Nazorat savollari:
1. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari misolida raqobatni davlat tomonidan
tartibga solishning mavjud modellarining tarkibiy qismlari nechta turdan tashkil
topadi? Ularga izoh kiriting.
215
2. O‘zbekistonda monopoliyaga qarshi siyosatning asosiy yo‘nalishlarini
qisqacha aytib o‘tib, ularni umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyati bilan bog‘lang.
U qanday shaklda namoyon bo‘ladi?
3. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyatida nosog‘lom raqobatning
qanday shakllari yoki ko‘rinishlari ko‘zga tashlanadi? Uni davlat tomonidan
tartibga solishning usullarini aytib bering.
4. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyatining o‘zaro hamkorlikga
asoslangan yiriklashuv jarayonlari davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadimi?
Ularning tartibi qanday?
5. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyatida sodir bo‘ladigan tabiiy
monopoliyalarga ta’rif bering. Ular davlat tomonidan qay tarzda tartibga solinadi?
Tartibga solish usullarining roli va mazmunini aytib bering.
6. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyatida strategik tarzda amalga
oshiriladigan tarsformatsion sa’y-harakat g‘oyasining mohiyatiga ta’rif bering. U
umumiy o‘rta ta’lim maktabi uchun qanday strategik vazifani bajaradi?
7. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyatida strategik tarzda amalga
oshiriladigan tarsformatsion sa’y-harakat modelini tushuntiring. Uning mohiyati
nimalardan iborat?
8. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarini kreativ jihatdan yangicha yo‘nalishda
rivojlantirish strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari nimalardan iborat? Ularni
amalga oshirish mexanizmini tavsiflab bering.
9. Davlat transformatsion siyosatining tarkibiy jihati nimadan iborat? Ularni
umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyati bilan bog‘lang.
Tayanch iboralar:
“jonsiz yo‘qotish”, kapitalning adolatli qiymati, hukmron xo‘jalik, monopolistik
faoliyat, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, erkin liberal model, gorizontal model,
xususiy majburiyatlarning suverenlashuvi.
216
Do'stlaringiz bilan baham: |