A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


O‘zbekiston STRATEGIYASI”


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/64
Sana25.01.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1121214
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   64
Bog'liq
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти

O‘zbekiston STRATEGIYASI” negizida modernizatsiya qilish umumiy o‘rta
ta’lim maktablari faoliyatida ham, ularni strategik boshqarish sohasida ham albatta
ko‘plab o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda. O‘z navbatida, mazkur jarayonlar
boshqaruv sohasi mutaxassislarida, qolaversa, yangi O‘zbekiston bunyodkorlarida,
2
Gazeta. uz / uz/ 2022 / 09 / 07 / demography.


13
strategik
jihatdan
texnik,
umumiqtisodiy
omilkorlik,
tashabbuskorlik,
tashkilotchilik, tadbirkorlik, shuningdek, shaxs erkinligi, kreativ ijodkorlik kabi
g‘oyalarni shakllantirish zaruratini ilgari surmoqda. Darhaqiqat, umumiy o‘rta
ta’lim maktablari bosib o‘tgan faoliyatlarining tahlili asosida uning mehnat
resurslarini shaxdam harakatga kelishiga undovchi, ular qobiliyatlariga mos
keladigan diversifikatsion ko‘p qirrali strategik yo‘nalishlar hamisha ham
zaruratdir. Bu borada albatta, O‘zbekiston Respublikasining Harakatlar
strategiyasidan taraqqiyot strategiyasi sari tamoyili negizida “Yangi O‘zbekiston
STRATEGIYASI” asosiy dasturamal bo‘lib xizmat qilmoqda.
Yangi O‘zbekistonni barpo qilish o‘ziga xos tub o‘zgarishlarni,
yangilanishlarni, innovatsiyalar asosida buyuk salohiyatni yaratishni va shu
asosida taraqqiyotning eng yuksak cho‘qqilariga ko‘tarilishni kun tartibiga dolzarb
qilib qo‘ymoqda.
E’tiboringizga havola qilinayotgan mazkur o‘quv qo‘llanma ham ko‘tarilgan
dolzarblikdan kelib chiqib, o‘zining dasturiy tarkibiy jihati bilan “Yangi
O‘zbekiston” ni va “Uchinchi Renessans” poydevorini barpo etishga xizmat qiladi
va shundan kelib chiqqan holda bu borada tashlanayotgan qadamlar va
muammoviy yechimlar bilan uyg‘unlashtirildi.
O‘z mohiyatiga ko‘ra, YANGI O‘ZBEKISTON STRATEGIYASI ni barpo
etish, bu shunchaki mamlakatda yashayotgan aholining ehtiyoji emas, yoki
olamshumul voqea emas, balki chuqur tarixiy ildizga tayangan, mintaqamizdagi
siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy jarayonning o‘zi ko‘rsatib
va namoyish qilib turgan, aholimizning bir umrlik hohishlariga mos, uning milliy
o‘tmishlariga butunlay mos keladigan obyektiv zarurat sababli ham aynan ta’lim
sohasida “Strategik menejment” kursini o‘qitishning dolzarbligini keltirib
chiqaradi, shuning uchun ham umumiy ta’lim maktablari kelajak dasturlari
nazariyasi va amaliyotining kamolini, boshqaruv ta’limotidagi mumtoz nazariyalar
singari milliy Renessans asoschilari sanalgan Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar,


14
Farobiylar, Mirzo Ulug‘beklar, Boburiylar va Navoiylar ta’limotining qaysidir
jihatlari bilan bog‘lash istagi paydo bo‘ldi.
Shuning bilan birgalikda ta’kidlash joizki, mamlakatimizning uzoq yillarga
mo‘ljallangan” “YANGI O‘ZBEKISTON STRATEGIYASI” ni rejalashtirish,
tashkil qilish va boshqarish menejment funktsiyalarining takibiy qismi hisoblanadi,
binobarin, mazkur funktsiyaning mazmun-mohiyatini bilmay turib esa, strategik
taktika va strategiyani amalga oshirib bo‘lmaydi.
O‘quv qo‘llanmaning “Umumiy o‘rta ta’lim maktablari strategik tahlil
qilishning majmuaviy usullari” deb nomlangan bobi “YANGI O‘ZBEKISTON
STRATEGIYASI” ning yangilanayotgan O‘zbekiston bandidagi “Inson – jamiyat -
davlat” tamoyilini aynan yoritishga xizmat qiladi. Shuningdek, mazkur bandda
umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyatida “mahallalar kesimida ishlash”, “xalq
ichiga kirish”, uning “dardiga quloq solish”, “tashvishiga sherik bo‘lish” va
“muammolarni joyida hal etish” tamoyillari “Strategik menejment” kursining
“Umumiy o‘rta ta’lim maktablari pedagog xodimlarini boshqarishning strategik
jihatlari” qismi bilan muvofiqlashadi.
O‘z navbatida ta’kidlash joizki, “Qunun va adolat ustuvorligini ta’minlash –
yangi O‘zbekistonni barpo etishning eng muhim sharti” negizida o‘quv
qo‘llanmaning strategik boshqaruvda tashkiliy og‘ish, shuningdek, tashkiliy
siljishlar va ularni amalga oshirish yo‘llari shakllantirildi. Ma’lumki, har qanday
strategiya o‘zining taktikaviy jihati bilan xulosaviy qarorsiz ro‘yobga chiqmaydi,
binobarin, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
boshqaruv qarorlari ham
boshqariluvchi tizim sifatida iqtisodiyotni yangilash, isloh qilish orqali, o‘z
bosqichi bilan O‘zbekiston STRATEGIYASINI barpo etishga xizmat qiladi.
O‘quv qo‘llanmaning “Ta’lim muassasalarining rivojlanish strategiyalari”
bandida umumiy o‘rta ta’lim maktablarini rivojlantirish strategiyalarining turlariga
alohida urg‘u berilganki, bunda o‘quv qo‘llanma, “Birinchi Renessans”, ya’ni
“Ma’rifiy uyg‘onish” davri asoschilaridan bo‘lgan mutafakkir bobomiz Abu Nasr
Farobiyning hayoti, faoliyati, qolaversa, “Fozil odamlar shahri” nomli asarida o‘z


15
talqinini topgan adolat va adolatparvarlik g‘oyalari bilan mujassamlashtirilgan
tamoyillar bilan boyitildi.
Mamlakatimizning yangi strategiyasining “kambag‘allik: umuminsoniy va
milliy muammolar” qismida “Afsuski hozirgi kunda ham jahonda ziddiyatlar
saqlanib qolmoqda” deb ta’kidlanadi, shuningdek, “Saxovat va ko‘mak”
umumxalq harakati doirasida ehtiyojmand oilalarga moddiy yordam
ko‘rsatilayotganligi ham o‘quv qo‘llanmaning “Umumiy o‘rta ta’lim maktablari
pedagog xodimlari strategik boshqaruv obyekti sifatida” bandi bilan
uyg‘unlashtirildi.
“Renessans” so‘zi o‘z mohiyatiga ko‘ra, “uyg‘onish” ma’nosini anglatishi
bilan faoliyat yuritish sohasida ham raqobatni boshqarish yo‘nalishi bo‘yicha
strategik g‘oyaviy kurash asosida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining taraqqiyot
sivilizatsiyasiga turtki beradi. Zero, har qanday strategik o‘zgarishning,
yangilanishning mazmun-mohiyati, namoyon bo‘lish xususiyati sivilizatsiyaning
yaqqol ko‘rinishi bo‘lib qoladi. Yuqorida ta’kidlanganidek, yangi O‘zbekiston
STRATEGIYASINI
barpo qilish mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan
keyingi davrlardagi boshidan kechirgan hayotining tahliliy ko‘rinishlari asosida
birmuncha rejalarga tayangan holda qurilmoqda. Tabiiyki, mazkur jarayonlarda
ozmi-ko‘p xavf-xatar negizidagi raqobat tamoyili ham mujassamdir. Xususan,
mamlakatimiz iqtisodiy strategiyasida katta hajmdagi investitsiyalar savarbarligi
so‘nggi o‘n yilda YaIM da 25 foiz salmoqqa ega bo‘lishi nazarda tutilgan.
Shuningdek, moliyaviy tavakkalchilik bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirkorlikni
rivojlantirish dasturlari doirasida ajratilayotgan kreditlarning 70 foizini kichik
biznesni rivojlantirish loyihalariga, 30 foizini ustuvor ravishda o‘z-o‘zini band
qilishga yo‘naltirish qayd etilgan.
Mazkur o‘quv qo‘llanmada tabiiyki, “Umumta’lim maktablari faoliyatida
raqobat strategiyasi” nomli asosiy mavzu mavjud. Uning tarkibiy qismlarida ham
kelajak poydevori sifatida faoliyat yurituvchi subyektlarning, xususan ta’lim
muassasalarining keng qamrovli jihatlarini (ichki va tashqi muhitini) tahlil qilish,


16
shuningdek, turli faoliyat turiga asoslangan diversifikatsion biznes strategiyasi ham
mujassamlashgan. Darhaqiqat, yangi O‘zbekistonni barpo etish, faoliyat yurituvchi
subyektlarning modernizatsiyalashgan iqtisodiyotiga tayanadi va shu asosida
jamiyatning yangi qiyofasi shakllanadi. Ta’lim muassasalarining boshqaruv
strategiyasi – jamoasini kelajakka chorlash, yangilanishga savarbar qilish va
umumiy maqsadlar yo‘lida birlashtirib turadigan “yaxlit ma’naviy asos va
me’zondir”.
Ma’lumki, har bir sa’y-harakat ma’lum bir darajada milliylikni, ya’ni
o‘zlikni anglagan holda, uni ko‘zlab amalga oshiriladi. O‘z o‘rnida ta’lim
muassasalarining menejment samaradorligi ham yuksak bilim, yuqori saviya,
malaka va ko‘nikma mujassam bo‘lgan boshqaruv usul va uslublarining ijobiy
natijasi hisoblanadi. Shuning uchun ham o‘quv qo‘llanmaning so‘nggi qismi
“Ta’lim segmentining raqobatbardoshligini oshirish strategiyasining asosiy
yo‘nalishlari” deb nomlanadi.
Ushbu o‘quv qo‘llanma yangi O‘zbekistonni barpo etish strategiyasi
negizidagi modernizatsiyalashgan iqtisodiyot sharoitida, talaba yoshlarda,
shuningdek, boshqaruv sohasida band bo‘lganlarda yangicha iqtisodiy tafakkurni
shakllantirish sir-asrorlarini egallashga ma’lum darajada xizmat qilishi uchun
yaratildi.
O‘quv qo‘llanmani tayyorlashda ma’lum darajada rivojlangan mamlakatlar
strategik boshqaruv tizimi tajribasidan, mahalliy ta’lim muassasalari real faoliyati
natijalari tahlilidan, shuningdek, mahalliy va xorijiy adabiyot manbalaridan
foydalanildi.
O‘quv qo‘llanma “Yangi O‘zbekiston STRATEGIYASI” ni barpo etish
uchun dasturamal bo‘lib xizmat qilishi barobarida,
5611700 – “Maktab
menejmenti”
bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun, shuningdek, “Yangi
O‘zbekiston” bunyodkorlari uchun mo‘ljallangan.
O‘quv qo‘llanma turli xil yoshdagi “Yangi O‘zbekiston” bunyodkorlari,
qolaversa, talaba yoshlar uchun mo‘ljallanganligi sababli, tushunishga oson bo‘lish


17
maqsadida, imkon darajasida ilmiy terminlardan oz bo‘lsada biroz uzoqlashgan
holda, kitobxonlarga tushunarli sodda tilda, ommabop tarzda tayyorlandi.Shu bois
ham, albatta, o‘ziga yarasha juz’iy kamchiliklarga ega bo‘lishi ehtimoldan holi
emas. Mualliflar bu borada kitobxonlarning filr-mulohazalarini minnatdorchilik
bilan qabul qiladi, ularni keyingi ijodiy ishlarida albatta e’tiborga oladi.


18

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling