A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Siyosiy muhitning ta’sir etuvchi omillari


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/64
Sana25.01.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1121214
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   64
Bog'liq
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти

Siyosiy muhitning ta’sir etuvchi omillari tabiiy ravishda ta’sir etuvchi
omillar orasida birinchi o‘rinni egallaydi, chunki aynan siyosat jamiyat hayoti va
faoliyatining barcha jabhalariga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Masalan,
siyosatchilar tashabbusi bilan boshlangan keng koʻlamli urush yoki mahalliy
harbiy mojaro umumiy o‘rta ta’lim maktabining urushdan oldingi davrdagi barcha
yutuqlarini bir zumda yoʻq qilishi va uni halokat yoqasiga qoʻyishi mumkin.
Bundan tashqari mazkur jarayonga, ya’ni siyosiy muhitning ta’sir etuvchi
omillariga xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ba’zi ishtirokchilariga nisbatan
iqtisodiy sanksiyalar, ya’ni taqiqlar, shuningdek, mamlakatlar, xo‘jalik yurituvchi
subyektlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning ma’lum vaqtga to‘xtab qolishi va
siyosat olamining qabul qilayotgan qonun va farmonlari ham birmuncha pand
berishi mumkin. Tabiiyki, bu daqiqalar birinchi navbatda xalqaro iqtisodiy
munosabatlar darajasiga ta’sir qiladi. Biroq, ichki siyosiy hayotda zamonaviy


33
bozor munosabatlarining har bir ishtirokchisi tomonidan bashorat qilinishi va
doimiy ravishda nazorat qilinishi kerak bo‘lgan harakatlar mavjudki, bular masalan,
hukumatning iqtisodiy va ekologik siyosatidagi o‘zgarishlar, soliq qonunchiligi va
boshqa ko‘plab hukumat tashabbuslari shular jumlasidandir. Ushbu omillarning
xo‘jalik faoliyatiga ta’siri nisbiydir, chunki ularni tahlil qilish jarayonida
tahlilchining tajribasi va sezgisi birlamchi rol o‘ynaydi.
Umumiy iqtisodiy ta’sir omillari siyosiy muhitning ta’sir etuvchi omillari
bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ularga nisbatan bo‘ysunuvchi holatni egallaydi,
lekin ular ba’zi daqiqalarda siyosiy muhitga sezilarli darajada hal qiluvchi ta’sir
ko‘rsatadi.
Bu antita’sirning asl mohiyatini izohlaydigan bo‘lsak, mintaqadagi iqtisodiy
jarayonning taqdiri boshqaruv bo‘g‘inlarining sa’y-harakatlari bilan bevosita
uyg‘unlashgan bo‘ladi. Darhaqiqat, ular tomonidan qonunga oid ish yurituvlar,
byudjet, soliqqa oid hujjatlar va monetat fiskal siyosat tartibga solinadiki, ular
vositasida boshqaruv subyekti iqtisodiyotni tartibga soladi, unga ta’sir qiladi va
uning samaradorlik garovini, yo‘l-yo‘rig‘ini belgilab beradi. Biroq, iqtisodiyotdagi
noqulay tendentsiyalar, inqiroz hodisalarining kuchayishi va boshqa salbiy
jarayonlar hukumatni iqtisodiy siyosatini tubdan qayta ko‘rib chiqishga majbur
qilishi va ba’zi hollarda hokimiyat subyektining o‘zini o‘zgartirishga olib kelishi
mumkin. E’tibor bering, umumiy iqtisodiy ta’sir omillari iqtisodiy tashkilotlar
faoliyatiga o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatadi va ba’zi hollarda bu ta’sir raqamli
ko‘rsatkichlarda ifodalanadi. Masalan, mamlakatdagi biznes sikli va uning o‘sishi
yoki pasayishi istiqbollari kabi ko‘rsatkichlarda ifodalangan iqtisodiy rivojlanish
tendentsiyalarini bashorat qilish tahlilchilarga tashkilotning potentsial mijozlari
sonining ko‘payishi yoki kamayishini baholashga imkon beradi va shunga mos
ravishda foydaning o‘sishi yoki kamayishi, inflyatsiya darajasini tahlil qilish va
uni yanada rivojlantirish bashoratlari importer va eksportchilarni kelajakda nimalar
kutayotganini baholash uchun manba hozirlaydi, shuningdek, aholi bandligi va


34
mehnat bozorining holati ish beruvchilarga yollangan xodimlar bilan
munosabatlarni to‘g‘ri qurish imkonini beradi va hokazo.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling