A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Asosiy strategiya turlarini amalga oshirish shartlari


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/64
Sana25.01.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1121214
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   64
Bog'liq
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти

Asosiy strategiya turlarini amalga oshirish shartlari
8.1-jadval
Asosiy
strategiya
Umumiy resurs va malaka
talablari
Tashkiliy shartlarga
umumiy talablar
Mutloq sa’y-
harakatlar
yetakchiligi
Farqli pedagogik uslubiyat va
pedagogik texnologiyaga kirish. Yangi
pedagogik uslubiyat va pedagogik
texnologiyalar bo‘yicha malaka va
ko‘nikmalar. Umumta’lim
maktabining faoliyat jarayonlarini
atroflicha nazorat qilish va strategik
boshqarish. O‘zlashtirilishi oson
bo‘lgan yangi pedagogik texnologiya
va uslubiyatni o‘rganib chiqish. Ularni
kam sa’y-haralat sarfi evaziga
o‘quvchilarga yetkazish tizimi
Qilinayotgan sa’y-harakatlarni
qat’iy nazorat. Aniq tashkiliy
tuzilma va mas’uliyat.
Aniqlashtirish. Tez-tez va batafsil
nazorat hisobotlari miqdoriy
ko‘rsatkichlarga asoslangan
rag‘batlantirish
Tabaqalashtirish
Kuchli marketing salohiyati.
Pedagogik texnologiya dizayni.
Ijodkorlik. Kuchli fundamental
tadqiqot salohiyati. Pedagogik
texnologiya sifati yoki ta’lim
muassasasining texnologiya
yetakchiligi bo‘yicha yuqori obro‘si.
Muhim pedagogik tajriba yoki boshqa
tarmoqlarda olingan ko‘nikmalarning
noyob uyg‘unlashuvi. Tarqatish
kanallari bilan yaqin hamkorlik
Ilmiy-tadqiqot, dizayn va
marketingni yaqin funktsional
muvofiqlashtirish. Miqdoriy
ko‘rsatkichlar o‘rniga subyektiv
baholash va rag‘batlantirish
tadqiqotchilar va ijodkor
xodimlarning yuqori malakali
ishchi kuchini jalb qilish
imkoniyatlari
Ustamonlik
Qayd etilgan majburiyatlar va
umumta’lim maktabining ma’lum bir
strategik maqsadiga qaratilgan yo‘l
xaritalarining o‘zaro uyg‘unlashuvi
Qayd etilgan majburiyatlar va
umumta’lim maktabining ma’lum
bir strategik maqsadiga qaratilgan
yo‘l xaritalarining o‘zaro
uyg‘unlashuvi
Ta’limni rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab rivojlangan mamlakatlar, masalan
Finlandiya umumta’lim maktablarining ta’lim segmentida maqbul tarzda strategik
joylashuv amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, diversifikatsion tarzda rivojlanishning eng


163
mashhur strategiyasi, o‘zlashtirilgan ta’lim segmentida o‘zlashtirilgan pedagogik
uslubiyat va pedagogik texnologiyaning nufuzini mustahkamlash va yangi
texnologiyadan foydalangan holda yangi pedagogik uslubiyat va pedagogik
texnologiyalarni yaratish yoki investitsiya qilishdir. Ba’zi umumta’lim maktablari
o‘z strategiyasini mavjud harakatdagi ta’lim segmentida yangi pedagogik uslubiyat
va pedagogik texnologiyani yaratish negizida, unga safarbar qilinadigan sa’y-
harakatlarni kamaytirish bo‘yicha kelajak poydevorini quradilar.
O‘rta ko‘lamli umumta’lim maktablari o‘z rivojlanish kelajagini quyidagi
tarzda qayd etib oladilar:
-
o‘zlarining ta’lim segmentidagi pedagogik uslubiyat va pedagogik
texnologiyalarining mavqeini mustahkamlash, ularga qilinayotgan sa’y-
harakatlarni kamaytirish va ta’limga infratuzilmaviy jihatdan ko‘maklashuvchi
homiy tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash;
-
yirik ko‘lamli umumta’lim maktablarida pedagogik uslubiyat va
pedagogik texnologiyalarining ta’lim segmentidagi mavqeini mustahkamlash
strategiyalari, yangi segmentlarni topish strategiyalari, ta’limga infratuzilmaviy
jihatdan ko‘maklashuvchi homiy tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini
mustahkamlash va ularga qilinayotgan sa’y-harakatlarni kamaytirish strategiyalari
ustunlik qiladi.
Umumta’lim maktablarini strategik joylashtirishdagi asosiy qiyinchiliklar
axborot tartibining yo‘qligi va boshqaruvning past madaniyati bilan bog‘liq.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling