarini bajara olish qydrati, umumta’lim maktabi nizomiga binoan hamkor ta’lim muassasalari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish imkoniyati, bosh direktor yoki boshqaruv kengashi nomzodini ko‘rsatish imkoniyati kabi jihatlar kiradi. Ushbu tarzdagi yig‘ma faoliyat, hamkorlik kengashi tarkibiga mutlaqo mos keladi va ta’lim muassasalari bitta hududiy ta’limga oid subyektga aylanadi, pedagogik jamoa esa bitta oiladek hayot kechiradi. 197 Yana bitta muammoli vaziyatga to‘xtalish joizki,umumta’lim maktablari faoliytining birlashuvi, qo‘shilishi oqibatida faoliyat ko‘lamining yiriklashuvining o‘zi, O‘zbekistonda monopoliyaga qarshi tartibga solish amaliyotida, haddan ziyod sa’y-harakatlarning talab qilinishi nuqtayi nazaridan, ba’zi ta’lim muassasalarining ish yurituv miqyoslarini kengaytirish,shuningdek, joriy faoliyatlarini bir maromda olib borishlari uchun kamlik qilmoqda, hattoki, zaiflik ta’sirini keltirib chiqarmoqda. Bu, avvalo, ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bitimlari shakllangandan keyin ta’limga oid resurslardan, shuningdek,ta’lim muassasalarining mulkiy majmuasidan o‘zaro foydalanish mobaynida hamkorlik tuzilmasining shaffof emasligi bilan chabarchas uyg‘unlashgan bo‘ladi. Mazkur muammoli vaziyatning mohiyatini tahlil qiladigan bo‘lsak, bu qaysidir ma’noda mulkiy majmuadan foydalanishning solishtirma jihatlari bilan, ma’lum darajada mulkiy majmuadan o‘zaro sxematik tarzda foydalanish shakllari bilan, qolaversa, ularning mulkdan foydalanish bo‘yicha o‘zaro kelishuvi bilan bog‘liq. Bu yerda nufuzli ta’lim muassasalrining fikri albatta birlamchi hisoblanadi. Tahlil natijalariga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda, ayniqsa, o‘rta ta’lim muassasalari faoliyatida o‘zaro hamkorlik jarayonlarida bir-birining resurslaridan, mulkiy majmuasidan foydalanish va uning nazorat tuzilmasi tobora keng tus olib bormoqda. Ammo, shuning bilan birgalikda, resurslardan, mulkiy majmualardan o‘zaro foydalanish va uning nazorat tuzilmasining ish rejimining aniq shakllanmaganligi bois, ko‘p hollarda yakuniy natijalarning shaffoflik chegaralarini aniq belgilash, ba’zi ta’lim muassasalariga juz’iy muammolar tug‘dirmoqda. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling