A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/64
Sana25.01.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1121214
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   64
Bog'liq
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти

Tayanch iboralar
Strategiya, strategik menejment, byudjetlashtirish, uzoq muddatli
rejalashtirish, strategik rejalashtirish, axborot mazmuni.


31
II-BOB. UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING TASHQI VA ICHKI
MUHITINI TAHLIL QILISH
2.1. Umumiy o‘rta ta’lim maktabining tashqi muhitini tahlil qilish
Har qanday boshqaruv qarorini qabul qilishdan oldin zarur ma’lumotlarni
to‘plash va keyinchalik qayta ishlash amalga oshiriladi. Bizning holatda, bu
mustaqil alohida yoki har tomonlama tahlil qilinishi mumkin bo‘lgan umumiy
o‘rta ta’lim maktabining tashqi va ichki muhiti haqidagi ma’lumotlardir. Shuning
uchun rivojlanish strategiyasini tanlashni tashqi muhit omillarini aniqlash,
o‘rganish va baholashdan boshlash va keyin ularning ta’sirini umumiy o‘rta ta’lim
maktabining ichki imkoniyatlari bilan o‘lchash tavsiya etiladi. O‘z navbatida,
ushbu tahlil natijalari keyingi faoliyat uchun asos bo‘ladi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyatining tashqi muhitini tahlil qilish
strategik tahlil tizimida birinchi o‘rinda turishi bejiz emas. Ma’lumki, har qanday
xo‘jalik faoliyati ochiq turdagi faoliyat yuritish bo‘lib, tashqi muhitsiz mavjud
bo‘lolmaydi. Umumiy o‘rta ta’lim maktabi tashqi muhitdan resurslarni (xom ashyo,
energiya va boshqalar) oladi va tashqi muhitda (xususan, OTM lardan) u o‘z
o‘quvchilarining
potentsial
iste’molchilarini
qidiradi.
Mazkur
o‘zaro
uyg‘unlashgan juft muammolarni a’lo darajada amalga oshirish (moddiy va
qobiliyatli iqtidorli mehnat resurslarini izlash va o‘quvchilar va ta’lim xizmatlari
realizatsiyasi) xo‘jalik yuritish yazaga kelishining tub negizini, uning faoliyat
ko‘lamini va faoliyat yuritishini belgilab beradi. Shuning uchun tahlilni tashqi
faoliyat muhitini o‘rganishdan boshlash va umumiy o‘rta ta’lim maktabining tashqi
tomondan keladigan imkoniyatlari va atrofning tahdidlarini baholagandan so‘ng,
resurs salohiyatini va shunga mos ravishda ehtiyojlarni qondirish uchun faoliyat
istiqbollarini ko‘rib chiqish tavsiya etiladi. Tashqi muhitni o‘rganishning ahamiyati
uning imkoniyatlari cheksiz emasligi bilan ham izohlanadi. XX asr oxiri - XXI asr
boshlarida tez iqtisodiy o‘sish, umumiy o‘rta ta’lim maktablari sonining sezilarli


32
darajada ko‘payishiga, ta’lim segmentida sezilarli darajada tugaydigan resurslar
uchun ham, uning iste’molchisi uchun ham raqobatning kuchayishiga olib keldi.
Tashqi muhit - bu umumiy o‘rta ta’lim maktabidan tashqarida bo‘lgan va
uning faoliyati va rivojlanishining samaradorligiga ta’sir ko‘rsatishga qodir
bo‘lgan omillar to‘plamidir. Ushbu omillar guruhi asosan umumiy o‘rta ta’lim
maktabi rahbariyatining nazorati ostida emasligi bilan odatda, qabul qilinadi.
Ularni hisobga olish va ularga moslashish tavsiya etiladi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktabi xo‘jalik faoliyatining barcha o‘zini o‘rab
turgan atrofidan tashqarida bo‘lgan tashqi muhit omillarini shartli ravishda ikkiga
ajralgan juft holdagi katta qasmga ajratish mumkin, xususan ular, majmuaviy yoki
uzoq o‘rab turuvchi atrof-muhit omillari va yaqin atrof-muhit omillaridir, odatda,
ularni bevosita muhit, ya’ni tashqi muhit omillari va bilvosita muhit, ya’ni ichki
muhit omillari deb ham yuritamiz.
Umumiy yoki uzoq muhit omillari asosan umumiy o‘rta ta’lim maktabi
faoliyatiga bilvosita ta’sir qiladi va o‘z navbatida, ular shartli ravishda bir nechta
guruhlarga bo‘linadi.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling