A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/64
Sana25.01.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1121214
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   64
Bog'liq
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти

Nazorat savollari
1. Umumta’lim maktabining raqobatbardoshligini boshqarish tizimi va uning
tuzilishini tavsiflang. Ularning tarkibi nimalardan iborat?
2. Umumta’lim maktabi raqobatbardoshligini boshqarishning asosiy
bosqichlari soni qancha? Ularning mazmunini tushuntiring.
3. Umumta’lim maktabining “raqobat ustunligi” tushunchasini shakllantirish
va uning mazmunini ochib bering. Ularning mohiyati qanday?
4. Umumta’lim maktabining raqobatdosh ustunligiga erishishga asoslangan
raqobat strategiyalarining turlarini sanab bering.Ular nechta?
5. Sa’y-harakatlarni boshqarish strategiyasi qanday sharoitlarda samarali
hisoblanadi?
6. Umumta’lim maktablari faoliyatini farqlashga qaratilgan strategiyaning
o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
7. Ustamon (fokuslash) strategiyaning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat?
Ularni tavsiflab bering.
8. Ta’lim segmentida umumta’lim maktabining strategik joylashuvi qanday?
9. Umumta’lim maktabining raqobat strategiyasida birlashish va qo‘shib
olishning o‘rni qanday hisobga olinadi?


179
10. Umumta’lim maktabining innovatsion rivojlanish strategiyasi nimaga
asoslanadi?
Tayanch iboralar:
Raqobat strategiyasi g‘ildiragi, xarajatlarni boshqarish strategiyasi,
differensiatsiya, ustamonlik (fokuslash) strategiyasi, strategik ustunlik, violentli,
patientlar, eksplerent, kommutantlar, gorizontal birlashish, vertikal birlashish,
umumiy birlashishlar, konglomerat birlashish.


180
IX BOB. TA’LIM SEGMENTINING RAQOBATBARDOSHLIGINI
OSHIRISH STRATEGIYASINING ASOSIY YO‘NALISHLARI
9.1. Ta’lim segmentida raqobat munosabatlarini davlat tomonidan tartibga
solish jarayonlari
Umumta’lim maktablarining bardoshliligining tub mohiyatini anglash
deganda davlat tomonidan raqobatni qo‘llab-quvvatlash va monopoliyalar
faoliyatini tartibga solish bo‘yicha maxsus siyosatni amalga oshirish jarayoni
tushuniladi.
Strategik menejment nazariyasi ta’limotida monopolistik poydevorga
qurilgan xo‘jalik yuritish faoliyatida, yaxshi hayot kechirish tarzi o‘chib ketadi deb
ta’kidlanadi. Darhaqiqat, me’yoriy sa’y-harakatdan oshib ketgan muvozanatdagi
sa’y-harakat mutanosiblikni izdan chiqaradi va ta’lim sohasida faoliyat yurituvchi
ilg‘or umumta’lim maktabi bilan boshqa oddiy ta’lim muassasasining hamkorlik
nuqtayi nazaridan ta’limga oid yoki boshqa resurslarni ular o‘rtasida o‘zaro
ayirboshlashga xalaqit beradi.
An’anaga ko‘ra, monopoliyadan uch xil yaxshi hayot kechirish tarzi
yo‘qotishlari mavjud:
1. Ajratish samaradorligini yo‘qotish. Ajratish samaradorligini yo‘qotish –
“jonsiz” yo‘qotish - monopolistning narxi me’yordagi sa’y-harakatlardan oshib
ketishi tufayli yuzaga keladi. Boshqa ta’lim muassasalarining qurbi yetmaydigan
ma’lum darajada qiymat hosil iluvchi monopolist ta’lim muassasasi (mazkur holat
ko‘pincha, xususiy ta’lim muassasalarida uchraydi) ota-oanalar ishonchiga to‘liq
kirolmaydi, pirovardida
ta’lim muassasalariga qabul ulushi tabiiy ravishda
kamayib, o‘quvchilar sonining qisqarishi natijasida “jonsiz yo‘qotishlar” paydo
bo‘ladi (9.1- rasmda A plyus trapesiya C uchburchakning maydoni bo‘yicha MC
2
me’yordagi sa’y-harakatlar darajasida taqsimlash samaradorligidagi yo‘qotishlar
kattaligi aks ettirilgan).
2. Samaradorlikni yo‘qotish (X-samarasizlik). Ta’lim faoliyatidagi
samarasizlik (X-samarasizlik) monopolistning raqobatbardosh muhitdafaoliyat


181
yuritayotgan boshqa ta’lim muassasasiga qaraganda sa’y-harakatlarni kamaytirish
oqibatida kamroq rag‘batga ega bo‘lishidan kelib chiqadi.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling